Научная статья на тему 'PSIXOLOGIK XIZMATNING INSON HAYOTIDA TUTGAN O’RNI'

PSIXOLOGIK XIZMATNING INSON HAYOTIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
2471
242
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
psixolog / fikr / munosabat / umumiy psixologiya / ijtimoiy psixologiya / psixologik konsultatsiya / dunyoqarash / amaliy psixologiya / psixologik xizmat / mutaxassis. / psychologist / thought / attitude / general psychology / social psychology / psychological consultation / outlook / practical psychology / psychological service / specialist.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — M. Barotova, Z. Boynazarova

Maqolada bugungi globallashuv davrida shaxslarning sog’lom va barkamol bo’lib kamol topishlarida Psixologik xizmatning inson hayotida tutgan o’rni haqida bayon qilinadi. Shuningdek, aholining psixologlarga, psixologik markazlargа bo’lgan ishonchini oshirish, turli sohalarning rivojlanishida psixologik xizmatning nechog’lik muhimligi haqida bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL SERVICE IN HUMAN LIFE

In today’s era of globalizatsion,the place and role of psychological services in people's lives is described in the healthy and mature development of individuals. It will also be explained how important psychological services are in the development of various fields, increasing the trust of the population in psychologist and psychological centers.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIK XIZMATNING INSON HAYOTIDA TUTGAN O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PSIXOLOGIK XIZMATNING INSON HAYOTIDA TUTGAN O'RNI Barotova Mehrangiz Olim qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti talabasi Boynazarova Zilola Ixtiyor qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7046569

Annotatsiya. Maqolada bugungi globallashuv davrida shaxslarning sog'lom va barkamol bo'lib kamol topishlarida Psixologik xizmatning inson hayotida tutgan o'rni haqida bayon qilinadi. Shuningdek, aholining psixologlarga, psixologik markazlarga bo'lgan ishonchini oshirish, turli sohalarning rivojlanishida psixologik xizmatning nechog'lik muhimligi haqida bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: psixolog, fikr, munosabat, umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, psixologik konsultatsiya, dunyoqarash, amaliy psixologiya, psixologik xizmat, mutaxassis.

РОЛЬ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ СЛУЖБЫ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА

Аннотация. В современную эпоху глобализации описывается роль психологических служб в жизни человека в развитии личности здоровым и всесторонним образом, а также значение психологических служб в развитии различных сфер, повышении доверия населения в психологах и психологических центрах.

Ключевые слова: психолог, мысль, отношение, общая психология, социальная психология, психологическое консультирование, мировоззрение, прикладная психология, психологическая служба, специалист.

THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL SERVICE IN HUMAN LIFE

Abstract. In today's era of globalizatsion,the place and role of psychological services in people's lives is described in the healthy and mature development of individuals. It will also be explained how important psychological services are in the development of various fields, increasing the trust of the population in psychologist and psychological centers.

Keywords: psychologist, thought, attitude, general psychology, social psychology, psychological consultation, outlook, practical psychology, psychological service, specialist.

KIRISH

So'ngi yillarda jahon psixologiyasida psixologik xizmatni tashkil etish muammosini o'rganishga alohida tadqiqot yo'nalishi sifatida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgacha psixologik tadqiqotlarda pedogog psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishlarni qilishi,ijtimoiy psixologik xizmat va uning o'ziga xos xususiyatlari o'rganilgan. Mazkur yo'nalishda psixologik xizmatni tashkil etishning turli usullari va zamonaviy texnologiyalarini ifodalovchi zamonaviy psixologik mexanizmlarni qo'llash hamda joriy etish masalasining muhimligiga e'tibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda psixologik xizmatni tashkil etish personallardagi muammolarni bartaraf etish kabi holatlar dolzarb muammolar sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda ta'lim tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borilayotgan qator nazariy-ilmiy va amali -uslubiy ishlar psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma'lum darajada asos bo'lmoqda. Ayni paytda psixologik xizmat tizimining bugungi holati va amaliy faoliyat yo'nalishlarini har tomonlama,chuqur tahlil qiluvchi va shu tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus tadqiqotlarning taqchilligi nihoyatda dolzarb muammo bo'lib qolmoqda. Tabiiyki, mazkur muammoni bartaraf

