Научная статья на тему 'PSIXOLINGVISTIK USULLARNING INGLIZ TILINI O‘ZLASHTIRISHGA DOIR AHAMIYATLI JIHATLARI'

PSIXOLINGVISTIK USULLARNING INGLIZ TILINI O‘ZLASHTIRISHGA DOIR AHAMIYATLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixologik ta’sir / psixolingvistik yondoshuv / hamkorlik / hissiyijtimoiy munosabat / individual psixologik xususiyat / ichki “resusrlar” / muloqot / kommunikativ usul / Montessori usuli / CLIL usuli / психологическое воздействие / психолингвистический подход / сотрудничество / эмоционально-социальное отношение / индивидуально-психологическая характеристика / внутренние “ресурсы” / коммуникация / коммуникативный метод / метод Монтессори / метод CLIL

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Otabek Qodiraliyevich Bektoshev, Rayhona Saydullo Qizi Mahammadova

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda o‘quv jarayoni samaradorligi omili sifatida psixologik ta’sir vositasi sifatida psixolingvistik yondoshuvni ahamiyatli va ko‘p omilli usullari, ularni tilni o‘zlashtirish va xulq-atvorni boshqarishdagi imkoniyatlari, shuningdek, amaliyotda qo‘llash texnikalari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются значимые и многофакторные методы психолингвистического подхода к обучению английскому языку как фактору эффективности учебного процесса как средства психологического воздействия, их возможности в овладении языком и управлении поведением, а также приемы применения на практике.

Текст научной работы на тему «PSIXOLINGVISTIK USULLARNING INGLIZ TILINI O‘ZLASHTIRISHGA DOIR AHAMIYATLI JIHATLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

PSIXOLINGVISTIK USULLARNING INGLIZ TILINI O'ZLASHTIRISHGA

DOIR AHAMIYATLI JIHATLARI

Otabek Qodiraliyevich Bektoshev

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Qo'qon davlat pedagogika instituti dotsenti

Rayhona Saydullo qizi Mahammadova Qo'qon davlat pedagogika instituti 2- kurs talabasi e-mail-great bektash@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ingliz tilini o'qitishda o'quv jarayoni samaradorligi omili sifatida psixologik ta'sir vositasi sifatida psixolingvistik yondoshuvni ahamiyatli va ko'p omilli usullari, ularni tilni o'zlashtirish va xulq-atvorni boshqarishdagi imkoniyatlari, shuningdek, amaliyotda qo'llash texnikalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar : psixologik ta'sir, psixolingvistik yondoshuv, hamkorlik, hissiy-ijtimoiy munosabat, individual psixologik xususiyat, ichki "resusrlar", muloqot, kommunikativ usul, Montessori usuli, CLIL usuli.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются значимые и многофакторные методы психолингвистического подхода к обучению английскому языку как фактору эффективности учебного процесса как средства психологического воздействия, их возможности в овладении языком и управлении поведением, а также приемы применения на практике.

Ключевые слова: психологическое воздействие, психолингвистический подход, сотрудничество, эмоционально-социальное отношение, индивидуально-психологическая характеристика, внутренние "ресурсы", коммуникация, коммуникативный метод, метод Монтессори, метод CLIL.

ANNOTATION

This article examines the significant and multifactorial methods of the psycholinguistic approach to teaching English as a factor of the effectiveness of the educational process as a means of psychological influence, their possibilities in

352

April 26, 2024

language acquisition and behavior management, as well as methods of application in practice.

Keywords: psychological impact, psycholinguistic approach, cooperation, emotional and social attitude, individual psychological characteristics, internal "resources", communication, communicative method, Montessori method, CLIL method.

