MEXANIKA
UDK: 635-136
PAXTANI MAYDA IFLO SLIKLARDAN TOZALASH QURILMASINI MATEMATIK MODEL ASOSIDA NAZARIY TADQIQ ETISH
Jamolov Abduraxmon Solijonovich Namangan muhandislik- texnologiya instituti, ([email protected])
Ro'ziqulov Oybek Safarali o'g'li Namangan muhandislik texnologiya instituti
Annotatsiya. Paxta mayda iflosliklardan tozalash qurilmasining nazariy tadqiqotida to'rli yuzasini foydaliligini oshirish maqsadida to'rli yuza oval shaklida tayyorlangan, shu bilin birga umumiy tozalash yuzasini oshirish uchun barabani qiya qilib joylashtirilgan. Barabanga joylashtirilgan o'qlar tik o'rnatilgan bu esa baraban ichidagi paxtani titilishini osonlashtiradi va tozalanish darajasini oshiradi. Oval shaklidagi to'rli yuzali qiya joylashtirilgan paxta tozalash qurilmasini paxta tozalash korxonasiga joriy etish yo'li bilan paxtaning iflosliklardan tozalash sifati va uning ish unumdorligini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Аннотация. При теоретическом исследовании предлагаемого устройства для очистки хлопка, чтобы повысить полезность поверхности сетки, поверхность сетки выполнена овальной формы, и в то же время барабан расположен наклонно для увеличения общей поверхности очистки. Размещенные в барабане стрелки установлены вертикально, что облегчат сбор хлопка внутри барабана и повысить уровень очистки. Повысить качество очистки хлопка от примесей и эффективность его работы желательно за счет внедрения на хлопкоочистительном предприятии хлопкоочистительного устройства с сетчатой поверхностью овальной формы, расположенного наклонно.
Annotation. In the theoretical study of the proposed cotton cleaning device, in order to increase the usefulness of the mesh surface, the mesh surface is oval in shape, and at the same time the drum is positioned obliquely to increase the overall cleaning surface. The arrows placed in the drum are mounted vertically, which facilitates the collection of cotton inside the drum and increases the level of cleaning. It is desirable to improve the quality of cleaning cotton from impurities and the efficiency of its work by introducing a cotton gin device with an oval mesh surface located obliquely at a cotton gin plant.
Kalit so'zlar: baraban, qiya, samaradorlik, tozalinish, konstruksiya, tadqiqot, oval, yuza, unimdorlik, ifloslik, o'q, diametr, foydali yuza.
Ключевые слова: барабан, наклон, производительность, зазор, конструкция, исследование, овал, поверхность, производительность, примеси, ось, диаметр, полезная поверхность.
Keywords: drum, slope, performance, clearance, design, study, oval, surface, performance, impurities, axis, diameter, useful surface.
Kirish
O'zbekiston milliy iqtisodiyoti barcha tarmoqlarini rivojlantirishda ilmiy tadqiqot ishlarining ahamiyati yanada ortib bormoqda va ishlab chiqarish korxonalari jahon fan yutuqlari bazasida takomillashmoqda. Bu takomillashuv uni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, yangi texnika va texnologiyani qo'llash orqali amalga oshirilmoqda.
Ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirish usullariga qarab quyidagi turlarga bo'linadi: Nazariy, tajribaviy va nazariy-tajribaviy.
Nazariy tadqiqotlar avvaldan ma'lum bo'lgan biror qonuniyat asosida tahlil qilinib, texnologik jarayon yoki ob'ekt parametrlarini o'zaro bog'liqligi nazariy jihatdan o'rganiladi,
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
MEXANIKA
tajribaviy tadqiqotlarda esa tajribalar o'tkazish orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnika va zamonaviy kompyuter texnologiyalarining kirib kelishi ilmiy tadqiqot ishlarini mukammal va sifatli o'tkazishni talab etmoqda.
