Научная статья на тему 'OYBEK DOSTONLARIDA MAVZULAR XILMA-XILLIGI VA OBRAZLAR TASVIRI'

OYBEK DOSTONLARIDA MAVZULAR XILMA-XILLIGI VA OBRAZLAR TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
673
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
doston / obraz / Sakna / Hirot / Emiliya / Navoiy / Hamza / Torobiy / Bobur / kartina / erk bolasi. / epic / image / Sakna / Hirot / Emilia / Navoi / Hamza / Torobi / Babur / picture / male child.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dehqonova, Maxsuma, Qosimov, Iqboljon

Maqolada Oybek dostonlarida mavzular xilma-xilligi va obrazlar tasviri o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Oybek dostonlari hajman xo‘p. Shu ma‘noda mavzular ko‘lami ham keng.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VARIETY OF SUBJECTS AND PORTRAIT OF IMAGES IN OYBEK'S EPISTLES

The article talks about the variety of themes and the specific features of the portrayal of characters in Oybek is epics. Oybek doatons are great. In this sense,the scope of topics is also wide.

Текст научной работы на тему «OYBEK DOSTONLARIDA MAVZULAR XILMA-XILLIGI VA OBRAZLAR TASVIRI»

OYBEK DOSTONLARIDA MAVZULAR XILMA-XILLIGI VA

OBRAZLAR TASVIRI

DEHQONOVA Maxsuma

FarDUkatta o'qituvchisi,

filologiya fanlari bo 'yich falsafa doktori(PhD)

QOSIMOV Iqboljon

Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti

dj https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-317-322

ANNOTATSIYA Maqolada Oybek dostonlarida mavzular xilma-xilligi va obrazlar

tasviri o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z yuritiladi. Oybek dostonlari

hajman xo'p. Shu ma'noda mavzular ko'lami ham keng.

Kalit so'zlar: doston, obraz, Sakna, Hirot, Emiliya, Navoiy, Hamza, Torobiy, Bobur, kartina,

erk bolasi.

ABSTRACT The article talks about the variety of themes and the specific features

of the portrayal of characters in Oybek is epics. Oybek doatons are great.

In this sense,the scope of topics is also wide.

Key words: epic, image, Sakna, Hirot, Emilia, Navoi, Hamza,Torobi, Babur, picture, male

child.

KIRISH (Introduction)

"Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko'rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo'l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o'rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz1".

XX asr o'zbek adabiyoti xazinasini turli janrdagi nodir asarlari bilan boyitgan Oybek dostonchilik taraqqiyotiga ham o'zining munosib hissasini qo'shdi. Bilim va tafakkur dunyosi benihoya keng bo'lgan nozik hissiyot sohibining ijod namunalari ham milliy, ham mafkuraviy, ham vaqt chegaralarini yorib o'tib, abadiylikka daxldor hodisaga aylanganligi sir emas. Xilma-xil ifoda usullari va davriy ko'lamdorligi, mavzusining munaqqashligi va betakror obrazlari bilan ajralib turuvchi ushbu dostonlar Oybek yuksak ijodiy mahoratining yana bir yorqin qirrasini namoyon

1 Mirziyoyev Sh. httsp://uza.uz

317

www.birunijournal.uz

f

\ I -.1 II /

etuvchi ko'zgudir. Davr va qahramonlar talqinidagi, liro-epik tasvir usullari va kartina yaratishdagi, shakliy, jihatlardan foydalanishdagi o'ziga xoslik shoir uzoq kuzatishlari va mashaqqatli ijodiy mehnatining mahsuli sifatida yuz ko'rsatadi. Ifoda uslubini takomillashtirish borasidagi Oybek mahorati dostonlariga mos nom topishdan toki qahramonlarga munosib ism tanlashgacha bo'lgan ijodiy izlanishlarida qofiya, vazn, va band tizimlarining asar mavzusi va mazmuniga, syujet yo'nalishi va kompozitsiyaga muvofiqlashtira bilish uslubida, tabiat, davr va qahramonlar tasviri muhrlangan kartinalarning mayda tafsillari hamda oniy holatlari bilan namoyon bo'lishida ko'rinadi. Lirik tasvirga xos nozik kechinma va hissiyotlar epik tasvirdagi voqeabandlik bilan uyg'unlashib, ba'zan bandlar davomida birining ikkinchisi bilan almashinib borishi xilma-xil ifoda usullari hamda oybekona uslubning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

