Jamolova H.M.
Andijon qishloqxo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Fizika va kimyo"
kafedrasi assistenti
PIYOZ VA PO'STLOGI TARKIBIDAGI FOYIDALI MODDALAR VA
ULARNIN XUSUSYIATLARI
Annotatsiya. Maqolada piyoz po 'stlogining tabobatda qo 'llanilishi, shifobaxsh davolovchi xususiyatlari, inson organizmga ta 'siri qiluvchi biologic faol qo 'shimchalar, va uglevodlar miqdorining taxlil natijalari xaqida ma 'lumot berilgan.
Jamolova H.M. assistant
"Physics and Chemistry" department Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies
USEFUL SUBSTANCES IN ONION AND PEEL AND THEIR
PROPERTIES
Annotation. The article presents information about the use of onion husks in medicine, its medicinal properties, biologically active additives that affect the human body, and the results of the analysis of the amount of carbohydrates.
Piyoz (Allium) —loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va ko'p yillik o'tsimon o'simliklar turkumi, sabzavot va manzarali ekin. Shimoliy yarim sharda 500 ga yaqin turi ma'lum. Eng ko'p turlari O'rta Osiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, kamroq turi Yevropada va Uzoq Sharqda uchraydi. O'zbekistonda P.ning doyra piyoz (qirqbarg piyoz), piskom piyoz. (tog' piyoz), ko'rimsiz piyoz, g'adir-budur piyoz, havorang piyoz (gulpiyoz), yovvoyisarimsoq piyoz, sarimsoq piyoz (sarimsoq), Shubert piyoz Zi (cho'chqa piyoz), qoratov piyozi (cho'chqaquloq), novcha piyoz (anzur piyoz), chimyon piyoz, Seversov piyoz i kabi 15 yovvoyi turi usadi. Asosan, 6 turi — osh piyoz (vatani O'rta Osiyo va Afg'oniston), batun piyoz (vatani Sharqiy Sibirning janubi), porey piyoz (vatani O'rta dengiz bo'ylari) va boshqa ekib yetishtiriladi .[1]
Eng ko'p tarqalgan turi osh piyoz (A. cepa L.) tuproq unumdorligiga g'oyat talabchan, sovuqqa chidamli va o'ta namsevar sabzavot ekini. Tarkibida (navlariga qarab) 2,4—14% qand, 2—13,9 mg% S vitami-ni, efir moyi, bargida esa 19—57,7 mg% S vitamini, shuningdek, A, B,, B2 vitaminlari va 1,3—5,9 mg% A pro-vitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va boshqa bor.[2] Piyoz, asosan, ovqatga ishlatiladi. Tabobatda oshqozon-ichak, nafas organlari va yurak-tomir sistemasi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda
'^KOHOMHKa h соцнумм №4(107)-2 2023
www.iupr.ru
96
nafaqat piyoz, balki piyoz po'stlog'i ham a'anaviy tibbiyot tarafdorlari orasida umumiy e'tirofga sazovor bo'lib, turli kasalliklar uchun eng keng tarqalgan vositalardan biriga aylanib bormoqda. Piyoz po'stlog'ining noyob shifobaxsh xususiyatlari haqida kam odam biladi. Ko'pincha biz uni axlatga tashlaymiz, hatto qo'limizda qanday boylik borligiga shubha qilmaymiz. Shu bilan birga, bu tabiiy mahsulot ko'plab dorilarga qarshilik ko'rsatadi.[3-4]
Piyoz qobig'ining davolovchi xususiyatlari tarkibida flavonoid quercetin, aniq antioksidant xususiyatlarga ega modda mavjud. Bundan tashqari, piyoz po'stlog'ida o'ziga xos sarg'ish-qizg'ish rang beradigan karotenoidlarning ko'plab vitaminlarga o'xshash birikmalari mavjud.bo'lib piyoz qobig'idan fitontsidlar, C, E, B vitaminlari, nikotin kislotasi, kaliy, temir va kaltsiy tuzlari ajratilgan.[5-6] Xozirgi kunda biz uchun kerakli bo'lgan piyoz bilan bir qatorda uning po'stlogi taribidagi kimyoviy moddalar xam inson salomatligi uchun muxim axamiyatga ega. O'rganilgan tadqiqotlat asosida piyoz va piyoz po'stlogi namunalari tarkibidagi uglevodlar miqdori taxlil qilindi. Buning uchun 200 gramm piyoz va 60gramm piyoz po'sti namunalari ajratilib tarozida tortib olindi va quritish pechida 50C0 xaroratda quritildi. Quritilgan namunalar maxsus mayidalagichda kukun xoliga keltirildi va namunalar 12 gramm piyoz va 6 gramm piyoz po'sti namunalari takibidagi kimyoviy moddalar miqdori bir necha usullarda taxlil qilinib o'rganildi.
