Научная статья на тему 'PAREMIOLOGLARNING TIBBIYOT VA SALOMATLIKKA OID MAQOLLAR HAQIDAGI IZLANISHLARI TAHLILI'

PAREMIOLOGLARNING TIBBIYOT VA SALOMATLIKKA OID MAQOLLAR HAQIDAGI IZLANISHLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mieder / Fialkova / Vudburn / salomatlik / tibbiyot / maqol / kasallik / sinonim maqollar / Mieder / Fialkova / Woodburn / Health / Medicine / proverb / disease / synonymous of Proverbs

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullayeva, Nozima Anvarxonovna

Maqolada ingliz va rus tilidagi tibbiyot hamda salomatlikka oid maqollarni o‘rganib chiqqan tilshunos olimlar maqola, lug‘at va ilmiy ishlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF PAREMIOLOGISTS' RESEARCH ON MEDICAL AND HEALTH PROVERBS

The article analyzes the articles, dictionaries and scientific work of linguistic scientists who have studied English and Russian medical and health Proverbs.

Текст научной работы на тему «PAREMIOLOGLARNING TIBBIYOT VA SALOMATLIKKA OID MAQOLLAR HAQIDAGI IZLANISHLARI TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

PAREMIOLOGLARNING TIBBIYOT VA SALOMATLIKKA OID MAQOLLAR HAQIDAGI IZLANISHLARI TAHLILI

Abdullayeva Nozima Anvarxonovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti Nozima.anvarxonovna@gmail.com ORCID ID: 0009-0004-6160-8252

ANNOTATSIYA

Maqolada ingliz va rus tilidagi tibbiyot hamda salomatlikka oid maqollarni o 'rganib chiqqan tilshunos olimlar maqola, lug'at va ilmiy ishlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Mieder, Fialkova, Vudburn, salomatlik, tibbiyot, maqol, kasallik, sinonim maqollar

АННОТАЦИЯ

В статье будут проанализированы статьи, словарь и научные работы лингвистов, изучавших английские и русские пословицы о медицине и здоровье.

Ключевые слова: Мидер, Фиалкова, Вудберн, Здоровье, Медицина, пословица, болезнь, синонимы пословицы

ABSTRACT

The article analyzes the articles, dictionaries and scientific work of linguistic scientists who have studied English and Russian medical and health Proverbs.

Keywords: Mieder, Fialkova, Woodburn, Health, Medicine, proverb, disease, synonymous of Proverbs

KIRISH

Bugungi kunda tilshunoslikda maqol va matallar turli yo 'nalishlarda o'rganib kelinmoqda. Shulardan inson salomatligi va tibbiyotga oid maqollarning xalqlar hayotida ajralmas qism bo'lib xizmat qilishi shu sohani o'rganishda yana muhim mavzu borligini anglatadi. Bu mavzu bo' yicha turli olimlar tomonidan turli izlanishlar amalga oshirilgan. Ilmiy maqoladan to lug'at va dissertatsiya ishlarigacha xuddi shu mavzudagi izlanishlarni uchratish mumkin. Maqolada paremiolog olim Miederga tegishli bo'lgan tibbiyotga oid maqollar tahlil qilingan maqola, Fialkova tuzgan lug'at va Vudburn ilmiy ishi tahlil qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dunyo xalqlari og'zaki ijodiga mansub bo'lgan maqol va matallar eng ko'p o'rganilgan mavzulardan biridir. Lekin davrlar o'sha mavzu xilma-xilligi ham ortib bormoqda. Avval maqollar frazeologizmlar tarkibida o'rganilgan bo'lsa, keyinchalik

