JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ
Исмаилов Жамшид Абдураимович
Заведующий кафедрой внутренних болезней №4 Самаркандского государственного медицинского университета, PhD Самарканд, Узбекистан
ПАТОГЕНЕТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ОСЛОЖНЕНИЙ ПРИ БРОНХООБСТРУКТИВНОМ СИНДРОМЕ
For citation: Ismailov J.A. PATHOGENETIC ASPECTS OF COMPLICATIONS IN BRONCHO-OBSTRUCTIVE SYNDROME. Journal of cardiorespiratory research. 2022, vol 3, issue 3, pp.9-12
http://dx. doi.org/10.5281/zenodo.7145829
АННОТАЦИЯ
Во всех странах мира хроническая обструктивная болезнь легких (ХОБЛ) является одной из ведущих причин инвалидности и смертности среди терапевтических заболеваний, вызывающих экономические и социальные потери, уровень которых увеличивается с каждым годом. Смертность от ХОБЛ занимает четвертое место в мире в возрастной группе старше 45 лет. Ожидается, что к 2030 году ХОБЛ станет третьей по значимости причиной смерти. Основная категория больных - люди трудоспособного возраста (от 40 до 67 лет). В клинической практике ХОБЛ часто ассоциируется с хронической сердечной недостаточностью (ХСН). Оба эти заболевания характеризуются высокой заболеваемостью и смертностью. Такие больные требуют комплексного подхода для объективного выявления обоих заболеваний на ранней стадии. Необходимы дополнительные исследования для получения новой информации о патогенезе и ведении пациентов с ХОБЛ и ХСН, что улучшит качество жизни и позволит этим пациентам жить дольше.
Ключевые слова: хроническая обструктивная болезнь легких, хроническая сердечная недостаточность, лечение, про-МНП, эндотелий.
Ismailov Jamshid Abduraimovich
Head of the Department of Internal Medicine №4, Samarkand State Medical University, PhD Samarkand, Uzbekistan
PATHOGENETIC ASPECTS OF COMPLICATIONS IN BRONCHO-OBSTRUCTIVE SYNDROME
ANNOTATION
In all countries of the world, chronic obstructive pulmonary disease (COPD) is one of the leading causes of disability and mortality among therapeutic diseases that cause economic and social losses, the level of which is increasing every year. Mortality from COPD ranks fourth in the world in the age group over 45 years. COPD is expected to become the third leading cause of death by 2030. The main category of patients is people of working age (from 40 to 67 years). COPD is often associated with chronic heart failure (CHF) in clinical practice. Both of these diseases are characterized by high morbidity and mortality rates. Such patients require a complex approach to objectively identify both diseases at an early stage. Additional research is needed to provide new information on the pathogenesis and management of patients with COPD and CHF, which will improve quality of life and allow these patients to live longer.
Keywords: chronic obstructive pulmonary disease, chronic heart failure, treatment, pro-BNP, endothelium.
Ismailov Jamshid Abduraimovich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 4-son ichki kasalliklar kafedrasi mudiri PhD Samarqand, O'zbekiston
BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMDA ASORATLAR YUZAGA KELISHINING PATOGENETIK ASPEKTLARI
ANNOTATSIYA
Dunyoning barcha davlatlarida O'SOK terapevtik kasalliklar orasida nogironlik va o'limning etakchi omillaridan bin bo'lib, iqtisodiy va ijtimoiy yo'qotishlarga olib keladi, ularning darajasi har yili oshib boradi. O'SOK dan o'lim ko'rsatgichi dunyoda 45 yoshdan katta yosh guruhida
О
to'rtinchi o'rinni egallaydi. 2030 yilga kelib O'SOKdan o'lim uchinchi o'rinda bo'lishi kutilmoqda. Bemorlarning asosiy toifasi mehnatga layoqatli yoshdagi odamlardir (40 yoshdan 67 yoshgacha). O'SOK ko'pincha klinik amaliyotda surunkali yurak etishmovchiligi (SyuYe) bilan bog'liq. Ushbu ikkala kasallik yuqori darajada kasallanish va o'lim ko'rsatkichlari bilan ajralib turadi. Bunday bemorlar ikkala kasallikni ham erta bosqichda ob'ektiv aniqlash uchun kompleks yondashuvni talab qiladi. O'SOK va SYuYe bilan kasallangan bemorlarning patogenezi va olib borish bo'yicha yangi ma'lumotlarni taqdim etish uchun qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazish kerak, bu hayotni yaxshilash, shuningdek ushbu bemorlarning uzoq vaqt yashashiga imkon beradi.
