Научная статья на тему 'PAST DARAJADA O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR KOGNITIV EXTIYOJLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI'

PAST DARAJADA O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR KOGNITIV EXTIYOJLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
321
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
o’quvchilar / past darajada o’zlashtirish / kognitiv ehtiyoj / shakllantirish / psixologiya. / students / low mastery / cognitive need / formation / psychology.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Muminjonova Feruzaxon Xabibullo Qizi

Ushbu maqolada past darajadagi o’zlashtiruvchi o’quvchilar kognitiv extiyojlarini shakllantirishning psixologik omillari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL FACTORS IN SHAPING THE COGNITIVE NEEDS OF LOW-ACHIEVING STUDENTS

This article analyzes the psychological factors shaping the cognitive needs of low-achieving students.

Текст научной работы на тему «PAST DARAJADA O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR KOGNITIV EXTIYOJLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI»

PAST DARAJADA O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR KOGNITIV EXTIYOJLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

Muminjonova Feruzaxon Xabibullo qizi

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti 1bosqich magistranti https:/doi.org/10.5281/zenodo.6654972 Annotatsiya. Ushbu maqolada past darajadagi o'zlashtiruvchi o'quvchilar kognitiv extiyojlarini shakllantirishning psixologik omillari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: o'quvchilar, past darajada o'zlashtirish, kognitiv ehtiyoj, shakllantirish, psixologiya.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ ПОТРЕБНОСТЕЙ СЛАБОУСПЕВАЮЩИХ ШКОЛЬНИКОВ Аннотация. В данной статье анализируются психологические факторы, формирующие познавательные потребности слабоуспевающих учащихся.

Ключевые слова: студенты, низкая успеваемость, познавательная потребность, формирование, психология.

PSYCHOLOGICAL FACTORS IN SHAPING THE COGNITIVE NEEDS OF LOW-ACHIEVING STUDENTS Annotation. This article analyzes the psychological factors shaping the cognitive needs of low-achieving students.

Keywords: students, low mastery, cognitive need, formation, psychology.

KIRISH

Zamonaviy ta'limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta'lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta'lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo'llaniladigan an'anaviy kategoriyalar bo'lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma'lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo'yicha o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi

Bugungi kunda mamlakatimiz, shaxsan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish, uni dunyo tajribalariga asoslangan xolda takomillashtirish borasida talaygina amaliy islohatlar olib borilmoqda. Xususan, uzluksiz ta'lim tizimining eng asosiy bo'g'ini bo'lgan o'rta umumta'lim maktablarining ishini rivojlantirish borasidagi ishlar muhimdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash o'qituvchidan alohida sabot va mas'uliyatni talab etadi. Shu bois bu toifa bolalar bilan shug'ullanish uchun, avvalo, yakkama-yakka suhbat o'tkazib, ularning qiziqishlarini aniqlash lozim. Maxsus jurnal tutilib, bolalarning o'zlashtirishini muntazam monitoring qilib borilishi, o'quvchilarga qiynalayotgan fanidan alohida mashg'ulotlar daftari tuttirish kabi usullar ham samarali hisoblanadi. Shuningdek o'quvchilardagi ijobiy o'zgarishlar rag'batlantirilishi muhim. Bo'sh o'zlashtiruvchilarning faolligini oshirish uchun ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini hamda nutqini rivojlantirish kerak.

Taniqli psixolog D.Karnegi ta'kidlaganidek, dunyoda odamlarni nimadir qilishga undaydigan birgina usul bor. Mohiyatan bu usul odamni nimadir qilishni istashga majburlash

demakdir. Mashhur amerikalik faylasuf va pedagog D.Dyuining fikriga ko'ra, inson tabiatiga xos bo'lgan eng asosiy intilish - bu "ahamiyatli - qadrli bo'lish istagi"dir [1, b.96 ].

Kichik maktab yoshi davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish o'ziga xos xususiyatlarga ega. "Bolalar nimani yaxshi ko'rishadi va nimani istashadi?" degan savolga S.T.Shatskiy shunday javob beradi:

1. Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan tezda tanishib oladilar - o'yinlar, hikoyalar, o'zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana shunday instinkning belgilaridir.

2. Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo'zg'aluvchanlik, oxiri ko'rinmaydigan savollar, hamma narsaga tegib ko'rish, ushlab ko'rish, tatib ko'rishga intilish sababi ana shunda.

3. Bolalar o'zini ko'rsatib turgisi keladi, o'zi haqida, o'z taassurotlari haqida gapirgisi, o'rtoqlashgisi keladi. O'z menligini tez-tez namoyish etib turishi ana shundan. Uning fantaziyalari va tasavvurlari boy bo'ladi - bu bolalar ijodkorligi instinktidir.

4. Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g'ayrioddiy narsalarni to'qib chiqarishni yaxshi ko'rishadi.

5. Bolalarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol o'ynaydi.

Shularni yaxshi tushunib olsak, tashqaridan olib kiriladigan soxta stimullarni qidirib

yurishimizga to'g'ri kelmaydi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Muayyan bir turdagi stimullarni tahlil etish uchun amerikalik professor G.Overstritning "Inson xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatish" deb nomlangan kitobida keltirilgan fikrlarga e'tiborni qaratsak, foydadan xoli bo'lmaydi. G.Overstritning ta'kidlashicha, xulq-atvorimiz va xatti-harakatlarimiz zamirida biz uchun eng qimmatli bo'lgan orzularimiz yotadi. Kimnidir u yoki bu ko'rinishdagi xatti-harakatlarni bajarishga undashni o'z oldigan vazifa qilib qo'yganlar uchun eng yaxshi maslahat shunday: avvalo o'z suhbatdoshingizni nimanidir qattiq istashga majbur qiling. Kimki buni uddalay olsa, butun dunyoni egallaydi, agar uddalay olmasa, yakkalanib qoladi[5, b.112].

Istaklarga tayaning. Bolalar nimani istashadi - bu o'qituvchining olidida turgan bosh masala bo'lib hisoblanadi. Agar biz sichqonni tutmoqchi bo'lsak, qopqonga qip-qizil bo'lib pishgan gilosni qo'ymaymiz, balki pishloq bo'lagini qo'yamiz, ya'ni bunda o'z istagimiz va ta'bimizga ko'ra emas, balki kemiruvchilarning ta'bidan kelib chiqib ish yuritamiz. Shuni mudom yodda tutishimiz va anglashimiz lozimki, faqat biz nimani istashimizgina muhim emas, balki bolalar nimani istashlari ham juda muhimdir. Uni sindirishga va qayta qurishga urinmang: u o'z xohish-istaklari uchun aybdor emas. Tarbiyaning tabiatga moslanganligi g'oyasini yodda tuting. O'qituvchining vazifasi - agar pedagogik maqsadlarga mos kelmasa, intilishlarning yo'nalishini o'zgartirish.

Napoleon shunday ta'kidlagan edi. Shu tariqa ish yuritib, u o'z soldatlarini turli xil unvonlar bilan taqdirlashda o'ta saxovatli edi. Aytishlaricha, Napoleon armiyasidagi barcha askarlarning ismini yoddan bilar ekan. Ofitserlar haqida gapirmasa ham bo'ladi. Bu o'rinda bir emas, ikkita "o'yinchoq" amaliyotda qo'llangan: biri - unvon bo'lsa, ikkinchisi - ismlarni yoddan bilish. Shunday qaraganda bu arzimas narsalar hech qanday ahamiyatga ega emasdek tuyuladi, ammo qanaqa samara berganini aytmaysizmi? "Kichkina insoniy zaifliklar" to'liq

ekspluatatsiya qilinar edi: nazarga tushish, qadrlanish, bu shon-sharafni isbotlab turadigan nishonlarni taqish hammaga ham xush yoqadi. Buning ustiga agar armiya qomondoni sening ismingni bilsa va oz isming bilan senga murojaat qilsa, ikki marotaba yoqimli.

Oquvchini maqtang. Bir bir qarashda oddiy stimulga oxshab korinsa-da, aslida uni qo'llab, muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilarni e'tiborga olish kerak boladi:

> Maqtov tasodifiy, vaziyatli bo lishi kerak, uni oldindan rejalashtirib yoki jadval asosida

tayinlab bo'lmaydi.

> Uncha ko'ngildagidek bajarilmagan, ayniqsa, yomon bajarilgan ishni kokka kotarib

maqtamang.

> Maqtov ochiq va aniq yo'naltirilgan bo lishi kerak. Minnatdorchilik qabul qilish har doim

kishi uchun yoqimli, ammo umumiy, aniq shaxsga yo'naltirilmagan qolip-andaza shakldagi yuzlab minnatdorchilik bildirilganda ham, baribir ataylab, aniq bir kishi uchun qolda yozilgan bir og'iz iliq so'zning ornini bosa olmaydi. Ko'ngliga tegmasdan tanqid qiling. XULOSA

Demak, aytish mumkinki, o'quvchilar bilim va konikmalarni to'g'ri va obyektiv tashxislash to liq ozlashtirish tizimini amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri bolib hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har

bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - T.: O'zbekiston, 2017. -104 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"GI Qarori.

3. Musurmonov A. "Ta'lim-tarbiyada xalq og'zaki ijodidan foydalanish". T.: O'qituvchi,

1993.

4. Suvonov O.va boshqalar. «Pedagogik texnologiyalarni qo'llash davr taqozosi». «Xalq

ta'limi», 2004 yil, № 5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.