Научная статья на тему 'PEDAGOG NUTQIDA VERBAL VA NOVERBAL ALOQA VOSITALARI'

PEDAGOG NUTQIDA VERBAL VA NOVERBAL ALOQA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3759
247
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
verbal aloqa / noverbal aloqa / aloqa vositasi / til / muloqot / dars / nutq.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boltayeva Vazira O‘Tkirovna, Boltayeva Nodira O‘Tkir Qizi

Ushbu maqolada o‘qituvchining dars jarayonida til vositalaridan to‘g‘ri foydalanishi kerakligi xususida so‘z yuritilgan. O‘zbek tili qoidalariga amal qilish orqali yuzaga chiqadigan har qanday nutqning yuqori ta’sir kuchiga ega bo‘lishi bayon etilgan. O‘quvchilar bilan muloqot jarayonida noverbal aloqa vositalaridan unumli foydalanish kerakligi aytib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOG NUTQIDA VERBAL VA NOVERBAL ALOQA VOSITALARI»

PEDAGOG NUTQIDA VERBAL VA NOVERBAL ALOQA VOSITALARI

Boltayeva Vazira O'tkirovna

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 36-maktab o'qituvchisi Boltayeva Nodira O'tkir qizi

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti O'zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar kafedrasi stajyor o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7359488

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'qituvchining dars jarayonida til vositalaridan to'g'ri foydalanishi kerakligi xususida so'z yuritilgan. O'zbek tili qoidalariga amal qilish orqali yuzaga chiqadigan har qanday nutqning yuqori ta'sir kuchiga ega bo'lishi bayon etilgan. O'quvchilar bilan muloqot jarayonida noverbal aloqa vositalaridan unumli foydalanish kerakligi aytib o'tilgan.

Kalit so'zlar: verbal aloqa, noverbal aloqa, aloqa vositasi, til, muloqot, dars,

nutq.

Har bir insonning ma'naviy kamol topishida ona tilining o'rni beqiyos. Chunki til milliy ma'naviyat va madaniyatning ko'zgusi hisoblanadi. Darhaqiqat, hadislarda aytilishicha, "Insonning zeb-u ziynati, go'zalligi uning tilidadir". Qadim-qadim zamonlardan beri har bir millat, o'z tiliga buyuk hurmat bilan qarab keladi. Bu nodir boylikni dunyolarga alishmaslikka harakat qiladi. Chunki til millatning asosiy ildizi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'biri bilan aytganda, "O'z tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar"

Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan benihoya keng qamrovli islohotlarda til muammolari, xususan, ona tiliga - davlat tiliga e'tibor masalalariga alohida diqqat qaratilayotganligi bejizga emas, albatta. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni [1, B.3] 4-bandiga muvofiq mamlakatimiz ijtimoiy

hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanishga erishish; ta'lim muassasalarida davlat tilini o'rgatish va uni bilish darajasini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; sofligini saqlash, boyitib borish va nutq madaniyatini yuksaltirish kabi vazifalar belgilab berilgan edi. Har tomonlama sog'lom avlodni voyaga yetkazish masalasiga jiddiy e'tibor qaratilayotgan bugungi kunda yoshlar orasida, avvalo, komil insonning muhim sifatlaridan biri sanalgan muloqot madaniyatini shakllantirish, davlat tili qoidalariga amal qilgan holda nutq so'zlash ko'nikmalarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Bu jarayon, ayniqsa, mashaqqatli kasb egalari bo'lgan o'qituvchilardan ulkan mas'uliyatni talab etadi. Avvalo, pedagogning o'zida tilning eng muhim funksiyasi hisoblangan muloqot qilish madaniyati to'liq shakllangan bo'lishi lozim. Zero, muomala odobi, muloqot madaniyatiga hamma ham birday a mal qilavermaydi. Ko'hna yozma yodgorligimiz bo'lmish "Avesto"da aytilishicha, "Yomon ustod hayotni g'amgin qiladi, hayot chirog'ini so'ndiradi..." Shunday ekan, har bir o'qituvchi savodli gapirishi, o'z nutqini chiroyli va tushunarli, ta'sirchan qilib bayon etishi, o'z fikr va his-tuyg'ularini so'zda aniq ifodalay olishi kerak. Mohiyatan bitmas-tuganmas, cheksiz-chegarasiz ifoda imkoniyatlarining majmuasi hisoblangan tilimizda muloqot shakllari verbal va noverbal ko'rinishlarda bo'ladi.

