Научная статья на тему 'Психологические характеристики в процессе обучения учащихся младших классов'

Психологические характеристики в процессе обучения учащихся младших классов Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
104
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
система образования / педагогика / психология / учащиеся младших классов / психологические темпераменты / интерактивные методы / интерактивные уроки / education system / pedagogy / psychology / junior / school-age students / psychological temperaments / interactive methods / interactive lessons.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Мухаббат Маткаримова

Важно добиться эффективных результатов в системе образования и изучить психологические особенности учащихся в процессе обучения. Это требует от учителя как педагогических, так и психологических знаний. Исследования в системе среднего образования показывают, что быстрое изменение психологического состояния учащихся одного и того же возраста начальной школы оказывает прямое влияние на их учебный процесс. Также важно, чтобы специалисты в этой области обладали качествами интеллекта и умением находить положительное решение в этих ситуациях. То есть в данной статье подробно рассматриваются психологические особенности учащихся младшего школьного возраста в процессе обучения.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Psychological characteristics of small school-age students in the learning process

It is important to achieve effective results in the education system and to study the psychological characteristics of students in the learning process. This requires both pedagogical and psychological knowledge from the teacher. Research in the secondary education system shows that the rapid change in the psychological state of students of the same primary school age has a direct impact on their learning process. It is also important that experts in the field have the qualities of intelligence and the ability to find a positive solution to these situations. That is, this article discusses in detail the psychological characteristics of students of primary school age in the learning process.

Текст научной работы на тему «Психологические характеристики в процессе обучения учащихся младших классов»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

In the learning process of small psychological characteristics

school-age students

Muxabbat MATKARIMOVA1

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2021 Received in revised form 20 July 2021

Accepted 15 August 2021 Available online 15 September 2021

Keywords:

education system, pedagogy, psychology, junior,

school-age students, psychological temperaments, interactive methods, interactive lessons.

It is important to achieve effective results in the education system and to study the psychological characteristics of students in the learning process. This requires both pedagogical and psychological knowledge from the teacher. Research in the secondary education system shows that the rapid change in the psychological state of students of the same primary school age has a direct impact on their learning process. It is also important that experts in the field have the qualities of intelligence and the ability to find a positive solution to these situations. That is, this article discusses in detail the psychological characteristics of students of primary school age in the learning process.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning o'quv jarayonida psixologik xususiyatlar

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

ta'lim tizimi, pedagogika, psixologiya,

kichik maktab yoshidagi o'quvchilar,

psixologik temperamentlar, interfaol metodlar, interaktiv darslar.

Ta'lim tizimida samarali natijalarga erishish va o'quvchilarning o'quv jarayonida psixologik xususiyatlarini o'rganish muhim sanaladi. Bunda, o'qituvchidan ham pedagogik, ham psixologik bilimlar talab etiladi. O'rta ta'lim tizimida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ayni kichik maktab yoshidagi o'quvchilar psixologik holatining tez o'zgaruvchanligi ularning ta'lim olish jarayoniga bevosita o'z ta'sirini o'tkazadi. Bu esa soha mutaxassislaridan ziyraklik va ularning bu holatlariga ijobiy yechim topa olish hislatlariga ham ega bo'lishlari zarur. Ya'ni ushbu maqolada, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning o'quv jarayonida psixologik xususiyatlari haqida batafsil fikr yuritiladi.

1 trainee-researcher, Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz, Nukus, Uzbekistan.

IScîence

¿ArouyA tiM Срлсе

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue - 8 (2021) / ISSN 2181-1415

Психологические характеристики в процессе обучения учащихся младших классов

_ АННОТАЦИЯ_

Ключевые слова:

система образования, педагогика, психология, учащиеся младших классов,

психологические темпераменты, интерактивные методы, интерактивные уроки.

Важно добиться эффективных результатов в системе образования и изучить психологические особенности учащихся в процессе обучения. Это требует от учителя как педагогических, так и психологических знаний. Исследования в системе среднего образования показывают, что быстрое изменение психологического состояния учащихся одного и того же возраста начальной школы оказывает прямое влияние на их учебный процесс. Также важно, чтобы специалисты в этой области обладали качествами интеллекта и умением находить положительное решение в этих ситуациях. То есть в данной статье подробно рассматриваются психологические особенности учащихся младшего школьного возраста в процессе обучения.

