Научная статья на тему 'PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA TALABALAR DIDAKTIK TAYYORLIGINI FUNKSIONAL MODELLASHTIRISH YO‘LLARI'

PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA TALABALAR DIDAKTIK TAYYORLIGINI FUNKSIONAL MODELLASHTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktik tayyorgarlik / pedagogik modellashtirish / o‘qitish strategiyalari / talabalar bilimi / o‘quv materiallari / baho / ta’lim sifati / rejalashtirish. / дидактическая подготовка / педагогическое моделирование / стратегии обучения / знания учащихся / учебные материалы / оценка / качество образования / планирование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Y.N. Abduhalimova

pedagogik ta’lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini funksional modellashtirish yo‘llarini muhokama qilingan. Maqolada o‘qituvchilarning o‘quv materiallari va darslarni qanday rejalashtirishi va tashkil etishi kerakligi yoritilgan, bu jarayonning asosiy bosqichlari tahlil qilingan va ularning amaliyotdagi ahamiyati ko‘rsatililgan. Talabalarning bilim darajasi va o‘quv ehtiyojlarini aniqlash, o‘quv maqsadlari va natijalarni belgilash, strategiyalar ishlab chiqish, resurslarni taqsimlash, baho berish va jarayonni optimallashtirish kabi muhim masalalar asosiy masala sifatida qaralgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF FUNCTIONAL MODELING OF DIDACTIC PREPARATION OF STUDENTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL EDUCATION

this article discusses ways of functional modeling of didactic readiness of students in the process of pedagogical education. The article describes how teachers should plan and organize teaching materials and lessons, analyzes the main stages of this process and shows their importance in practice. Also, important issues such as determining the level of knowledge and educational needs of students, setting educational goals and results, developing strategies, allocating resources, evaluating and optimizing the process were considered as the main issues.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA TALABALAR DIDAKTIK TAYYORLIGINI FUNKSIONAL MODELLASHTIRISH YO‘LLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Y.N. Abduhalimova1^_

1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini funksional modellashtirish yo'llarini muhokama qilingan. Maqolada o'qituvchilarning o'quv materiallari va darslarni qanday rejalashtirishi va tashkil etishi kerakligi yoritilgan, bu jarayonning asosiy bosqichlari tahlil qilingan va ularning amaliyotdagi ahamiyati ko'rsatililgan. Talabalarning bilim darajasi va o'quv ehtiyojlarini aniqlash, o'quv maqsadlari va natijalarni belgilash, strategiyalar ishlab chiqish, resurslarni taqsimlash, baho berish va jarayonni optimallashtirish kabi muhim masalalar asosiy masala sifatida qaralgan.

MAQSAD: ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini funksional modellashtirish, pedagogik samaradorlikni oshirishda kalit omil hisoblanadi. Ushbu maqola, pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini yaxshilash uchun zarur bo'lgan modellashtirish usullarini muhokama qilishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: interaktiv o'qitish usuli, talabalarning o'quv materiallariga bo'lgan qiziqishini oshirishda va bilimlarini chuqurroq o'zlashtirishda muhim rol o'ynadi. Guruh bo'yicha ishlar esa, jamoaviy ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishda va turli nuqtai nazarlardan fikr almashish imkonini yaratishda samarali bo'ldi. Bularning barchasi talabalar tajribasini yaxshilash va o'quv jarayonidan maksimal darajada foydalanishlarini ta'minladi.

XULOSA: ushbu tadqiqot pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini funksional modellashtirish yo'llarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan edi. Tadqiqot natijalari turli o'qitish usullarining talabalar o'zlashtirish darajasi va didaktik tayyorligiga tasirini yoritib berdi. Tahlil va kuzatuvlar orqali, interaktiv o'qitish va guruh bo'yicha ishlar kabi faol o'qitish metodlarining talabalar ishtirok darajasini va o'zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.

Kalit so'zlar: didaktik tayyorgarlik, pedagogik modellashtirish, o'qitish strategiyalari, talabalar bilimi, o'quv materiallari, baho, ta'lim sifati, rejalashtirish.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Abduhalimova Y.N. Pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini funksional modellashtirish yo'llari. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.72-78.