Verbal aloqa - inson nutqi yordamida tajriba almashish, muloqot o'rnatish va harakatlarni rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayoni [2, B.2]. So'z, ma'ruza, suhbat, savol-javob, nasihat, munozara, bahs, xabar, tabrik, tanbeh, salomlashish-xayrlashish kabilar verbal muloqot shakllari hisoblanadi [3, B.15]. O'qituvchining chiroyli nutqi orqali uning yuksak madaniyatini, tilga bo'lgan mehr-muhabbatini bilib olish mumkin. U har bir so'zni o'z ohangi bilan tiniq talaffuz qilib, quvonchli so'zni quvonch bilan, g'amgin so'zni hasrat bilan ayta olsagina har bir so'zi o'quvchilarning yuragiga tezda yetib boradi. Chunki so'z bilan o'quvchining faqat qulog'ini emas, balki qalbini ham zabt eta olish lozim. Avvalo, o'qituvchining o'zi ma'noli gapira olishi, nutq zanjiridagi halqalarni ilg'ay olishi, so'zdan o'rinli foydalanishi va nutqiy fahm-u farosat kabi fazilatlarni mukammal egallagan bo'lishi lozim.

Noverbal aloqa - so'zlardan foydalanmasdan xabarlarni yuborish va qabul qilish jarayoni. Noverbal muloqot imo-ishoralar, mimika, yuz ifodalari, pantomima kabilar vositasidagi muloqotdir. Bunda axborot so'zlashish orqali emas, balki fikrlar va hissiyotlarni turli harakatlar orqali ifodalash bilan namoyon bo'ladi. Imo-ishora, ma'noli qarash, rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum pedagogik ta'sir ko'rsatishda ko'p so'zli tushuntirish yoki e'tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomala vositalari hisoblanadi. O'qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba'zan o'quvchilarga so'zdan ham qattiqroq ta'sir ko'rsatishi mumkin. O'quvchilar o'qituvchi kayfiyatini uning yuzidan darrov bilib oladilar. Sinfga kirib kelishi bilanoq uning yuz tuzilishiga qarab "tashxis qo'yadilar". Dars jarayonida yuz ifodasining eng samarali usuli tabassum bilan so'zlashdir. Chunki qovoq solib so'zlagandan ko'ra tabassum orqali aytilgan har qanday fikr o'quvchi ongida tezda muhrlanadi. Tabassum ko'z, lab va yuz muskullarining holati bilan hamohang tarzda ishlaydigan miya faoliyatining ijobiy holatini kuchaytirishi bilan birga, ruhiyatga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. O'qituvchining mehr to'la tabassumi o'quvchilarga nisbatan do'stona muhit yaratadi, to'siqlarni yengishga yordam beradi, qo'rquvni ketkazadi, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, o'z fikrini bayon eta olishga o'rgatadi.

Xulosa qilib aytganda, muallim pedagogik jarayonda yetakchi kishi, ya'ni bolani to'g'ri yo'lga yetaklovchi shaxs hisoblanadi. O'quvchi nutq so'zlashni, muomala va til odobini, asosan, o'qituvchi timsolida anglab oladi. Shunday ekan, har tomonlama mukammal sifatlarga ega bo'lgan, eng avvalo, chiroyli nutq egasi bo'lgan, o'zbek tilining sofligini saqlagan holda so'zlay oladigan, davlat tili qoidalarini puxta egallagan va til bilimini to'liq o'zlashtirgan yuksak madaniyatli pedagog kadrlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Ertangi kunimiz kelajagi bo'lgan bolajonlarimizga millatning ruhi bo'lmish ona tiliga bo'lgan muhabbatni shakllantirish bugungi zamon o'qituvchisining asosiy maqsadi bo'lmog'i lozim.

1. Mirziyoyev Sh.M. "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbiriari to'g'risida". 21.10.2019 PF-5850-son. https://lex.uz

2. Axmedjonova D.K. Muloqotning verbal va noverbal vositalari. 26.04.2022. -B.2. https://fayllar.org/muloqotning-verbal-va-noverbal-vositalari-axmedíonova-dilafroz.html

3. Djurayev R.X. Pedagogik atama^ lug'ati. Toshkent - 2008, -B.15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.