Научная статья на тему 'ПАТОГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ОПЕРАТИВНЫМ ВМЕШАТЕЛЬСТВАМ У ДЕТЕЙ С ЗАСТАРЕЛЫМИ ВЫВИХАМИ ГОЛОВКИ ЛУЧЕВОЙ КОСТИ'

ПАТОГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ОПЕРАТИВНЫМ ВМЕШАТЕЛЬСТВАМ У ДЕТЕЙ С ЗАСТАРЕЛЫМИ ВЫВИХАМИ ГОЛОВКИ ЛУЧЕВОЙ КОСТИ Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
49
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Re-health journal
Область наук
Ключевые слова
вывих головки лучевой кости / кольцевидная связка / перелом Монтеджа.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Уринбаев Пайзилла Уринбаевич, Эранов Шерзод Нуралиевич, Эранов Нурали Файзиевич

Проанализированы результаты оперативного лечения 83 больных с вывихами головки лучевой кости. Для воссоздания кольцевидной связки, было использована сама капсула сустава и отрезки кольцевидной связки, которая является более анатомофизиологическим подходом по отношению локтевого сустава. Результаты оценивали по 5 бальной системе включающееся в себя функции сустава и ось верхней конечности (П.У.Уринбаев 1995). Хорошие и отличные результаты при оценке через 6, 12 месяцев (4-5 баллов) получены у 56 больных, что составило 57,4% , удовлетворительные результаты (3 балла) наблюдалось у 26 (31,3%).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ПАТОГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ОПЕРАТИВНЫМ ВМЕШАТЕЛЬСТВАМ У ДЕТЕЙ С ЗАСТАРЕЛЫМИ ВЫВИХАМИ ГОЛОВКИ ЛУЧЕВОЙ КОСТИ»

ПАТОГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ОПЕРАТИВНЫМ ВМЕШАТЕЛЬСТВАМ У ДЕТЕЙ С ЗАСТАРЕЛЫМИ ВЫВИХАМИ ГОЛОВКИ ЛУЧЕВОЙ КОСТИ

Уринбаев Пайзилла Уринбаевич Эранов Шерзод Нуралиевич Эранов Нурали Файзиевич

Самаркандский государственный медицинский институт

Проанализированы результаты оперативного лечения 83 больных с вывихами головки лучевой кости. Для воссоздания кольцевидной связки, было использована сама капсула сустава и отрезки кольцевидной связки, которая является более анатомо-физиологическим подходом по отношению локтевого сустава. Результаты оценивали по 5 бальной системе включающееся в себя функции сустава и ось верхней конечности (П.У.Уринбаев 1995). Хорошие и отличные результаты при оценке через 6, 12 месяцев (4-5 баллов) получены у 56 больных, что составило 57,4% , удовлетворительные результаты (3 балла) наблюдалось у 26 (31,3%).

Ключевые слова: вывих головки лучевой кости, кольцевидная связка, перелом Монтеджа.

BOLALARDA BILAK SUYAGI BOSHCHASINING ESKIRGAN CHIQISHLARINI

JARROHLIK USULIDA DAVOLASHDA PATOGENETIK YONDASHUV

Bilak suyagi boshchasining chiqishlari bilan davolangan 83 nafar bemorlar davolash natijalarining taxlili keltirilgan. Uzuksimon boylamani tiklashda bo'g'im kapsulasi hamda uzilgan uzuksimon boylam elementlaridan foydalanilgan bo'lib, ushbu usul tirsak bo'g'imi uchun anatomo-fiziologik hisoblanadi. Natijalarni baxolashda 5 ballik tizimda tirsak bo'g'imi funktsiyasi va qo'lning normal o'qi inobatga olindi (P.O'.O'rinboyev 1995). Yaxshi va a'lo natijalar 6, 12 oydan so'ng (4-5 ball) 56 bemorda (57,4%), qoniqarli natijalar (3 ball) 26 bemorda (31,3%) kuzatildi.

Kalit so'zlar: bilak suyagi boshchasining chiqishi, uzuksimon boylam, Montedji shikasti.

