Научная статья на тему 'OTA-ONA QARAMOG‘ISIZ QOLGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISHDA KASBIY AXLOQ MASALALARI'

OTA-ONA QARAMOG‘ISIZ QOLGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISHDA KASBIY AXLOQ MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
775
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy himoya / kasbiy axloq / ijtimoiy ishchi / bola tarbiyasi. / социальная защита / профессиональная этика / социальный работник / воспитание детей.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abduraxmonova, М., Rahmatshoeva, N.

Mazkur tadqiqot jarayonida qarovsiz qolgan bolalarning ijtimoiy-axloqiy himoyasi borasida fikr va tavsiyalar bayon etildi. Ijtimoiy ish axloqining bosh vazifalari – baholash, tartibga solish, tashkil etish, boshqarish, turtki berish, muvofiqlashtirish, chegaralarni belgilash, ishlab chiqarish, muloqotga kirishish, nizolarni bartaraf etishlardan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРОБЛЕМЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ЭТИКИ В СОЦИАЛЬНОЙ РАБОТЕ С ДЕТЬМИ, БЕЗ ПОМОЩИ РОДИТЕЛЕЙ

В ходе данного исследования были представлены мнения и рекомендации относительно социальной и моральной защиты безнадзорных детей. Основными задачами этики социальной работы являются оценка, регулирование, организация, управление, мотивация, координация, установление границ, производство, общение, разрешение конфликтов.

Текст научной работы на тему «OTA-ONA QARAMOG‘ISIZ QOLGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISHDA KASBIY AXLOQ MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

OTA-ONA QARAMOG'ISIZ QOLGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISHDA KASBIY AXLOQ MASALALARI

M.Abduraxmonova

Farg'ona davlat universiteti dotsenti N.Rahmatshoeva Farg'ona davlat universiteti magistranti

Mazkur tadqiqot jarayonida qarovsiz qolgan bolalarning ijtimoiy-axloqiy himoyasi borasida fikr va tavsiyalar bayon etildi. Ijtimoiy ish axloqining bosh vazifalari - baholash, tartibga solish, tashkil etish, boshqarish, turtki berish, muvofiqlashtirish, chegaralarni belgilash, ishlab chiqarish, muloqotga kirishish, nizolarni bartaraf etishlardan iborat.

Kalit so'zlar: ijtimoiy himoya, kasbiy axloq, ijtimoiy ishchi, bola tarbiyasi.

В ходе данного исследования были представлены мнения и рекомендации относительно социальной и моральной защиты безнадзорных детей. Основными задачами этики социальной работы являются оценка, регулирование, организация, управление, мотивация, координация, установление границ, производство, общение, разрешение конфликтов.

Ключевые слова: социальная защита, профессиональная этика, социальный работник, воспитание детей.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng, asosiy ustivor yo'nalishlaridan biri alohida ko'mak va e'tiborga muhtoj insonlarga manzilli yordam ko'rsatish bo'lgan ijtimoiy himoya va aholiga xizmat qilishning prinsipial jihatdan yangi tizimi shakllandi. Bu sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami bilan ishlashda bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan yuqori malakali xodimlarga ehtiyoj va tegishli tarzda yangi kasbiy faoliyat - "Ijtimoiy ishchi"ga zaruriyat yuzaga keladi. Shu o'rinda yetim va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar uchun muassasalar va ularda tarbiyalanayotgan bolalarning o'ziga xos xususiyatlari tarbiyalanuvchilarning turli yosh va davrlaridagi ruhiy, ijtimoiy rivojlanish xususiyatlarini chuqur tushunish, mazkur bolalarga profilaktik, sog'lomlashtirish, abilatsion va reablitatsion choralarning majmuini ta'minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, muassasadan so'ng mustaqil hayotga tayyorlash kabilarni talab etadi.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 7 fevral kuni "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonni imzoladi va 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Harakatlar strategiyasidagi to'rtinchi yo'nalishida aynan aholini ijtimoiy qilishga katta e'tibor berildi.

