Научная статья на тему 'OYDIN SOBIROVA IJODIDA AYOLLAR OBRAZI'

OYDIN SOBIROVA IJODIDA AYOLLAR OBRAZI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ayol / feminizm / gender tenglik / badiiy olam / estetik ideal / davr ruhi / milliy ruh / sujet va kompozitsiya

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Bazarova Shaxlo Shuxratovna

Mazkur maqolada o‘zbek adibasi Oydin Sobirova ijodi haqida ma’lumot berilgan. Adibaning hikoyalarida ayollar obrazi va ularning jamiyatdagi o‘rni masalasi tahlil qilingan. Ayollarning orzulari, intilishlari, armonlariga ijtimoiy muhitning ta’siri masalasi o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям , автор научной работы — Bazarova Shaxlo Shuxratovna

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OYDIN SOBIROVA IJODIDA AYOLLAR OBRAZI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

OYDIN SOBIROVA IJODIDA AYOLLAR OBRAZI

Bazarova Shaxlo Shuxratovna

SamDChTI o'qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek adibasi Oydin Sobirova ijodi haqida ma'lumot berilgan. Adibaning hikoyalarida ayollar obrazi va ularning jamiyatdagi o'rni masalasi tahlil qilingan. Ayollarning orzulari, intilishlari, armonlariga ijtimoiy muhitning ta'siri masalasi o'rganilgan.

Kalit so'zlar: ayol, feminizm, gender tenglik, badiiy olam, estetik ideal, davr ruhi, milliy ruh, sujet va kompozitsiya

https://doi.ors/10.5281/zenodo.13387508

Аннотация: В данной статье представлена информация о творчестве узбекской писательницы Айдын Собировой. В рассказах Адибы анализируется образ женщины и ее роль в обществе. Изучено влияние социальной среды на женские мечты, стремления и мечтания.

Abstract. This article provides information about the work of Uzbek writer Aydin Sobirova. Adiba's stories analyze the image of women and their role in society. The influence of the social environment on women's dreams, aspirations, and dreams has been studied.

Ключевые слова: женщина, феминизм, гендерное равенство, художественный мир, эстетический идеал, дух времени, национальный дух, сюжет и композиция.

Key words: woman, feminism, gender equality, artistic world, aesthetic ideal, spirit of the time, national spirit, subject and composition.

Xotin-qizkr hаyotini tаsvirlаsh, ukrning jonli obrаzlаrini yаrаtish аdibа ЫкоуасЫ^т^ (ититап ijodining) diqqаt mаrkаzidа turadi. Апа shungа ко'га Oydin ijodini o'zbek xotin-qizlаri hаyotining bаdiiy tаrixi, o'zigа xos yilnomаsi desа хаШ bo'lmаydi. Oydin nаfаqаt ijodi bikn, ЬаШ shаxsiy fаzilаtlаri bikn hаm dаvr аyollаrigа о'гпак Ьо'1а okdi, аdаbiy merosi bikn turtki Ьега oldi.

Oydin xotin-qizkr obrаzini yаrаtish orqdi hаyot hаqiqаtini ochib berish tаmoyiligа urushdаn so'nggi dаvrdа hаm sodiq bo'lib qoldi. "Mаrdlik-mаngulik", "Hikoyа vа ocherkkr", "Hikoyаlаr" singаri kitoblаri апа shundаn dаlolаt berаdi. Bu к^Ыа^а аdibа soddа, mehribon, itoаtli, sаbr-toqаtli, sаdoqаtli o'zbek аyolini, o'zbek o^sini obrаzini yаrаtib berа olgаn. Hikoyаlаrdа bosh qаhrаmon dаvr onаsi, аyoli, qizi sifаtidа tаsvirlаnаdi. Tаsvirlаrdа аyollаming ilm-mа'rifаtgа intilаyotgаn holаti, ilmsizlik jаmiyаt tаrаqqiyotining yemirilishigа sаbаb bo'lishi аsos sifаtidа tаnlаngаn.

Ijodkorning "Hikoyаlаr" kitobigа kiritilgаn "Chаqаloqqа chаkmonchа" kitobidа dаvr qiyofаsi vа аyollаr qismаti yor^^n. Mаzkur hikoyаdа ijodkor аyollаming Аэ^аН tаqdiri orqаli dаvr ijtimoiy muhitini ochib bergаn. Hikoyа bosh qаhrаmoni Erqo'ziyevа bo'lib, u

