Научная статья на тему 'PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA HAMKORLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH'

PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA HAMKORLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik amaliyot / kompetentlik / hamkorlik kompetensiyasi / bo‘lajak o‘qituvchilar / bakalvar tayyorlash / kasbiy faoliyatga tayyorlash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Xolmo‘Minova Sevinch

Mazkur maqola zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi shaxsida hamkorlik kompetensiyasi mavjud bo‘lishini yoqlagan holda, bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik amaliyot jarayonlaridayoq hamkorlik kompetensiuyasiga ega bo‘lishlari lozimligi haqidagi fikr-mulohazalarni targ‘ib qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA HAMKORLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH»

PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA HAMKORLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Xolmo'minova Sevinch

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qtish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2Boshlang'ich ta'lim fakulteti I bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10680753

Annotatsiya. Mazkur maqola zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchi shaxsida hamkorlik kompetensiyasi mavjudbo'lishiniyoqlagan holda, bo'lajako'qituvchilarningpedagogikamaliyot jarayonlaridayoq hamkorlik kompetensiuyasiga ega bo'lishlari lozimligi haqidagi fikr-mulohazalarni targ'ib qiladi.

Kalit so'zlar: pedagogik amaliyot, kompetentlik, hamkorlik kompetensiyasi, bo'lajak o'qituvchilar, bakalvar tayyorlash, kasbiy faoliyatga tayyorlash.

Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlari, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda raqobatbardosh kadrlaridagi kasbiy kompetensiyalarning rivojlanganligi bilan ham belgilanadi.

Rivojlanib borayotgan O'zbekistonda ta'lim sohasiga juda kata e'tibor qaratilib kelinmoqda. Xususan, o'tgan 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tahriri ta'lim tizimiga juda katta o'zgarishlarning kiritilishiga sabab bo'ldi. Mazkur qonunning 35-moddasida O'quv rejasida, qoida tariqasida, ta'lim jarayonining jadvali, o'qitishning boshlanishi, muddati va davriyligi, o'quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta'tillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o'rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi. Bullring barchasi bo'lajak o'qituvcvilarning pedagogik amaliyot jarayonida o'rganishi zarur bo'lgan hujjatlar tarkibini tuzishlarida va albatta, chuqur o'rganishlarida tartiban yordam beradi.

Ma'lumki, ta'lim oluvchilarning — bo'lajak o'qituvchilarning amaliyotni o'tash tartibi va uni tashkil etish ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. Bo'lajak o'qituvchilar kasbiy ko'nikmalarini mukammal egallashi uchun o'quv rejalari va muayyan fanlarning o'quv dasturlarida o'quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o'tashlari shart. Bu jarayonda bo'lajak o'qituvchilar nafaqat biriktirilgan amaliyot rahbari bilan, balki pedagogik amaliyotni o'tayotgan ta'lim muassasasi bilan ham o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yishi ularning pedagogik faoliyatda zarur bo'lgan ko'nikma va bilimlarni chuqur egallashlariga yordam beradi.

Bakalavrlar tayyorlashda ko'plab amaliyot turlari o'tkaziladi. Shulardan biri bu — pedagogik amaliyotdir. Pedagogik amaliyotlar bakalavr ta'lim jarayoninig majburiy qismi bo'lib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko'nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Jumladan, pedagogik amaliyot bo'lajak mutaxassislarni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va muhim bo'g'inidir.

Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta'limi va bo'lajak mustaqil faoliyatini bog'laydigan hamda kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi jarayon sanalib, dastlabki tajriba maktabi deb yuritilsa ham mubolag'a bo'lmaydi.

Pedagogik amaliyot — bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda o'quv pedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o'quv rejasiga

mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo'ladi. Pedagogik amaliyot o'quv mashg'ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi.

Demak, ta'kidlanganlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bo'lajak o'qituvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish foydali bo'ladi. Bu bilan bo'lajak o'qituvchilarda hamkorlik kompetensiyasining shakllanishiga ham erishish mumkindir. Pedagogik amaliyotning maqsadi — bo'lajak o'qituvchilami kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish, pedagogik faoliyat mas'uliyatini his etish va o'z ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali o'qituvchilarning ish faoliyatini o'rganishdan iborat bo'lar ekan, ularda hamkorlik kompetensiyasini shakllantirish ham manfaatlidir.

Faol rivojlanayotgan va o'zgarib borayotgan jamiyat ta'limga, uning mazmuni va raqobatbardoshligiga yuksak talablar qo'yadi. Shu boisdan ham hozirgi vaqtda ta'lim sifatini oshirish muammosiga chuqur e'tibor qaratilmoqda, bunda asosiy mezon individual kompetentsiya darajasi, ya'ni bilim tizimini o'zlashtirish, intellektual, kognitiv rivojlanish va qo'llash qobiliyatiga yuqori talablar qo'yiladi.