PATHOGENETIC APPROACH TO OPERATIVE INTERVENTIONS IN CHILDREN WITH DISLOCATIONS OF THE RADIUS BONE HEAD

The treatment outcome of 83 patients with dislocations of the radial head was analyzed. To recreate the annular ligament, the joint capsule itself and segments of the annular ligament, which is more anatomical and physiological with respect to the elbow joint, were used. The results were evaluated using a 5-point system, which includes joint functions and the axis of the upper limb (P.U. Urinbayev 1995). Good and excellent results when evaluated after 6, 12 months (4-5 points) were obtained in 56 patients, which amounted to 57.4%, satisfactory results (3 points) were observed in 26 (31.3%).

Key words: dislocation of the radial head, annular ligament, Montage fracture.

Dolzarbligi. Bolalarda tirsak bo'g'imining shikastlanishlari tayanch-harakat tizimi barcha shikastlanishlarining 40 dan 50% gacha tashkil etadi. Posttravmatik asoratlari esa birinchi o'rinda turib, 29,9% hollarda bemorlarning nogironligiga olib kelidi [1,3]. Shu bilan bir qatorda tirsak bo'g'imidagi shikastlanishlar diagnostikasidagi xatoliklar va asoratlar

boshqa bo'g'imlardagi asoratlar ichida yuqori o'rinni egallaydi, shuning uchun ham ushbu patologiyalarni chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi [2,4,5]. Davolashdagi qoniqarsiz natijalar hozirgi kungacha yuqori darajada bo'lib, 21% ni tashkil etadi va asoratlarning kamayishi kuzatilmayapti [2,6]. Ayrim hollarda tirsak bo'g'imining jarohati qo'shimcha jarohat bo'lib kelganda, davolash kechiktirilib amalga oshiriladi, bunday hollarda yaxshi natijalarni olishning iloji bo'lmaydi [8,9,10]. Tirsak bo'g'imida yelka-bilak birlashmasining eskirgan shikastlarini davolashga bag'ishlangan adabiyotlar kam sonli bo'lib, ilmiy xulosa va davolash taktikasini tanlashda qiyinchilik tug'dirmoqda. Shu boisdan tirsak bo'g'imi shikastlarida, bilak boshchasining eskirgan chiqishlarida uzuksimon boylamani jarrohlik usulda tiklashning optimal variantini tanlashni talab etadi.

Ishning maqsadi. Bilak suyagi boshchasi eskirgan chiqishlarining klinik, rentgenologik hususiyatlarini va jarrohlik usuliga ko'rsatmalarni aniqlash.

Material va uslublar. Bizning ma'lumotimiz 83 ta bemor bolalarning jarrohlik davolash natijalariga asoslanadi. Shulardan 62 (74,6%) ta bemorda faqat bilak suyagi boshchasining alohida chiqishi, 21 (25,4%) nafarida esa Montedji shikasti tashkil etadi. Bemorlarning 54 (65,1%) tasi o'g'il bolalar va qizlar - 29 (34,9%) ta. Uchrashi bo'yicha 41 bemorda o'ng qo'lda, 39 ta chap qo'lda va 3 ta bemorda ikki tomonlama uchragan. Yoshi bo'yicha: 5 yoshgacha - 22 ta bemor, 6-12 yoshgacha - 46 ta, 13-18 yoshgacha 15 bemorda kuzatildi.

Klinik barcha bemorlarda tirsak bo'g'imida bilak boshchasining teriostida bo'rtib turishi bilan deformatsiya aniqlanadi (1 - rasm), 67 ta bemorda yozilgan - bukilgan kontrakturalar, 72 ta bemorda pronatsion-supinatsion kontrakturalar aniqlanadi. Rentgenalogik bilak boshchasining yarim chiqishi - 16 bemorda, 67 bemorda bilak boshchasining to'liq chiqishi aniqlandi. Bilak boshchasining oldinga chiqishi - 19 ta, old-medial chiqishi - 48 ta bemorda. Bilak suyagining o'qining buzilishi - 38 bemorda va tirsak suyagi o'qining buzilishi - 12 bemorda kuzatildi.