Nazariy-tajribaviy ITIda ham nazariy, ham tajribaviy natijalar e'tiborga olinib, hozirgi vaqtda ko'proq nazariy-tajribaviy tadqiqotlar turidan ko'proq foydalanilmoqda.
Paxta sanoatidagi texnologik jarayonlar fizikaviy va mexanikaviy hodisalarning majmuasidan iborat bo'lib, ularni faqatgina ilm va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalanibgina muvaffaqiyatli tadqiq etish mumkin. Shuning uchun matematik modellashtirish asosida ilmiy tadqiqot qilish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot usullari
Paxtani mayda iflosliklardan tozalovchi qurilmaning tuzilishini va ish sifatini aniqlovchi kiruvchi parametrlarini tadqiq etishda ko'p omilli matematik modellashtirishdan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ta'sir etuvchi omillar sifatida kiruvchi omillar x} - qoziqli baraban aylanish tezligi, ayl/min, x2 - barabanning qiyalik burchagi, gradus, x^ - qoziqning balandligi, mm, ko'rsatkichlari olingan. Tadqiq etilayotgan omillar o'zgarish sathlari va oraliqlarini tanlash 1-jadvalda keltirilgan.
Tadqiq etilayotgan omillar o'zgarish sathlari va oraliqlarini tanlash.
1-jadval
Ko'p omilli tajribaviy tadqiqot ko'rsatgichlari
Omillar nomi va belgilanishi O'zgartirish sathlari O'zgartirish oralig'i
-1 0 +1
Qoziqli baraban aylanish tezligi, ayl/min x1 300 400 500 100
Barabaning qiyalik burchagi, gradus x2 5 10 15 5
Qoziqning balandligi, mm x3 70 125 180 55
Regressiya koeffltsientlarini aniqlashda Styudent, matematik modelning adekvatli yoki adekvat emasligini tekshirish maqsadida Fisher mezonlaridan foydalanildi.
Chiquvchi omillar sifatida F^-tozalash samaradorligi bo'yicha(%).
Tadqiqotda matematik modellashtirish oldiga qo'yilgan asosiy masala-paxta tozalash qurilmasining tozalash samaradorligini va chigitning shikastlanishi darajasini aniqlash uchun unga ta'sir etuvchi omillar yordamida Paskal dasturlash tilida tuzilgan dasturlari yordamida hisobiy modellar asosida izoliniyalar og'ish chizmalari olingan. Bu izoliniyalar orqali qurilmaning tozalash samaradorligiga ta'sir etayotgan omillar asosida barabanning aylanishlar soni, qiyalik burchaklari va qoziqchasining balandliklarini optimal qiymatlarini aniqlanishimiz mumkin.
TOT natijalaridan ma'lum bo'ldiki, o'rganilayotgan jarayon yuqoriroq darajali tenglama bilan ifodalanadi. Shuning uchun ikkinchi darajali regression matematik modelni olish uchun, boshqa usullarga nisbatan birmuncha soddaroq va qulay, hamda paxta sanoati texnologik jarayonlari tadqiqotlarida keng qo'llanilayotgan markaziy nokompozitsion tajriba (MNKT) tanlandi va amalga oshirildi.
Tajriba natijalaridan kelib chiqib, ikkinchi darajali regression ko'p omilli matematik modelni qidiramiz. Ushbu tajriba natijasida quyidagi umumiy ko'rinishdagi regression modelni olish mumkin:
Y = b bX + + V bui
R 0 A^i-l t t A^i=j=\ tJ t J L^t=i tt Yoki tajribamizda uchta omil qatnashayotgani uchun yuqoridagi ifoda quyidagi ko'rinish
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
MEXANIKA
oladi:
2 2
Tenglamada b0..bi.. - regressiya koeffitsientlari, xi, x2, x3 - omillarning kodlangan qiymati.
