Научная статья на тему 'ПРИМЕНЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ ПРИ ОБУЧЕНИЯ МАТЕМАТИКИ В СРЕДНЕЕ СПЕЦИАЛЬНЫХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ'

ПРИМЕНЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ ПРИ ОБУЧЕНИЯ МАТЕМАТИКИ В СРЕДНЕЕ СПЕЦИАЛЬНЫХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Электронная доска / интерактивная панель / интерактивный дисплей / приложения / программа / цифровицация / математическая грамотность.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Эгамбердиев Сардор Собитович

Сегодня развитие цифровых технологий получило массивный масштаб, и мы сталкиваемся с этим во всех аспектах нашей жизни. У более чем 4-х миллиардов земного шара имеется доступ к мировой паутине и, по оценкам, почти каждый житель нашей планеты имеет какое-либо мобильное устройство, причем половина из них смартфоны. Данное развитие повлиял на то, как люди взаимодействуют с другими людьми, узнают новости и видят мир вокруг себя. Особенно это касается процесса обучения, которое сегодня из традиционного трансформировалось в цифровое.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ПРИМЕНЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ ПРИ ОБУЧЕНИЯ МАТЕМАТИКИ В СРЕДНЕЕ СПЕЦИАЛЬНЫХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ»

ELEKTR ISTE'MOLCHILARINING QUVVATINI VA ENERGIYA SARFINI

O'LCHASH EKSPERIMENTI 1Nurillayev Bobomurot Najmitdinovich, 2Umarova Madina Sodiqjon qizi, 3Saidova Munisa

To'qlin qizi

1TDPU dotsenti 2'3TDPU "Fizika va astronomiya" ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10988779

Annotatsiya. Ushbu maqolada elektr istemolchilarning qanday quvvat bilan ishlayotganligini o'lchash va ma'lum bir vaqt ichida qancha elektr energiyasi sarf qilishini aniqlashga imkon beradigan eksperimental qurilma va laboratoriya ishining bajarilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: o'zgaruvchan tok, elektr energiyasi, elektr iste'molchi, quvvat, elektr tokining ishi, quvvatni o'lchash, elektr tokining ishini o'lchash, laboratoriya ishi, cho'g'lanma lampa, yorug'lik diodli (Led) lampa, voltmetr.

Abstract. This article describes an experimental device and laboratory work that allows you to measure how much electricity consumers consume and determine how much electricity they consume in a given period of time.

Keywords: alternating current, electrical energy, electrical consumer, power, work of electric current, power measurement, measurement of work of electric current, laboratory work, incandescent lamp, LED lamp, voltmeter.

Аннотация. В данной статье описано экспериментальное устройство и лабораторная работа, позволяющая измерить, сколько электроэнергии потребляют потребители, и определить, сколько электроэнергии они потребляют в тот или иной период времени.

Ключевые слова: переменный ток, электрическая энергия, электропотребитель, мощность, работа электрического тока, измерение мощности, измерение работы электрического тока, лабораторная работа, лампа накаливания, светодиодная лампа, вольтметр.

Jahon tajribasidan ma'lumki, energiya resurslarini ishlab chiqarishning o'zi yetarli emas, uni tejash ham zarur. Vaqt o'tishi bilan har qanday mamlakat energiya resurslari iste'molini tartibga sola boshlaydi. Mamlakatimizda va dunyo miqyosida ham elektr energiyasidan foydalanishda tejamkorlikka e'tibor qilish muammosi eng dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda.

Kundalik hayotda iste'mol qilinadigan umumiy energiyaning asosiy ulushi - taxminan 79 foizi xona va inshootlarni isitishga sarf bo'ladi, energiyaning 15 foizi issiqlik jarayonlariga (suv isitish, pishirish va boshqalar), 5 foizi maishiy elektr texnikalarga va energiyaning 1 foizi yorug'lik, radio va televizor uskunalariga sarflanadi.

