Научная статья на тему 'PROFЕSSOR-O‘QITUVCHILARNI EMOTSIONAL PSIXIK XOLATININING KASBIY RIVOJLANISH DINAMIKASIGA TA’SIRI'

PROFЕSSOR-O‘QITUVCHILARNI EMOTSIONAL PSIXIK XOLATININING KASBIY RIVOJLANISH DINAMIKASIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
12
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Professor-o‘qituvchi / psixik holat / kasbiy rivojlanish dinamikasi / mas’uliyat / ta’lim-jarayoni.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bozorov Abdusodiq Abdurayimovich

Ushbu ilmiy maqolada professor-o‘qituvchilarni psixik holati va uning kasbiy rivojlanishiga ta’siri masalalari yoritib berilgan. Oliy ta’lim professor-o‘qituvchilarning mas’uliyati va kelgusi ishlarida ijtimoiy faolligi uning psixik holati, psixik imkoniyatlarini hisobga olish zarurati haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFЕSSOR-O‘QITUVCHILARNI EMOTSIONAL PSIXIK XOLATININING KASBIY RIVOJLANISH DINAMIKASIGA TA’SIRI»

PROFESSOR-O'QITUVCHILARNI EMOTSIONAL PSIXIK XOLATININING KASBIY

RIVOJLANISH DINAMIKASIGA TA'SIRI Bozorov Abdusodiq Abdurayimovich

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.10676717

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada professor-o'qituvchilarni psixik holati va uning kasbiy rivojlanishiga ta'siri masalalari yoritib berilgan. Oliy ta'lim professor-o'qituvchilarning mas'uliyati va kelgusi ishlarida ijtimoiy faolligi uning psixik holati, psixik imkoniyatlarini hisobga olish zarurati haqida ilmiy ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Professor-o'qituvchi, psixik holat, kasbiy rivojlanish dinamikasi, mas'uliyat, ta'lim-jarayoni.

Аннотация. В данной научной статье обсуждаются вопросы психического состояния профессоров и преподавателей и его влияние на профессиональное развитие. Представлены научные сведения о необходимости учитывать психическое состояние и умственные способности преподавателей высшей школы, их социальную активность в дальнейшей работе.

Ключевые слова: Профессор-преподаватель, психическое состояние, динамика профессионального развития, ответственность, учебный процесс.

Abstract. This scientific article discusses the mental state of professors and teachers and its impact on professional development. Scientific information is presented on the need to take into account the mental state and mental abilities of higher education teachers, their social activity in further work.

Keywords: Professor-teacher, mental state, dynamics of professional development, responsibility, educational process.

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda ko'p bosqichli ta'lim, ta'limning yangi dasturlari hamda professor-o'qituvchilardan yangi tajribalar, kasbiy faoliyatining yuqori chuqqilariga erishi kabi xatti-harakatlar borgan sari kuchayib bormoqda. Jahon universitetlar ta'limi oldida rivojlanayotgan globallashuv davri talablariga mos ta'limni takomillashtirish o'quv dasturlari, o'qitish va uning yangi texnologiyalarini kuchaytirish, jahon hamjamiyati barcha ta'lim islohotlarining markazida "yangi" o'qituvchini ko'rishini xohlayotgani bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Respublikamizda mamlakat ravnaqi va kelajagi uchun ta'lim sohasini isloh etishga alohida e'tibor qaratilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 -apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-2909-son qarorida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha yangilangan davlat oliy ta'lim standartlari va o'quv dasturlari joriy qilish, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish» ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Oliy ta'lim muassasalaridagi professor-o'qituvchilar salohiyati, kasbiy kamolotini rivojlantirish ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan yangicha nazariy yochimlarni topish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida», 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi» Farmonlar, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 2 mayda «Pedagog xodimning maqomi to'g'risida»gi QL-1010-sonli Qarorlari hamda oliy ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyatiga taalluqli boshqa normativ-huquqiy hujj atlarda belgilangan ustuvor vazifalar professor-o'qituvchilarga katta mas'uliyat yuklaydi.

Hozirgi kunda Oliy ta'lim universitetlari oldida mas'uliyatli ishlardan ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarini yangi innovatsiyalar bilan boyitib borish, talaba yoshlarni har tomonlama tarbiyalash, ta'lim berish masalalari tinimsiz ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari bilan tanishtirib borish kabi bir qator masalalarini o'z ichiga qamrab olgan. Hozirgi kunda barcha oliy ta'lim tizimida jadal texnik, texnologik innovatsiyalar, fanlar bo'yicha ilmiy nazariyalar, dunyoqarashlarning jadal rivojlanayotgan bir davrda professor-o'qituvchilardan ilmiy izlanishlarga asoslangan yangi ta'limga har tomonlama tayyorgarlikni talab qiladi.

Professor-o'qituvchilarni kasbiy faoliyatni zo'riqishsiz amalga oshadi deb hech kim kafolat bera olmaydi. Shuning uchun professor-o'qituvchilarning o'z faoliyatidagi zo'riqish holatlarini bartaraf etishga tayyor turishlarini shakllantirish zarur va bunda ko'pincha pedagogik vazifalarni, muammolarni yechish malakasini rivojlantiruvchi maxsus psixologik tavsiyalar va psixotrening mashg'ulotlar, innovatsion yondashuvlar borgan sari kuchayib bormoqda.

