Научная статья на тему 'PEDAGOGIK MULOQOT JARAYONIDA ZIDDIYATLAR VA PSIXOLOGIK TO‘SIQLAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR'

PEDAGOGIK MULOQOT JARAYONIDA ZIDDIYATLAR VA PSIXOLOGIK TO‘SIQLAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
1823
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
O'ZARO KOMMUNIKATIVLIK / EMOSIONAL BIRLIK / PEDAGOGIK MULOQOT / IDROK / MUOMALA TEXNIKASI / ROLLARNI NIQOBLARDAN AJRATISH

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Ma'Murova F., Abdullayeva N., Yusupjonova M.

Ushbu maqola mualliflari pedagogik muloqot jarayonida hamda muomala jarayonidagi ziddiyatlar va psixologik to‘siqlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni keng yoritib tahlil qilib o‘tgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONFLICTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL COMMUNICATION AND PROBLEMS WITH PSYCHOLOGICAL BARRIERS

The authors of this article have extensively analyzed the problems associated with conflicts and psychological barriers in the process of pedagogical communication as well as in the process of treatment

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK MULOQOT JARAYONIDA ZIDDIYATLAR VA PSIXOLOGIK TO‘SIQLAR BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR»

UDK 037.1174

Ma'murova F. katta o 'qituvchi Abdullayeva N. katta o 'qituvchi Yusupjonova M. magistratura talabasi Namangan muhandislik-qurilish instituti O'zbekiston Respublikasi, Namangan

PEDAGOGIK MULOQOT JARAYONIDA ZIDDIYATLAR VA PSIXOLOGIK TO'SIQLAR BILAN BOG'LIQ MUAMMOLAR

Annotatsiya: Ushbu maqola mualliflari pedagogik muloqot jarayonida hamda muomala jarayonidagi ziddiyatlar va psixologik to'siqlar bilan bog'liq bo 'lgan muammolarni keng yoritib tahlil qilib o 'tgan

Kalit so'zlar: o'zaro kommunikativlik, emosional birlik, pedagogik muloqot, idrok, idrok, muomala texnikasi, rollarni niqoblardan ajratish

Administrova F. senior teacher Abdullaeva N. senior teacher Yusupjonova M. master's degree student Namangan engineering and Construction Institute Republic Of Uzbekistan, Namangan

CONFLICTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL COMMUNICATION AND PROBLEMS WITH PSYCHOLOGICAL BARRIERS

Annotation: the authors of this article have extensively analyzed the problems associated with conflicts and psychological barriers in the process ofpedagogical communication as well as in the process of treatment

Keywords: mutual communicativity, emotional unity, pedagogical communication, perception, perception, handling techniques, separation of roles from masks

O'zbekiston respublikasining birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch» nomli asarida «... dunyodagi zo'ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o'ziga tobe qilib, bo'ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa, avvallambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo'lmish milliy qadriyatlari, tarixi va

ma'naviyatidan judo qilishga urinadi», - deb bildirgan fikrlari katta ahamiyat kasb etadi.24

Muloqotga doir olib borilgan izlanishlar shuni ko'rsatadiki, pedagogik muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarning o'zaro o'z-o'zini namoyon qilishi, pedagog va o'quvchilarning o'zaro kommunikativ o'z-o'zini ifodalashi yuz beradi, bu esa pedagog va o'quvchilarning ijodiy hissiyotiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bunday o'zaro o'z-o'zini namoyon qilish pedagog va o'quvchilarning emosional hissiyoti uzviyligi asosida yuz beradi, uni mustahkamlaydi, emosional birlik natijasi sifatida namoyon bo'ladi. Mazkur ta'sir pedagogik muloqotning mazmuniy tomoniga katta ta'sir ko'rsatadi, o'quvchilar bilish jarayoniga samarali ta'sir qiladi.