Jarrohlik muolajasi va unga ko'rsatmalar.

1 - guruhdagi bemorlar.

1.a. Bilak suyagi boshchasining eskirgan chiqishi. Ko'proq old-medial chiqishlar ko'p uchraydi. Ularga ko'rsatma: bilak boshchasini ochiq solish va uzuksimon boylamani P.O'.O'rinboyev, Sh.N.Eranov usulida plastikasi (ratsionalizatorlik taklifi №1899-13.12.2019

y).

1.b. Chiqish ko'p eskirmagan holatda bo'lsa, uzuksimon (li.annularis) boylamning fibrozli to'qimaga aylangan orqa-lateral qismidan loskut tayyorlab, tirsak suyagining lateral qismiga tikiladi.

1.c. Juda eskirgan bilakning boshchasinining chiqishida: bilak boshchasini tirsak suyagida hosil qilingan kanalga ipak, lavsan iplar yordamida fiksatsiya qilish.

2 - guruhdagi bemorlar. Eskirgan Montedji shikastida.

2.a. Agar tirsak suyagining sinig'i deformatsiyasiz bitib, bilak boshchasining chiqishi qolsa, bilak boshchasini ochiq solib, uzuksimon boylama taklif etilgan usul bo'yicha plastika qilinadi.

2.b. Tirsak suyagi burchakli deviatsiya bilan bitgan bo'lsa, tirsak suyagi osteotomiya qilinib, bilak boshchasi ochiq solinib, uzuksimon boylama bizning usulda plastika qilinadi. Apparat ko'rsatma asosida qo'llanildi.

3 - guruhdagi bemorlar: tug'ma defektlar, tirsak suyagining displaziyasi va bilak suyagi boshchasining chiqishi.

3.a. Tirsak suyagini ostetomiya qilish, Ilizarov apparatida uzaytirish va bilak suyagi boshchasini ochiq solish.

3.b. Apparatda bilak suyagini pastga tushirish, bilak boshchasini ochiq solish va tirsak suyagi defektini autotransplantat qo'yib tiklash.

4 - guruhdagi bemorlar: xondromalarni olish, bo'g'im artrolizi bilak boshchasiga shakl berish va uzuksimon boylamani tiklash.

Natijalar. Davolash natijalarini klinik va rentgenologik usullar asosida taxlil qildik. Natijalarini 5 balli sistema asosida bo'g'im funksiyasi va qo'lning to'g'ri o'qini hisobga olgan holda baxolandi (P.O'. O'rinboyev, 1995). Yaxshi va a'lo natijalar 6, 12 oylardan keyin (4-5 ball) 56 ta bemorlarda aniqlanib, 57,4% ni tashkil etdi, qoniqarli natijalar (3 ball) 26 ta (31,3%). Retsidiv yarim chiqish holatida 7 ta bemorda kuzatildi va qayta operatsiya qilindi.

Muhokama. Bilak suyagi boshchasini ochiq solishda, eskirgan chiqishlarda quyidagi holatlarga e'tibor berish zarur:

- uzuksimon boylamani bo'g'im xaltasining old qismidan tiklash kerak;

- tirsak suyagining bilak chuqurchasidagi chandiqli to'qimani olib tashlash.

Operatsiya payti yelka-bilak bo'g'imining o'zgarishlarida yelka va bilak suyagi

bo'g'imi orasiga bo'g'im xaltasining tushib qolgan holati aniqlandi. Bu holat 80% va undan ko'proq bemorlarda kuzatildi. Bunday o'zgarishlar yangicha talqin qilinyapti: bilak boshchasining eskirgan chiqishi taklif qilingan operatsiya taktikasini asoslaydi.

Klinik kuzatuv. Bemor Z. 2011 yil tug'ilgan stasionarga - o'ng bilak suyagi boshchasining eskirgan chiqishi tashhisi bilan 1 yildan keyin murojaat qilgan (1 rasm).

1-rasm. Bilak suyagi boshchasining oldingi chiqishida tirsak bo'g'imidagi deformatsiya.