Shuningdek, mustaqillik yillarida yetim va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy-profilaktik ish olib borishni yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ular asosida "Mehribonlik", "Bolalar" uyilari hamda "Bolalar shaharchasi" to'g'risidagi Nizomlar qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning 22-moddasida ham boquvchisini yo'qotgan bolalar haqida shunday deyilgan. "Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan bolalarni o'qitish va ularni boqish davlatning to'la ta'minoti asosida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi". Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat dasturlarining qabul qilinganligi va amaliyotga joriy etilganligi, aholini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni qo'llab quvvatlash bo'yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar respublikamizda ijtimoiy soha rivojlanishi dalolatdir. Zamonaviy jamiyatda ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy hamoya qilish va ularni qo'llab -quvvatlash masalasiga e'tibor ortgani sayin ular bilan samarali ishlay oladigan yuqori malakali mutaxassislarga - ijtimoiy ish xodimlariga bo'lgan talab ham ortmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kasbiy axloq fanda, xususan, ijimoiy ishda ikki tomonlama anglanadi. Bir tomondan, bu kasbiy faoliyat davomida kishilararo munosabatlarga tegishli xususiyat beruvchi va kasb mohiyatiga mos qadriyatlar, xulq-atvorning axloqiy tamoyillari va me'yorlari jamlanmasi borasidagi fan bo'lsa, ikkinchi tomondan, kasbiy axloq - bu ijtimoiy ishning bosh qadriyatlari va g'oyalari doirasida ijtimoiy ish xodimlarining kasbiy uyg'unligidir. Ijtimoiy ish xodimi kasbiy axloqining ma'naviy kengligi - bu og'ir xayotiy vaziyatdagi insonga "inson - mijozlarning ijtimoiy muhiti" tizimini o'zgartirish orqali ijtimoiy yordamni ta'minlash jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlardir. Shu bilan birga, shaxsiy va umumjamiyat manfaatlariga erishish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jarayonida ijtimoiy ish xodimi o'z xamkasblari, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar bilan qonun doirasida munosabatlarni o'rnatishi zarur.

Ijtimoiy ish xodimining kasbiy axloqi bilan bog'liq asosiy g'oyalar axloq kodeksida o'z aksini topgan. Ijtimoiy ish xodimining axloq kodeksi - bu uyushma va ijtimoiy ishning mutaxassis xodimlari ittifoqi tomonidan bajarilishi qayd etilgan kasbiy faoliyatda axloqiy munosabatlar standarti bo'lib xizmat qiluvchi ma'naviy me'yorlar majmuidir. Axloqiy me'yorlar asosida umuminsoniy qadriyatlar, axloqiy qadriyatlar, axloqiy xayriya an'analari, boshqa davlatlar axloq kodekslari tajribasi, mutaxassislarning shaxsiy qadriyatlari va g'oyalari yotadi.

Ijtimoiy ish kasbiy faoliyatining barcha yo'nalishlariga nazar solsak, ular orasida ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar bilan ish olib borish alohida o'zining xususiyatlariga egaki, bunda ijtimoiy ish xodimining majburiyatlari, ushbu kasb egasiga alohida mas'uliyat yuklaydi. Institutsional muassasalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy ish xodimlari ko'pincha axloqan murakkab vaziyatlar bilan to'qnash keladi. Xususan, tibbiyotdagi axloqiy muammolar yangiliklarda tez-tez muxokama qilinadi. Ammo, ijtimoiy ish qaysidir ma'noda noyobdir, chunki u paradoksli xolatdir. Paradoks (yunon. Kutilmagan, g'alati) - kutilmagan, noadatiy, an'analarga zid tasdiqlar, fikrlash yoki xulosadir. Umuman kasbiy faoliyat sifatida ijtimoiy ishdagi 4 paradoksni alohida kursatish mumkin.

Birinchi paradoks - moddiy to'kis aholi yordamida ojiz qatlamlarni qo'llab-quvvatlash. Bir tomondan, boshqa kasblardan ko'ra, ijtimoiy ishning maqsadi kamsitilish ob'ekti bo'lganlar yoki ijtimoiy ojiz qatlamlar yoki marginallarga yordam berish bo'lsa ikkinchi tomondan, u to'kis aholi qatlamlari va davlat tomonidan tashkil qilingan, qo'llab-quvvatlanadi va xomiylik qilinadi.

Ikkinchi paradoks - mijoz bilan xamkorlikdagi ishning maqsadga muvofiqligi va ijtimoiy ma'qul me'yorlarga rioya qilish. Bir tomondan, ijtimoiy ish xodimlarning o'z xizmatlari iste'molchilar bilan xamkorligi olqishlansa, ikkinchi tomondan, ijtimoiy ishning ko'pchilik yo'nalishlari - qariyalar, ruxiy og'ishlar, bolalar va oila bilan ishlashda ijtimoiy me'yorlarga roya etish majburiyatiga ehtiyoj sezilsa, bir qarorga kelishda esa qonunlarga murojaat qilishga yo'naltirilgan.