Pedagogik muloqot jarayonida hamda muomala jarayonidagi to'siqlarning mavjud bo'lishi ko'pincha dialog qatnashchilari orasida turli ziddiyatli vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Faoliyatlari bevosita shaxslararo muomala asosida quriladigan kasb egalarining mazkur to'siqlar va ularni engib o'tish yo'llari haqidagi bilim va ko'nikmalarni egallashlari, doimiy ziddiyatlar oqibatida stress holatlarining yuzaga kelishi va bu bilan bog'liq bo'lgan turli kasalliklarning oldini olishda muhim omil bo'lib hisoblanadi.

Ziddiyat-(lot. conflictus - qarama-qarshilik, konflikt) - tomonlarning yoki hamkorlikdagi sub'ektlarning qarama-qarshi yo'nalishdagi manfaatlari, maqsadlari, pozitsiyalari, fikr va qarashlari to'qnashuvidir. Ziddiyat har doim ham yuzaga kelgan nizolarni hal etishning samarali usuli bo'lib hisoblanmaydi, chunki nizo jarayonida paydo bo'ladigan kuchli emotsiyalar oqibatida tafakkur jarayonlari sekinlashadi, uning doirasi torayadi, psixikaning eng sodda qatlamlari (instinktlar, impulsiv xatti-harakatlar) ishga tushadi. Ammo ziddiyatlarni hal qilishning yagona yo'li ziddiyatga kirish bo'lsa, bu jarayondagi tashabbuskorlikni o'z qo'lingizga olishingiz lozim. CHunki konfliktga ongli tarzda kirish orqali uni boshqarish mumkin. SHuni esda tutish lozimki, doimiy tarzda ko'p martalab ziddiyatga kirish sog'liq uchun zararlidir.

Konfliktni qanday qilib boshqarish mumkin? Buning uchun kishidan o'z emotsiyalarini nazorat qilish, qalbaki sabablardan haqiqiy sabablarni ajratib olish, ziddiyatni lokallashtirish, faqat himoyaga diqqatni qaratishdan qochish, tashabbuskorlikni o'z qo'lida ushlab turish talab etiladi.

Ziddiyatni hal etishning to'rtta yo'li mavjud: bo'ysundirish, kompromiss, qochish va integratsiya. Oxirgi yo'l eng qiyin, lekin uni amalga oshirish mumkin. Ziddiyatli vaziyatlardan chiqishni bilmaslik, har qanday kishi uchun muomala jarayonida paydo bo'ladigan ko'plab kundalik qiyinchiliklarni engib o'tish, jismoniy va psixik sog'liqqa putur etkazuvchi emotsional stresslarga olib keladi. Bu holatni psixologlar shaxslararo muomaladagi to'siq lar, deb atashadi. Muomaladagi to'siqlar - bu ziddiyatlar paydo bo'lishiga imkon yaratuvchi juda ko'p omillardir.

' Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Тошкент: Маънавият, 2008. 11-бет.

Bu to'siqlar muomalaga kirishuvchi shaxslarning maqsadlari va ehtiyojlari bir-biriga mos kelmasligi oqibatida yuzaga keladi.

Insonni asabiylik va jizzakilikka olib keladigan yana bir omil - bu o'z ishiga qiziqishning so'nishi yoki qiziqishning umuman yo'qligidir. O'z ishiga nisbatan negativ munosabat insonda salbiy emotsiyalarni, zo'riqishni, agressivlikni keltirib chiqaradi.

Qarama-qarshi istaklar kurashi to'sig'idan tashqari ko'pincha xarakterlar nomutanosibligi to'sig'i ham muomala jarayoniga salbiy ta'sir etadi. Ko'pincha, oilaviy mojarolarda, qo'shnilar, hamkasblar o'rtasidagi bir-birini yoqtirmaslik holati sababini «xarakterimiz to'g'ri kelmadi», deb tushuntirishadi. Mashhur psixiatr Karl Leongard «20-25% kishilarda xarakter yoki temperamentning ma'lum qirralari shunday kuchli namoyon bo'lgan bo'ladiki, ma'lum sharoitlarda ziddiyatlarga, asab zo'riqishlariga olib keladi», deydi. SHuni yod da tutish kerakki, har qanday kishining o'z «nozik joy»lari, ojiz tomonlari bo'ladiki, muomalada xuddi shu tomonlarni tanqid ostiga olish yaramaydi.

