Научная статья на тему 'ORGANIK TUVAKLARDA YETISHTIRILGAN QORA SAKSOVUL KOʻCHATLARINING OʻNUVCHANLIK XUSUSIYATLARINI OʻRGANISH NATIJALARI'

ORGANIK TUVAKLARDA YETISHTIRILGAN QORA SAKSOVUL KOʻCHATLARINING OʻNUVCHANLIK XUSUSIYATLARINI OʻRGANISH NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
Degradatsiya / yaylov / qora saksovul / haloxylon aphyllum / organik tuvak / oʻsish dinamikasi / vegetatsiya / oʻnuvchanlik / urugʻ / koʻchat.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Akramov A.A

Maqolada organik tuvaklarda ekib oʻndirilgan saksovul koʻchatlari ildiz tizimining shakllanishi, dalaga koʻchirib oʻtqazilgandagi yashovchanlik xususiyatlarining sinov natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по ветеринарным наукам , автор научной работы — Akramov A.A

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ORGANIK TUVAKLARDA YETISHTIRILGAN QORA SAKSOVUL KOʻCHATLARINING OʻNUVCHANLIK XUSUSIYATLARINI OʻRGANISH NATIJALARI»

2-BO'LIM. QISHLOQ XO'JALIGI SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

YECHIMI

UO'T: 633.631.6

ORGANIK TUVAKLARDA YETISHTIRILGAN QORA SAKSOVUL KO'CHATLARINING O'NUVCHANLIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH

NATIJALARI

Akramov A.A. tayanch doktorant,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,

Annotatsiya. Maqolada organik tuvaklarda ekib o 'ndirilgan saksovul ko 'chatlari ildiz tizimining shakllanishi, dalaga ko 'chirib o 'tqazilgandagi yashovchanlik xususiyatlarining sinov natijalari keltirilgan.

Kalit soizlar: Degradatsiya, yaylov, qora saksovul, haloxylon aphyllum, organik tuvak, o'sish dinamikasi, vegetatsiya, o'nuvchanlik, urug', ko'chat.

Kirish. Hozirda butun dunyo ekin maydonlarining 43 foizini tashkil qiladi. Yerlarning degradatsiyasi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda yiliga taxminan 42 milliard AQSh dollari miqdorida yo'qotishlarga olib kelmoqda. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi vaqtda O'rta Osiyoda ekin maydonlarining 4-10%, yaylovlarning 27-68% va o'rmonlarning 1-8% i sezilarli darajada buzilgan. Yer degradatsiyasining sabablari juda ko'p, murakkab va mamlakatdan mamlakatga farq qiladi, lekin odatda tabiiy resurslar bazasidan nooqilona foydalanish, ayniqsa yomon va barqaror bo'lmagan qishloq xo'jaligi amaliyotlari, haddan tashqari yaylovlar, o'rmonlarning kesilishi, o'rmonlarning degradatsiyasi bilan bog'liq. Bugungi kunda O'zbekistonda yaylov va pichanzorlarning umumiy maydoni 21,1 million ga ni yoki mamlakat yer maydonining 46,5 % ini tashkil etadi. Ammo keyingi 35-40 yil davomida ko'chma chorvachilikda yaylovlardan me'yoridan ortiq foydalanish, mollarni yaylovlarda ortiqcha boqish hamda boshqa antropogen omillar natijasida chorva ozuqasi hajmi kamayib, yaylov yerlari inqirozga yuz tutmoqda. Tahlillarga ko'ra, hozirgi kunga kelib mamlakatdagi yaylov maydonlaridan 16,4 million ga i (78 %) inqirozga uchragan, 20% dan ortiq maydondagi yaylov va pichanzorlarda o'simliklar soni hamda turlari kamayib, mahsuldorlik 2 barobarga qisqargan [1-6].