Kalit so'zlar: O'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali yurak etishmovchiligi, davolash, pro BNP, endoteliy
Dunyoda bugungi pandemiya davrida nafas tizimi kasalliklari nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy va iqtisodiy muammolardan biri bo'lib, ularning keng tarqalishi va ko'plab asoratlar keltirib chiqishi kuzatilmoqda. JSST ma'lumotlariga ko'ra, 2030 yilga kelib o'pka surunkali obstruktiv kasalligi (O'SOK) dunyoda o'lim sabablari orasida uchinchi o'rinni egallaydi va ayni paytda yiliga 3 millionga yaqin o'lim O'SOK bilan bog'liqligi aniqlangan [8]. Zararli odatlar, metabolik sindrom, xususan semirish O'SOKning asosiy xavf omillaridan biridir [7]. Shu sababli surunkali yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligini avj olishini sekinlashtirish, patogenetik jihatlarini ahamiyatga olgan holda davo muolajalarini buyurish, bemor hayot sifatini yaxshilash va kasallik asoratlarini oldini olishga erishish eng muhim muammoli masalalaridan biri hisoblanadi.
Jahonda o'pka surunkali obstruktiv kasalligi xavf omillarini o'rganish, ya'ni shaharlar havosining ifloslanishi, sanoat changlari miqdorining ortishi, tamaki chekish, nafas yo'llarining yuqumli kasalliklari, ularning tez-tez avj olayotgani, kasallikning boshlang'ich davrlarida erta tashxislashning o'ziga xos tamoyillarini va fundamental asoslarini amaliy jihatdan o'rganish maqsadida qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda [2, 4, 5]. Bu borada surunkali yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligida endotelial disfunksiyaning patogenetik mexanizmlari, prokoagulyant omillar faolligi, immunologik statusni va natriyuretik peptid miqdorini, nafas va yurak tizimlarining funksional holatini baholash asosida samarali davolash tartibini amaliyotga tatbiq qilish chora tadbirlar kompleksini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda [5, 9].
Mamlakatimizda aholiga tibbiy yordam ko'rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni ta'minlaydigan sog'liqni saqlash tizimini tashkil etish, jumladan, o'pka surunkali obstruktiv kasalligi fonida rivojlangan yurak yetishmovchiligini erta tashxislash, samarali davolash va oldini olishga qaratilgan keng qamrovli chora tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Mamlakatimizda aholiga ko'rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirish, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, nogironlikni oldini olish kabi vazifalari belgilangan [12]. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda O'SOK bilan kasallangan semiz bemorlarda natriyuretik peptid, immunokompitent hujayralar (IL-6, IL-8, CRO) ko'rsatkichlarini baholash orqali davolash usullarini muqobillashtirish natijasida kasallanish va og'ir asoratlar rivojlanishini oldini olishga, nogironlik ko'rsatgichlarini kamaytirish va aholi salomatligini saqlash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi [10, 13].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida», 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son «O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmonlari, 2017 yil 20 iyundagi PQ-3071-son «O'zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida», 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-son «Yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Jahondagi ilmiy adabiyotlarini tahlil qilganda, so'nggi yillarda ichki kasalliklar amaliyotda O'SOK bilan og'rigan bemorlarda nogironlik va o'lim xavfi yuqori bo'lganligi sababli, bu muammo sog'liqni saqlash sohasining asosiy yechimga muhtoj masalalaridan biri hisoblanadi [6]. O'SOK barcha kasalliklar orasida barvaqt o'lim darajasi bo'yicha
to'rtinchi o'rinni egallaydi. Atrof muhit havosining buzilishi, chekish va metabolik sindrom, xususan semirish O'SOKning asosiy sabablaridan biri bo'lib, o'z o'rinda bu omillar YulK va gipertoniya rivojlanishining xam asosiy xavf omillaridan hisoblanadi. Ushbu kasalliklarning shakllanish bosqichida patogenetik mexanizmlar allaqachon ochib berilganligiga qaramasdan, kasallik natijasida kelib chiqadigan asoratlar soni hanuzgacha kamaymagan, bu asoratlarga surunkali o'pka-yurak, turli xil yurak ritmi va o'tkazuvchanligi buzilishi, surunkali yurak yetishmovchiligi, o'pka arteriyasi tromboemboliyasi kiradi [11]. O'SOK bilan og'rigan bemorlarni statsionarda davolanishining sababi 42% yurak-qon tomir kasalliklari va fakatgina 14 % holatda nafas olish tizimi tomonida kuzatiladigan asoratlarga to'g'ri keladi [15].
