Научная статья на тему 'POREY PIYOZINING MORFOLOGIK BELGILARINI TAHLIL ETISH'

POREY PIYOZINING MORFOLOGIK BELGILARINI TAHLIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
porey piyozi / nav / issiqlik / oftob / quritish uskunasi / namlik / harorat / og‘irlik / poya / mahsulot.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nortojiyev Bobosher Sheraliyevich, Solayeva Umida Shonazar Qizi

Ushbu maqolda porey piyozini navlarini bir-biridan morfologik jihatdan farq qilishi va quritishbop porey piyozi navini xususiyatlari o‘rganildi. Tajribalar davomida porey piyozini quritish uchun eng yaxshi navi haqida ma‘lumotlar to‘planib, tavsiyalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «POREY PIYOZINING MORFOLOGIK BELGILARINI TAHLIL ETISH»

POREY PIYOZINING MORFOLOGIK BELGILARINI TAHLIL

ETISH

1Nortojiyev Bobosher Sheraliyevich, 2Solayeva Umida Shonazar qizi

1Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti 1Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13950902

Annotatsiya. Ushbu maqolda porey piyozini navlarini bir-biridan morfologik jihatdan farq qilishi va quritishbop porey piyozi navini xususiyatlari o'rganildi. Tajribalar davomida porey piyozini quritish uchun eng yaxshi navi haqida ma'lumotlar to'planib, tavsiyalar berildi.

Kalit so'zlar: porey piyozi, nav, issiqlik, oftob, quritish uskunasi, namlik, harorat, og'irlik, poya, mahsulot.

Аннотация. В данной статье изучены морфологические различия сортов порея и особенности сушки сортов порея. В ходе экспериментов была собрана информация о лучшем сорте для сушки лука-порея и даны рекомендации.

Ключевые слова: лук-порей, сорт, тепло, солнце, сушильное оборудование, влажность, температура, масса, стебель, продукт.

Abstract. In this article, morphological differences between leek varieties and characteristics of drying leek varieties were studied. During the experiments, information about the best variety for drying leeks was collected and recommendations were made.

Keywords: leek, variety, heat, sun, drying equipment, humidity, temperature, weight, stem, product.

Kirish

Respublikamiz hududida porey piyozi kam tarqalgan sabzavot ekin turlariga kiradi. Bizning sharoitimizda bu piyoz turni kam miqdorda yetishtirlsa ham tarkibi jihatidan boshqa sabzavot ekin turlaridan alohida ahamiyatga egadir. O'zbekiston hududida porey piyozini 1 ta Linkolin Fi duragayi davlat reestridan o'tkazilgan. Bugungi kunda mamlakatimiz yosh ilmiy tadqiqotchilari tomonidan porey piyozini yangi navlarini bizning hududimizda yetishtirish yo'lga qo'yilib, ularning nav xususiyatlari o'rganilmoqda.

Dunyoning ko'plab mamlakatlarida porey piyozi yetakchi sabzavot ekini sifatida keng tarqalgan. U boshqa piyozlar bilan birga yoki ularning o'rniga turli xil taomlar tayyorlashda ishlatiladi. Porey piyozi biologik faol moddalarning boy manbai bo'lib, yuqori hosildorligi, kasalliklarga, zararkunandalarga va ba'zi noqulay o'sish sharoitlariga chidamliligi bilan ajralib turadi. Porey piyozi boshqa turlaridan farqli o'laroq, o'tkir, nozik ta'mga ega bo'lib, bu ularni to'g'ri ovqatlanish ratsionda qo'llash imkonini beradi. Porey piyozi shifobaxsh xususiyati bor uning tarkibida oltingugurt birikmalari, flavonoidlar, kimyoviy moddalarning ko'pligidan boshqa piyozdoshlardan ajralib turadi Piyoz mikroblarga qarshi, yallig'lanishga qarshi, tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega va u immunostimulyator hisoblanadi [1].

Ushbu tabrijamizning maqsadi porey piyozini yetishtirshda navlarini morfologik jihatdan bir-biridan taqqoslash, quritishbop porey piyozi navini xususiyatlarini o'rganish va uni quritishga tavsiya qilishdir. Porey piyozini turli xil usullarda quritib ekologik toza mahsulot olish mumkin faqat bu usullar bir-biridan mahsulot chiqish foizi, sifati, rangi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.[2,3,4].

Ilmiy tadqiqot uslubi.

Tadqiqotlarda dala tajribalarini o'tkazishda fenologik kuzatuvlar, biometrik o'lchovlar, bo'yicha kuzatuvlar olib borildi. Kuzatuv va xisoblash ishlari umum qabul qilingan talablarga mos ravishda o'tkazildi. Bunda "МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЙ В ОВОЩЕВОДСТВЕ" o'quv qo'llanmasidan foydalanildi. Quritilgan sabzavotlarni sof og'irligi, zarrachalarni shakli va o'lchami, silliqlash hajmi, tashqi ko'rinishdagi nuqsonlar, tarkibiy qismlarning nisbati, organoleptik ko'rsatkichlar va quritishni aniqlash usullari Gost 13340.1-77, Standart EEK OON FFV - 21 Porey piyozi davlatlararo standartlar bo'yicha aniqlandi.

