Научная статья на тему 'PEDAGOGIKADA ILG'OR METODLAR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

PEDAGOGIKADA ILG'OR METODLAR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
626
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TEXNOLOGIYA / METOD / AXBOROTLI O'QITISH / PEDAGOGIK MULOQOT / KOMPETENTLIK / INTERFAOL

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xudayberdiev B.B.

Ushbu maqolada ilg’or pedagogik metodlardan unumli foydalanish, to’g’ri texnologiyalarni tanlay bilish va ularni qo’llash haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF ADVANCED METHODS AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PEDAGOGY

This article discusses the effective use of advanced pedagogical methods, the ability to choose the right technologies and their application.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIKADA ILG'OR METODLAR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

Xudayberdiev B.B. kafedrasi asisstenti "Muhandislik va kompyuter grafikasi" Jizzax politexnika instituti

PEDAGOGIKADA ILG'OR METODLAR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada ilg'or pedagogik metodlardan unumli foydalanish, to 'g'ri texnologiyalarni tanlay bilish va ularni qo'llash haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Texnologiya, metod, axborotli o'qitish, pedagogik muloqot, kompetentlik, interfaol.

Khudayberdiev B.B. chair assistant "Engineering and computer graphics" Jizzakh Polytechnic Institute

USE OF ADVANCED METHODS AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PEDAGOGY

Annotation: This article discusses the effective use of advanced pedagogical methods, the ability to choose the right technologies and their application.

Keywords: Technology, method, information teaching, pedagogical communication, competence, interactive.

Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalaming 200 ga yaqin turi mavjud. O'qituvchi ana shu texnologiyalardan o'z darsida qanday foydalanishni to'g'ri tanlay bilishi kerak. Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyoti natijasida zamonaviy texnika vositalari kirib kelmoqda. An'anaviy o'qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o'g'zaki so'zlarga tayanib ish ko'rishi tufayli "axborotli o'qitish" sifatida tafsiflanadi, chunki o'qituvchi faoliyati birgina o'quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta'kidlagan holda baholanmoqda.

Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'yishi lozim. Shunday ekan, u pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etish va ta'lim sifati, samaradorligini oshirishda o'z hissasini qo'shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini unutmasligi lozim.

Pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish va ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

«Texnologiya» tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so'zdan texnos- san'at, hunar va logos-fan, ta'limot so'zlaridan tashkil topib, "hunar fani" ma'nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchining o'quvchilarga o'qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o'quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Ilm-fan va ta'lim sohasining rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydigan insonlar bu pedagoglardir. Darhaqiqat, oddiy o'qituvchidan tortib to professor ustozgacha hammasi pedagogdir. Pedagog bu -yetaklovchi, demak, biz pedagoglarning vazifamiz o'z o'quvchilarimizni, talabalarimizni ilmfan so'qmoqlaridan asta-sekin, bosqichma-bosqich yetaklab, ularni ilm-fan cho'qqilarini zabt etishlariga ko'maklashishdir. Pedagogik texnologiyalar ta'lim-tarbiya jarayonini ilg'or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o'qituvchi tomonidan yaratiladi, ta'lim-tarbiya bosqichlarini o'zaro bog'lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta'lim tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o'quvchida shakllantirish ko'zda tutilgan ma'naviy sifatlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o'z ichiga oladi.

O'quvchilarni zamon talablari asosida tarbiyalash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Bu esa o'qituvchilar zimmasiga ulkan vazifalar yuklaydi. O'qituvchi o'z sohasining mohir bilimdoni, muammolarning oqilona yechimlarini topa oladigan, o'z ustida doimiy ijodiy ishlab, ya ngiliklar yarata oladigan, o'quvchilari qalbidan munosib o'rin egallagan bo'lishi lozim.

Yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berish uchun pedagog o'zining prosessional kompetentligiga ega bo'lishi kerak. Bu pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli hal qilish uchun zarur bo'lgan, kasbiy va shaxsiy sifatlar yig'indisidir. Pedagogik faoliyatini, pedagogik muloqotni yuqori darajada amalga oshiradigan, o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasi sohasida yuqori darajadagi stabil natijalarga erisha oladigan o'qituvchini professional kompetentli o'qituvchi deyish mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha jabhalar qatori ta'lim sohasida ham juda katta o'zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktablarda moddiy-texnik baza mustahkamlandi, darsliklar takomillashtirildi. Hozirda darslarni axborot kommunikatsiya texnologiyalarsiz olib borishni tasavvur qilish qiyin. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tilishi ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga asos yaratmoqda.