Har qanday yoshdagi bolalarga maktabda yaxshi ta'lim olishlarida va darsga qiziqishlarida qandaydir motivatsiya kerak bo'ladi. Balki ular uy vazifasini bajarishda qiynalishadi, baholari tushib ketadi. Bu esa ularning qiziqishlari va psixologiyasiga qattiq ta'sir qiladi. Ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalar a'lo baho olishni yoqtiradilar. Faktlarga ko'ra, ushbu yoshdagi o'quvchilarning 70 foizdan ko'proq qismi, aynan a'lo baho olishni xohlaydi va bu ularni darsga qiziqishlariga ham sabab bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar ishtirokida Amerikaning o'nlab maktablarida o'tkazilgan psixologik so'rovnoma shuni ko'rsatadiki, bu yoshdagi bolalar erkinlikni va erkalashni (rag'bat, maqtov) ni juda yaxshi ko'radilar. Maktablarda ta'lim sifatini oshirish faqat pedagog-larning vazifasi emas. Boisi, ta'limda o'quvchilarning ruhiy holati ham muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan, Yevropa mamlakatlaridagi maktablarda bir emas, o'nlab bolalar, o'smirlar va yoshlar psixologlari o'z ish faoliyatini olib borishadi. Bu esa ta'lim sifatining va o'quchilar bilim saviyasining ortishiga xizmat qilgan. Bu amaliyit joriy etilgan maktablar rengtingida 7,8 foiz o'sish holati qayd etilgan.

Mutaxassislar tavsiyasiga ko'ra, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning motivatsiyasi bilan bog'liq muammolar borligi sezilsa, albatta, bolalar psixologiga murojaat qilish kerak. Boisi, bu ularning ta'lim olishiga salbiy ta'sir etadi va bu o'quvchilar kelajagiga ham ta'sir o'tkazadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ko'pincha darsga qiziqishni sustligi kuzatiladi. Kanadalik olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, buning bir nechta sabablari aniqlangan. Birinchidan, bu ularning oilaviy muhiti, tashqi muhit, ularning fe 'l atvori va qaysi psixologik tipga ularda dominantlik qilishi bilan aniqlanadi. Ya'ni, I. Alexandra aytgandek, "Yaxshi pedagog - yaxshi psixologik bo'lishi kerak". Shu bosidan ham yosh kadrlarga ham pedagogik ham psixologik ta'lim berish ijobiy samara beradi. Avvalo, siz ta'lim berayotgan sinfda qanday temperament psixologik tipga mansub o'quvchilar ko'pligini hisobga oling. Ya'ni kichik maktab yoshidagi o'quvchilar psixologiyasidagi o'zgachalikni yaxshilab o'rganib olish, ta'lim sifatini ham, bolalar qiziqishini ham ortishida eng muhimi hisoblanadi. Ma'lumki, har bir insonda 4 ta psixologik temperament mavjud bo'lib, ularning hammasi aslida har birimizda bor, lekin ulardan bittasi yoki bir nechtasi bizda dominantlik qiladi.

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue - В (2021) / ISSN 2181-1415

Misol uchun: Xolerik temperament - hissiyotning tez va kuchli qo'zg'aluvchanligi, barqaror bo'lishi bilan farq qiladi. Xoleriklar qizg'inlik va tajanglikka moyil bo'ladilar. Bunday temperamentli o'quvchilar chaqqon, umuman harakatchan, serg'ayrat va har doim urinuvchan bo'ladilar. Ular ko'pchilik bilan jamoa o'yinlar o'tkazishni sevadilar va bunday o'yinlarni ko'pincha o'zlari boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar arazchan, serjahl va tajang bo'ladilar. Bir narsadan xafa bo'lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Bu temperamentdagi o'quvchilar bilan ishlayitganda iloji boricha bosiqlik bilan munosabatda bo'lish zarur. Psixologlarning tavsiyasiga ko'ra esa, ularning g'ayratlari va shijoati ta'limga yo'naltira olinsa, ulardan kelajakda kuchli mutaxassislar yetishib chiqadi. Buning uchun esa pedagogdan yuqori salohiyat talab etiladi.

Sangvinik temperament - hissiyotning tez, kuchli qo'zg'aluvchanligi, lekin beqaror bo'lishi bilan farq qiladi. Sang-vinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o'zgarib, bir kayfiyat o'ziga teskari bo'lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turishi mumkin. Sangvinik temperamentli bolalar juda serharakat, ildam va chaqqon bo'ladilar. Ular har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo'ladilar. Ko'pincha, bir qancha vazifalarni birdaniga bo'yinlariga oladilar. Lekin, har bir ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ish-dan tez qaytishlari ham mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, aynan ushbu temperamentga mansub o'quvchilarning ko'pligi darsning qiziqarliroq bo'lishiga yordam beradi. Bu tipdagilar bilimga chanqoq bo'lishadi. Bu temeperamentdagi o'quvchilar sizga sinfda eng yaxshi yordamchi bo'la oladilar. Ularga ta'lim berishda odatda, taxminan 80 foiz vaziyatlarda pedagoglar qiynalishmas ekanlar.