Uchinchi paradoks - mijoz va uning extiyojlarini ximoyalash hamda cheklangan zaxiralar. Bir tomondan, ijimoiy ish xodimlari mijozlarning ximoyachisi bo'lishlari va ularning extiyojlarini ta'minlashlari kerak bo'lsa, ikkinchi tomondan, ijtimoiy ish xodimi cheklangan zaxiralar muammosiga duch keladi. Amalda ijimoiy ish xodimlari xizmatlar iste'molchilarida ba'zi turdagi xizmatlarni ko'rsatish imkoni cheklanganligi to'g'risidagi ogoxlantirishlarga duch keladilar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

To'rtinchi paradoks - adolat axloqi va g'amxo'ñik axloqi. Adolat axloqi o'ziga ishonch va adolatga asoslansa, g'amxo'riik axloqi asosida esa, "ayoHa^' ma'naviyati , boshqa bir inson borasida qayg'uгa olishga yo'naltiгilgan o'zi-o'zidan kecha olish xissiyoti yotadi.

Xulosa ornida aytish zarurki, tartiblar va kodekslar har bir kasb uchun zaruriy va muhimdir. Ammo yaxshi ijtimoiy ish xodimi bo'lish ko'p sonli tartib qoidalarga bo'ysunishgina degani emas. Axloqiy ijtimoiy ish bellashuvchilik sodiqlik va bellashuvchi talablar o'rtasida murakkab me'yorlashtiruvchanlikni o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёев "Етим болалар ва ота-онасининг карамогидан махрум булган болаларни ижтимоий химоя килишни кучайтиришга оид кушимча чора-тадбирлар тугрисида" карори. 12.02.2019.

2. Абдурахмонова, М. М. (2020). Ижтимоий иш касбий фаолиятининг мактабга йуналтирилган сохасини ривожланишида жахон амалиёти тажрибалари. Журнал Социальных Исследований, 3(6).

3. Абдурахмонова, М. М. (2021). Теории межсекторальных подходов к защите детей. Человек. Наука. Социум, (2), 62-74.

4. Абдурахмонова, М. М. (2021). Необходимость изучения общественного мнения для принятия эффективных решений в школе. Человек. Наука. Социум,

5. Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). Узбекская модель развития малого предпринимательства. Ученый XXI века, 62.

6. Абдурахмонова, М. М., & Содикова, Д. Ш. (2020). Efficiency of management of higher education institutions in the preparation of qualified personnel. Человек. Наука. Социум, (2), 8-27.

7. Абдурахмонова, М. М. (2021). Мактабларда самарали к;aрoр кдбул килиш учун жaмoaтчилик фикрини урганиш зaрурияти. Журнал Социальных Исследований, (SPECIAL ISSUE 1).

8. Абдурахмонова, М. М., & Орипов, А. (2019). Основные направления и приоритеты научной актуализации информационной парадигмы гражданского общества. Мировая наука, (12), 56-59.

XULOSA

(1), 33-46.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

9. Абдурахмонова, М. М., & Мирзажонов, Ж. (2020). Роль конституции в построении правового государства и гражданского общества. Теория и практика современной науки, (3), 9-11.

10. Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). Uzbek model of small business development. Учёный XXI века, (3-4 (16)), 58-63.

11. Mаdаliyеvа, F., & Abduraxmonova, M. (2021). O'zbеkistоndа mаktаb bitiruvchi o ^^chi^rim kаsb-hunаr bikn tа'minlаshdа ijtimоiy ish аmаliyoti. Студенческий вестник, (8-3), 94-95.

12. Abduraxmonova, M., & A'zamova, Z. (2021). O'zbekistonda pensiya ta'minoti tizimini shakllantirishning muhim jihatlari. Интернаука, (7-2), 91-93.

13. Shаripоvа, K., & Abduraxmonova, M. (2021). O'zbеkistоn mаktаblаridа mеhribоnlik uylаri tаrbiyalаnuvchisi bo 'lg8n o 'quvchilаr bilаn ijtimоiy ish аmаliyoti istiqbоllаri. Студенческий вестник, (8-3), 82-83.

14. Abdurakhmonova, M., Karimova, G., & Karimova, M. (2021). Role of ethical culture in preventing violence among spupils. Интернаука, (11-2), 50-51.

15. Abdurakhmonova, M. M., Akramov, D. O., & Egamberdiev, F. A. (2020). Conceptual aspects of the development of social work in the new social protection system of Uzbekistan. Chief Editor, (5), 8.

16. Abdurakhmonova, M. M. ugli Mirzayev, MA, Karimov, UU, & Karimova, GY (2021). Information Culture And Ethical Education In The Globalization Century. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03),

17. Abdurakhmonova, M. M., Akramov, D. O., & Egamberdiev, F. A. Conceptual aspects of the development of social work in the new social protection system of Uzbekistan. Chief Editor.

18. Abdurahmonova, M. (2020). World practical experience of developing a school-oriented sphere of professional activity of social work. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(6), 1181-1186.

384-388.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.