O'qituvchi mehnatining samarasi shogirdlarining nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarda, ko'rik-tanlovlarda qo'lga kiritgan yutuqlarida namoyon bo'ladi. Vatanimizdagi ta'lim sohasi rivojlanishida biz albatta rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalaridan keng foydalanishga e'tibor bermoqdamiz. Bunday usullardan biri interfaol usullardir. Interfaol usullar har bir o'quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishiga asoslanadi hamda o'quvchilar o'qituvchi yordamida va hamkorligida mustaqil ishlash ko'nikma va malakalariga ega bo'lishadi. Pedagogik texnologiyalar asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar, o'quvchi talabalarni fikrlashga, o'z nuqtai nazarini asoslashga imkon yaratadi. Ilm-fan va ta'limni rivojlantiruvchi omillardan yana bir eng muhimi shuki, bu AKT dan foydalanish. Chunki hozirgi zamon o'qitish metodlarini AKT siz tasavvur etib bo'lmaydi. Axborotlarning animatsiyalar orqali uzatilishi o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Kompyuter dasturlari yordamida ko'rgazmalar tayyorlash, taqdimotlar va videoroliklar yaratish yangi mavzuni tushuntirishda katta samara beradi. Boshlang'ich sinf texnologiya darslarida rangli qog'ozdan turli gullar, maketlar, parranda va jonzotlar shakllarini yasash, gazlamalardan buyumlar yasash usullari o'rgatiladi. Plastilindan buyumlar yasash, hayvonlar shaklini yasash va applikatsiya, mozaika usulida ishlash kabi jarayonlar ham amalga oshiriladi. Shuningdek, texnologiya darslarida berilgan amaliy ishlarni bosqichli bajarish bilan birga mavzuga oid savol-topshiriqlarga javob berishi, ishni sifatli bajarishi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi zarur. Bu vazifalarni bajarishda boshlang'ich sinf o'qituvchisi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishi ko'zlangan maqsadga erishishda muhim omil bo'ladi. Shuni ham aytib o'tish joizki, agar o'qituvchi texnologiya darslarida qo'llaniladigan xavfsizlik qoidalarini taqdimot ko'rinishida tayyorlab o'quvchilarga har darsda namoyish etsa, yanada maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki o'quvchilar har darsda shu taqdimotni ko'rganlaridan keyin albatta eslarida qoladi, shunga amal qilishadi va natijada turli ko'ngilsiz hodisalarning oldi olinadi. Turli kasb egalari va kasb -hunarga oid ma'lumotlarni kengroq yoritishda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish yuqori samara beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagogik texnologiya asosida o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug'iladi va u o'qituvchining yaqin ko'makdoshiga aylanadi yoki uning funksiyalarini to'liq bajarishi mumkin. Natijada, mantiqiy bog'langan qisqa yo'llardan shunday olib boriladiki, o'quvchilar deyarli qiyinchiliklarga uchramaydilar va o'quvchi ularning natijasini ma'lum qilish bilan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladi, hamda ta'lim maqsadini to'la amalga oshirish sari y ana yangi qadamlar qo'yadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. B.B.Saydaxmedov. Yangi pedagogik texnologiya. Toshkent. 1992.

2. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturi. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi axborotniasi. № 4 1999 yil 288381 betlar.

3. Ismailova Z.K. Pedagogika. Darslik. -Toshkent, Molya-iqtisod, 2008.

4. Haydarova G.A., Pardaeva K, Gapparov B.N. "Xalq pedagogikasi". O'quv qo'llanma. Toshkent. 2009 yil.

5. Ziyomuxamedov B., Tojiev M. "Milliy pedagogik texnologiyani ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbig'i va uning yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi o'rni". Toshkent. Mumtoz-Soz. 2010 yil.

6. Ziyomuxamedov B. "Ta'lim texnologiyalari". O'quv qo'llanma. Toshkent 2012 yil.

7. Otayorov O. "Aqliy salohiyatni oshirish sirlari" ma'rifat gazetasi. № 101 (8646) 18-dekabr 2013 yil, 12-bet.

8. Khidirov, K. I., Ortikov, O. K., Yodgorov, Z. S., & Ernazarov, A. A. (2015). Military management and army structure of Sheybanids. In The Fourth International conference on development of historical and political sciences in Eurasia (pp. 8-11).

9. www.Ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.