Научная статья на тему 'O'ZBEK MAQOMI TARIXI VA UNING RIVOJLANISHI'

O'ZBEK MAQOMI TARIXI VA UNING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2876
228
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Shashmaqom / kasbiy musiqa / ilmiy risolalar / saroy madaniyati / cholg‘uchi / nota yozuvlari. / Shashmaqom / professional music / scientific pamphlets / palace culture / instruments / notes.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shahlo Shermurod Qizi Hasanboyeva

Ushbu maqola o’zbek maqomchilik san’ati tarixi va uning rivojlanish bosqichlari xususida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF UZBEK STATUS AND ITS DEVELOPMENT

This article is about the history of Uzbek maqom art and its stages of development.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK MAQOMI TARIXI VA UNING RIVOJLANISHI»

O'ZBEK MAQOMI TARIXI VA UNING RIVOJLANISHI

Shahlo Shermurod qizi Hasanboyeva

Farg'ona davlat universiteti, San'atshunoslik fakulteti Cholg'u ijrochiligi yo'nalishi

2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola o'zbek maqomchilik san'ati tarixi va uning rivojlanish bosqichlari xususida.

Kalit so'zlar: Shashmaqom, kasbiy musiqa, ilmiy risolalar, saroy madaniyati, cholg'uchi, nota yozuvlari.

HISTORY OF UZBEK STATUS AND ITS DEVELOPMENT

ABSTRACT

This article is about the history of Uzbek maqom art and its stages of development.

Keywords: Shashmaqom, professional music, scientific pamphlets, palace culture, instruments, notes.

Maqom nima? Salobatli maqom turkumlarida qanday g'oya yoki ta'limotlar ifoda etilgan? Nima sababdan maqom san'ati ko'p asrlardan buyon o'z mohiyati, demakki, badiiy qiymatini yo'qotmasdan kelmoqda? Bu kabi savollar aslida tubdan serqirra va bir-biriga tutash madaniy-tarixiy-nazariy masalalar bilan uzviy bog'lanib ketganki, natijada ularga bir yo'la yoki shu damdayoq bir jihatli javob berish mushkuldir. Shu bois qayd etilgan savollarimizga bu san'at salsalalaridan javob axtarish maqsadga muvofiq ko'rinadi. Zotan "har qanday musiqiy madaniyatni nafaqat moddiy-akustik fenomen tarzida, balki eng avvalo ijtimoiy- tarixiy hodisa sifatida tushunmoq zarur"

Maqom san'ati o'zining ko'p asrlik tarixiga ega bo'lib, avloddan avlodga "ustoz-shogird" an'anasi oraqali meros bo'lib o'tib kelayotgan kasbiy musiqaning namunasidir. Kasbiy musiqaning shakllanishida "saroy madaniyati" muxim o'rin tutgan bo'lib, xalq orasidan yetishib chiqqan iste'dodli musiqachilar xon saroylarida musiqachi bo'lib xizmat qilganlar. Shu davrdan boshlab kasbiy musiqa rivojlangan. Maqom san'ati bilan asosan kasbiy musiqachilar maxsus shug'ullanganlar. Maqomlar kasbiy musiqaning eng salmoqli va murakkab qismini tashkil etadi. Maqomlar shakl tuzilishi jihatidan juda salobatli san'at namunasidir. Shu bois o'tmishda yashab ijod etgan ko'pgina mutafakkir olimlar Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Sayfiddin Urmaviy, Qutbiddin Sheroziy, Abduraxmon Jomiy va boshqalar maqomlarga doir ilmiy risolalar yozganlar.Shu tariqa maqom ijrochiligi, ijodkorligi va maqom nazariyasi fani rivojlanib keldi.

"Maqom" atamasi arabchadan olingan bo'lib, "o'rin", "daraja", "martaba", "manzilgox" kabi tushunchalarni ifodalaydi.

Maqom-bu mukammal pardalar uyushmasi va doira usullari mushtarakligida ijod etilgan cholg'u kuy va ashulalar majmuasidir.

O'zbekistonda maqomlarning uch turi mavjud bo'lib, ular quydagicha nomlanadi:

1. Olti maqom (Shashmaqom yoki Vuxoro maqomlari)

2. Xorazm maqollari

3. Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari

Shashmaqom XVIII asr o'rtalarida Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqashunos olimlar tomonidan Olti maqomdan iborat turkum tarzida ifoda etilgan.

Shashmaqom oltita mukammal pardalar uyushmasini anglatadi.Maqom cholg'u kuy va aytim (ashula) turkumlari shu mukammal pardalarning ma'lum doira usullari bilan mushtarakligi natijasida yuzaga keladi. Shashmaqomdagi har bir maqom ikki yirik bo'limdan-cholg'u va aytim (ashula) yo'llaridan iborat bo'lib, ularni "ustoz shogird" an'anaviy maktabida tahsil ko'rgan malakali kasbiy cholg'uchi va ashulachi-xofizlargina ijro etadilar. Maqomlar asosan "og'zaki uslub" vositasida avloddan avlodga o'tib kelgan.Sharq olimlari tomonidan o'ziga xos musiqiy "nota" yozuvi yo'llari ixtiro etilgan bo'lsada ular amaliyotda keng joriy bo'lmagan.