Hozirda ingliz tilini o'qitishda turli xil zamonaviy usullar mavjud bo'lishiga qaramay, o'quv jarayonining samaradorligi asosan, mashg'ulotda psixologik ta'sir etish texnikalarni qollashni taqozo etadi. O'qituvchi-o'quvchi o'rtasida psixologik hamkorlikni tashkil qilishda mashg'ulot ularning qiziqishlari, ehtiyojlari hamda manfaatlariga bevosita bog'liqligi, shuningdek, zamonaviylashtirilganligi ingliz tilini samarali o'zlashtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunda, tashabbus faqat o'qituvchi tomonidan belgilanmay, balki o'quvchi tabiati ham mashg'ulotning maqsad, vazifalariga xos vositalar, usullarni tanlash uchun izn beradi. Hamkorlikda tashkil etilgan mashg'ulotlarda jamoaning xususiyatlari, ishtirokchilar o'rtasidagi hissiy-ijtimoiy munosabatlar, o'quvchilarning shaxsiy-individual psixologik xususiyatlari hisobga olinmasa, mashg'ulot davomiyligi hamda muayyan samaradorlikka erishila olmaydi.

Bizningcha, o'qituvchi ishtirokchilar bilan ijodiy, hissiy-ijtimoiy hamda shaxsiy-individual psixologik munosabatlarni to'g'ri o'rnata olishi ularning kognitiv faoliyatini o'shishiga sabab bo'ladi. Aksincha, ularning tabiatiga mos va xos bo'lgan psixologik munosabatlarni hosil qilmaslik, kognitiv faoliyatning samarasi bo'lgan ijodiy xususiyatlarni namoyon bo'lishini sezilarli darajada pasaytiradi.

Bu borada I. A. Zimnayaning qarashlari chet tilini o'qitish samaradorligini oshirishning psixologik jihatlariga bag'ishlangan. Maktabda chet tilini o'qitishni takomillashtirishni eng muhim jihatlaridan biri o'qituvchi tomonidan olib boriladigan mashg'ulotni psixologik ta'sirini ko'rib chiqishdan iborat. Psixologik jihatdan to'g'ri tashkil etilgan mashg'ulotlar qiyin bo'lsada, chet tilini o'zlashtirish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi [1,128].

Mashg'ulotlarni tashkil etish jarayonini ko'proq individual, guruh bo'lib shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, guruh bo'lib ishlash turli xil loyihalarni yaratishda eng ko'p qo'llaniladi. Ko'pincha, shaxs xususiyatlariga xos mavjud fikrlar, o'z-o'zini nazorat qilishdagi qiyinchiliklar faoliyatning har qanday sohasini rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan ichki "resusrlar" hisoblanadi. Bu, o'quv jarayonida, ayniqsa, chet tillarini o'qitishda pedagog va o'quvchilar hamkorlik

353

April 26, 2024

faoliyatida to'siq vazifasini bajaradi. Shuning uchun, ba'zi chet tili o'qituvchilari o'zlashtirish jarayoniga psixologik muloqotni joriy etish zarurligiga ishora qiladilar.

Xususan, I. M. Rumyanseva fikricha, guruhning o'zaro ta'siri jarayonida shaxsning ijodiy spontanligi uchun muloqot qulay shart-sharoit yaratadi, bu esa o'zlashtirishga samarali ta'sir etadi. Bunda, o'quvchi kerakli xorijiy iboralarni, fonetik modellarni, grammatik tuzilmalarni beixtiyor o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, tabiiy muloqot shaxs xususiyatlarini rivojlanishiga ta'sir qilibgina qolmay, yangi lug'at boyligini oshishiga, shuningdek, insonning butun bilim sohasini, nutqni yaxshilash mumkinligini ta'kidlaydi [4, 164].

G. A. Kitaygorodskaya tominidan keltirilgan modellar tizimi, chet tilini o'zlashtirishda shaxs va jamoaning psixologik zaxiralariga tayanadi, bu o'quv guruhidagi o'zaro ta'sir va muloqotning ijtimoiy-psixologik jarayonlarini boshqarish bilan xarakterlanishini keltirib o'tadi [2, 103 ]

A. A Leontevning ta'kidlashicha, psixolingvistik nuqtai nazardan rolli aloqa nutq kompetentsiyasini oshirishning samarali usuli hisoblanadi va psixologiya nuqtai nazaridan rolli aloqadan foydalanish usullari o'quv motivatsiya mexanizmlarining ta'sirini faollashtiradi, hamda kommunikativ, kognitiv-hissiy faoliyatga ta'sir etishini keltirib o'tadi.[3, 48-53].