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

etish uchun mamlakatimizda psixologik xizmatning joriy etilishi,bugungi holati va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini o'rganishga, tahlil qilishga va izohlashga bag'ishlangan psixologik va ijtimoiy psixologik tadqiqotlaming olib borilishi davr taqozosidir. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi ta'lim muassassalarida,mehnat jamoalarida bo'lajak kadrlarni har jihatdan tayyorlash bilan bog'liq psixologik tadqiqotlaming ilmiy-tashkiliy jihatlariga va ayniqsa,ijtimoiy psixolgik muhofaza imkoniyatlarini tadqiq qilishga oid maxsus o'tkazilgan tadqiqotlarnig sust ekanligi;ijtimoiy psixologiya,psixologik konsultatsiya fanlarining zamonaviy yo'nalishlari fanlarida bugungi psixologik xizmat tatbiqini qamrab oluvchi vazifalarning aniq va batafsil belgilanmaganligini, ta'lim va mehnat muassassalarida tashkil etilgan psixologik xizmat tajribalari misolida o'quvchi va ishchi xodimlar muvaffaqiyatli -faoliyatni ta'minlashdagi ijtimoiy psixologik muhofaza imkoniyatlarini o'rganish va kamol toptirish bilan bog'liq bugungi O'zbekistonning o'z istiqlol va istiqbol yo'li,ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablariga javob beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi kabilarni bugungi kunda dolzarb muammolardan biri sifatida qayd etish mumkin.Psixologik xizmatning muvaffaqiyatlli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni G.M.Andreeva, M.G.Davletshin,Yu.M.Zabrodin, D.Karnegi, V.M.Karimova, B.D.Parigin, G'.B.Shoumarov, E.G'.G'oziyev va boshqalar olib borishgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bugungi psixologiya-fani ta va ijtimoiy taraqqiyoti an'analari bilan bog'liq insonning amaliy psixologiyasini,uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo'lmaydi.Shu nuqtai nazardan,inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to'g'ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a'zolariga psixologik xizmat ko'rsatish muqarrarligini talab qiladi. Bu borada iqtisod, huquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o'zaro mustahkam hamkorligi natiijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim. Psixologik xizmat metodologiyasi esa ko'proq birinichi yo'nalish „psixologik ijtimoy psixologiya''asoslari zaminida tarkib toptiriladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Olimlar psixolgik xizmatni yanada rivojlantirish uchun turlicha metodlar va metodologiyalarni yaratib kelmoqdalar. K.K.Platonovning psixologik xizmat bilan bog'liq ijtimoiy psixologiya metodologiyasini yaratishdagi xizmati shundaki, ijtimoiy-psixologik individuallik muammosini inson individual olami namoyon bo'lishining eng yuqori darajasi sifatida tadqiq qildi va psixologik xizmat mohiyatini tasavvur qilish uchun muhim bo'lgan shaxsni nafaqat o'zining,balki bu individual xususiyatlaning ijtimoiy mazmuni o'zini-o'zi adekvat baholash va rivojlantirishga asoslangan shart-sharoitlarni yaratish billan kamol toptirish muqarrarligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Professorlar E.G'oziyev, I.Tursunov, J.Ikromovlarning "XX asr va shaxs kamoloti" mavzusidagi ma'lumotlarida ham psixologik xizmat ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etuvchi individ,shaxs va sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e'tibor berish zarurligi uqtiriladi:

-inson rivojlanishining determinatori hisoblangan asosiy omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy,huquqiy,mafkuraviy,pedagogik va yashash muhiti omilari); -insonning o'ziga taalluqli,asosiy tafsilotlar,uning ichki qonuniyatlari,mexanizmlari,e'tiqod bosqichlari barqarorlashuvi va involyutsiya;