Operatsiya umumiy narkoz ostida o'ng bilak suyagi boshchasining chiqishini ochiq usulda bo'g'im xaltasidan uzuksimon boylamani hosil qilib tikildi va 1ta kegay bilan transartikulyar mahkamlandi. Operatsiyadan keyingi davr asoratsiz kechdi. Gipsli longetada supinatsiya holatida ambulator davolashga 3 haftaga javob berildi. 3 haftadan keyin kegay olindi 4 haftadan keyin gipsli bog'lama yechildi va reabilitatsiya davolash kursi belgilandi.

2-rasm. Bemor Z. ning rentgen tasviri: operatsiyagacha va operatsiyadan keyin.

1 yildan keyin davolashning anatomo-funksional natijalari o'rganildi. Bemorda harakat cheklanishi 200 (harakat amplitudasi - 1200), bilakning valgusli siljishi 50 gacha, shu ma'lumotlar asosida natija yaxshi deb baxolandi (2-rasm).

Xulosa. Bilak suyagi boshchasining eski chiqishining sabablari diagnostik xatolar, bemorlarning kech murojaat qilishlari, ko'pincha ota-onalarning shikaatga nisbatan loqayd bo'lishi. Uzuksimon boylamani tiklashda, bo'g'im kapsulasini va uzuksimon boylamaning qolgan qoldig'i ishlatildi. Bu tirsak bo'g'imi uchun anatomo-fiziologik hisoblanadi. Bilak suyagi boshchasining eskirgan chiqishlarini jarrohlik davolashda, uzuksimon boylamani taklif etilgan usulda tiklash natijasida, yaxshi va qoniqarli funktsional natijalar - 91,8%, anatomik - 89,3% ni tashkil etdi.

ADABIYOTLAR

1. K технике оперативного лечения застарелого вывиха головки лучевой кости у детей. Ш.Н. Эранов, Н.Ф. Эранов, Ф.А. Гафуров, Р.К. Хамраев - Молодежь и медицинская наука в XXI веке, 2018. 450-452.

2. Меркулов В.Н., Дергачев Д.А., Дорохин А.И. Артропластика при лечении посттравматических контрактур и анкилозов локтевого сустава у детей // Детская хирургия, № 4, 2014 34-38.

3. Мельцин И.И., Павлов В.А., Афауков И.В., Котлубаев Р.С., Лященко О.А. Повреждения плечелучевого сочленения у детей // Детская хирургия, 2016; 20 (1) 2326.

4. Овсянкин Н.А., Наумочкина Н.А., Поздеева Н.А. Оперативное лечение пациентов с вывихами головки луча и ротационной контрактурой предплечья с родовым параличом верхней конечности // Ортопедия, травматология и восстановительная хирургия детского возраста. Том 2. выпуск 1. 2014 32-38.

5. Прощенко Я.Н. Причины развития нестабильности в дистальном лучелоктевом суставе у детей // Детская хирургия, № 1, 2015 28-30

6. Уринбаев П.У. Лечение переломов и их последствий дистального конца плечевой кости у детей. Дисс. докт. мед. наук. Ташкент, 1995.С.-266-267.

7. Хужаназаров И.Э., Ходжанов И.Ю. Роль рентгенографии и МСКТ локтевого сустава при хирургической коррекции посттравматической деформации локтевого сустава у детей // Журнал клинической и экспериментальной ортопедии им. Г.А.Илизарова №3, 2016 43-49.

8. S.Eranov The tactic of surgical rehabilitation of the orbicular ligament with dislocations of the radius bone head in children // International Journal of Pharmaceutical Research 12 №1. 1255-1258

9. Eranov Sh.N., Eranov N.F. Experience of surgical restoration of annular ligament with dislocations of radial bone head in children. Ж. Достижения науки и образования №6(60), 2020 74-76.

10. Goyal T, Arora SS, Banerjee S, Kandwal P, Neglected Monteggia fracture dislocations in children: a systematic review. J Pediatr Orthop B. 2015 24(3) 191-199.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.