Yana bir to'siq nevroz xastaligi bilan bog'liqdir. Nevrozning asosiy sababi -kuchli emotsional stress, chiqib ketish mumkin bo'lmaydigan psixik jarohatlovchi vaziyatdir. Amalda qisqa muddatli nevroz holati hammada ham bo'lishi mumkin. Nevrozga duchor bo'lgan kishilarda ziddiyatlar tez-tez yuzaga keladi va ular chuqurroq va og'irroq kechadi.

G'am-qayg'u oqibatida yuzaga keladigan to'siqlar bilan har bir inson to'qnash keladi. Qayg'u inson ruhiyatini shu darajada zanjirband etadiki, kishining boshqa odamlarga diqqat e'tibor qaratishiga umid qilmasa ham bo'ladi. Bu holat fojeali voqealar, o'z ahvolidan qoniqmaslik, og'ir jismoniy his-tuyg'ular oqibatida yuzaga keladi. Har qanday vaziyatda ham, inson g'am- qayg'usining qay darajaligidan qat'iy nazar uni tinch qo'yish lozim. Azoblanish doimiy davom etmaydi, vaqt hamma narsani davolaydi.

G'azab tufayli paydo bo'ladigan muomala to'siqlarini engib o'tish juda qiyin, shuning uchun bunday paytda kishining sabr-toqatini sinash kerak emas. CHunki g'azab jismoniy va psixik energiyani ikki barobar oshiradi va so'zlarda yoki agressiv xatti-harakatlarda bu energiyani «to'kib-solish» ehtiyojini paydo qiladi.

Hazar qilish, jirkanish bilan bog'liq bo'lgan to'siqlar kundalik hayotda ko'p uchraydi. Noxush hidlar, terlaydigan qo'l, suhbatdoshga yaqinlashish odati (intim masofaning buzilishi) muomaladagi sherikda jirkanish hissini qo'zg'atishi mumkin. SHuning uchun gigienaga va o'zini tutish maneralariga katta e'tibor qaratish lozim.

Xarakterning ma'lum qirralari hazar qilish to'sig'ini keltirib chiqarishi mumkin, ammo bu gohida sinfiy va milliy aqidalar natijasida yuzaga kelib, uni engib o'tish juda qiyin yoki umuman iloji yo'q.

Shaxslararo munosabatlarda qo'rquv to'sig'i - engib o'tish eng qiyin bo'lgan to'siqlardan biri sanaladi. Qo'rquv sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Muomaladagi sherikning qo'rquv to'sig'ini engib o'tish, ushbu sabablarni qay darajada to'g'ri topishingizga bog'liq bo'ladi.

Uyat va ayb to'sig'i o'zining yoki boshqa birovning o'rinsiz xatti-harakati tufayli yuzaga keladi. Uyat hissi kishida ko'pincha tanqid yoki haddan ziyod

maqtov natijasida paydo bo'ladi. Haddan tashqari uyatchan yoki umuman uyatdan begona odamlar bo'ladi. Uyatga berilmaydigan kishilar o'zlari uchun psixologik himoya usulini ishlab chiqishgan: ular ko'p hollarda hamma shunday xatti-harakat qilishi mumkinligiga o'zlarini ishontirishadi, tanqidni eshitishmaydi, o'zlarini oqlaydigan motivlarni topishadi. Aybni his etishning yuqori va quyi darajalari bir xilda odamlar orasidagi psixologik aloqaga ziyon etkazadi.