Research BIB / Index Copernicus

alohida paremiologiya bo'limida o'rganila boshlandi. Bu tor sohadagi paremiolog olimlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Maqolada xuddi shunday mashxur dunyo paremiolog olimi Uolfgang Mieder [1] va tilshunos Fialkova [2], Rik Vudburn[3] izlanishlari natijasi bo'lgan ishlar ko'rib chiqiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tibbiyotga yoki salomatlikka oid maqollar turli xalqlarda turli darajada o'rganilgan bo'lib, ingliz paremiolog olimi Uolfgang Mieder o'zining English Medical Proverbs maqolasida meditsinaga oid maqollarni bir necha mavzularga ajratib tarixiy jihatdan izohlab o'tadi. Ulardan fiziologik holat, kasallik, ruhiy holat, ovqatlanish, ochlik, bolalik, yaralar, haqiqiy tibbiy ma'nodagi maqollar, to'g'ri ovqatlanish, ochko'zlik, ovqatlar, meva(olma), tibbiyotga oid kasblar, ob-havo, uyqu, turmush qurish, sanitariya, geografik otlar ishtirokidagi maqollar, xarakter, bid'atlar, tashqi ko'rinish, begunohlik, fiziologik kamchiliklar, alkogol iste'moli, jins, ijtimoiy kasalliklar, o'lim mavzusiga oid maqollar sanab o'tiladi. Olim maqolasini paragraflarga ajratgan holda har bir mavzuga bir va undan ortiq maqolni misol qilib, izohlab, paydo bo'lgan davrini ham aytib o'tadi. Uning bu uslubda yozgan maqolasi o'quvchida ham maqol ma'nosi ham kelib chiqish davri va sababi haqida ma'lumotga ega bo'lishiga yordam beradi.

Mieder aytishicha, tibbiyotga oid maqollarning ko'pi What can be cured, must be endured (Davolanib bo'lmaydiganga chidash kerak), Better tooth out than always ache (Tish doim og'rigandan, uzib tashlangan yaxshi) kabi kasallik haqidagi maqollardan tashkil topgandir. Mieder Any tooth good barber (Xohlagan tish-yaxshi sartarosh) maqol tarixi haqida aytar ekan, sartarosh bir paytlar tish shifokori vazifasini bajarganini ham ta'kidlaydi. Ya'ni maqollar orqali biz nafaqat pand-nasixat balki davr ijtimoiy-siyosiy holatini ham anglashimiz mumkin.

Ruhiy salomatlikka oid maqollar juda kam deb, Age breeds aches (Yos og'riqlarni oziqlantiradi), A clear conscience can bear any trouble (Tiniq es-xush xohlagan muammoga chidashi mumkin ), An evil conscience bricks many a man's neck (Yomon ruhiyat kishi bo'ynini bir necha bor sindiradi) kabi maqollarni keltiradi.

O'n yettinchi asrga oid ochlik va ovqatlanish haqida maqollarni sanab o'tar ekan, ularda Jahon urishlariga oidlari (An army marches on its stomach- Armiya oshqozoni bilan saf tortadi|yuradi) borligini ham aytib o'tadi.

Uning maqolasida berilgan ayrim maqollar farzand tug'ilishi va bola tarbiyasi, o'zini tutishi kabi ma'nolarga ham ega. Masalan: A broken leg (an illegitimate child) is not healed by a silver stocking ya'ni singan oyoqni kumush oyoq kiyim davolamaydi (tarbiyasiz bola). Bola va uning fel- atvori haqidagi maqollar juda kam

Research BIB / Index Copernicus

deb: To a child all weather is cold (Bola uchun barcha ob-havo sovuq), A burnt child dreads the fire (Kuygan bola olovdan qorqadi) kabi ikkita maqolni misol qilib keltiradi.

Tibbiyotga aloqador, aniq tibbiy ma'lumotga ega bo'lgan maqollar ham umumiy ham spesifik ma'noga egaligini aytadi. He that bewails himself hath the cure in his hands (O'zini asraganni qo'lida davo-chorasi bo'ladi) uning qarama-qarshisi bo'lgan Care is no cure (G'amxo'rlik davo emas) maqoli tibbiy maslahatni ifodalaydi. Tibbiyotga oid maqollardan eng keng va ko'p tarqalgani bu diyeta - to'g'ri ovqatlanish haqidagilari ekanligini aytadi. Ulardan eng mashxuri: After dinner sit awhile, after supper walk a mile (Tushlikdan so'ng biroz o'tir, kechki ovqatdan so'ng biroz yur) maqolidir.