Tabiiy yaylovlarning ekologik holatini yaxshilash, hosildorligini oshirishda saksovullarning ahamiyati beqiyos bo'lib, ular oq va qora saksovullarga bo'linadi. Oq saksovul qumli cho'llarda o'sishga moslashgan. Qora saksovul esa cho'l mintaqasining barcha tuproq tiplari (qumli, gipsli, sho'rxok) da va adirlar sharoitida ham o'sa oladi. Qora saksovul (Haloxylon aphyllum (Minkw.) /jinj-sho'radoshlar oilasiga mansub bo'lib, bo'yi 3-4 m, qulay sharoitlarda 5-6 metrga yetadigan daraxt (noqulay sharoitlarda daraxtsimon buta). Uning bir yillik novdalari shirali, bo'g'imli

va yashil rangda bo'lib, barg vazifasini bajaradi. Qora saksovul mart oyining oxiri aprel oyining boshlarida ko'kara boshlaydi, aprel oyining o'rtalarida gullaydi, noyabr oyining oxiri, dekabr oyining birinchi o'n kunligida urug'lari pishadi. Qora saksovulning bir yillik novdachalari, urug'i chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadi. Uning ozuqasida 10-12% protein (urug'ida 20%), 2,2-2,7% yog', 39,4% azotsiz ekstraktiv moddalar (AEM), 14,9% klechatka va 21,2-38,6% kul moddalari bor. 100 kg pichanda bahorda-20, kuzda-40, qish mavsumida 37 ozuqa birligi mavjud. Tabiiy yaylovlarda saksovulzorlar barpo etish urug'lar va ko'chatlar vositasida amalga oshirilishi mumkin. Saksovul urug'larini ekish o'ta noqulay tuproq-iqlim sharoitlarida amalga oshirilganligi sababli urug'larning unib chiqish qobiliyati juda past (7-10%) bo'ladi va mo'ljaldagidek qator oralig'iga (o'simliklar oralig'i 4-5 m bo'lishi lozim) erishish imkoniyati yo'q. Ma'lumki, ildiz o'simlikning tuproq ichiga tarqalib, uni tutib turadigan va tuproqdagi suv hamda oziq moddalarini so'rib, o'simlikni ta'minlab turadigan qismi bo'lib, u vegetativ ko'payish xususiyatiga ega [7,8].

Tadqiqot materiallari va uslubi. Qora saksovul urug'ining unib chiqish va ildiz qismining o'sish xususiyatlarini aniqlash maqsadida issiqxona sharoitida 100 dona tarkibi qog'oz va plyonkadan iborat bo'lgan, qog'ozli idish (stakan) larning har biriga eksperiment uchun 5 donadan qora saksovul urug'lari ekildi (1-rasm).

a) b)

1-rasm. Qora saksovulning urug'larining idishchalarga ekilgani (a) va

unib chiqqan holati (b)

Qora saksovul ekilgan idishning o'lchamlari 91x74x54 mm. Bu idish kesik konus shakliga ega bo'lib, asosining diametri 74 mm, balandligi 91 mm va konusning kesilgan asosining diametri 52 mm ni tashkil qiladi (2-rasm).

a) b)

2-rasm. Qora saksovul urug'i ekilgan idishning o'lchamlari (a) va rasmi

(b)

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida \ TO'PLAM — 2/24

Natijalar va ularning tahlili. Issiqxonada maxsus idishlarga qora saksovul urug'lari ekilgan kunning 13-sutkasidan boshlab unib chiqa boshladi va 20 sutka davomida to'liq unib chiqdi. Unib chiqqan 10 kunlik maysalarning ildizchalari o'rtacha 3,5-4 sm tuproq chuqurligiga yetganligi qayd etildi (3-rasm. a,). Yana 5 sutka davomida qora saksovul ildizchalari tuproqning 5-6 sm chuqurligiga yetganligi aniqlandi (3-rasm. b,). O'sha paytdan boshlab saksovul maysalarini (ko'chatlarini) maxsus tuvaklar bilan dala sharoitiga ko'chirib o'tqazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

a)

b)

a) 10 kunlik saksovul maysalari; b) 15 kunlik saksovul maysalari

3-rasm. Qora saksovulning issiqxona sharoitida ildiz tizimining

shakllanishi

Tadqiqot natijalariga ko'ra saksovul ko'chatlarini dala sharoitiga ko'chirib o'tqazishning eng qulay davri mart oyining 15-25 kunlari oralig'i ekanligini nazarda tutsak, qora saksovul urug'larini maxsus idishchalarga ekish davri fevral oyining 2-12 kunlari oralig'ida ekish kerakligi ma'lum bo'ldi. Buning uchun organik tuvaklardan foydalanish maqsadga muvofiq (4-rasm).