Idrok etish to'siqlari suhbatda fikrlarni aniq ifodalay olmaslik asosida paydo bo'ladi. Nutq toni uning ma'nosi kabi muhimdir. Emotsional qashshoq nutqning qalbga va yurakka yo'l topishi qiyin. Noo'rin anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun qo'llanilayotgan so'zlarning aniq ma'nosini etkaza olish lozim. Inson haqidagi ilk tasavvurning to'la bo'lishi uchun uni idrok qilishga ijobiy yondashishga harakat qilish, nafaqat uning tashqi ko'rinishiga, balki mimika, jestlari va tana holatlariga ham e'tibor qaratish talab etiladi.

To'siqlarning yana bir guruhi muomala texnikasi va ko'nikmalari bilan bog'liqdir. Gohida muomala usullaridan o'z g'arazli maqsadlarida foydalanadigan shaxslar uchraydi. Bunday kishilarning xatti-harakatini aniqlashga o'rganish uchun «muomaladagi manipulyasiya», «pozitsiya», «rol», «niqob» kabi tushunchalar ma'nosini o'zlashtirish talab etiladi.

Taniqli psixolog A.A. Dobrovich muomaladagi manipulyasiyalarni tizimlashtirgan. Ularning asosiy mazmuni quyidagilardir: manipulyasiyadan foydalanuvchi shaxslar suhbatdoshning asoslangan ayblovidan qutulish maqsadida, har qanday arzimas xatoni «yuzga solishadi», o'z aybini boshqaga to'nkaydilar, izzat nafsga teguvchi gaplar bilan kishini muvozanatdan chiqarishga, u bilan ma'lum vaqtga aloqani uzishga harakat qilishadi, topshiriq va majburiyatlarni bajarishdan qochish maqsadida o'zini yomon his etayotganligini bahona qilishadi.

Rollarni niqoblardan ajrata olish lozim. Niqob suhbatdoshga bo'lgan haqiqiy munosabatni va haqiqiy emotsiyalarni yashirishga imkon yaratadigan yuz ifodalari, jestlar, standart iboralar yig'indisidir.

Shunday qilib, biz yuqorida muomala jarayonidagi ziddiyatlar va psixologik to'siqlar bilan bog'liq muammolar to'g'risida va ularni bartaraf qilish yo'llari to'g'risida ba'zi fikrlarimizni o'rtaga tashladik. O'ylaymizki, kelajakda bu yo'nalishda olib boriladigan tadqiqotlar

Adabiyotlar ruyxati:

1. Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. -Blackwell Publishing Ltd, 2003. - 515 p.

2. FarrepS. Who's Running UoigSageeg? Creating stable work in unstable times. Austin (TX). 2012.

3. "TUSHKUN KAYFIYATNING BILIMLARNI PUXTA EGALLASHGA SALBIY TA'SIRI", Ma'murova F.,Abdullayeva N., Talaba Abdumalikova M., Materials of the X international scientific conference on December 1 -2, Prague, 2019

4. "INNOVATIVE APPROACH AND MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION", Ma'murova F.,Abdullayeva N., Sultonova M.

5. Journal of Critical Review, No. 103, Section 4, Roosevelt Rd, Da'an District, Taipei City, Taiwan, ISSN- 2394-5125 http://www.jcreview.com/index.php

6. G'oziev E.E. Umumiy psixologiya. T. 2010.

7. Davletshin M.G., S.To'ychieva "Umumiy psixologiya". O'quv qo'llanma. T. 2002.

8. S.N.Jo'raeva., Z.SH.Y Yunusxodjaev "Kasbiy psixologiya" Toshkent- 2014.162 bet.

9. F.I.X,aydarov,N.I Xalilova.Umumiy psixologiya.T.2010

10. Internet saytlari:

11. www.ziyonet.uz

12. www.ziyouz.com kutubxonasi

13. www.pedagog.uz

14. www.inter-pedagogika.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.