ПУТИ ФУНКЦИОНАЛЬНОГО МОДЕЛИРОВАНИЯ ДИДАКТИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ОБУЧАЮЩИХСЯ В ПРОЦЕССЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ

© Ю.Н. Абдухалимова1Н

1Термезский государственный педагогический институт, Термез, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматриваются способы функционального моделирования дидактической готовности студентов в процессе педагогического образования. В статье описывается, как преподавателю следует планировать и организовывать учебные материалы и занятия, анализируются основные этапы этого процесса и показывается их значение на практике. Также в качестве основных вопросов были рассмотрены такие важные вопросы, как определение уровня знаний и образовательных потребностей обучающихся, постановка образовательных целей и результатов, разработка стратегий, распределение ресурсов, оценка и оптимизация процесса.

ЦЕЛЬ: эффективность обучения сегодня измеряется взаимодействием учителя и учащихся. Функциональное моделирование дидактической готовности учащихся в образовательном процессе является ключевым фактором повышения педагогической эффективности. Данная статья представляет собой обсуждение методов моделирования, необходимых для повышения дидактической готовности учащихся в процессе педагогического обучения.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались такие методы, как беседа, социально-психологический опрос, наблюдение, а степень статистической достоверности полученных результатов подтверждалась факторным анализом.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: интерактивный метод обучения сыграл важную роль в повышении интереса учащихся к учебным материалам и более глубоком усвоении их знаний. С другой стороны, групповая работа была эффективной для развития навыков командной работы и предоставления возможности обмениваться идеями с разных точек зрения. Все это позволило студентам улучшить свой опыт и получить максимальную отдачу от учебного процесса.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование было посвящено углубленному изучению путей функционального моделирования дидактической готовности учащихся в процессе педагогического образования. Результаты исследования проливают свет на влияние различных методов обучения на уровень усвоения и дидактическую готовность учащихся. Посредством анализа и наблюдений было обнаружено, что

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

сс

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

активные методы обучения, такие как интерактивное обучение и групповая работа, значительно повышают уровень вовлеченности и усвоения учащимися.

Ключевые слова: дидактическая подготовка, педагогическое моделирование, стратегии обучения, знания учащихся, учебные материалы, оценка, качество образования, планирование.

WAYS OF FUNCTIONAL MODELING OF DIDACTIC PREPARATION OF STUDENTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL EDUCATION_

© Yulduz N. Abduhalimova1H

1Termez State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan_

INTRODUCTION: this article discusses ways of functional modeling of didactic readiness of students in the process of pedagogical education. The article describes how teachers should plan and organize teaching materials and lessons, analyzes the main stages of this process and shows their importance in practice. Also, important issues such as determining the level of knowledge and educational needs of students, setting educational goals and results, developing strategies, allocating resources, evaluating and optimizing the process were considered as the main issues.

AIM: the effectiveness of learning today is measured by the interaction of teachers and students. Functional modeling of students' didactic readiness in the educational process is a key factor in improving pedagogical effectiveness.

MATERIALS AND METHODS: in the course of the study, such methods as conversation, socio-psychological survey, observation were used, and the degree of statistical reliability of the results obtained was confirmed by factor analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: the interactive teaching method has played an important role in increasing students' interest in learning materials and deeper assimilation of their knowledge. On the other hand, group work was effective in developing teamwork skills and providing an opportunity to exchange ideas from different perspectives. All this allowed student to improve their experience and get the most out of the learning process.

CONCLUSION: this study was devoted to an in-depth study of the ways of functional modeling of didactic readiness of students in the process of pedagogical education. The results of the study shed light on the influence of various teaching methods on the level of assimilation and didactic readiness of students. Through analysis and observation, it has been found that active learning methods, such as interactive learning and group work, significantly increase the level of student engagement and learning.

Key words: didactic preparation, pedagogical modeling, teaching strategies, student knowledge, educational materials, assessment, quality of education, planning.

Для цитирования: Абдухалимова Ю.Н. Пути функционального моделирования дидактической подготовки обучающихся в процессе педагогического образования. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С 72-78.

Annotation

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

For citation: Yulduz N. Abduhalimova. (2024) 'Ways of functional modeling of didactic preparation of students in the process of pedagogical education', Inter education & global study, (4(1)), pp. 72-78. (In Uzbek).

