PO'LAT ARMATURALARNING CHO'ZILISHDAGI MUSTAHKAMLIGINI
ANIQLASH
Akramov Xusnitdin Axrarovich
t.f.d. professor Toxirov Jaloliddin Ochil o'g'li
t.f.f.d., v.b.dotsent Samadov Homid Samandarovich
katta o'qituvchi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti. [email protected]
Annotatsiya: Po'lat armaturalarning cho'zilishdagi mustahkamlik va deformatsiyalanish xususiyatlari oshirish. Nisbiy cho'zilishini kamaytirish orqali temir-beton konstruksiyalarini umrboqiyligini yaxshilash.
Kalit so'zlar: Po'lat armaturalar, mustahkamlik, deformatsiya, temir-beton konstruksiyalar, umrboqiylik.
DETERMINING THE TENSILE STRENGTH OF STEEL
REINFORCEMENTS
Abstract: Increasing tensile strength and deformation properties of steel reinforcement. Improving the durability of reinforced concrete structures by reducing their relative elongation.
Key words: Steel reinforcements, strength, deformation, reinforced concrete structures, durability.
Kirish. Yig'ma temir beton konstruktsiyalar ishlab chiqarish uchun to'rlar, tekis va fazoviy karkaslar hamda quyma detallar tayyorlanadi. To'rlar sim armaturalardan, berilgan o'lchamda tayyorlanib konstruktsiyalarda montaj armatura vazifasini bajaradi. To'rlarning ishchi armaturalari bo'ylama yo'nalishda yoki har ikki yo'nalishda bo'lishi mumkin. Ular asosan plita va panellarda qo'llaniladi.Mexanik kuch tasiriga (cho'zish, siqish, egish, zarb va xokazo) metallarning qarshilik ko'rsatish qobiliyati laboratoriyada tajriba yo'li bilan aniqlandi. Po'latning mexanik xossalarini aniqlashning ikki-statik va dinamik usuli bor[1].
Statik usulda namunaga ta'sir qilayotgan kuch sekin-asta va bir tekisda oshirilib boradi; metallning cho'zilishga, siqilishga, buralishga va egilishga chidamliligi shu usulda aniqlanadi.
Dinamik usulda (zarb ta'sirida) namunaga kuch zarb bilan ta'sir etadi. Metallning cho'zuvchi kuchga ko'rsatadigan qarshiligini aniqlash uchun dumaloq yoki to'g'ri burchak kesimli namunalar uzuvchi mashinalarda sinaladi.UMM-50 universal mashinasi, shtangensirkul, po'lat armatura namunalar. Hozirgi kunda "P-20" modelli zamonaviy cho'zish mashinalari ham mavjud[1.,3].
Maqsad va vazifalar.
Po'latning cho'zilishga mustahkamligini aniqlashda bir yo'la uning elastikligi, oquvchanlik chegarasi, mustahkamlik chegarasi, nisbiy uzayish va nisbiy torayishi aniqlanadi. Buning uchun GOST shartlariga ko'ra beshta namuna tayyorlanadi. Namunaning umumiy uzunligi kamida 200mm(agar armatura diametri 20mm gacha bo'lsa) yoki 10d (armatura diametri 20mm dan kata bo'lsa) bo'lishi kerak.
Namuna sinash mashinasining qisqichlari orasiga mahkamlanadi va minutiga 10MPa tezlikda asta-sekin kuch berib armatura cho'ziladi. Kuchning ortishi bilan armaturaning qanchaga cho'zilganini aniq hisoblash uchun uning cho'zilish oralig'i 10mm dan bir xil bo'laklarga bo'lib chiqiladi[2.,4].
Rasm-1. Sinash uchun armatura namunalari
Armaturabop po'latning cho'zilishdagi mustahkamligini cho'zuvchi kuch (P) bilan namunaning uzayishi (Al) orasidagi bo'lanish diagrammasidan yaqqol ko'rish mumkin. Dastlab namunaning uzayishi yuklanishga P proporsional ravishda boradi, ya'ni bu bog'lanish to'g'ri chiziq bilan ifodalanadi. Yuklanish P qiymatidan oshirilsa, namunaning uzayishi bilan kuchlanish orasidagi proporsionallik buziladi va qoldiq deformatsiya paydo bo'ladi[2].
Eksperimental natijalar va ularning muhokamasi.
Po'lat namunani sinash vaqtida kuchning ortishi bir daqiqa to'xtaydi, ammo namunaning cho'zilishi davom etaveradi. Bu xossaga metallarning oquvchanlik chegarasi deb ataladi. Bu ko'rsatgich quyidagi formula bilan aniqlanadi.
p
6oa = ^ MPa
иц p ro
Bu yerda: 6o a-oquvchanlik chegarasidagi kuchlanish MPa,
Poq-oquvchanlik chegarasidagi nagruzka N,
Fo-namuna ko'ndalang kesimining yuzi, mm2.