Hozirgi kunda xonadonlarda, ko'chalarni yoritish tizimlarida, ko'cha svetoforlarida va boshqa joylarda an'anaviy cho'g'lanma lampalar o'rniga Led lampalardan foydalanilmoqda. Ular cho'g'lanma lampalarga qaraganda ancha samarador. Led lampalarning cho'g'lanma lampalarga nisbatan kam elektr energiya sarf qilishini, ya'ni qanchalik darajada energiya jihatidan tejamli ekanligiga talabalarning ishonch hosil qilishlari maqsadida Elektr va magnetizm laboratoriya xonasida elektr tokining quvvati va ishini o'lchashga imkon beruvchi laboratoriya ishi qurilmasini talabalar bilan birgalikda yig'dik va ishga tushirdik. Laboratoriya ishining mavzusini "Elektr tokining quvvati va ishini o'lchashni o'rganish" deb nomladik.

Ishning maqsadi: Lampalarning qanday quvvat bilan ishlashini va ularning belgilangan vaqt ichida qancha elektr energiyasi sarf qilishini hisoblashni eksperimentda o'rganish. Cho'g'lanma lampalar bilan zamonaviy Led lampalarning quvvatlarini solishtirish orqali ulardagi elektr energiya sarfi orasidagi farqni baholash.

Kerakli asboblar va jihozlar: Elektr taqsimlagich (kuchlanish manbai), 0217.1 - elektr tokining quvvati va ishini o'lchash asbobi (Germaniyaning LEYBOLD firmasida ishlab chiqarilgan), voltmetr (Koreya), 5 ta yoki 4 ta lampa, kalitlar, elektron sekundomer (LEYBOLD), ulash simlari.

0217.1 - elektr tokining quvvati va

ishini o'lchash asbobi Voltmetr Elektr taqsimlagich (kuchlanish

manbai)

1-rasm. Laboratoriya ishi qurilmasida ishlatiladigan asboblar

Ishni bajarish tartibi.

1. Elektr tokining quvvati va ishini o'lchash laboratoriya eksperi-mentida foydalaniladigan asboblar va jihozlar bilan tanishing (1 va 2 -rasmlar).

2. 2-rasmdagi sxema bo'yicha zanjirni yig'ing va uning to'g'riligini o'qituvchiga tekshirtiring.

3. Elektr taqsimlagich (kuchlanish manbai) ning kuchlanish o'zgartirgichini eng past holatga qo'ying (soat strelkasiga teskari tomonga va oxirigacha).

4. O'qituvchi ruxsati bilan 0217.1 asbobini va Elektr taqsimlagich (kuchlanish manbai) ni tok manbaiga ulang (220 V).

2-rasm. Eksperimental qurilmaning sxematik ko'rinishi

1-mashq. Elektr tokining quvvatini o'lchash

5. 0217.1 asbobini ishga tayyorlab oling. Buning uchun 1-kalitni 300 V ga, 2 ni 3A ga, 3-kalitni W belgi tomonga, 4 ni Stop belgisi to'g'risiga qo'ying va asbob ekranidagi raqamni nolga keltiring.

6. k1 kalitni ulang va kuchlanish manbaidagi 1 murvatni soat strelkasi bo'yicha burab, kuchlanishni sekin oshiring. Bu vaqtda birinchi lampa xira yonadi. So'ngra kuchlanishni orttirib borib, voltmetrning ko'rsatishini va 0217.1 asbobning ko'rsatishini kamida 5 marta yozib oling.

7. Kuchlanish manbaidagi 1 murvatni soat strelkasiga teskari tomonga burab, boshlang'ich holatga qaytaring.

8. k2 kalitni ulang, bu vaqtda birinchi va ikkinchi lampalar xira yonadi. Yana tajribani 6-band bo'yicha takrorlang.

9. k3 kalitni ulang, bu vaqtda birinchi, ikkinchi va uchinchi lampalar xira yonadi. Yana tajribani 6-band bo'yicha takrorlang.

10. Barcha olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing:

№ Cho'g'lanma 1 2 3 4 5

1 ta lampa Quvvat (W)

Kuchlanish (V)

2 ta lampa Quvvat (W)

Kuchlanish (V)

3 ta lampa Quvvat (W)

Kuchlanish (V)

11. k1, k2, k3 kalitlarning hammasini uzing va k4 kalitni ulang. Bunda to'rtinchi LED lampa yonadi. LED lampa bilan tajribani takrorlang.

