PIYODALARNING YO'L TRANSPORT, HARAKATLANADIGAN KO'CHALAR VA MAYDONLARNING ELEMENTLARI REJALAR VA
ISTIQBOLLAR
Alisher Raximovich Yusupov
Toshkent davlat transport universiteti, PhD, dotsent Mirsaid Tolib o'g'li Xasanov MITT-1 guruh, 2- bosqich magistranti
Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan o'tish joylarida yaqinlashib kelayotgan transport vositasigacha bo'lgan masofani va uning tezligini chamalab ko'rib, o'tish o'zlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so'ng yo'lning qatnov qismiga chiqishlari mumkin. Shuningdek, ular yo'lning qatnov qismini ruxsat etilgan joylaridan tashqarida kesib o'tishda transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalari yo'qligiga ishonch hosil qilmasdan turib ko'rinishni cheklovchi to'xtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror to'siq panasidan chiqmasliklari kerak.
Agar yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lmasa, qatnov qismiga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va to'xtamasliklari kerak.
O'tishga ulgurmagan piyodalar qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to'xtashlari lozim. Keyingi harakatlanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan so'ng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda, o'tishni davom ettirishlari mumkin.
Yalt-yalt etuvchi ko'k rangli yoki ko'k va qizil rangli chiroq mayoqchasi va (yoki) maxsus tovush beradigan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo'lsa, piyodalar qatnov qismidan o'tmasliklari, unda harakatlanayotganlar esa bu transport vositalariga yo'l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini bo'shatishlari kerak.
Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari va taksilarni faqat bekatlarda, ular bo'lmagan taqdirda esa, trotuar yoki yo'l yoqasida ko'tish kerak.
Maxsus jihozlangan bekatlari bo'lmagan to'xtash joylarida transport vositasi to'la to'xtagandan so'ng unga chiqish uchun yo'lning qatnov qismiga chiqish ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin, ushlanib qolmasdan yo'lning qatnov qismini bo'shatishlari shart.
Piyodalar oqimi ikkita punktda - turar joylarda va odamlar ehtiyojini qondiradigan maskanlarda hosil bo'ladi. Shahar sharoitida bunday punktlar bir- biriga nisbatan qanday joylashganligiga
April_21-22_
373
qarab, piyodalar oqimi o'zgarib turadi. Insonlar yig'iladigan joy, ko'pchilik hollarda, shahar markazida bo'ladi, chunki bu yerda boshqaruv idorala ri, banklar, maishiy xizmat ko'rsatish inshootlari, savdo do'konlari joylashgan. Piyodalarning yo'li transport qatnaydigan ko'cha va yo'llarni kesib o'tishi natijasida «piyodalar» va «transport» oqimi o'rtasida ziddiyat paydo bo'ladi. Bunday ziddiyat asosa n chorraha va tutashmalarda yuzaga keladi. Shuningdek, piyodalar yo'l qatnov qismiga yaqin joylashtirilgan trotuarlardan harakatlanganlarida ham ziddiyat vujudga keladi. Yo'lak yo'lning qatnov qismiga qanchalik yaqin bo'lsa, ziddiyatli vaziyat ham shunchalik ko'p bo'lishi kuzatiladi.
Ziddiyatli vaziyatning vujudga kelishida asosiy sabab bo'ladigan omillar quyidagilardan iborat:
xizmat punktlarining bir joyga jamlanganligi; ko'chaning qatnov qismiga yaqin,parallel joylashgan trotuar mavjudligi; turli boshqaruv idoralarining (konsern, koorporatsiya, vazirlik, uyushma, boshqarma, bank va boshqalar) ko'chaga yaqin joylashishi; transport bekatlarining ko'cha yuzida joylashishi; metrolarga kirish va chiqish tonnellarining katta chorrahalar atrofida joylashganligi.
Piyodalar transport vositalaridan chiqadigan gazlar va shovqin ta'siridan kamroq zararlanishini ta'minlash uchun piyodalar yo'lagini transport vositalarining qatnov qismidan uzoqroq joylashtirilishi maqsadga muvofiq.
Eng ziddiyatsiz piyodalar yo'li galereyalardan yoki yer osti tonnelaridan o'tadi, lekin bunda ularning uzunligi qancha katta bo'lsa, odamlar undan shuncha foydalanmaslikka harakat qiladilar. Chunki bunda piyodalar oqimining zichligi oshib ketadi, tabiiy manzaralar ko'rinmay qoladi.