Bugungi kunda noqulay epidemiologik vaziyat nafaqat butun dunyoda, balki MDX mamlakatlarida uchrashi o'z navbatida o'pka-bronx kasalliklari bilan kasallanish holatini barqaror ortib borishi bilan tavsiflanadi. O'SOK, metabolik sindrom va surunkali yurak yetishmovchiligi yuqumli bo'lmagan va keng tarqalgan kasalliklar guruhiga kiradi [14]. Qirq yoshgacha bo'lgan guruhdagi o'lim sabablari orasida u arterial gipertenziya va surunkali koronar yetishmovchilikdan keyin uchinchi o'rinda turadi va. arterial gipertenziya, YulK va SYuE shakllanishining bevosita ishtirokchisidir [3].
Kelajakda olib boriladigan tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati yallig'lanish va gemodinamik o'zgarishlarning laborator va instrumental manzarasi asosida yotgan umumiylik darajasi va xususiyatlarini baholash, SYuE va o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligida endotelial va immun tizim ko'rsatkichlari baholash orqali tabaqalashtirilgan davolash va ushbu kasalliklarning oldini olish usullarini takomillashtirishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati O'SOK va SYuE bilan og'rigan bemorlarni if-kanali ingibitorlari va ARNI preparatlari yordamida davolash differentsial usullarini ishlab chiqish, kasallikni avj olishini nazorat qilish, kasalxonada davolanish kunlarini kamayishi hamda erta nogironlik yuzaga kelish xavfini kamaytirish va aholi salomatligini saqlashga erishganligi bilan izohlanadi.
Mamlakatimizda oxirgi yillarda O'SOK va yurak yetishmovchiligi muammosiga bag'ishlangan shu bilan birga, ushbu kasallikning rivojlanishi patogenetik mexanizmlari ochib berish, erta tashxislash va davolashning yangi samarali usullarini ishlab chiqishga qaratilgan, hamda ushbu guruhdagi bemorlarni olib borish bo'yicha kengroq izlanishlarni o'tkazish maqsadga muvofiqligi hozirgi kun talabidir [1]. Shuningdek, surunkali yurak yetishmovchigi bilan asoratlangan O'SOK bilan kasallangan bemorlarda klinik, biokimyoviy, immunologik va funksional o'zgarishlarni o'z vaqtida tashxislash, patogenetik jihatdan asoslash va davolash bo'yicha ilmiy ishlarga kam e'tibor berilmoqda.