Oquvchanlik chegarasidan so'ng shunday daqiqa keladiki, namunaning uzilish oralig'ida uning ko'ndalang kesimi ingichka tortilib uziladi. Armaturabop po'latning uzilishidan bir daqiqa oldingi maksimal kuch (Pmak) ning shu namuna ko'ndalang kesim yuzi (Fo)ga bo'lgan nisbati po'latning cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi (6ch ) deb ataladi. Quyidagi formula bilan ifodalanadi:
6 ch = — MPa
Fo
Po'lat namunalar cho'zilishga sinalgandan keyin maxsus qisqichlar orasiga qo'yiladi va ularning uzilish oralig'ining qanchaga uzayganligi 0.01mm aniqlikkacha topiladi, ya'ni teng bo'laklarga bo'lingan masofalar qaytadan o'lchanadi[2.,5.,6].
Namunaning uzilish oralig'ining boshlang'ich uzunligiga nisbatan qanchaga uzayganligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Al = ^ *100% l0
Bu yerda Al -namunaning boshlang'ich uzunligiga nisbatan uzayishi, %
/-namunaning sinashdan keyingi uzunligi, mm;
/0-uning sinashdan oldingi uzunligi, mm.
Rasm-2.Armaturani sinov jarayoni
1-jadval.
Umumiy olingan armaturaning fizik-mexanik natijalari.
Armatu Diamet Maksim Vaqtinchal Oquvchanl Nisbiy E
ra sinfi r al kuch ik ik uzayis MPa
armatu Fmax kN qarshiligi chegarasi h ô%
ra mm 6b MPa 6t MPa
A-III (A400) 10 55.82 711.1 465.5 13.3 119027
55.62 708.5 463.8 13.1 119432
8 31.88 633.8 409.5 12.2 131573
31.53 626.8 410.2 12.0 131643
6 20.13 711.3 460.2 13.8 168534
20.10 710.2 461.1 13.5 168434
Bp-I 5 13.69 698.2 628.1 2.4 185516
13.12 668.3 628.5 2.3 185534
Xulosa.
Statik usulda namunaga ta'sir qilayotgan kuch sekin-asta va bir tekisda oshirilib boradi. Metallning cho'zilishga, siqilishga, buralishga va egilishga chidamliligi shu usulda aniqlanadi.Biz bu tajriba ishida 6, 8, 10 diametrli A-III(A400) va 5 diametrli Bp-I armaturalarni sinash uchun P-20 modelli cho'zuvchi mashinadan foydalangan xolda armaturalarning vaqtinchalik qarshiligini, oquvchanlik chegarasini va nisbiy uzayishini aniqladik. Armaturabop po'latning asosiy xarakteristikasi-normativ qarshiligi bilan xarakterlanadigan cho'zilishga bo'lgan mustahkamligidir. Po'latning (sim armaturalardagi) mexanik xarakteristikalari shartli elastiklik chegarasi 00,001 va shartli oquvchanlik chegarasi 00,02 bilan ifodalanadi, ya'ni armaturadagi noelastik deformatsiyaning miqdori mos ravishda 0,01 va 0,2% ga yetib boradi. Oldindan zo'riqtirilgan konstruktsiyalarda sim armaturaning mustahkamligidan to'la foydalanish uchun shartli oquvchanlik chegarasi 0,2 ga yetgan bo'lishi kerak. Shunda armatura tortilganda plastik deformatsiyalar kamayadi. Armaturabop po'latlarning yetarli plastiklikka ega bo'lishi konstruktsiyalar yuk ostida ishlaganda hamda armaturalarni tayyorlash paytida zarurdir. Armaturalarning plastikligi uni uzilishga sinalgandagi nisbiy uzayishi bilan xarakterlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
[1].Akramov H.A., Nuritdinov H.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O'quv qo'llanma, I va II qism. T., O'zbekiston, 2007.
[2].Мандриков А.П. Примери расчета железобетонних конструксий. Москва. Стройиздат, 1989.
[3]. Samandarovich, S. H. (2023). UCH QATLAMLI TEMIR-BETON DEVOR PANELLARINING ISSIQLIK IZOLYATSION QATLAMINING NAZARIY ASOSLARINI ORGANISH. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 6(4), 292-297.
[4]. Samandarovich, S. H., & Hakim o'g'li, H. P. (2023). UCH QATLAMLI TEMIRBETON DEVOR PANELLARINING ISSIQLIK IZOLYATSION QATLAMINI OPTIMAL MODELLASHTIRISH VA EGILUVCHI BOG'LAMLARNING SILJISHDAGI ISHINI XISOBLASH. SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 6(6), 177-182.
[5]. AKRAMOV, H. A., TOKHIROV, J. O. U., & SAMADOV, H. S. STUDY OF LOADING CAPACITY OF LIGHTWEIGHT AND ARBOLITE CONCRETE PANELS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (11), 1181-1185.
[6]. Akramov, H. A., Tokhirov, J. O., & Samadov, H. S. (2021). Study of loading capacity of lightweight and arbolite concrete panels. ISJ Theoretical & Applied Science, 77(103), 1181-1185.