Maqomlarning besh chiziqli nota tizimi asosida yozib olish ishlar XX asr davomida bir necha bor amalga oshirildi. Taniqli kompozitor va etnograf V.A.Uspenskiy (1879-1949) XX-asrning 20-yillarida Buxoroda maqomchi ustozlar-hofiz Ota Jalol Nosir va tanburchi Ota G'iyos Abdug'aniylar ijrosida salobatli Olti maqom tizimini nota yozuvlariga ilk bor tushiradi. Akademik Yunus Rajabiy (18971976) ham Olti maqom tizimini ikki bor -50-yillar va 60-70-yillar davomida nota yozuvlarida bosmadan chiqardi.

Olimlar orasida mavjud qarashlarga ko'ra maqomlarning eng qadimiy namunalari payg'ambarlardan meros qolgan. Xususan, XVI asr ikkinchi yarmi - XVII asr birinchi choragida yashab ijod etgan vatandoshimiz, mashhur musiqachi va olim Darvish Ali Changiyning "Tuhfatus-surur" nomli risolasida xabar berishicha, avvaliga yetti payg'ambar nomlari bilan bog'liq yettita maqom bo'lgan. Bunda "Rost"maqomi -Odam alayhissalomdan, "Ushshoq" - Nuh alayhissalomdan, "Navo" - Dovud alayhissalimdan, "Hijoz" - Ayub alayhissalomdan, "Husayniy" - Yoqub alayhissalomdan va "Rahoviy" - Muhammad sallallohu alayhi vassalamdan meros qolganligi haqqidagi rivoyatlar bayon etiladi. Muallif bu axborotni yetkazishda Xo'ja Abdulqodir ibn Marog'iy, xo'ja Safiuddin ibn Abdulmo'min, Sulton Uvays Jaloir kabi juda obro'li ustozlar fikriga tayanganligini ham ma'lum qiladi.

Shu nday qilib, qadimgi dunyodan meros kelayotgan mukammal parda uyushmalari keyinchalik maqom tizimlari yuzaga kelishida, shuningdek, bastakorlar-u, xalq musiqa ijodiyoti rivojida ham muhim poydevor yanglig' ahamiyat kasb etgan.

Maqomlarda mavjud yana bir musiqiy qatlamni xalq og'zaki musiqa ijodiyotining ko'hna namunalari tashkil etadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, maqomlarda xalq musiqasining hatto eng qadimiy namunalariga oid "izlari" ham saqlangan. Xususan bu izlarni bizgacha yetib kelgan Navro 'zi Ajam, Navro'zi Xoro, Navro'zi Sabo nomli maqom asarlarida ko'ramiz. Shundayki, bu asarlarning kuy negizlarida mutaxassis olimlar tomonidan "xalq kuyining eng qadimiy namunasi" ("birlamchi chiziq" -G. Shenker) tarzida tasnif etilgan quyi oqim kuy ohanglari yaqqol namoyon bo'ladi. Bu hol bejiz emas, albatta. Ma'lumki, ko'pgina Sharq xalqlari uzoq o'tmishdan buyon Navro'z bayramini keng nishonlab, shu munosabat bilan ma'lum kuy va ashilalarni ijro etib kelganlar. O'ziga xos mavsumiy marosim musiqasi sifatida xalq an'anaviy hayotidan muqim o'rin olgan bu toifa kuylar keyinchalik maqom tizimlariga kiritilib, o'zining yuksak rivojlangan ko'rinishlarga ega bo'lganligi haqiqatga yaqin bo'lsa kerak.

Shuni aytish kerakki maqomlar musiqasiga oid "maqom" atamasidan avval "yo'l" ma'nosini anglatuvchi "roh", "tariqa", "ravish" kabi atamalar qo'llanib kelganligini Darvish Ali Changiy bayon etgan ma'lumotlarni quvvatlashga xizmat qilishi mumkin. Olloh taolloning yer yuzidagi elchilari bo'lgan payg'ambarlarning insonlarga chinakam baxt-saodatga erishish yo'llarini ko'rsatganlar. Ulardan qolgan ma'naviy ta'limot namunalari jamoa-qavmlar orasida alohida e'zozlanib, avloddan-avlodga go'zal ruhiy meros sifatida o'tib kelgan. Inson tinglovi va idroki uchun eng ma'qul va manzur bo'lgan mukammal pardalar ham dastlab shu meros negizida (yoki uni nazariy jihatdan o'rganish asnosida) hosil etilib, so'ngra shu (parda) "yo'llar" asosida turli kuylar rivojlantirilgan (yoki kuylarning yangi namunalari ijod etilgan) bo'lsa kerak.

REFERENCES

1. Кароматов Ф., Элснер Ю. Макам И маком, кн: Музика народов Азии И Африки. Вип . М., 1984, с. 91

2. Matyoqubov O. R. Og'zaki an'anadagi professional muzika asoslariga kirish. T., O'qituvchi, 1983, b. 7

3. Rajabov Ishoq. Maqomlar. Toshkent., (qo'lyozma) San'atshunoslik institute kutubxonasi, Inv. N843, b. 61

4. Yunusov R. Yu. O'zbek xalq musiqa ijodi (ilmiy-uslubiy tavsiyalar) II qism, T., 2000, b. 24

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.