- Y1-tozalash samaradorligini optimallashtirish bo'yicha regression modellarni hisoblash:
Yr = 67,7 + 1,18xj — 0,11x2 — 2,11x3 + 0,47x1x2 + 3,98x1x3 + 1,1x2x3 - 0,15x 2 — 0,64x 2 — 2,14x2
Ahamiyatli koeffitsientlar bilan tenglamani qayta yoziladi:
^ = 67,7 + 1,18x1 — 2,11x3 + 3,98xx — u*2*3 — 2,14x3
2
Natijalar
Olingan tenglamalarni uch o'lchamliligi va ularni grafik usulda ifodalashda kiruvchi omillardan birini o'rtacha holat sifatida (x1=0, x2=0 yoki x3=0) qabul qilinib, tenglamani 3 ta ko'rinishda qayta yozib grafik shaklda ifodalandi.
Tozalash samaradorli Y1 bo'yicha regression modellarni qoziqning balandligi (x3=0) bo'lgandagi tenglama qayta yozib olamiz.
Yr= 67,7 + 1,18^
75
65 60 55
xl=300 x1=400 xl=500
1-rasm. Tozalash samaradorligini bo'yicha regression modellini qoziqli baraban aylanish tezligi va barabaning qiyalik burchagiga bog'liqlik grafigi
Grafikdan ko'rinib turibdiki, kiruvchi birinchi (x1;) va ikkinchi (x2) omillarning qabul qilingan minimal (-1) qiymatidan maksimal (1) qiymatigacha o'zgarib borganda va uchinchi omil x3=0, o'rtacha qiymatidan foydalanib (Y1) tozalash samaradorligi (bo'yi bo'yicha) qiymatlari tasvirlangan. Chizmadan foydalanib paxta tozalash qurilmasining x1- qoziqli baraban aylanish tezligi (mm) 300^500 oraliqlarda va x2 - barabanning qiyalik burchagi, (gradus) 5^15 oraliqdagi qiymatlarida (Y2) tozalash samaradorligi o'zgarish grafigi ta'svirlangan. Bunda aylanish tezligi 500 ayl/min da va barabanning qiyalik burchagi 10 gradus bo'lganda tozalash samaradorligi eng yuqori qiymatlariga erishmoqda (1-rasm).
^ = 67,7 — 2,11x3 + 1,1X2X3 — 2,14x3
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
MEXANIKA
2-rasm. Tozalash saniaradorligini bo'yicha regression modellini qoziqning balandligi va barabaning qiyalik burchagiga bog'liqlik grafigi.
Grafikdan ko'rinib turibdiki, kiruvchi ikkinchi (x2) va uchinchi (x3) omillarning qabul qilingan minimal (-1) qiymatidan maksimal (1) qiymatigacha o'zgarib borganda va birinchi omil x1=0, o'rtacha qiymatidan foydalanib (Y1) tozalash samaradorligi (bo'yi bo'yicha) qiymatlari tasvirlangan. Chizmadan foydalanib paxta tozalash qurilmasining x2 - barabanning qiyalik burchagi, (gradus) 5^15 oraliqdagi qiymatlarida, x3- qoziqning balandligi (mm) 180 oraliqlarda va (Y1) ish samaradorligining eng yuqori qiymatlariga erishmoqda (2-rasm).
yri = 67,7 +1,18^ - 2,11x3 + 3,98^^ - 2,14x
3-rasm. Tozalash samaradorligini bo'yicha regression modellini qoziqli baraban aylanish tezligi va qoziqning balandligi bog'liqlik grafigi
Kiruvchi birinchi (x1) va uchinchi (x3) omillarning qabul qilingan minimal (-1) qiymatidan maksimal (1) qiymatigacha o'zrarib borganda va ikkinchi omil x2=0 o'rtacha qiymatidan foydalanib (Y1) tozalash samaradorligi bo'yicha qiymatlari tasvirlangan. Chizmadan foydalanib mayda iflosliklardan tozalash qurilmasining x1-qoziqli baraban aylanish tezligi, (ayl/min), 400^500 oraliqdagi qiymatlarida x3-qoziqning balandligi, (mm) 180 va (Y1) ish samaradorligining eng yuqori qiymatlariga erishmoqda (3-rasm).