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

kalxozda faol ishchi. Yoshligidan mehnatga toblangan bu qiz voyaga yetib, o'ziga munosib yigitga turmushga chiqadi. Lekin uning bir emas ikki emas, to'rt farzandi tug'ilganidayoq nobud bo'ladi. Tug'riqxonada emas, uyida qo'shni kampirlarning yordamida dunyoga keltirgan farzandlarining nobud bo'lishi Erqo'ziyevani tushkun ahvolga soladi. Kampirlar unga bolasining yashab ketishi uchun har-xil maslahatlar berishadi. Jumladan: "Bolangga aks tegadi. Jinlar changal soladi. Uch marta qora tovuqni quchoqlab qoqtirgin, chillayosin qildirgin, ukki asrab, tug'adigan chog'ingda bosh tomoningga o'tqizib qo'ygin. Jinlar ukkining ko'zidan qo'rqadi, - deb qo'yarda qo'ymadilar. Bisotida bittagina gunafsha duxoba kamzuli bor edi, shuni sotib haligilarning hammasini qildi. Lekin bu bolasi ham o'lik tushdi" [3,4]. Chunki, bunday fojiali qismatning qayta-qayta takrorlanishiga davr ayollarining ilmsizligi sabab edi. Shifoxonaga borishsa odamlar gap qiladi deydi hikoyada. Erqo'ziyevaning turmush o'rtog'i bu kampirlaring nimani biladi, endigi farzandimizni shifoxonada dunyoga keltirasan deganda ayoli:

" - Gap-so'zga qolamiz "doktorxonada tug'ibdi", deb hammayoqda duv-duv gap bo'lib

o'lar

- Gap bo'lsak, bo'larmiz. Ish qilib bola omon bo'lsin! Bu ham bir

tavakkalde, - deb sakrab o'rnidan turdi. Osh-oshda qoldi, boshqa-boshqada. Er, xotin otlanishib chiqib ketdilar" [3,5]. Ular to'g'ri tanlov qilishgan edi. Erqo'ziyeva doktorxonaga borib farzandini dunyoga keltirgani uchun to'rt muchasi sog'lom bolani dunyoga keltiradi. Bu kabi taqdirlar orqali ijodkor davr ruhini ochib beraolgan. Sababi usha davrda Erqo'ziyeva singari qancha-qancha ayollar to'g'riqxonaga bormasdan uylarida ilmsiz tibbiyot yordamida farzandlarini nobud qilishayotgan edi. Kampir doyalar yordamida qilinayotgan tug'riq jarayonidagi noto'g'ri hatti-harakatlar bolaning yoki onaning nobud bo'lishi bilan yakunlanayotgan edi. Aynan mana shu hikoyadagi tasvirlarga yuqoridagi foje holatlar mujassam.

Davr talablariga hozirjavoblik, turmushdagi yangiliklarni qo'llab-qo'vvatlash, xususan, xotin-qizlarni "to'rt devor ichida za'faron bo'lib o'tirishni bas qilishga" (Oydin), qaynoq ijtimoiy hayotga ishtirok etishga chaqirish - Oydin ijodining asosiy g'oyaviy ma'nosini tashkil etadi.

Ijodkorning "O'zidan ko'rsin" hikoyasida Nazirjon ilmli, dunyo ko'rgan yigit timsolida tasvirlansa, Shakarxon - onasining ta'siriga tushib, institutdagi o'qishini yig'ishtirgan, uyda utiradigan qiz sifatida tasvirlanadi. Adiba bu qahramonlarning fe'l-atvorini mahorat bilan ochib bergan. Har bir obraz o'ziga poetik olam egalari. Shakarxonning onasi ayol kishi uyda o'tirishi, ilm olish ayollarning ishi emas deb qaraydi. Shu sababli qizini ham ilm olishiga to'sqinlik qiladi. Shakarxonning ilmsizligi, ta'lim olishdan yiroqligi Nazirjon va Shakarxonning onalarining orzusini amalga oshirmaydi. Nazirjon dunyoviy ta'lim-tarbiya ko'rgan, ilm-ma'rifatli qiz bilan oila qurishni xoxlaydi. Hikoyada Nazirjon tilidan aytilgan "Ehe... Kishi o'z tenglari bilan so'rashish, gaplashib o'ltirishdan ham uyaladimi, qizlar janglarda yigitlar bilan yonma-yon turib otishadilar, yaradorlarni bag'rilariga bosib davolaydilar! Bu uyat emas, axir! Bu odamgarchilik, bu kishilarning haqiqiy odam bo'lganligini ko'rsatadi" [3,56],- degan fikrlarida davr insonlarining eskicha fikrlashlari taraqqiyot emas, tanazzul belgisi ekanligi namoyon bo'lmoqda. Jamiyatda ayol va erkak teng

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ilm olishi lozimligi hikoyaning asosiy g'oyasi sifatida talqin etiladi. Hikoya yakunida Shakarxon o'z xohishi bilan yana institutga qaytadi va yangi zamon ostonasi sari ildam qadamlar tashlab ketadi. Albatta, Shakarxonning dunyoqarashining o'zgarishida Nazirjonning ham ta'siri katta. Shakarxon eskicha fikrlashi bilan o'z baxtini, iqbolini qo'ldan chiqarishi mumkin ekanligini idrok eta oldi. U bir marta mana shunday holatga tushdi. Lekin hayotida bunday vaziyat ikkinchi bora takrorlanmasligi uchun ham u yorqin hayot - ilm olmoqlikka bel bog'laydi.

