Научная статья на тему 'PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING AMALGA OSHIRILISHIDAGI AYRIM MUAMMOLAR'

PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING AMALGA OSHIRILISHIDAGI AYRIM MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: ma’naviy-axloqiy fazilatlar / pedagogik shakl genezisi / refleksiv va prognostik komponentlar. / Key words: spiritual and moral qualities / genesis of the pedagogical form / reflective and prognostic components.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahmatova Z.M.

Annotatsiya. Mazkur maqoladapedagogika yo‘nalishi bo‘yichaolib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari, ularda kuzatilayotgan bir xilliklarko‘rsatilgan, ularni bartaraf qilish yo‘llari haqida fikrmulohazalar berilgan. Ilmiy unvonga ega bo‘lish uchun tanlangan yo‘l o‘z mutaxassisliklaridan kelib chiqishi kerakligi ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHALLENGES IN THE IMPLEMENTATION OF PEDAGOGICAL RESEARCH

Annotation. This article shows the shortcomings of scientific research in the field of pedagogy, the similarities observed in them, and comments on ways to overcome them. It has been shown that the path chosen to obtain a scientific degree must come from one’s own specialties.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING AMALGA OSHIRILISHIDAGI AYRIM MUAMMOLAR»

Rahmatova Z.M.

ADTI O'zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi katta o'qituvchisi

PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING AMALGA OSHIRILISHIDAGI

AYRIM MUAMMOLAR

Annotatsiya. Mazkur maqoladapedagogika yo'nalishi bo'yichaolib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yo'l qo'yilgan kamchiliklari, ularda kuzatilayotgan bir xilliklarko'rsatilgan, ularni bartaraf qilish yo'llari haqida fikr-mulohazalar berilgan. Ilmiy unvonga ega bo'lish uchun tanlangan yo'l o'z mutaxassisliklaridan kelib chiqishi kerakligi ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy-axloqiy fazilatlar, pedagogik shakl genezisi, refleksiv va prognostik komponentlar.

Rakhmatova Z.M. senior teacher

Department of Uzbek language and literature, languages

CHALLENGES IN THE IMPLEMENTATION OF PEDAGOGICAL

RESEARCH

Annotation. This article shows the shortcomings of scientific research in the field of pedagogy, the similarities observed in them, and comments on ways to overcome them. It has been shown that the path chosen to obtain a scientific degree must come from one's own specialties.

Key words: spiritual and moral qualities, genesis of the pedagogical form, reflective and prognostic components.

O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi o'rganilib, ilmiy daraja olish uchun olib borilayotgan tadqiqotlarga yangicha yondashuv boshlandi.

Ilmiy -pedagogik fikrlashning zamonaviy uslubi falsafaga asoslanib, mavjud ta'lim amaliyotinio'zgartirish hamda tushunish uchun uning dunyoqarashini, ijtimoiy-aksiologik va mantiqiy-gnosologik potensialni aniqlashtiradi. Pedagogik voqelik va kasbiy dunyoqarashning ilmiy ko'rinishini shakllantirishga sabab bo'lib, fikrlash uslubi bir tomondan uslubni shakllantiruvchi omillar sifatida, ikkinchi tomondan esa uning o'zi ham ularga vositachilik qiladi.

Buning oldini olish uchun pedagogik fanlarni o'qitish jarayonining o'zini metodologik o'zgartirish zarur.Birinchidan,bu o'qitish, konseptual bo'lishi kerak, ya'ni boshlang'ich ta'limda beriladigan nazariya o'rganilayotgan ob yekt misolida har qaysi alohida sinf o'quv materiali tuzilishiga mo'ljallangan "baza chizmasi" (P.Ya, Galperin bo'yicha) singari doimiy qo'llanishi kerak.Ikkinchidan,o'qitish operativ ta'lim standartlari talablariga javob berishi kerak, undapedagogik tamoyil mazmuni talabalar oldida kasbiy faoliyat strategiyalari yig'indisi sifatida paydo bo'lishi kerak. Uchinchidan, o'qitish muammoli bo'lishi kerak, bu muammoli vaziyatlarni yaratish, ularni tahlil qilish shartlarini o'z ichiga oladi (eng avvalo, kundalik va ilmiy tafakkurlarning qarama qarshiligi hisobiga).Vanihoyat, refleksivlik talabipedagogikani o'qitish talabadan kognitiv va amaliy, idrok qilish ta'sirinimantiqiy vositalarini to'g'ri tushunishni talab qiladi.