Zamonaviy ta'lim muassasalari o'z ta'lim jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga intiladi. Bu jarayonning muhim qismi sifatida, talabalar didaktik tayyorligini yaxshilash va ularning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish paydo bo'ladi. Pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini funksional modellashtirish, o'qituvchilarga talabalarning o'quv ehtiyojlarini chuqurroq tushunish va ular uchun eng mos o'quv rejalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Bunday yondashuv, ta'lim jarayonini yanada samarali va natijali qilish maqsadida, talabalarning shaxsiy xususiyatlarini va o'quv faoliyatidagi o'zgarishlarni hisobga oladi.

Pedagogik modellashtirishning nazariy asoslari - Pedagogik modellashtirish, o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi ta'lim jarayonini optimallashtirishga qaratilgan usullardan biridir. Bu jarayon, talabalarning shaxsiy xususiyatlari, bilim darajasi va o'quv materiallariga bo'lgan qiziqishlarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Modellashtirish, o'qituvchilarga har bir talaba uchun eng mos keladigan o'quv yondashuvlarini tanlash imkonini beradi, bu esa o'quv materiallarini yanada samarali o'zlashtirishini taminlaydi.

Resurslarni taqsimlash va texnologiyalardan foydalanish - Zamonaviy o'qitish amaliyotida resurslarni to'g'ri taqsimlash va texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Elektron o'quv resurslari, interaktiv dasturlar va o'qitish platformalari kabi texnologiyalar, talabalar tayyorligini yaxshilashda katta yordam beradi. Shuningdek, bu texnologiyalar o'qituvchilarga o'quv materiallarini yanada qiziqarli va tushunarli qilish imkonini beradi.

Baho berish va jarayonni kuzatib borish - Talabalar didaktik tayyorligini modellashtirish jarayonida baho berish, talabalarning o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun zarurdir. Baho berish orqali o'qituvchilar talabalarning bilim darajasini kuzatib borishi va zarur bo'lganda o'qitish yondashuvlarini o'zgartirishi mumkin. Baho berish tizimi, shuningdek, o'qituvchilarga dars rejalarini yanada takomillashtirish uchun qimmatli malumotlar taqdim etadi.

Tadqiqotimizning mavzusiga oid ilmiy adabiyotlar va o'tkazilgan tadqiqotlarni ko'rib chiqish, mavzuni yanada chuqurroq tushunish va tadqiqotning amaliy ahamiyatini ko'rsatishda muhimdir. Quyida pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini funksional modellashtirish yo'llariga oid ba'zi muhim tadqiqotlar keltirilgan:

Piaget va Vygotskiy Nazariyalari: Jean Piaget va Lev Vygotskiyning ta'lim nazariyalari, o'qitish metodlarining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi va Vygotskiyning ijtimoiy madaniy nazariyasi, talabalar didaktik tayyorligini qanday qilib yaxshilash mumkinligi haqida chuqur tushunchalar beradi.

Bloomning ta'lim maqsadlari taksonomiyasi: Benjamin Bloom va uning hamkasblari tomonidan ishlab chiqilgan ta'lim maqsadlari taksonomiyasi, o'qituvchilarga talabalar bilimini qanday baholash va ularning tayyorligini qanday oshirish mumkinligini aniq ko'rsatib beradi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bu model, bilim, ko'nikma va munosabatlar darajasiga qarab talabalar tayyorligini tahlil qilishda foydalaniladi.

Kolbning tajribaviy o'rganish nazariyasi: David A. Kolbning tajribaviy o'rganish nazariyasi, talabalar tajribalar orqali qanday qilib bilim olishi mumkinligini tushuntiradi. Ushbu nazariya, amaliy mashg'ulotlar va interaktiv o'qitish usullarining ahamiyatini ta'kidlaydi. Schönning reflektiv amaliyoti: - Donald Schönning reflektiv amaliyotiga oid ishlari, o'qituvchilarning o'z faoliyatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish orqali qanday qilib talabalar tayyorligini yaxshilashi mumkinligini ko'rsatadi. Bu yondashuv, o'qituvchilarni o'z darslarini doimiy ravishda qayta ko'rib chiqishga undaydi.

Konstruktivist o'qitish usullari: Konstruktivist o'qitish usullarining tadqiqotlari, talabalar o'z bilimlarini qurishida o'qituvchilar qanday yordam berishi mumkinligini o'rganadi. Bu yondashuv, talabalarning mustaqil fikrlashini va mavzularni chuqurroq tushunishini rag'batlantiradi.