Mieder ingliz folklorida meditsina va salomatlikka oid maqollar xayratlanarli darajada katta ulushga ega va har bir maqol o'ziga mos bo'lgan guruhlarni tashkil etadi, deb maqolasini yakunlaydi. Maqola tibbiyotga oid maqollar haqida umumlashtiruvchi ma'noga ega. Unda maqollar izohi hamda paydo bo'lgan asri muallif tomonidan aniqlanib, aytib o'tiladi.

Salomatlikka oid maqollarni biz nafaqat ingliz balki ko'plab boshqa xalqlar hayotida ham uchratishga ishonchimiz komil bo'lgan holda rus tilida ilmiy ish qilgan Fialkovaning xuddi shu mavzuga aloqador lug'atini ko'rib chiqamiz.

Folklorist Larisa Fialkova otasi Lev Fialkov (doktor) yordamida "Narodi mira o jizni i smerti, zdorovye i boleznyax, bolnix i vrachax poslovitsi i pogovorki" (Xayfa 2009) lug'atida inson hayoti va salomatligiga aloqador bo'lgan maqol va matallarni Hayot, O'lim, Yosh, Salomatlik, Kasallik, Vrachlar, Bemor, Davo-dori, Tush va tush ko'rish, Alkogol kabi o'nta guruhga ajratadi va shuningdek, har bir guruh kichik mavzularga taqsimlanadi. Bundan ko'rinib turibdiki, salomatlik har bir xalq hayotida eng muhim mavzulardan biri bo'lib, asrlar davomida maqollarda o'z aksini topgan.

Fialkova lug'atning kirish qismida maqollar xalq og'zaki ijodining bir turi sifatida aholining savodsiz va savodli kishilari orasida bir xilda keng tarqalgani ular dunyoga falsafiy nuqtai nazardan qarashni bildirishni aytib o'tadi. Uning ta'kidlashicha maqol va matallarning ko'pchiligi tibbiyotga aloqador mavzulardadir. Fialkova o'zining va otasining bir necha yillar davomida izlanishlari natijasi bo'lgan kitobini alifbo tartibida emas, balki mavzulashtirilgan holatda taqdim etadi. Kitobda yuqorida qayd etilgan mavzulari maqollar shaklidagi kichik bo'limlarga ajratilib shu maqol mavzusiga oid turli xalqlar maqollari tartib bilan berib o'tiladi. Masalan, birinchi Jizn- Hayot bo'limi Poka ya jiv- smerti net, kogda smert pridet - menya ne budet sarlavhali maqoli bilan boshlanib, unga doir sakkizta rus, yaxudiy, arman, qoraqalpoq, latish va yapon xalq maqollari tartiblanadi. Lug'atning o'ziga xos

Research BIB / Index Copernicus

jihatlaridan biri maqol mavzusi ham maqol bilan berilganligidadir. Shuningdek, bir sinonimik qatordagi maqol turli xalqlar maqollari bilan to'ldiriladi. Ma'lum bir aniq guruhga mansub bo'lmagan maqollarni Vne rubrik nomi ostida alohida berib o'tadi. Lug'atning sakkizinchi Lecheniye. Lekarstva bo'limining ikkinchi Luchshiye vrachi v mire - diyeta, svet, vozdux, dvijeniye i voda qismida turli xalqlarga oid sakson ikkita maqolni tartibga keltiradi. Ulardan o'zbeklarga oid deb, Podvijnost izbavlyayet ot mnogix zol maqolini, rus xalqining Kto sportom zanimayetsya, tot sili nabirayetsya, arablarga tegishli bo'lgan Dom v kotoriy solnse vxodit, doktoru mojno ne poseshat, inglizlarning Gorod dlya bogatstva, derevnya dlya zdorovya maqolini va yana boshqa turli xalqlar maqollarining aynan shu dori-darmon bo'limida sanab o'tadi.

Lug'at yigirmadan ortiq xalqlarga tegishli bo'lgan bir ming yetti yuzdan ortiq maqol va matallarni o'z ichiga oladi. Lekin bu son bir xalqqa oid bo'lgan barcha tibbiyot va salomatlik haqidagi maqollarni qamrab olmaydi. Lug'at tibbiyot va salomatlikka oid butun dunyoda keng tarqalgan maqollarning umumlashmasidir. Masalan, o'zbek tilidagi uch(to'rt) yuzdan ortiq salomatlikka oid maqollarning o'ndan ortig'i berilgan, xolos. Bundan ko'rinib turibdiki, o'zbek va boshqa tillarda shu mavzuda hali yana izlanishlar olib borilishi zarurdir.