Hikoya sujeti kompozitsiyasi ham puxta. Asar sujeti yaxlit va tugal; unda ortiqcha epizodlar va detallar yo'q. Shuningdek, asarda konfliktning o'sish darajasi ham me'yorida. Shu sababli sujet va voqea rivojida sustlik sezilmaydi [2,68]. Hikoya tili sodda. Adiba jonli, xalq tili imkoniyatlaridan unumli foydalangan. Hikoyadagi ixcham tasvirlar hikoyaning husniga husn qo'shib, uning g'oyaviy mazmunining ochilishiga xizmat qiladi.

Oydinning "Ikki ko'zi shunda" hikoyasida bola tug'ish va uni tarbiyalash mavzusi aks ettirilgan. Unda bola kishining ijtimoiy faolligiga halaqit beradi, deb hisoblovchi ba'zi bir ayollar qoralanib, ona nomi ulug'langan. Gulnor nomli ayol "Artistlarga tug'ish yarashmaydi", "Bola tug'ish va uni tarbiyalash figurani buzib, raqqosalik ishiga xalaqit beradi" - deb ona bo'lishdan bosh tortadi. Uning eri dotsent Olimjon esa befarzand hayot kechirishni bema'nilik deb biladi. Natijada, er-xotin o'rtasida ziddiyat kelib chiqadi.

Hikoyada yozuvchi bir o'g'il va bir qizning onasi raqqosa Sunbula obrazini Gulnorga qarama-qarshi qo'yib tasvirlagan va shu orqali Gulnorning xatolarini obrazli tarzda ko'rsatib, hikoya g'oyasini qiziqarli va tabiiy qilib gavdalantirgan. Zotan, hikoyada Sunbula sodiq va sofdil yor, mehribon ona va iste'dodli raqqosa sifatida namoyon bo'ladi.

Ijodkorning "Ko'ngli to'ldimi, yaxshi yigit" hikoyasida ham oilaviy hayot tasvirlangan. Hikoyada ko'rsatilishicha, mas'ul xodim Mahmudov o'z xotini La'lixonning oila qobig'ida, ijtimoiy hayotdan chetda qolib ketayotganligiga befarq qaraydi. Uni jamoa ishiga jalb etmaydi. Bekorchilikdan zerikkan La'lixon esa eridan o'rinsiz shubhalandi. Natijada, oilada sovuqlik paydo bo'ladi va u asta-sekin kuchayib, oilani jar yoqasiga olib keladi. Bunga bosh sababchi o'zi ekanini sezmagan Mahmudov hamma aybni xotiniga to'nkab: "Faqat bitta chora qoldi -ajralishamiz" [3,161], - deydi.

Hikoyada oiladagi ko'ngilsiz holatning tub sabablari bilan birga, uni tuzatish yo'llari ham obrazli tarzda ochib berilgan. "Ko'ngli to'ldimi, yaxshi yigit" hikoyasida asar g'oyasi tabiiy ravishda qiziqarli va jozibali qilib ifodalangan. Unda sujet sermazmun va qiziqarli bo'lganidek, obrazlar ham yorqin. Yozuvchi sujet rivojini xarakter yaratish bilan uzviy birlikda olib boradi. Oydin o'z hikoyalarida hayotdagi ijobiy hodisalarni, maftun bo'lib tasvirlash bilan birga, turmushda uchrab turadigan salbiy jihatlarni ayovsiz fosh qiladi.

Oydin hikoyalari mavzu, g'oya va obraz e'tibori bilangina emas, til va badiiy mahorat e'tibori bilan ham qimmatlidir. Adiba xalqimizga xos milliy xususiyatlarni, milliy qadriyat, urf-odat, milliy xarakter belgilarini tasvirlashga usta. U onani onaga xos, kampirni kampirga xos, bolani bolaga xos fe'l-atvor, psixologiya va individual til bilan tasvirlaydi. Hikoyalarda yangi mavzularni badiiy ifodalash, yangi obraz yaratishga intilish tamoyili kuchli.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 3yn$HH. OHAHH CoÖHpoBa.OnepK. TomKeHT. 1953, - 28 6.

2. Mup3aeB C. X,aeT Ba aga6HeT. TomKeHT: fflapK, 2001. - 230 6.

3. OHAHH. ^HKoanap. TomKeHT. 1954. - 192 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.