Ushbu ilmiy manbalar va nazariyalar, pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini yaxshilashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda asosiy yo'nalishlar sifatida xizmat qiladi. Har bir manba, o'ziga xos metod va yondashuvlar bilan talabalarning o'zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan bo'lib, bu usullar o'qituvchilar va ta'lim muassasalari uchun qimmatli yo'l-yo'riqlar taqdim etadi.

An'anaviy darslar: An'anaviy darslar mavzuni chuqur tushunish, mustaqillik va o'z-o'zini baho berishda nisbatan past ko'rsatkichlarga ega. Bu usul asosan ma'ruzalar orqali bilim uzatishga qaratilgan bo'lib, talabalar faolligini va qiziqishini cheklashi mumkin.

Amaliy mashg'ulotlar: Amaliy mashg'ulotlar yuqori darajada tushunish va mustaqillikni ta minlaydi. Bu metod talabalarga nazariy bilimlarni amalda qo'llash imkonini beradi, bu esa mavzuni yanada chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradi. Interaktiv o'qitish: Interaktiv o'qitish usuli talabalarning eng yuqori qiziqish darajasini va o'quv materiallarini tushunishni ta minlaydi. Shuningdek, bu usul o'qituvchi bilan aloqani mustahkamlash va o'z bilimlarini kuchli baho berish imkonini yaratadi.

Masofaviy ta'lim: Masofaviy ta'lim, qulaylik va moslashuvchanlikni ta minlaydi, ammo mavzuni tushunish va o'qituvchi bilan muloqotda bazi cheklovlar keltirib chiqaradi. Biroq, bu usul talabalarga vaqt va joydan mustaqil ravishda o'qitish imkoniyatini beradi. Guruh bo'yicha ishlar: Guruh bo'yicha ishlar, o'quv materiallarini tushunish, mavzu bo'yicha mustaqillik, va o'z-o'zini baho berishda eng yuqori ko'rsatkichlarni ta minlaydi. Bu usul, jamoaviy ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga va turli nuqtai nazarlardan fikr almashish imkonini beradi. Natijalar: Yuqoridagi tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, interaktiv o'qitish va guruh bo'yicha ishlar kabi faol o'qitish metodlari, talabalar ishtirokini va o'zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu metodlar, talabalarning mavzuni chuqurroq tushunishlarini va o'qituvchi bilan muloqot qilishlarini yaxshilaydi.

Bu malumotlar asosida, pedagogik ta'lim jarayonini yanada samarali va natijali qilish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Interaktiv va amaliy metodlarni qo'llash: O'qituvchilar, o'quv jarayonini yanada interaktiv va amaliy qilish orqali talabalar bilimlarini mustahkamlash va o'quv jarayonidan maksimal darajada foydalanishlarini ta'minlashi kerak.

Guruh bo'yicha ishlarni rag'batlantirish: Jamoaviy ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish va turli nuqtai nazarlardan fikr almashishni ta'minlash uchun guruh bo'yicha ishlarni ko'proq qo'llash tavsiya etiladi. O'qituvchi bilan aloqani mustahkamlash: O'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi muloqot va hamkorlikni yaxshilash orqali, talabalar o'z bilim darajasini oshirishda yanada samarali bo'lishi mumkin.

Metodologiya. Ushbu tadqiqotda pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini funksional modellashtirish yo'llarini o'rganish maqsadida bir qator metodologik yondashuvlar qo'llanildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli o'qitish usullarining talabalar o'zlashtirish darajasi va didaktik tayyorligiga tasirini tahlil qilishdan iborat edi.

Ma'lumot yig'ish usullari

So'rovnoma - Talabalar va o'qituvchilardan ma'lumot yig'ish uchun so'rovnoma usuli qo'llanildi. So'rovnoma, talabalar va o'qituvchilarning fikrlarini, o'quv materiallarini qanday qabul qilishlarini va turli o'qitish usullariga munosabatlarini aniqlashga yordam berdi.

Kuzatuv - Dars jarayonlari davomida bevosita kuzatuvlar olib borildi. Bu kuzatuvlar orqali o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi o'zaro tasir, o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasi va sinf ichidagi faollik kuzatildi.

Olingan ma'lumotlar quyidagi usullar orqali tahlil qilindi: statistik tahlil - Ma'lumotlar SPSS kabi statistik dasturlar yordamida tahlil qilindi. O'zlashtirish darajasi, talabalar ishtiroki va boshqa o'lchovlar bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichlar hisoblandi va turli o'qitish usullarining samaradorligi baholandi. Mazmun tahlili - O'qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan javoblarni mazmun tahlili orqali tushunish imkoniyati yaratildi. Bu tahlil, fokus guruhlar va so'rovnoma natijalaridan olingan malumotlarning chuqurroq tahlilini ta'minladi.