Mieder va Fialkovaning inson hayoti va salomatligiga oid to'plagan maqollari va ma'lumotlari izlanuvchilarning ilmiy ishlarida asosiy tayanch manba bo'lib xizmat qiladi.

Maqollar aynan tibbiyot va salomatlikka oid mavzuda balki tibbiyot kitoblarida foydalaniladigan maqollar sifatida ham bir necha izlanuvchilar tomonidan o'rganilgan. Rick Vudburnning falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan Proverbs in health books of the English Renaissance dissertatsiyasida maqollarni faqat tilshunoslik jihatidan emas, aksincha amaliy jihatdan o 'rganishni maqsad qilib oladi. U Ingliz Renessansi (1534-1634) davrida chop etilgan salomatlik haqidagi kitoblarni to'plab, ulardagi maqollarni tahlil qiladi. U tibbiyotga oid kitoblarda foydalanilgan maqollarni uch kategoriyaga ajratadi. Birinchi tibbiy ma'noga ega tibbiy yo'riqnoma sifatida ishlatiladigan maqollar. Ikkinchi, tibbiy argumentlarda tasdiq sifatida ishlatiladigan maqollar. Uchinchi, Ingliz nasrida tilni ta'sirchanligini oshirishda foydalaniladigan maqollar. Muallif maqollar Ingliz ilmiy va yozma asarlarida prozani rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanligini aytadi. Salomatlikka oid maqollar davrlar osha aniq ishonch bilan vujudga kelgani va isbotlangan bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi. Masalan, An apple a day keeps the doctor away yoki Milk and fish are poison together (Sut va baliq birgalikda zaxardir) maqollari mikroskopik biologiya yoki tibbiyot rivojlanmagan davrlarda vujudga kelganini aytadi. Shunday bo'lsada, bu maqollar to'g'ri tibbiy ma'noga egadir. Vudburn ilmiy Ishida turli

Research BIB / Index Copernicus

tibbiyotga oid manbalarda ishlatilgan maqollarni tadqiq qilar ekan, ularni o'sha tildagi hamda ingliz tilidagi variantlarini berib o'tadi. Masalan, Vaugan "All haile Doctor Dyet, Doctor Quiet, Doctor Merry-man" lotin tilidagi maqoli ingliz tilida The best physicians are Doctor Diet, Doctor Quiet, Doctor Merry-man (Eng yaxshi shifokor: diyeta, sukut va xursandchilikdir) shakli hozirda ham iste'molda ekanligini aytadi.

Izlanuvchi ilmiy ishida o'ttizdan ortiq manbalardan foydalanadi. Izoh qismida kitoblarda ko'rib chiqqan maqollarni xorijiy va ingliz tilidagi variantlarini alifbo tartibida keltiradi. Muallifning fikricha, har bir yozuvchi o'z asarida maqollardan foydalanar ekan o'z maqsadidan chalg'ib, ularni haddan ortiq ishlatishni oldini olishi kerak.

Har bir xalq hayoti tarixi uning adabiyotida va tilida o'z aksini topadi. Tibbiyot va salomatlikka oid maqollar ham inson paydo bo'libdiki, o'z sog'ligini asrash masalasi barobarida vujudga kelib foydalanila boshlagan. Tahlil qilib o'tilgan har uch ilmiy izlanishlar turli rakurslarda bo'lib, maqollarni bir necha yo'nalishda tadqiq qilish mumkinligini ko'rsatadi. Har uch ijodkor izlanuvchi ishlari paremiologiyada tibbiyot bilan aloqadorlikni isbotlashda, ochib berishda muhim manbalardan bo'lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. U.Mieder, Modern Philology 32-son. AQSH,1934-35.

2. Лев Фиалков, Лариса Фиалкова, «Народы мира о жизни и смерти, здоровье и болезни, больникс и врачах пословицы и поговорки». Шайфа, 2009.

3. Rick Woodburn, Proverbs in health books of the English Renaissance, a dissertation for PhD, Texas Tech University

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.