NATIJALAR

Oybekning har bir dostonida, u tarixiy mavzuga bag'ishlangan bo'ladimi yoki zamonaviy hamda xorijiy xalqlar hayotiga oidmi, yuksak orzu-umidlarni o'zida mujassamlashtirgan, xalqni yorug'likka olib chiqishga intiluvchi, adolat uchun, erk uchun, mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashuvchi qahramonlarning yorqin siymolarini gavdalantiruvchi tamoyil ustivorlik qiladi. "Haqgo'ylar" dostoni yuqoridagi fikrlarga yorqin dalil bo'la oladi. Dostonning Inglizlar tuzgan-bizning hukumat, Urush boshlsalar-bizda jafosi. Bizning tushumizga kirmagan kulfat! Kurashlarga bog'liq tinchlik binosi...

Quyoshli, hur hayot kelajak bir kun, Ingliz zulmidan qutulur vatan. Zamindor va boylar yo'qolur butun. Pokistonni xalqlar qilajak gulshan.

Satrlarida Sakna boshchiligidagi pokistonliklar mustamlakachilik siyosatiga, inglizlar zulmiga qarshi, erk, adolat, tinchlik, ozodlik uchun kurashlari aks etgan.

MUHOKAMA

Muttasil izlanishda bo'lgan, hayolan tarix so'qmoqlarini kezgan Oybek doimo jahonni lol etgan tarixiy shaxslar Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Hamza kabi siymolarning porloq qiyofalarini gavdalantirish uchun o'zida majburiyat sezgan. Shoir adabiy-estetik qarashlariga mos bo'lgan Navoiy, Bobur, Hamza kabi buyuk ijodkorlar faoliyatini alohida muhabbat bilan aks ettiruvchi "Navoiy", "Bobur", "Hamza", "Guli va Navoiy" singari tarixiy va bebaho

318

www.birunijournal.uz

dostonlarini adabiyotimizga tuxfa etib, ushbu janr taraqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'shdi. Shuningdek, jasur xalqimizning mo'g'ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashini ifodalovchi tarixiy "Mahmud Torobiy" dramatik dostonida esa vatanparvarlik g'oyalarini mard Torobiy timsolida akslantirdi. M.Qo'shjonov ta'kidlaganidek, "Oybek tarix bilan bugungi kunni mustahkam bog'lay olgan yozuvchi... U doimo zamondoshlari qilayotgan ulug' ishlarning falsafiy mohiyatini, tarixiy o'rnini ochib berish uchun harakat qilardi. Shu ma'noda uning she'rlari aksariyat hollarda o'ychan, falsafiydir2" Umuman olganda, ijodkorning ilk "Dilbar-davr qizi" dostonidan tortib so'nggi "Guli va Navoiy"gacha bo'lgan barcha dostonlarida mehnatkash, matonatli, kurashchanlik, bunyodkorlik, qahramonlik ishlari bilan tarixda sezilarli darajada iz qoldirgan qahramonlarni tasvirlash uslubi yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Bu borada "Dilbar- davr qizi" dostoni yuqoridagi fikrlarga yorqin misol bo'ladi. Bu dostonda yangilikka intiish, eskilik sarqitidan qutulib, xotin-qizlarni ilm-fan bilan shug'ullanishiga, zamon talabiga mos kasb-hunar egallashiga targ'ib qilish g'oyalaari yetakchilik qiladi. Dostondagi Ona tili, hisobni.

Dilbar sevar edi chin

"Sovg'a" degan kitobni. Qizlarning ulug'rog'i-Zebioy-muallima. Til darsi... yosh muallim, Taxtaga Dilbaroyni Chaqirdi: "Qani, singlim, Yoz sen!" "Men erk bolasi!"

Ushbu misralar yuqoridagi fikrlarga misol bo'ladi. Oybekning "Dilbar-davr qizi" dostoni XX asr boshlarida ilm-fan taraqqiyoti natijasida voyaga yetgan shaxs haqida. Dostonda shoir o'zbek xotin-qizlari hayotidagi yangiliklarni, to'la mustaqillikka erishish yo'lidagi mavjud qiyinchiliklarni, jamiyat taraqqiyotiga g'ov bo'layotgan ba'zi urf-odatlarni tasvirlashga harakat qiladi. Dostonda bosh qahramon Dilbarning o'z erki va ilm olish yo'lidagi shijoati, xalqni ilm-ma'rifatli qilish uchun chekkan mashaqqatli mehnati doston bosh g'oyalaridan biri sanaladi.