12. k4 kalitni ulang, bunda beshinchi LED lampa ham yonadi. Ikkita LED lampa bilan tajribani takrorlang.

13. Olingan natijalarni quyidagi j advalga yozing:

№ LED 1 2 3 4 5

1 ta lampa Quvvat (W)

Kuchlanish (V)

2 ta lampa Quvvat (W)

Kuchlanish (V)

2-mashq. Elektr tokining ishini o'lchash

Elektr tokining ishini o'lchashda ham yuqoridagi tajriba deyarli takrorlanadi.

1. 0217.1 asbobidagi 5 kalitni 102 yoki 103 holatga qo'ying.

2. Lampa (lar) ni biror quvvatni ko'rsatib turgan holatida qo'ying va uni yozib oling.

3. 0217.1 asbobidagi 3 kalitni Ws holatga qo'ying va 4 kalitni Reset holatga qo'ying, so'ngra yana va Stop belgisiga qaytaring.

4. 4-kalitni Run belgisi tomonga qo'ying va shu zahoti sekundomerni ishga tushiring. Belgilangan ma'lum vaqtdan keyin kalitni Stop belgisiga qaytaring va 0217.1 asbobning ko'rsatishini yozib oling. Tajribani kamida uch marta turlicha vaqtlar oralig'ida takrorlang.

5. Tajribani yuqoridagi kabi barcha lampalar bilan bajaring.

6. Natijalarni quyidagi j advalga kiriting:

№ P (W) Ish Ish Ish Ish

(30 sek) (60 sek) (90 sek) (120 sek)

1 ta lampa 1

2

3

2 ta lampa 1

2

3

3 ta lampa 1

2

3

1 ta LED lampa 1

2

3

2 ta LED lampa 1

2

3

Tajribalar natija aridan foydalanib, lampa ar to'la quvvat bilan ishlaganda qa

7.

ichida qancha elektr energiyasi sarf qilishini va bu energiya uchun qancha pul to'lanishi kerakligini hisoblang. Masalan, Lampa bir sutka davomida taxminan 6 soat yonib turgan bo'lsa, u bir haftada va bir oyda qancha elektr energiyasi sarf qiladi va bu energiya uchun qancha pul to'lanishi kerak (1kVt*soat elektr energiyasi uchun 01.10.2023 dan 295 so'm)

8. Cho'g'lanma lampa va LED lampalar sarf qiladigan elektr energiyani va unga to'lanadigan pul miqdorlarini taqqoslang.

Ushbu laboratoriya ishini bajargan talabalar elektr iste'molchilarida ajraladigan quvvatni o'lchash bilan birgalikda, elektr tokining bajargan ishini ham aniqlaydilar, hamda zamonaviy Led lampalarning cho'g'lanma lampalarga nisbatan energiya jihatidan qanchalik darajada tejamli ekanligiga ishonch hosil qiladilar.

REFERENCES

1. Nurillayev B.N. Fizika o'qitish jarayonida o'zgaruvchan tok zanjirlarining to'la qarshiligini hisoblash metodikasi. Maqola. Pedagogika. -2015. -№2. 53-60 Geraap.

2. Toshxonova J.A., Rizayev T., Maxmudova X.M., Nurillayev B.N. O'zgaruvchan tok zanjiridagi aktiv, induktiv, sig'im qarshiliklar va ularga asoslangan laboratoriya ishlari. Metodik qo'llanma. -T.: TDPU. 2006. -84 b.

3. Ачкасова Г.А., Разумовского Э.К. Сборник задач по теории электрических цепей. -М.: Радио и связ. 1984. -242 б.

4. Барсуков, В.И. Физика. Электричество и магнетизм: учебное пособие /В.И. Барсуков, О.С. Дмитриев. - Тамбов: Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2009. - 252 с. - 300 экз. - ISBN 978-5-8265-0866-4

5. https://minenergy.uz/uz/news/view/1984

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.