Zamonaviy ilmiy adabiyotlar «kompetentlik» va «kompetensiya» tushunchalari haqida ko'pincha yaqin ma'no sifatida ishlatilishini ta'kidlaydi. Kompetentsiya esa bu ma'lum bir shaxsning muayyan turdagi ishni bajarish qobiliyati, har qanday masala bo'yicha asosli qaror qabul qilish uchun yetarli bilim zaxirasining mavjudligi ekani allaqachon o'rganilgandir. Kompetensiya va kompetentsiyaga egalik; biror narsani hukm qilish imkonini beruvchi bilimga egalik tushunchalari ham ayni shu manga taalluqli. Shunday qilib, "kompetentlik" tushunchasida asosiy masala sifatida hamkorlik kompetensiyasi tushunchasining bo'lajak o'qituvchi uchun muvaffaqiyatli tomonlarini sanash quyidagi o'rinlarda lozim deb topildi.

Jamiyat hayotining turli jabhalarining jadal rivojlanishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi, ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatida ishtirok eta oladigan mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojning dolzarbligi kasbiy pedagogik ta'lim mazmunini yangilashga faol ta' sir ko'rsatmoqda. O'qituvchining kasbiy faoliyatida hamkorlik kompetensiyasi alohida ahamiyatga ega. Qatar olimlarnimng ta'kidlashicha, kasbiy faoliyatdan qat'iy nazar, hamkolrik kompetentsiyasi XXI asr shaxsining o'ziga xos, har tomonlama, interfaol xususiyatga ega bo'lgan belgilovchi xususiyatidir.

Ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik psixologik ta'sir vositasi bo'lib, shaxslararo muloqot sohasida bilim, ijtimoiy munosabatlar, ko'nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgandir hamda nisbatan qisqa vaqt ichida kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan ko'nikmalarni jadal shakllantirish va rivojlantirish muammosini hal qilishga imkon beradi. Va bo'lazjak o'qituvchining qobiliyatlari, shuningdek, noto'g'ri kasbiy xatti-harakatlarni tuzatishda yordam beradi.

Shuningdek, amaliyot jarayonlarida bo'lajak o'qituvchilar interfaol ta'lim texnologiyasi haqidagi nazariy bilimlarini ishga solib, o'quvchilarning bir-biri bilan va o'qituvchi bilan o'zaro munosabatiga asoslanadi. O'quv materialini faol o'rganishga juftlik va guruhlarda hamkorlik qilish, o'quv munozaralari va konferensiyalari, aqliy hujum va tanqidiy fikrlash usullari, amaliy tadqiqotlar (aniq misollar bilan o'rganish), simulyatsiya modellari va ssenariylarni ishlab chiqish kabi ish usullari va shakllari bunda bo'lajak o'qituvchiga yordam beradi. Shu bilan birga, talabalar birinchi navbatda o'z tajribalariga tayangan holda bir-biridan o'rganadilar.

Bo'lajak o'qituvchilar bilimlar tizimini, uni o'zlashtirish usullarini va kognitiv jarayonlarni aloqa masalalarini hal qilishda hayotiy vaziyatlardagi faoliyatga o'tkazishni

o'zlashtiradilar. Kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan kommunikativ bilim va ko'nikmalarni mustahkamlashga, muloqot jarayonida ijodiy salohiyatni rivojlantirishga yordam beradigan kelgusi pedagogik faoliyat bilan bog'liq vazifalarni bajarish ham shu pedagogik amaliyot davrida o'zini namoyon qiladi. Shu sababli bo'lajak o'qituvchilarda hamkorlik kompetensiyasining shakllangan bo'lishi bularning barchasini izchillikda va batafsil bajarishda eng katta yordam beruvchi vosita bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son https://yuz.uz/uz/news

2. Болотов В.А. Сериков В.В. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе // Педагогика. 2003. No 10.

3. Dilshoda Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qizmlarining mazmun-mohiyati.«O'ZBEKISTONDAILM-FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. (https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842)

4. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

5. Зимняя И.А. Ключевые компетентности как результативно-целевая основа компетентностного подхода в образовании. М., 2004.

6. Hojieva, Z. U. (2014). The Role of1' Mark" in Humanization of Didactic Relationships. In Young Scientist USA (pp. 33-36).

7. Исаева Т.Е. Классификация профессионально-личностных компетенций вузовского преподавателя // Педагогика. 2006. No 9.

8. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

9. Zulfiya Khojieva. THE ROLE OF CO-CREATION IN PREPARING FUTURE TEACHERS FOR EFFECTIVE COLLABORATIVE WORK. International Journal of Pedagogics. 2022.

10. https://vt.me/jalilova dilshoda 2292

11. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.