Namunalar tarkibidagi uglevodlar miqdorini aniqlash usuli
Oziq ovqat tarkibidagi uglevodlar, ya'ni monosaxaridlar miqdorini aniqlash ishlari yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi priborida amalga oshiriladi. Buning uchun aniqlanayotgan namunani tarkibida yog' moddalar bo'lsa uni yog'sizlantirish ishlari amalga oshiriladi va yog'sizlangan moddadan ma'lum miqdorda tortib olinadi. Olingan namunada suvli ekstraktsiya ishlari amalga oshiriladi va ultratovush suv hammomiga solib ma'lum vaqt ekstraktsiya ishini tezlashtirish maqsadida ushlab turiladi. Ekstraktsiya jarayoni tugagandan so'ng, uni filtrlash yoki sentrifuga ishlari amalga oshiriladi va supernatant (suyuq qismi) qismidan olinib yuqori samarali suyuqlik xromatografiya(YuSSX)da miqdoriy analiz amalga oshiriladi.
Namuna tarkibidagi uglevodlar miqdorini aniqlash uchun kerak bo'ladigan asbob-uskuna va standart moddalar: Suyuqlik xromatografiya Agilent 1200, pribor quyidagi tarkibda degazator Degasser G1379A, nasos QuatPump G1311A, avtosempler ALS G1313A, kolonka termostati Colcom G1316A, detektor refraktometrik RID G1362A. Kolonka SupelcosilLC-NH2 5micron 4.6x250 mm, "Supelco", USA. Mikropipetka miqdori 100 va 1000 mkl, "VWR", Poland. Pipetka miqdori 5 ml, "Biohit", Finland. Analitik tarozi AnD GR-202 (aniqlik 0,00001 g), "AnD", Japan. Deionizlangan suv Millipore Simplicity, "Millipore", France. Ulbtratovushli hammom S 30 H Elmasonic, "Elma", Germany. Filbtr Nylon 0.45 micron 13 mm. Fruktoza standarti, impiyoz Glyukoza standarti, impiyoz Saxaroza standarti, impiyoz Maltoza monogidrat standarti, impiyoz
'^KOHOMHKa h ^HyMM №4(107)-2 2023
www.iupr.ru
97
YuSSX (VEJX) uchun atsetonitгil "Sigma-aldrich", SShA. Suyuqlik xromatografiya priborida ishlash jarayoni - Buferiar A-atsetonitril, B-Suv. 82/18 hajm nisbatda izokratik rejimda amalga oshiriladi. Bunda buferlar alohida idishdan emas bitta idishga quyidagi nisbatni tayyorlab olinib bitta kanaldan oqim tezligini amalga oshiriladi, chunki Glyukoza va Fruktoza piklarini bir-biridan ajratish maqsadida amalga oshiriladi. Oqim tezligi 1ml/min injektorga yuborilgan miqdor 10mkl. Kolonka termostat harorati 35°S. Piyoz mevasi
DAD1 D. Sig=27,6.16 Ref=360.100 (DEF_LC 2022-09-20 1Ö-31 -5в\012-0201 .D)
mAU 1OO
SO SO 40
2D — О --20 —
Piyoz po'stlogi
DAD 1 D, Slg-276,16 Rof =360,100 (DEF_LC 2022-09-28 1B-31 -58\011-0101 .D)
~l-'-1-'-1-'-'-1-1-'-1-•-1-'-1-1-1-1-1-'-1-1-1-'-1-1-
_2__4 6 в 10 12 14 min
Piyoz po'stlogining ta^ibi biologik faol modda^ (БАВ^а juda boy bo'lib ta^ibiga quyidagilar vitaminé (A, E, C, PP, B gurnhi va boshqala^, fitontsidlar, flavonoid quercetin, kaliy, fosfor, temir, kaltsiy va boshqalarning mineral tuzlari. kirishi aniqlandi.[7]_