Ko'pchilik rivojlangan davlatlarning avtomagistrallarida va tezyurar shahar
ko'chalarida piyodalar harakati uchun piyodalar yo'l o'tkazgichlari (estakadalar) quriladi. Shuni aytish kerakki, estakadalardan, piyodalar yer osti yo'laklaridan piyodalarning o'tish darajasining kamligi ularning yo'l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatiga ko'p jixatdan bog'liq bo'ladi, shuningdek, bu inshootlarning qulayligiga ham bog'liqdir.
Quyida piyodalarning harakatini tashkil qilish uchun trotuarlar, jihozlanmagan yer usti joylari, yer osti va piyoda yo'l o'tkazgichlari
qurilishining qanday belgilanishi to'g'risida to'xtalib o'tamiz. Shahar tipidagi aholi yashaydigan punktlarda trotuar asosiy yo'lga parallel ravishda 10-20 sm ko'tarilgan holda quriladi.
April_21-22_
374
Ko'p aholi yashaydigan punktlarda piyodalar o'tish joylari 300 m masofadan kam bo'lmagan joylarda o'rnatiladi. Aholi punktining uzunligi 0,5 km dan katta bo'lmasa ikkita o'tish joyi belgilanib, ular orasidagi masofa 150-200 m olinadi. Piyodalar o'tish joylari yaxshi jihozlanib, kamida 150 m masofadan haydovchilarga yaqqol ko'rinib turishi kerak. Harakat xavfsizligini oshirish maqsadida aholi yashaydigan punktlarda transport vositalari va piyodalarning harakat miqdoriga qarab piyodalar o'tish joylarining jihozlanish darajasi o'zgarib boradi. «Zebra» tipidagi piyodalar o'tish joyi yo'llarda avtomobillarning harakat miqdori 200 avt/soat va undan yuqori bo'lganda, piyodalar yig'ilib, yo'lni kesib o'tadigan joylarda o'rnatilishi ko'zda to'tiladi. Boshqarilmaydigan piyodalar o'tish joylarining o'tkazish qobiliyati chorrahada transport vositalari uchun o'rnatilgan svetoforda qizil signalning o'rtacha vaqti 40 sek bo'lganda quyidagi jadvalda keltirilgan.
600
400
200
\ \
1 \M III
0 1S0 360 540
Harakat miqdori avt / soat
6.1-rasm. Piyodalar o'tish joylarini jihozlash
I - boshqarilmaydigan o'tish joylari, II - svetofor bilan boshqarish, III - yer ostki yoki piyodalar o'tkazgichlari.
Piyodalar kommunikatsiyalari turlari
Transport bo'lmagan zonalar - transport bo'lmagan zonalar doimiy ravishda tashkil etilishi mumkin, piyodalarning juda yuqori faolligi bo'lgan oylarda yeki yilning ma'lum kunlarida faoliyat yuritilishi mumkin.
Transportdan holi zonalar qurilmasi piedalar maydonlari zonalari shakllantirishning birinchi bosqichi deb qaralishi kerak. Vaqtinchalik transporttan tashqari zonalar hududida piedalar havfsizligini ta'minlash (transport vositalarining kirib kelishiga yo'l qyo'maslik) ko'zda to'tilgan. Ikki tomonlama yo'lni kesib o'tishga ulgurmagan
April_21-22_
375
va shoshilib kelayotgan avtomashmalarning ikkita oqimi orasidagi tor joyda to'liq himoyasiz turgan piyodalarning xavfsizligini ta'minlash masalasi ham shoshilinch yechimni talab qiladi.
REFERENCES
1. А.В. Косцов, И.А. Бахирев, Е.Н. Боровик, Д.С. Мартяхин «Транспортная планировка городов», Москва, А-проджект, 2017.
2. Н.Т.Лозовский «Транспортно-эксплуатационные качества автомобильных дорог и городских улиц», Нижний Новгород, 2015.
3. В.Ф. Бабков, О.В. Андреев «Проектирование автомобильных дорог», часть 2, Москва, Транспорт, 1987.
4. Б.Прутков, Ж.Оппоне, С.Азаис «Борьба с шумом в городах», Москва, Стройиздат, 1987.
April_21-22_
376