Cor pulmonale fanga 1931 yilda Paul D. White tomonidan kiritilgandan keyin [18]. 1962 yilda Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ekspertlar qo'mitasi quyidagi "yurak kameralarining zararlanishi natijasida o'pkaning zararlanishini inkor qilish bilan, o'pkaning funktsiyasi va / yoki tuzilishiga ta'sir qiladigan kasalliklar natijasida o'ng qorincha gipertrofiyasi yuzaga keladi" ta'rifni ishlab chiqdi [11]. Keyinchalik o'pka gipertenziyasi ushbu tushunchaga o'ng qorincha gipertrofiyasi va dilatatsiyasining sababi sifatida kiritildi [17]. Ushbu atamaning to'g'riligi hozirda shubha ostida. O'SOK bilan og'rigan bemorlar guruhida yurakning o'ng kameralarini exokardiyografiya tekshirishi va kateterizatsiya qilish yordamida o'tkazilgan tadqiqotda o'pka gipertenziyasi bo'lmaganida o'ng qorincha devori gipertrofiyasi va ushbu qorincha bo'shlig'ining kengayishi borligi ko'rsatadi [1].
O'pka gipertenziyasiga va o'pka qon-tomir tizimining zararlanishiga olib keladigan an'anaviy patogenetik mexanizm hisoblanadi. Gipoksiya ta'sirining ikkita mexanizmi muhokama qilinadi: surunkali gipoksemiya fonida o'pka qon tomir tizimidagi
(qayta qurish) o'tkir gipoksemiya va qon tomir strukturaviy o'zgarishlar natijasida o'pka tomirlarining torayishiga olib keladi [11]. Bilvosita gipoksemiya politsitemiya induktsiyasi va yallig'lanish oldi mediatorlarining ishlab chiqarilishi orqali o'pka qon tomirlari qarshiligining oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. [18]. Alveolyar gipoksemiya va o'pka qon tomirlari strukturasining o'zgarishi qayta tuzilishiga olib kelishi mumkin: qon oqimining mahalliy gipoksemik hududdan gaz almashinuvi yaxshi bo'lgan joylarga o'tishi; arteriyalarning gipertrofiyasi; o'pka gemotsirkulyatsiyasining mushak qavati bo'lmagan turidagi tomirlarda silliq mushak hujayralarining ko'payishi [17]. Ushbu jarayonda o'pkaning muhim qismi ishtirok etganda, o'pka gipertenziyasi rivojlanishi bilan o'ng qorincha gipertrofiyasi ham yuz beradi, bu jarayon esa o'z navbatida o'ng qorinchali yurak yetishmovchiligiga olib keladi [10].
Qorinchalararo o'zaro ta'sirlar. O'Qdagi bosimning oshishi va uning hajmining oshishi, geometrik o'zgarishi ("D-shakl") bilan qorinchalararo to'siqning ChQ tomon o'zgarishiga olib keladigan hodisa sifatida tavsiflanadi. O'Q kengayishi perikardning konstriktiv ta'sirini ham oshiradi. Nima uchun ChB saqlangan bo'lishiga qaramasdan subtotal to'lishishni ChQ kengayuvchanligining va qon bilan to'lishining buzilishi bilan tushintirish mumkin [16,20].
Neyro-gumoral faollashuv. O'SOK va SYuYe ning ikkalasida ham RAAS tizimining faollashishi kuzatiladi [65]. RAASning faollashishi nafaqat tizimli qon aylanishida, balki to'qima darajasida, ayniqsa o'pkada sodir bo'lishi muhimdir [5,19]. Angiotensin II potentsial bronxo konstriktor bo'lib, o'pka fibroblastlariga ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, u o'pka epiteliya hujayralarining apoptozini kuchaytirishi mumkin [18]. Shuningdek o'pkada angiotensin II darajasining oshishi alveolyar gaz almashinuvining kamayishiga, o'pka yallig'lanishi va o'pka tomirlarining qisqarishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin [2,3].
Yurak yetishmovchiligi rivojlanishining yana bir aniq mexanizmi bu simpatik giperaktivatsiya. Bu down-regulyatsiyaga va miokarddagi b1-adrenergik retseptorlari fa'olligining pasayishiga olib keladi [26]. SAS faollashuvi, shuningdek, RAAS aktivatsiyasi orqali qisqarish va vazokonstriksiyaning qisqarishi bilan yurak urish tezligining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu kardiyomiyotsit apoptozi va fokal miokard nekrozini keltirib chiqarishi va ChQ gipertrofiyasi va disfunktsiyasining rivojlanishi bilan kardiotoksik ta'sirga olib kelishi mumkin [17, 21].