Bugungi kun professor-o'qituvchilari har tomonlama rivojlangan kuchli mutaxassis bo'lishi lozim. Professor-o'qituvchi o'z fan nuqtayi nazaridagi bilimlarga ega bo'lishi, malaka va ko'nikmalarini shakllantirib borishi, o'zini namoyon qila olishi, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni olib borishi, psixologiya bilimlaridan xabardor bo'lishi, xorijiy tillarni bilishi, kompyuter savodxonligini oshirishi borishi, ijtimoiy tarmoqlarda o'z veb-sayti, "Google Scholor"da (H-index)ini oshirishi, "Scopus", "Web of Science" xalqaro jurnallarga ilmiy maqolalarni chop etishi, yuqori impakt faktorli xalqaro jurnallariga va mahalliy VAK ruyhatidagi jurnallarga ilmiy maqola, tezislar yozishi, o'quv, uslubiy qo'llanmalar, darsliklarni tayyorlash, chop etishi masalalari bilan shug'ullanishi hamda fan saho yo'nalishi bo'yicha ilmiy salohiyatga PhD va DSc ilmiy darajalari ega bo'lishini talab qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Professor-o'qituvchilarning ko'pchiligi ko'rsatilib o'tilgan ishlar bilan doim band va talaba yoshlarga o'zlarining bilimlarini yetkazib kelmoqda. Shunday bo'lsada, professor-o'qituvchilarni nerv-psixik holati kasbiy rivojlanish dinamikasiga ta'siri masalasini ilmiy o'rganib oydinlik kiritishga harakat qilamiz. Ta'kidlab o'tish joizki, hozirgi kunda professor-o'qituvchilarni nerv-psixik holati kasbiy rivojlanish dinamikasiga ta'siri masalasi qator oliy ta'lim universitetlari oldida turgan eng muhim vazifalarni to'liq amalga oshirishda hisobga olinish zarur bo'lgan tomonlaridan biri sanaladi.

Jamiyatimizga yuqori darajadagi kadrlarni yetishtirishda oliy ta'lim professor-o'qituvchilarni hissasi juda katta. Ular, talaba yoshlarga har tomonlama o'rnak bo'la olishi lozim. Professor-o'qituvchilarni kasbiy kamolotining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o'rganish bugungi kunning dolzarb masalalari hisoblanadi.

Ma'lumki, professor-o'qituvchilar psixologiyasini bilmasdan turib ulardan yuqorida ko'rsatib o'tilgan ilmiy salohiyatni talab qilishimiz qanchalik o'rinli ekan. Respublika miqyosidagi mahalliy jurnallarga ilmiy maqola va tezislar tayyorlash, uni chop etishi professor-o'qituvchidan qancha vaqt talab qilinadi? uning sharoitlari hisobga olinishi kerakmi? Ertanggi bo'ladigan dars mashg'ulotlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rishi masalalarini qaysi mezon asoslarida o'rganib borishimiz yoki bu jarayonlarga tayyor psixodiagnostik tashxis quyilishiga qanchalik e'tiborlimiz?- bir uylab ko'rish vaqti keldi. Ta'lim jarayonlarida talaba yoshlarning qalbiga yo'l topa olishi uchun ham ulardan psixologik-pedagogik bilimlar talab qilinadi. Talabalar bilan

bo'ladigan o'zaro muloqotda kasbiy tajribalaridangina foydalanib yoshlarga yo'l yo'riq ko'rsatishlarimiz bugungi kunda negadir qoniqarsizdek tuyuladi.

Professor-o'qituvchilarni kasbiy faoliyati his-tuyg'ular, milliy xarakter xususiyat, xulq, muomala qoidalari, qonuniyatlar, hodisalar, mexanizmlar, vositalar va ko'nikmalardan me'yoriy ravishda, maqsadga muvofiq tarzda foydalanishni nazarda tutadi. Ta'lim-tarbiya jarayoni butun mashg'ulot davomida ta'lim oluvchi faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda uyg'otib borish maqsadini ko'zda tutadi. O'quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya ta'lim oluvchilarni tezkorlik bilan o'quv yoki o'quv-tadqiqiy faoliyatga jalb qilish imkoniyatini beradi. Aks holda zaif, yetarli darajada tushunarli bo'lmagan yoki aniq natijani ko'zlamagan topshiriqlar mashg'ulotning samarasiz yakunlanishiga olib keladi. Bunday holatlar ta'lim oluvchining ortiqcha hissiyotlarga berilishi, o'quv faoliyatiga undovchi rag'batning pasayishi, o'qishdan bezishi hamda o'quv predmeti va o'qituvchiga nisbatan salbiy munosabatda bo'lishiga sabab bo'ladi.