Tadqiqot 2023-2024 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Axborat maslahat markazining meva-sabzavotlarni yetishtirishga va quritishga mo'ljallangan tajriba maydonida amalga oshirildi.

Tadqiqotning maqsadi: porey piyozini bizning hududimizda yetishtirilayotgan navlarni barcha morfologik xususiyatlarni o'rganib, quritishbop navini tanlashdir.

Tadqiqot obyekti sifatida porey piyozini Linkolin F1 duragayi tanlab olingan.

Tadqiqot natijasi Olib borilgan fenologik kuzatuvlar natijasida porey piyozini Kolambus va Vesta navlari bir-biridan tashqi ko'rinishi bargi, soxta oq bosh qismi (uzun, kalta), poyasini bo'yi, vazni kabi jihatlar bilan farq qiladi (1-jadval)

1-jadval

Porey piyozi navlarining morfologik ko'rsatkichlari (2023-2024 yy)

Porey piyozi navlari Umumiy poya uzunligi, sm Og'irligi gr Oq soxta bosh qismi, dm Poyani o'rta qismini, dm Poyada barglanish qismi,sm 1 ta poyada barglar soni 1ta bargning yon qismini o'lchami sm

Kolambus 93 159 32,6 23,7 23 13 2,6

Vesta 65 171 35,5 28,3 10 11 4,1

Porey piyozini yuqoridagi 2 ta navi ham quritishbop hisoblanadi. Chunki, bu 2 ta nav yirik poyaga ega,tarkibidagi ozuqa midori yuqori hisoblanadi. Tarkibidagi suv miqdori esa bosh qismida 81,92%, bargida esa 87,07% ni tashkil etadi. Buni labaratoriya sharoitida maxsus vlagomer uskunasida aniqlandi. Buning uchun porey piyozini bosh qismidan 6,691 gr namuna olib, +135°C haroratda 42 daqiqa davomida tarkibida 81,92% namlik borligi aniqlandi. Xuddi shunday usulda porey piyozini barg qismidan 3,085 gr olib, +135°C haroratda 31 daqiqa davomida tarkibida 87,07% namlik borligi aniqlandi.

1-rasm Vlogamer uskunasida porey piyozi (bosh va barg qismi) tarkibidagi suv miqdorini

aniqlash.

Tadqiqot ishimiz davomida porey piyozini bosh va barg qismlarini turli xil shakl va o'lchamlarda quritish uskunasida va oftobda 23-49 soat davomida quritdik. Porey piyozini asosan soxta bosh qismini mayda halqa ko'rinishida va barg qismini ham maydalab oftobda va quritish uskunasida 3-5 kg dan quritdik.

Ochiq maydonda oftobda mahsulotni quritishga joylashtirishda havoning harorati kunduz kuni 38-40°C harorat bo'lsa, kechasi 23-25°C ni tashkil qildi. Tajribamiz davomida kunduz kuni soat 13:00 da qurtgich ichidagi harorat 55-60°C ni tashkil qildi. Kunning ikkinchi qismida esa bu harorat biroz pasaygani ya'ni 47°C bo'lganligi kuzatildi (2 -rasm).

2-rasm porey piyozini oftobda va quritish uskunasiga yoyib quritilish jarayoni

Tajribada davomida oftobda va quritish uskunasida qurigan mahsulotlarni tarkibidagi qoldiq namlik aniqlandi. Porey piyozini soxta oq bosh qismidagi qoldiq namlik 17,22 %ni tashkil qilgan bo'lsa, barg qismida esa 18,55 %ni tashkil qildi.

Xulosa. Porey piyozini oftobda va quritkich uskunasida mahsulotni qurtiganda porey piyozini oq soxta bosh qismini maydalab halqa ko'rinishda, bargini ham maydalangan ko'rinishda qurtiganda sifatli va xaridorgir qurigan mahsulot olindi. Porey piyozi quritish uskunasida quritilganda tabiiy rangini saqlab qoldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Адрицкая Н.А, Костго И.Г. Хозяйственно биологическач и технологическая отценка сортов лука порея в условиях северо-западного региона. Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»22-23-25c.

2. Gokce Dadali, Belma Ozbek. Microwave heat treatment of leek: drying kinetic and effective moisture diffusivity. International Journal of Food Science and Technology 2008, 43, 14431451.

1. 3.Qurbonov H.O', Sanayev G'. Sh. Porey piyozining o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga agrotexnik elementlarning ta'siri / Ilmiy maqola / Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Conference | 2023 1-b.

3. Porey piyozi yetishtirish / Ilmiy nashr / "Agrobank" ATB.-Toshkent: "Tasvir" nashriyot uyi, 2021.12-14b, 26-28b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.