Shunday qilib, gipoksiya, yallig'lanish, oksidlovchi stress, neyrogumoral tizimlarning faollashishi (RAAS va SAS), to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita sitotoksik ta'sirlar fonida: mikrovaskulyar disfunktsiya natijasida kardiyomiyositlarning shikastlanishi, apoptoz, ishemiya, hujayra ichidagi kaltsiy balansining buzilishi, bu strukturaviy va funktsional (gipertrofiya, diastolik va sistolik disfunktsiya, fibroz) (qorincha usti fibrilatsiyani, qorincha aritmiyalarini) yurak yetishmovchiligining simptom majmuasini shakllantirish bilan o'ng va chap qorinchalarning qayta modellashtirilishiga olib keladi.
Shuni aloxida ta'kidlash kerakki, hozirgi vaqtda bronxial obstruktsiya mavjudligida ushbu guruh dori-darmonlaridan foydalanishning to'liq xavfsizligini ko'rsatadigan etarli ma'lumot yo'q va ularning maqsadi bemor uchun qo'shimcha spirometrik tekshirishlar va xavfni baholashni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda O'SOK va kardiovaskulyar patologiya o'rtasida bevosita aloqaning mavjudligini ko'rsatadigan ko'plab tadqiqotlar nashr qilingan. Davolash usullarini belgilashda standartlarga asosan yurak qon - tomir tizimi kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorilar O'SOK ning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ayrim dori vositalarining ko'pincha yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatishi yodda saqlash kerak. Davolashning qiyinchiliklari O'SOKni va yurak-qon tomir patologiyasini davolashda o'zaro yondashuvlardan iborat. Shu bilan birga, so'nggi bir necha yil davomida olib borilgan tadqiqotlar nafas tizimi va yurak-qon tomir patologiyasini davolash g'oyasini sezilarli darajada kengaytirdi. Ma'lum dori vositalarining ta'sirining yangi mexanizmlari ham aniqlandi.
Shunday qilib, O'SOK ko'pincha klinik amaliyotda SYuYe bilan bog'liq. Ushbu ikkala kasallik yuqori darajada kasallanish va o'lim ko'rsatkichlari bilan ajralib turadi. Bunday bemorlar ikkala kasallikni ham erta bosqichda ob'ektiv aniqlash uchun kompleks yondashuvni talab qiladi. O'SOK va SYuYe bilan kasallangan bemorlarning patogenezi va olib borish bo'yicha yangi ma'lumotlarni taqdim etish uchun qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazish kerak, bu hayotni yaxshilash, shuningdek ushbu bemorlarning uzoq vaqt yashashiga imkon beradi.
Ushbu muammolarni hal qilish, sog'liqni saqlashning asosiy vazifalaridan biri bo'lgan surunkali yurak yetishmovchigi bilan asoratlangan O'SOK bo'lgan bemorlarda davolash samaradorligini oshirishga va nogironlikning oldini olishga yordam beradi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, O'SOK da SYuE yuzaga kelishining oldini olish, tashxislash va davolash tamoyillarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish zarurligini taqozo etadi.
References/Список литературы/Iqtiboslar
1. Аляви А. Л., Рахимова Д. А., Тиллоева Ш. Ш. Изучение взаимосвязи нарушений качества жизни и психики больных бронхиальной астмой и эффекты комплексной терапии //ТОМ-II. - 2019. - С. 21.
2. Болотова Е. В., Дудникова А. В. Особенности факторов риска хронической болезни почек у пациентов с хронической обструктивной болезнью легких //Нефрология. - 2015. - Т. 19. - №. 5. - С. 28-33.
3. Кароли Н. А., Бородкин А. В., Ребров А. П. Особенности клиники и диагностики хронической сердечной недостаточности у больных хронической обструктивной болезнью лёгких //Кардиология. - 2019. - Т. 59. - №. 2S. - С. 47-55.