Fikrning metodologik sohasi- pedagogik tadqiqotlar samaradorligining aniq mezonidir.

Yangilikni aniqlash ko'pincha atrofni tuman qoplaganday ko'rinadi. Yangi ilmiy holatni ochish bilan birga izlanuvchi qandaydir va'da va ishoralar bilan ish olib boradigan nazariy xulosalar ishlab chiqaradi.Tadqiqot natijalarining yangiligini yoritishda ko'pincha fan va amaliyot uchun mavzuning muhimligi gapiriladi, u esa hanuzgacha o'rganilmaganligicha qolmoqda.Ammo bu holatlar tadqiqot natijalarini tavsiflamaydi, aksincha mavzuni sharhlashga taalluqli bo'ladi.

Pedagogika bo'yicha ko'plab dissertatsiyalarda nazariy ahamiyat yoritilmaydi, balki yangilik bilan identifikatsiya qilinadi, tantanali ravishda e'lon qilinadi. Bu ahamiyatni odatiyta'riflash -muallif tomonidan hal qilingan vazifalarni sanab o'tish hisoblanadi.Olingan natijalar asosida qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkin, fanni rivojlantirish uchun nazariy xulosalar nimalardan iborat ekanligini faqat o'ylash kerak bo'ladi.

Ilmiy natijalarning amaliy ahamiyati odatda turli darajada umumlashtirish va to'ldirish bilan yoritiladi, ba'zan umumiy tomondan, annotatsiya turida chizmali va noaniq bo'ladi.

Pedagogika bo'yicha dissertatsiyalarning ko'plari an'anaviy namoyish oqimida,odatiy shtamplar va stereotiplar ko'rinishida bo'ladi.Ularning mualliflari ko'pinchator doiradagi mutaxassislar uchun qiziqarli bo'lgan ikkinchi darajali muammolarni hal qiladi. Ular orasida rivojlanish bosqichlari bo'yicha regional xarakterga ega muammolarni yoritgan tadqiqotlar ustunlik qiladi. Sezilarli miqdordagi ishlarning mavzulari birlamchiishlab chiqilgan sanaladi.

Ma'lumki, har qaysi fan rivojlanishi uning nazariya va metodologiya holatini aniqlaydi.Mana nima uchun fanning nazariy metodologik asosini ishlab chiqish amaliyotdan ajratilgan holda qaralmasligi kerak.Aksincha, "Katta nazariya muammolari, to'g'ri va aniq tushuncha,shu bilan birga amaliy muammolar katta ahamiyaga ega. Haqiqatda, yirik nazariy muammolar -bu aniq hayotiy muammolar bilan munosabatda ularni ko'rish hisoblanadi" [2,3-b]. Bunday yondashuvmavjud aniq materialni baholash va to'g'ri izohlash, fenomenologik tavsiflash darajasidan

haqiqiy ilmiy nazariyaqurishga o'tish dialektikasini namoyish etish imkonini beradi.

Ikkinchi bosqichning asosiy nazariy mahsuloti bo'lgan gipoteza taxminva farazlar singarinamoyon bo'ladi, bunda haqiqat isbotlanmagan nazariya singaritekshirish va tasdiqlashga ehtiyoj sezadi.Gipotetik bosqich empirik tadqiqot darajasidan nazariyaga yo'l ochadi. Bu bosqichdao'rganilayotgan ob'ektning haqiqiy tushunchalari va uning mohiyatini tushunish zarurati o'rtasidagi qarama qarshilikka ruxsat beriladi.