-inson yaxlit tuzilishining asosiy tarkiblari.ularning o'zaro aloqalari,shaxsning tashqi ta'sirlarga javobi va munosabati,taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi (Xalq ta'limi,NS).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUHOKAMA

Darhaqiqat har bir insonning o'z individual olamida sodir etilayotgan barcha ma'naviy va ruhiy kechinmalarini u yashab urgan jamiyat istiqbollariga mos tarzda tadqiq qilmay turib shaxs va faoliyat,shaxs va jamiyat,shaxs va individuallik o'rtasidagi ijtimoiy mutanosiblikni ta'minl ab bo'lmaydi.Zero,psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilinayotgan ijtimoiy psixologik himoya falasafasi ham shuni taqozo etmoqda. XULOSA

Bugungi psixologik xizmatning qulay va shaxs kamoloti uchun nihoyatda ahamiyatli tomonlari barchaga ma'qul va manzur bo'lgan. Lekin psixologik xizmatning keng targ'ibot qilinishi uchun yuqoridan maxsus rasmiy farmoyishning va amaliyotchi psixologlarning nihoyatda taqchilligi yoppasiga barcha maktablarda xuddi shunday psixologik xizmatni tatbiq etish ishiga birmuncha to'sqinlik qilib kelar edi.1990-yillarga kelib mustaqillik, erk, o'zlikni anglash hislari hukmron bo'lgan O'zbekiston sharoitida inson va jamiyat kamolotini ko'zlovchi barcha ijtimoiy sohalar singari psiixoloogik xizmat tatbiqining keng quloch yoyishi uchun ham o'ziga xos zamin hozirlandi. Bu esa O'zbekiston uchun xarakterli bo'lgan psixologik xizmat rivojlantirilishinning navbatdagi amaliyotchi-psixologlar tayyorlash bosqichiga o'tishni muqarrar qilib qo'ydi. Chunki maktabdagi ijtimoiy-psixlogik iqlimni tahlil qila oluvchi malakali amaliyotchi-psixologlar tayyorlamay turib,O'zbekistonda psixologik xizmat tatbiqini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo'lmas ekan. Shunga muvofiq dastavval Toshkentda, so'ngra Buxoroda, keyinchalik Navoiy, Andijon,Samarqand va boshqa viloyatlarda umumta'lim maktablari uchun "Amaliyotchi-psixologlar" mutaxassisligi bo'yicha qayta tayyorlov kurslari ochildi va bu kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlar Respublikamizning talaygina maktablarida psixologik xizmat tashkilotchisi, targ'ibotchisi va tadqiqotchisi samarali ish olib bormoqdalar. Psixologik xizmat qanchalik yaxshi yo'lga qo'yilsa,insonlarda uchraydigan turli ruhiy holatlar ham shunchalik oson korreksiya qilinadi.Insonlar o'z hayotida uchraydigan muammolarni bartaraf qilishni o'rganadilar.

REFERENCES

1. Karimov I.A Biznining bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir.T.: ,,0'zbekiston'',2005.96 -bet.

2. Andreeeva G.M.Sotsialnaya psixologiya.Uchebnik.-M.Aspekt Press,1999.376-bet.

3. G'oziyev E.G' Umumiy psixologiya.Toshkent.2007.1-2-kitob.

4. G'oziyev E.G',Toshimov R.Menejment psixologiyasi.T -2002

5. G'oziyev E.G Muomala psixologiysi.T-2001

6. Karimova V.M . Mustaqil fikrlash .-T. :Universitet,2002.-96-bet

7. Karimova V.M.Mustaqil fikrlash.-T. :Sharq.2000.-112-bet

8. Karimova V.M,Sunnatova „Mustaqil fikrlash''o'quv qo''lanmasi bo'yicha mashg'ulotlarni tark etish uslubiyoti.-T.:Sharq,2000.-16-bet

9. Mayers D.Sotsialanaya psixologiya perev.S angl.-SPB.:,,Piter'',199-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.