Bizningcha ham o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro, tushunishga asoslangan maqbul shaxslararo munosabat o'quvchilarning qiziqishlari hamda o'quv motivatsiyasini rivojlantirish, shuningdek, qulay hissiy psixologik muhitni ta'minlaydigan shart-sharoitlarlar manbai bo'lib xizmat qiladi.

Aynan to'g'ri tashkil etilgan o'zaro hamkorlikdagi muloqot ingliz tilini o'qitishning zamonaviy usullari bo'lgan interaktiv vositalardan foydalanishga izn beradi. Bunda, o'quv dasturi, birinchi navbatda, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi bilan tavsiflanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'yin, sayohat, video, raqobatlashuv va boshqa mashg'ulot turlari ko'proq mos kelsa, yuqori sinf o'quvchilari uchun hikoya tuzish, mashq bajarish, matnni o'qish, tinglash yordamida o'zlashtirgan bilimlarni dibetlar asosida ta'lim va amaliyot integratsiyalashuvini yaratadi. Ayniqsa, ko'rib, eshitib hikoyani tuzish faol lug'atdan foydalanish, so'z boyligini kengaytirish va og'zaki nutqni yaxshilash qobiliyatini shakllantirsa, jismoniy mashqlar grammatik materialni o'zlashtirishga yordam beradi. Matnni o'qish nafaqat o'qish ko'nikmalarini rivojlantiradi, balki o'quvchini ruhan o'rganilayotgan tilning madaniyati va an'analariga ham qiziqishini shakllantiradi.

354

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

_mumovayechimlaL

Ko'pgina o'qituvchilar turli xil usullarni birlashtiradilar, ya'ni mashg'ulotda til muhitiga xos takomillashtirilgan va klassik darsdan foydalanadilar. Ingliz tilini o'qitish metodikasi, psixologiyani bilish usullariga, xususan, idrok va fikrlashning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga, mashg'ulotga mos usullari va shakllarini tanlashga imkon beradi. Shuningdek, odatdagi ingliz tili mashg'uloti bilan bir qatorda darsni tashkil etishning kombinatsiyalangan quyidagi an'anaviy shakllari mavjud:

- davra suhbati;

- til to'garaklari;

- konferentsiya;

-olimpiada va boshqalar. Bu til muhitiga qiziqishni uyg'otib, ko'plab o'quvchilarni jalb qilish imkonini beradi.

Ayniqsa, ingliz tilida filmlarni tomosha qilish, muloqot qilish nafaqat nutqni tushunishga, shakllantirishga o'rgatadigan, balki qiziqarli o'yin-kulgiga aylanishiga, talaffuzni yaxshilashga, fikrlarni ingliz tilida yaxshiroq ifoda etishga hamda og'zaki nutqni tushunish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bunday mashg'ulotlar har qanday chet tilini o'rganishda qo'rquv hissini hosil qiladigan xavotirlilikni bartaraf etadi, hamda leksik va grammatik materiallarni to'liq o'zlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Ingliz tilini o'rganishning eng yaxshi usuli bu qiziqishni uyg'otadigan psixolingvistik usullar kombinatsiyasidir. Uni o'rganish usulini tanlash qiyin bo'lib tuyulishi mumkin, ammo quyidagi mezonlarga tayanish ko'proq imkoniyatlarni beradi:

- Darsning maqsadi.

- Tayyorgarlik darajasi.

- Psixologik hissiy qulaylik.

- Motivatsiya.

Quyida biz dars jarayonida qo'llanilishi samarali bo'lgan psixolingvistik usullar kombinatsiyasidan ayrimlariga to'xtalib o'tamiz:

Kommunikativ usul- bu nutqni, fikrlashni, ijodkorlikni yaxshilaydi. Mashg'ulotni tashkil qilishning turli shakllari bilan hamohang holda guruhning o'zaro ta'siri tamoyiliga asoslanadi. Mashg'ulotning asosiy shakllari: biznes o'yinlari, loyiha faoliyati, guruhlarda ishlash kabilardir. Bunda, tilni bilish darajasi har xil bo'lgan talabalar bilan aloqa tufayli og'zaki nutq yaxshilanadi, "til to'sig'i" deb ataladigan hissiy kechinma bartaraf etiladi.