Professor-o'qituvchilar kasbiy faoliyati turli-tuman zo'riqish holatlari va faktorlari bilan to'la, o'zida yuqori emotsional ta'sirning potensial imkoniyatini olib yuruvchi, o'rtacha qilib olganda o'qituvchining zo'riqish darajasi menejer va bankirlar hamda assotsiatsiyalar rahbarlari zo'riqishidan yuqoriroqdir. Bevosita odam (talaba)lar bilan ishlaydigan kasbiy faoliyat sharoiti ko'pincha zo'riqish holatini egallaydi. Bu zo'riqish o'qituvchilarning o'zaro muvofiq harakatlarining ichki mexanizmlari, psixofiziologik qonuniyatlar, obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar, omillar, manbalar ta'siri ostida yuzaga keladi. Professor o'qituvchilarni kasbiy rivojlanishi faoliyatida psixologik zo'riqishlar, charchoq holati, stresslarni kelib chiqishi tahlil qilinganda "tashqi " va "ichki" faktorlar dialektikasini obyektiv va subyektiv sabablarning birligini doimo eslab turish kerak. Pedagogik faoliyatda zo'riqish holatlariga tayyor turishni shakllantirish zarur va bunga ko'pincha pedagogik vazifalarni, muammolarni yechish malakasini rivojlantirish yordam beradi. Ziddiyatli vazifalarni tahlil qilish bo'lajak pedagoglarga kelajakdagi faoliyatlarida sodir bo'ladigan zo'riqish vaziyatlariga tayyor turishni o'rgatadi.

Psixolog Arina Miller o'z ilmiy maqolasida o'qituvchilardagi yuqori ish intensivligi pedagogik-psixologik charchoq belgilarini ko'rsatishi mumkinligini hamda o'qituvchilarning kasbiy charchashiga qanday yordam berishini tasvirlab bergan edi. O'qituvchining kasbi boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlar va ularning tajribasi bilan aloqa qilish nuqtayi nazaridan katta yukni o'z ichiga oladi va "yordamchi" kasblar spektriga kiradi-deb ta'kidlab o'tgan. Yordamchi kasblar - bu boshqa odamlarga yordam berish, ularning muammolarini aniqlash va hal qilish, shuningdek, muayyan vaziyatda ta'limning keyingi harakatlari to'g'risida g'oyalarni kengaytirishga qaratilgan kasblar.

Professor-o'qituvchilarni psixik holatini o'rganish va uning kasbiy rivojlanish dinamikasiga ta'sirini o'rganish faqat bir tomonlama olib boriladigan tadqiqot ishlaridan emas. Har bir shaxsning kasbiy shakllanishi va rivojlanish bosqichlari ma'lum vaqtlarni o'z ichiga qamrab oladi. Shaxs xususiyatlari psixologiyada keng o'rganilgan, shunday bo'lsada professor-o'qituvchi shaxsining psixik holatini o'rganish alohida bir yo'nalishni tayinlasa uning kasbiy rivojlanishi, kasbiy kamolotiga erishish masalalarini o'rganish ikkinchi bir tadqiqotlarga yo'l ochib beradi.

Psixologik tadqiqotlarda o'qituvchining psixologik zo'riqishlari, xavotirlari va tashvishlarining psixologik xususiyatlarinin ochib berishga harakat qilgan ilmiy izlanishlarni uchratish mumkin. Lekin oliy ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilarni psixik holati kasbiy rivojlanishiga ta'siri doirasidagi ilmiy izlanishlar O'zbekiston Respublikasi

miqyosida psixologik jihatdan amaliy ko'maklarga muhtojlikni sezamiz. Shu sababli oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilarga yaqindan amaliy psixologik yordam beruvchi psixolog xizmatini takomillashtirib borish joizdir.

O'qituvchining pedagogik qobiliyati, pedagogik mahorati, psixologik kompetensiyalari kabi sifatlarga ega bo'lsada, professor-o'qituvchi-shaxsdir. Uning ichki psixik imkoniyatlarini albatta hisobga olgan holda ularga psixokorreksion mashg'ulotlarni doim olib borishni tavsiya etamiz. Professor-o'qituvchilar faoliyatini samaradorligini oshirish, turli xil innovatsion texnologiyalar bilan boyitilishi va ilmiy salohiyatni ko'tarish kabi bir qator ishlarning hajmi juda ko'pligi, ta'lim oldiga qo'yilgan vazifalarning bajarilishi o'qituvchi shaxsiga bo'lgan ta'sirining psixologik o'rganilishni taqoza etmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 2 mayda «Pedagog xodimning maqomi to'g'risida»gi QL-1010-sonli Qarori

2. Анисимова О. А. Здоровье учителя - проблема современной школы // Психология созидания - Т.7. - Вып. 2. - Казань: РПО, 2000.

3. Бабич О.И. Профилактика синдрома профессионального выгорания педагогов: диагностика, тренинги, упражнения/Авт.-сост. Волгоград: Учитель, 2009.

4. Березина Т. С. Становление профессиональной идентичности педагога // Педагогическое образование и наука. 2008. № 7. С. 24-27

5. Гозиев Э.Г., Мамедов К. Касб психологияси Тошкент, 2005. - 126 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.