Melanxolik temperament - hissiyotning sekin, lekin kuchli qo'zg'aluvchanligi va barqaror bo'lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo'ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo'ladi. Bunday temperamentli bolalar mo'min-qobil, yuvosh bo'ladilar, ko'pincha, birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ko'pincha, bu temperamentdagi o'quvchilar bilan ishlashda biroz qiyinchilik bo'ladi. Sababi shundaki ularni darsga qatnashtirish, savollarga javob olish yoki boshqa tashkiliy ishlarda ularning fe'l atvorida biroz sustlik kuzatiladi. Xarakter jihatidan esa ular odatda kamgap bo'ladi. O'z bilganlarini ham aytib berishga qiynaladilar. Pedagoglardan bu vaziyatda salkam haqiqiy psixolog bo'lish talab etiladi. Sababi siz har bir o'quvchining ertasi, kelajagi uchun mas'ul shaxslardan birisiz. Bu vaziyatda, psixologlarning birinchi tavsiyasi ular bilan oz vaqt bo'lsa-da, individual tarzda ishlash hisoblanadi. Bu esa ularga o'z iqtidorlarini namoyon etishlarida qo'shincha imkoniyatni taqdim etadi.

Flegmatik temperament - hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo'zg'alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo'min qobil bo'ladi. Ular ko'pchilikka ham aralashadigan, tortinchoq va hyech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo'ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo'lsa, o'zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o'yinlarga moyil bo'lmaydilar. Bu hil temperamentli bolalar jizzaki bo'lmaydilar va odatda ular o'yin-kulgilarga moyil emaslar. Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko'rsatishga moyil bo'lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo'lga qo'yilsa, ancha qunt bilan ish ko'radilar, yaxshi o'qib ketishlari mumkin. Albatta, sinfda bu temperamentdagi bolalar ham bo'ladi. Bu bolalarni hech qachon turli tadbirlard qatnashishga qattiq undamang. Boisi, ular psixologik jihatdan bu kabi ishlarni yoqtirmaydi va bu bilan siz ularning ruhiy holatuga salbiy ta'sir etishingiz mumkin. Ammo, o'z navbatida bu temperamentga mansub bolalar darsni yaxshi o'zlashtiradilar va ularda xotira ham kuchli bo'ladi.

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue - 8 (2021) | ISSN 2181-1415

O'quvchilarning kelajagi, taraqqiyoti va ta'limi haqidagi bilimlar tez sur'atlar bilan o'sib borar ekan, ta'limning yanada samarali amaliyotini shakllantirish imkoniyati ham oshdi. Ammo, bu yutuqlardan foydalanish, biologik, psixologik, sotsiologik, rivojlanish va o'rganish kabi bilimlarni birlashtirishni va ularni ta'limda paydo bo'layotgan muvaffaqiyatli yondashuvlar haqidagi tasavvurlar orqali o'quvchilarni darsga qiziqtirish samarali hisoblanadi. Ta'lim imkoniyatlarini qo'llab-quvvatlaydigan, puxta o'rganilgan strategiyalar to'g'risidagi ta'lim fanlari va bir qancha ta'lim tadqiqotlari dalillari ya'ni xorij tarjibasidan olib qarasak o'quvchilarni zamonaviy texnologiyalar va IT asosida darsga qiziqtirish mumkin. Bundan tashqari, biz o'qituvchilarga individual o'zgaruvchanlikka javob berishga, qiyinchiliklarni bartaraf etishga va chidamlilikni qo'llab -quvvatlashga yordam beradigan amaliyotlar haqidagi tadqiqotlarni ko'rib chiqamiz, bunda maktablar barcha bolalarning bilim olishiga ijobiy yo'llarini topishga imkon beradi.

Xususan "shaxslar va kontekstlar o'rtasidagi o'zaro ta'sirchan munosabatlar"ni nazarda tutadigan, o'zaro bog'liq rivojlanish tizimlari asosida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning psixologiyasini shakllantirish mumkin. Bu tizim bolaning jismoniy va psixologik, kognitiv, ijtimoiy va hissiy jarayonlari bilan bir qatorda maktabda ham, undan tashqarida ham atrof muhit omillari, munosabatlar va o'qish imkoniyatlarining o'zaro ta'siri natijasida qanday shakllanishini aniq ko'rsatib beradi. boshqasi - ham biologik, ham funktsional jihatdan - ular o'rganishga imkon beradi.