Korrelatsion tahlil - Turli o'qitish usullari va talabalar o'zlashtirish darajasi o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish uchun korrelatsion tahlil qo'llanildi. Bu orqali, eng samarali o'qitish metodlarini aniqlashga yordam beradigan statistik dalillar topildi. Ushbu metodologiya yordamida olingan natijalar, pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini yaxshilash bo'yicha qaror qabul qilishda asosiy ma'lumotlar sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot davomida o'rganilgan ma'lumotlar va tahlillar, kelgusida ta'lim jarayonlarini yanada samarali va maqsadga muvofiq tashkil etish imkoniyatini beradi.

Shu bilan birga, tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, ananaviy darslar va masofaviy ta'lim usullari ham o'z o'rinlariga ega bo'lib, ular ma'lum sharoitlarda qo'llanilganda talabalar uchun qulayliklar yaratishi mumkin. Biroq, bu usullarning ta'limiy tasiri faol metodlarga qaraganda ancha pastroq bo'lishi aniqlandi.Tadqiqotdan olingan asosiy tavsiyalar quyidagilardan iborat: faol o'qitish metodlarini kengroq qo'llash: O'qituvchilar, o'quv jarayonini yanada interaktiv va amaliy qilish orqali talabalar bilimlarini mustahkamlash va o'quv jarayonidan maksimal darajada foydalanishlarini ta'minlashlari kerak.Guruh bo'yicha ishlarni faollashtirish: Jamoaviy ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish va turli nuqtai

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

nazarlardan fikr almashishni taminlash uchun guruh bo'yicha ishlarni ko'proq qo'llash tavsiya etiladi.O'qituvchi va talaba aloqasini kuchaytirish: O'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi muloqot va hamkorlikni yaxshilash, talabalar o'z bilim darajasini oshirishda yanada samarali bo'lishlarini ta minlaydi. Pedagogik ta'lim jarayonida talabalar didaktik tayyorligini yaxshilash, ta'lim sifatini oshirishda muhim qadamdir. Ushbu jarayon orqali o'qituvchilar talabalarning bilim olish jarayonini samarali boshqarishi va ularning o'quv ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Natijada, talabalar o'z bilimlarini yanada chuqurroq o'zlashtiradi va o'quv jarayonidan ko'proq foyda oladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Piaget, J. (1952). The Origins of Intelligence in Children. New York: International Universities Press.

2. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.

3. Bloom, B. S., Engelhart, M. D., Furst, E. J., Hill, W. H., & Krathwohl, D. R. (1956). Taxonomy of Educational Objectives: The Classification of Educational Goals. Handbook I: Cognitive Domain. New York: Longmans, Green.

4. Kolb, D. A. (1984). Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall.

5. Schön, D. A. (1983). The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. New York: Basic Books.

6. Jonassen, D. H. (1999). Designing Constructivist Learning Environments. In C. M. Reigeluth (Ed.), Instructional-design theories and models: A new paradigm of instructional theory, Volume II (pp. 215-239). Mahwah, NJ: Lawrence Erlbaum Associates

7. Mayer, R. E. (2004). Should There Be a Three-Strikes Rule Against Pure Discovery Learning? The Case for Guided Methods of Instruction. American Psychologist, 59(1), 1419.

8. Biggs, J., & Tang, C. (2011). Teaching for Quality Learning at University. Maidenhead: McGraw-Hill Education.

9. Bransford, J. D., Brown, A. L., & Cocking, R. R. (2000). How People Learn: Brain, Mind, Experience, and School: Expanded Edition. Washington, DC: National Academy Press.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Abduhalimova Yulduz Normurod qizi, o'qituvchisi [ Абду^алимова Юлдуз Нормуродовна, преподаватель], [Yulduz N. Abduhalimova, teacher; manzil: O'zbekiston, Surxondaryo viloyati Termiz shahar Ibn Sino ko'chasi 53-uy [адреа Узбекистан, 117036, Узбекистан, Сурхандарьинская область, город Термез, улица Ибн Сины, дом 53], [address: Uzbekistan, Surkhandarya region, Termez city, 53 Ibn Sina Street]; E-mail: abduhalimova95@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.