Xulosalar
Bu grafiklardan ko'rinib turibdiki, paxta tozalash qurilmasining x1- qoziqli baraban aylanish tezligi, ayl/min 300 qiymatda x3-qoziqning balandligi (mm) 70 va x2 - barabanning qiyalik burchagi, (gradus) 15 oraliqdagi qiymatlarida (Y1) ish samaradorligining eng kichik va x1-qoziqli baraban aylanish tezligi, ayl/min 400 qiymatda x3- qoziqning balandligi (mm) 180 va x2 -
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
MEXANIKA
barabanning qiyalik burchagi, (gradus) 10 dan yuqori qiymatlarida (Yi) ish samaradorligining eng yuqori qiymatlariga erishmoqda.
ADABIYOTLAR
1. A.Jamolov "Analysis of Devices Which Clean Raw Cotton from Fine Impurities" International Jurnal of advanced Research in Science, Engineering and Technology. 6.06.2019(ISSN: 2350-0328) Hindiston
2. А.Жамолов, Р.Мурадов "Эффективные способы очистки хлопка от мелкого сора" UNIVERSUM: Технические наук. Выпуск:5(74) май 2020 часть 2
3. "Paxta tozalash qurulmasining samaradorligini oshirish" Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-texnika jurnali (maxsus son 2021 yil dekabr 250-254 б (05.00.00. №33)
4. Жамолов Абдурахмон Солижонович, Валижонова Нилуфар Жахонгир кизи "Анализ исследований проведенных с целью оптимизации хлопкоочистительных машин" UNIVERSUM: Технические наук. Выпуск :12(105) декабр 2022 https://7universum.com/ru/tech/archive/item/14765
5. Abdurakhmon Jamolov, Rustam Muradov, Saidmukhtor Kozokov, Tolibkhon Abdukarimov "Theoretical Analysis of the Process of Cleaning Cotton from Small Contaminants on a Drum With an Inclined Splitter" Problems in the Textile and Light Industry in the Context of Integration of Science and Industry and Ways to Solve Them (PTLICISIWS-2022 skopus and veb of science indexed) Namangan, Uzbekistan 5-6 May 2022 528-535pages https://pubs.aip.org/aip/acp
6. A.Jamolov, Мурадов Р., ^озоков С.О., Тохирова М "Paxtani tozalash mashinalarini takomillashtirish maqsadida o'tkazilgan tadqiqotlar tahlili" NamMQI Mexanika va texnologiya ilmiy jurnali 3(12) 2023 son, 26-31 betlar
7. Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, SHeraliev Ikromjon Ibroximovich, & Eksanova Santalatxon SHarobidinovna (2023). G'ALTAKLI EKISH APPAATINI O'G'IT SOLISHGA MOSLASHTIRISHNI NAZARIY TADQIQ ETISH. Mexanika i texnologiya, 3 (12), 120-126
8. Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, & Akbarov SHerzod Botirovich (2022). ELASTIK BARMOQLI DISKLI ELEVATORNI PARAMETRLARINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH USULI BILAN ANIQLASH. Mexanika i texnologiya, 1 (6), 76-82.
9. Байбобоев Набижон Гуломович, Кучкоров Собиржон Каримжонович, Гуломов Шукуржон Илхомжонович, & Тоштиллаев Шохрух Азаматович (2024). НОВАЯ РАБОЧАЯ ОРГАН КУЛЬТИВАТОРА ДЛЯ ВНЕСЕНИЯ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ. Механика и технология, 1 (14), 88-92.
10. Бокижонович, И. (2022). кучкоров Собиржон Каримжонович. Абдуназаров Элбек Элмуродович, and Ортиков Нозимжон Бокижон Угли." Анор тупларини кумадиган машина уюмлагичининг конструкцияси" Механика и технология, 3(8), 98-102.
11. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024