Uchinchi, nazariy bosqichni belgilashda tadqiqot ob'ekti va umumiy ehtiyoj, tizimli tuzilish va u haqdagi algoritmik tasavvur to'g'risidagi funktsional hamda gipotetiktasavvur o'rtasidagi qarama qarshilik bartaraf etiladi.

Nazariya-bilimning mantiqiy tashkilotidirki, aniq dalillarga bo'ysunmaydi, ammo unga ega bo'lgan butun yaxlitlikka tegishli hamma dalillarni tekshirish mumkin bo'lganda bittayaxlit tamoyildan yoki asosiy tamoyildan kelib chiqadi.Fan qonunlarni asosiy dalillar orqaliochadi.Umumiy alohidaorqali ochilishi boshqacha, alohida orqali esa bundan mustasno.Dalil borliq shakli va qonunning bevosita namoyon bo'lishihisoblanadi.

Pedagogik dalillarning umumiylik darajasi bo'yicha individual va ommaviy, yagona va umumiy (dalil-rezyume) dalillarga bo'linadi. Qayd qilinganlarning takrorlanishiga bog'liqlikda umumiy dalillar dinamikasi statik bo'ladi.Yakunida umumiy xulosa, o'rtacha natija ommaviy yig'indiga kiruvchi, har qaysi alohida holatga mos kelmaydigan moyillik izohlanadi.

Qonunga nisbatan pedagogik faktlar odatiy mavjud holatlar (ularda qonun to'liq ifodalanadi, aniqlik va to'liqlikda -odatiy faktlar kuzatiladi), boshqalari alohida, qisman qonuniy ifodalanadi (noqonuniy faktlar),ayrimlari esa umuman undan og'gan (salbiy faktlar) hisoblanadi. Salbiy faktlarmazkur qonun doirasida aniqlanadi,ular pedagogik hodisalarni chuqur ilmiy tushunishga yangicha yondashuv, yangi nazariya ishlab chiqishga zarba bo'ladi.

Ma'lum ma'noda pedagogik tadqiqot aqliy tajribaga asoslanadi. Bunda intilish har qanday hodisaningqiyinchiligida kuzatiladi,urinish inson tizimi ichiga kirib boradi, tashqi mexanizm inson ongida qanday aks etishini tushunish va bilish kerak bo'ladi, uning ichki subyektiv holati, keyin qanday tashqi tartibdagi ta'sirlar ichki o'zgarishlarga olib kelishini o'ylab topishi kerak.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan tavsiflanadi:

-yangi, avval o'rganilmagan tushunchalar mazmunini yoritish;

- ma'lum ilmiy tushunchalarning mavjud yangi sabablarini aniqlash;

- ma'lum ilmiy kontseptsiya doirasida yangi ilmiy g'oyalar bilan boyitish.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati quyidagilarni aniqlaydi:

- nazariya, tahlil, sintez, umumlashtirish va boshqalarni shakllantirishda tadqiqotning hamma ilmiy usullarining qo'llanilishi;

- g'oya, argumentlar, dalillar, tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi moyilliklar, ilmiy dalillar, xulasa, bosqich, daraja, omillar va sharoit bayon qilinishi;

- muhim amaliy vazifalarni hal qilish uchun nazariyfikrga ega kontseptsiya yangilanishi;

-ta'lim sohasida murakkab jarayonlar rivojlanishini oldindan aniqlash va mohiyatini tushuntirishga imkon beruvchi nazariya yaratilishi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rubinshteyn, S.L. Bbitie i soznanie / S.L. Rubinshteyn. M., 1957. - S. 3.

2. Ushinskiy, K.D. Sobr. soch. / K.D. Ushinskiy. - T. 2. - S. 18-19.

3. Минаварова Г.М. Аспекты обучения профессиональному языку студентов медвузовScientife Bullettin of NamSU - Научный вестник - NamDU ilmiy axborotnomasi - 2022 2-сон

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.