Dars paytida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni mashg'ulotlarga jalb qilishda turli interaktiv darslar va interfaol metodlardan foydalanish kerak bo'ladi. Ma'lumki, bolalarning e'tiborlari juda qisqa. Aniq uzunlik borasida fikrlar turlicha, lekin odatda 5 yoshli bolaning diqqatini jamlanganda 10-15 daqiqagacha, 11 yoshli bolada esa maksimal 25 daqiqani boshqarishi mumkin. Hozirgi vaqtda bolalar tez o'zgaruvchan va rag'batlantiruvchi muhitga o'rganib qolgan-ba'zi bolalar teleko'rsatuvlarini ko'rishga harakat qiling, shunda siz ular bilan tanish bo'lgan narsalarni sezasiz. Juda qiyin vazifa bolani osonlikcha taslim bo'lishga majbur qilishi mumkin yoki hatto muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik uchun noto'g'ri yo'l tutishi mumkin, juda oson ish esa zerikishga olib kelishi mumkin. Bolalar turli yo'llar bilan o'rganadilar - kimdir vizual tarzda yaxshiroq o'rganishi mumkin, kimdir eshitish orqali, kimdir amaliy mashg'ulotlar (kinestetik) orqali. Shu boisdan bolalarga o'rganishning turli usullarini taklif qilish va ularga tanlash imkoniyatini berish zarur.

O'quvchilar miyasiga dam tanaffus berish. Bu g'alati g'oya bo'lib tuyulishi mumkin, lekin qisqa vaqtdan so'ng o'quvchilarning gapini to'xtatish yaxshi ish. Fokusning qisqa o'zgarishi miyaga dam beradi va vazifaga qaytganida bolalar diqqatini jamlaydilar. Shunday qilib, taxminan 10 daqiqadan so'ng, tanaffus qilish, 2 daqiqa baquvvat mashqlar orqali (masalan, joyida yugurish, yuqoriga va pastga sakrash), qisqa qo'shiq kuylash yoki shunga o'xshash narsalar bolalarning qiziqishlarini orttiradi.

Xulosa qilib aytganda, pedagog o'z o'quvchilarining psixologik holatini qanchalik yaxshi bilsa, ta'lim berish ham osonlashadi. O'quvchilarning dars mashg'ulotlariga qiziqishlarini ortishiga esa pedagogning kreativ fikrlashiga bog'liq. Eng muhimi, odatiylik va bir xillikdan qochish kerak. Interfaol darslar davomida har bir o'quvchining psixologik temperamentini bilgan holatda ular bilan savol javob tarzida dars mashg'ulotini olib borish ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir etadi. O'quvchilar bilan ishlashda pedagog o'zida psixologik bilimlarni va yaxshi kommunikatsiya qila olish qobiliyatini shakllantira olsa, bilim berish hamda o'quvchilarni yaxshi tushunishda ko'maklashadi. Kichik maktab yoshidagi

niiSfipnrp

Uli lv"'" Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 8 (2021) / ISSN 2181-1415

o'quvchilarning o'quvga bo'lgan qiziquvchanligini shakllantirishning psixologik o'zgachaligi aynan ularning temperamentlari bilan bog'liq. Shu boisdan ham pedagog kuzatuvchan bo'lishi va har bir o'quvchining psixologiyasining o'zgachaligini yaxshilab o'rganib olishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Azevedo F.S. (2018). An inquiry into the structure of situational interests. Science Education, 102(1), - PP. 108-119.

2. Bergin C., & Bergin D. (2009). Attachment in the classroom. Educational Psychology Review, 21, 141-142-p Retrieved from https://doi.org/10.1007/s10648-009-9104-0.

3. Bogart V. (2002). The effects of psychology on the academic achievement of elementary school students. East Tennessee State University. - PP. 81-82.

4. Temperament Tiplari va xarakter xususiyatlarining o'quvchilarda shakllanishi https://atelim.com/alisher-navoiy-nomidagi-samarqand-davlat-universiteti-psixolog.html?part=2.

5. https://bmcpsychology.biomedcentral.com/articles/10.1186/s40359-020-00428-y.

6. https: //www.routledge.com/Primary-School-Teaching-and-Educational-Psychology/Galloway-Edwards/p/book/9780582497160.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.