4. Кароли Н. А., Ребров А. П. Хроническая обструктивная болезнь легких и кардиоваскулярная патология //Клиницист. - 2007. - №. 1. - С. 13-19.
5. Кароли Н. А., Ребров А. П. Влияние курения на развитие эндотелиальной дисфункции у больных хронической обструктивной болезнью легких //Пульмонология. - 2021. - №. 2. - С. 70-78.
6. Концевая А. В. и др. Экономический ущерб от болезней органов дыхания и хронической обструктивной болезни легких в Российской Федерации в 2016 году //Пульмонология. - 2019. - Т. 29. - №. 2. - С. 159-166
7. Курбанов Ф. Ш., Рахимова Д. А. Состояние пародонта у больных с хронической обструктивной болезнью легких //Наргиза Мирза-Бахтиярхоновна Абдурахманова, & Халмурад Садуллаевич Ахмедов. - С. 70.
8. Кытикова О. Ю., Гвозденко Т. А., Антонюк М. В. Современные аспекты распространенности хронических бронхолегочных заболеваний //Бюллетень физиологии и патологии дыхания. - 2017. - №. 64. - С. 94-100.
9. Мамаева М. Г. и др. Маркеры системного воспаления и эндотелиальной дисфункции у больных хронической обструктивной болезнью легких //Сибирское медицинское обозрение. - 2014. - №. 1 (85). - С. 12-19.
10. Овсянников Е. С., Авдеев С. Н., Будневский А. В. Системное воспаление у больных хронической обструктивной болезнью легких и ожирением //Терапевтический архив. - 2020. - Т. 92. - №. 3. - С. 13-18.
11. Остроумова О. Д., Кочетков А. И., Черняева М. С. Артериальная гипертензия у пациентов пожилого и старческого возраста в свете новых Европейских рекомендаций 2018 года //Рациональная фармакотерапия в кардиологии. - 2018. - Т. 14. - №. 5. - С. 774-784.
12. Президентининг У. Р. Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Х,аракатлар стратегияси тугрисида" ги Фармони //Узбекистан Республикаси конун ^ужжатлари туплами. - 2017. - Т. 13. - С. 25-150.
13. Ташкенбаева Э. и др. РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ МЕТАБОЛИЧЕСКОГО СИНДРОМА У ПАЦИЕНТОВ С ИШЕМИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНЬЮ СЕРДЦА //Журнал кардиореспираторных исследований. - 2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 85-88.
14. Чучалин А. Г. и др. Пульмонология. - 2013.
15. Hwang Y. I. Reducing chronic obstructive pulmonary disease mortality in Korea: early diagnosis matters //The Korean Journal of Internal Medicine. - 2019. - Т. 34. - №. 6. - С. 1212
16. Агабабян И. Р. и др. O'tkir miokard infarkti aniqlangan bemorlarni o'z vaqtida gospitalizatsiya qilishning samaradorligi //Журнал биомедицины и практики. - 2022. - Т. 7. - №. 2.
17. Агабабян И. Р., Зиядуллаев Ш. Х., Исмаилов Ж. А. Изучение состояния сердечно-сосудистой системы и риска развития сердечной недостаточности при ХОБЛ //Central Asian journal of medical and natural sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 92-96.
18. Исмаилов Ж. А. Изучение патологических изменений сердечно-сосудистой системы у больных хронической обструктивной болезнью легких //Журнал кардиореспираторных исследований. - 2020. - №. 3. - С. 14-17.
19. Исмаилов Ж. А. и др. O'tkir miokard infarkti dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan muammo sifatida //журнал биомедицины и практики. - 2022. - Т. 7. - №. 2.
20. Suksatan W. et al. The effect of conjugated linoleic acid supplementation on oxidative stress markers: A systematic review and metaanalysis of randomized controlled trials //Clinical Nutrition ESPEN. - 2022.
21. Байта С. К., Ташкенбаева Э. Н., Абдиева Г. А. Effects of smoking on cardiovascular function: the role of nicotine and carbon monoxide //Журнал кардиореспираторных исследований. - 2021. - Т. 2. - №. 2.