Montessori bo'yicha bolalarni o'qitish usuli- bunda asosiy maqsad bolani tilni mustaqil ravishda o'rganishga undashdir. Qoida tariqasida, buning uchun alohida

355

April 26, 2024

xona tuziladi, u erda rasmlar, kitoblar, kublar, musiqiy o'yinchoqlar kabilar joylashtiriladi, bu esa bolaning qiziqishini uyg'otishi mumkin. Montessor usulini maqsadi bolaning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo'lib, u uy mashg'ulotlarida foydalanishda qulaylik tug'diradi.

Bizning fikrimizcha, bitta texnikadan foydalanish bola uchun qiziq hamda samarali emas. Ayniqsa, o'smirlarda tilni o'zlashtirishni muhim omili nafaqat til ko'nikmalarini, balki tengdoshlar bilan muloqot qilish, o'z qadriyatlar tizimini yaratish, o'z-o'zini nazorat qilish va tanlangan maqsadlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishdir. Bunda, o'qituvchi bir vaqtning o'zida har tomonlama mukammal, bilimli shaxsni tarbiyalaydigan manbaalarni taqdim etishi kerak. Ushbu usullardan biri CLIL (Content and Language Integrated Learning —tilni integratsiyalashuv asosida o'rganish)-ingliz tilidagi boshqa fanlarni o'rganish — bu matematika, adabiyot, jismoniy tarbiya va boshqalar bo'lishi mumkin. Quyida mazkur usulning afzalliklarini keltiramiz:

- bolaning har tomonlama rivojlanishi;

- boshqa mavzularni parallel o'rganish;

- qiziqarli material taqdimoti;

- turli xil texnikalarning kombinatsiyasi: tinglash, gapirish, yozish kabi.

Chuqurlashtirilgan ingliz tilida so'zlashadigan maktab, kollej va bolalar

bog'chalarida faol foydalaniladi, bu erda barcha fanlar chet tillarida olib boriladi. Ushbu yondashuv juda samarali bo'lib, ayniqsa, bola yoshligidan ingliz tili bilan shug'ullansa yanada keng imkoniyatlarni yaratadi.

Hissiy-semantik yondashuv- o'qituvchining birinchi darsdan boshlab talabalar bilan erkin muloqotiga asoslangan usuldir. Bunda g'oya shundan iboratki, talaba o'zini Angliya yoki boshqa davlat fuqorosi sifatida mos keladigan so'zlashuvda shaxsiy hikoya tuzishi, rol o'ynashi hamda ism tanlashi kerak bo'ladi. Bunday mashg'ulotlarning muvaffaqiyati nafaqat ishtirokchilarni xayoliy voqealarni aytib berishini, balki grammatikani boshqarishni ham rivojlantirishni qamrab oladi.

Xulosa o'rnida aytish joizki, ingliz tilini o'qitishda psixolingvistik mexanizmlar va usullarning ahamiyatli jihati sezilarli ta'sir etadi.Chet tillarini o'qitish nazariyasi va amaliyotini o'rganish natijalari o'qituvchilarning zamonaviy psixologik bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini izlashlari to'g'risida mulohaza yurutishga imkon beradi.

REFERENCES:

356

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

_mumovayechimlaL

1.Зимняя И. А. Психология обучения иностранным языкам в школе. М. : Просвещение, 1991. 222 с.

2.Китайгородская Г. А. Методика интенсивного обучения иностранным языкам : учеб. пособие. 2-е изд., испр. и доп. М. : Высшая школа, 1986. 103 с.

3.Леонтьев А. А. Принцип коммуникативности и психологические основы интенсификации обучения иностранным языкам // Русский язык за рубежом. М. : Русский язык, 1982. № 4. C. 48-53

4. Румянцева И. М. Психология речи и лингвопедагогическая психология. М. ПЕР СЭ, 2004. 319 с.

5. Современные методы и технологии преподавания иностранных языков. Сборник научных статей. Чебоксары-2019. 225 c.

357

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.