Liro-epik tasvirning o'ziga xos usulini realistik chizgilar bilan romantik tuyg'ular uyg'unligidagi "Baxtigul va Sog'indiq" dostonida ko'rishimiz mumkin. Xalq og'zaki ijodi va mumtoz adabiyotimizda keng aks etgan, jahon adabiyotining eskirmaydigan mavzularidan-muhabbatning liro-epik asardagi oybekona talqini uzoq

2 Qo'shjonov M. Mohiyat va badiiyat.-T: Adabiyot va san'at, 1977. 101-bet.

319

yillar mobaynida olib borilgan kuzatish va izlanishlarning mahsuli sifatida bo'y ko'rsatgandir.

Olim A.Sabirdinov Oybekning "Hamza" dostoniga to'xtalar ekan, Farg'onaning maftunkor tabiati va shoirning betakror tuyg'ularini uyg'un holda ifodalash usulini ko'radi. U vodiyning go'zal tabiati yo'g'rilgan satrlarda yozuvchining peyzaj kartinasini chizish mahorati va o'sha yillarning qiyinchiliklari aks ettirilganini ko'rsatib beradi. Dostonda ijodkor Hamzaning XX asr 20-yillaridagi tahlikali va fojiali hayotini butun bo'y-basti bilan ko'rsatib bergan. "XX asr o'zbek dostonchiligining eng yaxshi durdonalaridan bo'lgan ushbu asar, obrazli ifodalar va badiiy vositalardan liro-epik tasvirda mahorat bilan foydalanishning yuksak namunasi sifatida ham ahamiyatlidir3".

XULOSA (Conclusion)

Bir asrga yaqin davr mobaynida shakllangan oybekshunoslik o'ziga xos izlanish va yangilanish yo'lini, taraqqiyot bosqichini bosib o'tdi. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o'zgarishlar, tabiiyki, Oybek asarlarining tadqiqi va talqinida yangicha yondashuvlar zarurligini kun tartibiga qo'ydi. Oybek ijodini o'rganish borasida sho'ro davri adabiyotshunosligidagi ulkan tadqiqiotlar hamda izlnishlardagi yutuqlarni yuqori baholagan holda, mafkuraviy cheklovlar natijasida biryoqlama yondashilgan asarlarga xolis va haqqoniy baho berish zaruriyatini ham yuzaga kelganligini ham unutmaslik kerak. Badiiy dostonchilikda Oybek ijodiga baho berish ijtimoiy-siyosiy voqelikning dolzarb masalalari talqiniga ko'ra baholashdan badiiyat, mahorat, uslub masalalari, matnosti ma'nolarini o'rganish uning turli variantlarini taqqoslash tomon yuz burdi. Ulug' shoirning dostonchiligimiz taraqqiyotidagi o'rni xalq og'zaki ijodi, Sharq va G'arb adabiyoti an'analarini davom ettirish borasidagi mahoratini yoritish orqali ko'rsatib berildi.

REFERENCES

1. Sabirdinov O. Oybek dostonlarining badiiy-uslubiy xususiyatlari. Toshkent"Istiqlol"-2003

2. Sobirov O. Oybek ijodida folklor.-Toshkent Adabiyot va san'at, 1975 97-bet

3. Rahimjonov N. Oybek poemalrida qahramon konsepsiyasi. // Oybek ijodiy metodi va badiiy mahorati: Toshkent Fan, 1995 49-bet

4. Qo'shjonov M. Oybek mahorati Toshkent Badiiy adabiyot 1965.

5. Oybek. Adabiyot to'g'risida. Toshkent Fan, 1985 28-bet

6. Rahimjonov N. O'zbek sovet adabiyotida poema. Toshkent Fan, 1986 44-bet

7. Oybek. Mukammal asarlar to'plami. Toshkent 13-bet

3 Sabirdinov O. Oybek dostonlarining badiiy-uslubiy xususiyatlari. T. Istiqlol 2003.

320

8. Qo'shjonov M. Mohiyat va badiiyat. T. Fan, 1979. 286-bet

9. Sharafiddinov O. Birinchi mo'jiza. T Adabiyot va san'at. 1979. 152-bet

10. Karimov N Oybek gulshanida qolgan g'unchalar. T Fan, 1985 64-bet.

11. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

12. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

13. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

14. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

15. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

16. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

17. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

18. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

19. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

20. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

21. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

22. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 5(2), 33-39.

23. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

556-559.

321

www.birunijournal.uz

24. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

25. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

26. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

27. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

28. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

29. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

30. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

31. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

32. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

33. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

34. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

35. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

36. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

37. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

38. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.

322

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.