Piyoz po'sti Piyoz mevasi
Konsentrasiya mg
Digidrokversetin 1,12 2,3
Lyutionin 0 0
Rutin 1,84 3,97
Kversetin 4,02 13,51
Xulosa. Piyozning foydalari shubhasizdir. Ammo uning po'stlog'i piyozga nisbatan ko'plab patologik jarayonlarni davolash uchun ishlatila boshlandi. Piyoz po'stlog'ining tarkibini sinchkovlik bilan o'rganish olimlarni haqiqiy
kashfiyotga undadi: ko'p yillar davomida chiqindilar sifatida qabul qilingan narsa aslida tabiiy tabibdir. Piyoz po'stlogi sog'lom turmush tarzi uchun birinchi raqamli o'simlik bo'lib, bu shunchaki vitaminlar, minerallar, saponinlar, alkaloidlar va boshqalar xazinasidir. Uning biologik faol xususiyatlari va noyob foydali moddalar to'plami ko'p sonli samarali va sodda retseptlarga asoslangan.
Piyoz po'stlog'i-bu profilaktika va davolash maqsadida ishlatiladigan ajoyib sovuqqa qarshi vosita. Va barchasi antibakterial va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega bo'lgan vosita bo'lib.Uy sharoitida, piyoz po'stlog'iga asoslanib, dorixonada bo'lgani kabi dori tayyorlash mumkin. Bu ichki yoki tashqi foydalanish uchun bo'lishi mumkin. Qanday bo'lmasin, uning dozalash shakli va retsept tarkibidagi qo'shimcha tarkibiy qismlar davolanishi kerak bo'lgan kasallikka (kasalliklarga) bog'liq bo'ladi.
References:
1. Универсальная энциклопедия лекарственных растений /Сост. И. Путырский, В. Прохоров. — M.: Махаон, 2000. — 656 с.
2. Аскаров И.Р. Табобат комуси. Т.: "Мумтоз суз". - 2019. - Б. 1142.
3. Приходько А. Луковая шелуха. Лечение от 100 болезней. М.:АСТ. -2012. - 102 с.
4. Константинов Ю. Лечение луком. От атеросклероза, гипертонии, диабета, отита, простуды. М.: «Центрполиграф». - 2018. - 110 с.
5. Пиёз етиштириш технологияси. Тузувчи Р.Х. Аюпов. - Т.: Иктисод. Молия, 2011.
6. . Остонокулов Т.Э. Сабзавот экинлар биологияси ва устириш технологияси. - Самарканд, 2008.
7. . Химический состав пищевых продуктов: Справочные таблицы содержания аминокислот, жирных кислот, витаминов, микро- и макроэлементов, органических кислот и углеводов. Кн. II: / Под ред. И. М.
8. Скурихина и М. Н. Волгарева. - 2-е изд., перераб. и доп. - М.: Агропромиздат, 1987.
9. .Ibroximjon Raxmonovich Asqarov,. Xayotulla Isaqov, O'giloy Mamatqulova Sarimsoqpiyoz kukuning shifobaxshlik xususiyatini antioksidantlik ko'rsatkichi orqali baxolash "Tovarlar kimyosi va xalq tabobati" журнали. -№ 2, 2022 йил,
10. https://ecoherb.info/travy/chem-polezna-lukovaya-sheluha/ecoherb.info
11. https://kopilca.ru/ximicheskij-sostav-i-dejstvie-lukovoj-sheluxi/
12. https://uz.diabetesentity.com/7848-onion-husk-and-diabetes-on-ways-to-use-a-folk-remedy.html