ORGANIK TUZLARDA PVS-MAGNETIT GRANULASINING BOKISH JARAYONINI OPTIK MIKROMETRIYA USULIDA
O'RGANISH
*Otaqulova S.A, 2Sayfullayeva N.D, 3Jabborov M.A, 4Karimov X.R, 5Saidov I.A, 6Trobov
X.T
1,2,3talaba, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, 4o'qtuvchi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, 5tayanch doktorant, Samarqand davlat universiteti, 6professor, Samarqand
davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11115356
Zamonaviy dunyoda xususiyatlari taxlil qilinishi kerak bo'lgan ob'ektlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda. Har xil tabiatli moddalardan tashkil topgan, tizimni ko'pincha juda boshqacha xususiyatlar bilan taminlashga qodir tizimlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Organik va noorganik moddalarning xossalarining kombinatsiyasi bunday tizimlardan foydalanishga keng imkoniyat yaratmoqda. Hozirgi vaqtda zamonaviy texnologiya va uskunalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu polimer materiallar ishlab chiqarish va ularni organik va noorganik moddalar kombinatsiyasidan hosil bo'lgan tuzlar asosida o'rganish jadal rivojlanmoqda. Polimer gel granulalarining diametrlari va bilvosita hajmlaridagi o'zgarishlarni qayd etish uchun optik mikroskoplardan foydalanish ularning elektrolit eritmalarida bo'kish jarayonini o'rganish uchun qulay hisoblanadi. XXI asr boshlarida dastlabki namunalarsiz minimal yordamchi materiallardan foydalangan holda kimyoviy tahlil turi bo'lgan optik mikrometriya usuli (OMU) ishlab chiqilgan. Bu usulda sensor element sifatida ko'ndalang bog'langan gidrofil polimerlarning granulalari, jumladan polivinil spirt (PVS) granulalari va shunga o'xshash granulalar ishlatiladi. PVS granulalarini "sensor elementi" sifatida foydalanishi uning boshqa turdagi polimerlarga nisbatan bir qator afzalliklari bilan bog'liq, ya'ni u yuqori bo'kish darajasiga ega bo'lgan eng arzon gidrofil polimerlardan biri hisoblanadi.
Ushbu ishda biz cho'ktirish usulida olingan, granulari ichida magnetit (Fe3O4) nanozarrachalari bo'lgan PVS-20 gelidan foydalandik. Olingan PVS-magnetit granulasining bo'kish jarayoni kinetikasini 0.20, 0.50, 1.00, 1.50, 2.50 mol/l C3H7COONa hamda 0.20, 0.50, 1.00, 1.50, 2.00, 2.50 mol/l C2H4(COONa)2 eritmalarida o'rganildi. PVS-magnetit granulalari har ikkala tuz eritmasi uchun ham sharsimon bo lmagan holatda, ya'ni ovalsimon granulalari ishlatildi, ularning diametri 0.30 - 045 mm. gacha bo'lgan oraliqni tashkil etdi. Aynan shu o'lchamdagi granulalar ushbu tajribalar uchun eng maq'bul deb hisoblandi. Tajribalar natijalari qiymatlarini qayta ishlash uchun «Grain_Size_Treatment_10_1» va «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturlaridan foydalanildi. Olingan natijalarning o'rtacha qiymatlaridan foydalanib, bo'kish jarayonining kinetik koeffitsientlari (k1, k2, k3) hisoblaydi. Hisoblash natijalaridan ba'zilari 1-jadval hamda 1 va 2-rasmlarda keltirilgan.
1-jadval
C4H9COONa va C2H4(COONa)2 eritmalaridan PVS-magnetit kompozit granulalari bo'kish jarayonining kinetik koeffitsientlari
Modda Konsentratsiya , M ki, 10-5 m/s(l/mol)13 k2, 10-2s-1 k3, (l/mol)12
C3H7COONa 0.2 3.61 0.12 3.2
0.5 3.85 0.12 3.7
1.00 4,11 0.12 4.2
1.50 4.36 0.12 4.7
2.50 4.62 0.12 5.2
C2H4(COONa)2 0.2 91.6 83.7 0.09
0.5 92.9 83.7 0.18
1.00 94.2 83.7 0.27
1.50 95.5 83.7 0.36
2.5 96.8 83.7 0.45
Olingan natijalar tahlilidan quyidagi quyidagi kinetik xususiyatlar aniqlandi: Natriy butanat va natriy suksinat tuzlarining PVS-magnetit granulasida bo'kish darajasiga har bir organik birikma eritmasi alohida ta'sir etishi tajribalarda ko'rsatildi. Natijada PVS hajmining o'zgarishi polimer gel va suv yoki polimer gel va muvozanatdagi eritma tarkibidagi erigan moddalar orasida vodorod va turli xil koordinatsion bog'lar hosil bo'lishi orqali sodir bo'lishi qayd etildi. C3H7COONa eritmasi konsentratsiyasining oshishi bilan muvozanatdagi nisbiy hajmning qiymati oshadi va aksincha C2H4(COONa)2 eritmasi konsentratsiyasi oshishi bilan muvozanatdagi nisbiy hajmning qiymati kamayadi.
Rasm-1. Turli konsentratsiyali C3H7COONa eritmalaridan PVS-magnetit granulasining bo'kish darajasining vaqtga bog'liqligi.
Rasm-2. Turli konsentratsiyali C2H4(COONa)2 eritmalaridan PVS-magnetit granulasining bo'kish darajasining vaqtga bog'liqligi.
Natriy butanatning konsentrlangan eritmasida PVS-magnetitning bo'kish darajasi toza erituvchiga nisbatan kattaroq ekanligi aniqlandi. Barcha o'rganilayotgan konsentratsiyalarda C4H9COONa eritmasida muvozanat holatiga taxminan 3000 sekunddan yuqori holatda, C2H4(COONa)2 eritmasida muvozanat holatiga taxminan 1000 sekundda erishiladi. Yuqorida keltirilgan natijalar va xulosalardan C4^COONa va C2H4(COONa)2 larning noma'lum eritmalaridan ularning konsentratsiyalarini aniqlashda ushbu usulning ishonchliligini ko'rsatadi.