Demak qora saksovul urug'larini dalaga o'tqazishdan 40-45 kun avval issiqxona sharoitida organik tuvaklarga ekish lozim bo'ladi.

0 80

a) b)

4-rasm. Qora saksovul ko'chatlari ekilgan organik tuvakning o'lchamlari

(a) va rasmi (b)

Issiqxonada organik tuvaklarda ko'kartirilgan saksovul maysalari dala sharoitiga ko'chirib o'tqazildi (5-rasm).

a) b)

5-rasm. Organik tuvaklarda o'stirilgan saksovul ko'chatlari a) va ularning dalaga ko'chirib o'tqazilgan holati b)

O'tqazilgan saksovul ko'chatlarining o'sish dinamikasi o'rganildi. Natijalar 1 va 2-jadvallarda keltirilgan.

1-jadval

Organik tuvakchalarga ekilgan va dala sharoitiga ko'chirib o'tqazilgan qora

Yillar Urug' ekilgan idishlar soni Idishda unib chiqqanlar soni Dalaga ko'chirib o'tqazilgan idishlar soni O'tqazilganlardan ko'karganlar soni (bir oydan keyin)

2022 100 89 89 71

2023 100 84 84 64

2024 100 91 91 74

2-jadval

Organik tuvakchalarda dala sharoitiga o'tqazilgan qora saksovul

Uch oydan keyin qolganlari soni, dona Olti oydan so'ng qolganlar soni, dona To'qqiz oydan so'ng qolganlar soni, dona

64 61 57

66 60 55

70 68 61

Saksovul ildizlari ular vegetatsiyasining birinchi yilining maysalash davrida o'simliklarning bo'yi 12 sm bo'lganda uning ildizlari tuproqning 60 sm chuqurligiga botib kirdi. Ushbu davrda saksovul ildizining uzunligi, uning yer ustki qismining balandligidan 5 marta ortiq o'sganligi aniqlandi. O'simlikning yer ustki qismining bo'yi 25 sm bo'lganda ildizlarning tuproqqa kirish chuqurligi 110 sm ga, birinchi yil o'suv davrining oxirida o'simlikning bo'yi 48 sm bo'lganda uning ildizlari 192 sm ga yetdi (6-rasm). O'simlik vegetatsiyasining uchinchi yilida uning ildizlari tuproqning 410 sm chuqurligiga yetdi.

a) b)

a) 1-yil vegetatsiyasi; b) 3-yil vegetatsiyasi 6-rasm. Qora saksovulning dala sharoitida ildiz tizimining shakllanishi

Qora saksovul ildizlari o'simlik vegetatsiyasining dastlabki yilida uning yer ustki qismiga nisbatan 4-5 marotaba ortiq rivojlandi. O'simlik vegetatsiyasining uchinchi yiliga kelib esa, ushbu ko'rsatkich 2,5 barobarga teng ekanligi qayd etildi (3-jadval).

3-jadval.

Adir sharoitida qora saksovul ildiz tizimining shakllanishi

Ildiz tizimi shakllanishi o'rganilgan sana O'simlik yer ustki qismi bo'yi, cm Ildizning tuproqqa botib kirish chuqurligi, cm O'simlik yer ustki va yer ostki qismlarining nisbatlari

O'simlik vegetatsiyasining 1-yili

7.05.2022 12 60 1:5

19.07.2022 25 110 1:4,4

20.10.2022 48 192 1:4

O'simlik vegetatsiyasining 3-yili

2024 165 410 1:2,5

Qora saksovul uzoq vegetatsiyali (70-80 yil) o'simlik bo'lib, tuproqning chuqur qatlamlarigacha yetib boruvchi kuchli rivojlangan ildiz tizimiga ega. Katta yoshli qora saksovul ildizlarining tuproqning 16-18 metr chuqurligiga yetib borishi avvalgi tadqiqotlardan ma'lum.

Qora saksovul urug'larining laboratoriya va issiqxona sharoitidagi (tuproqqa to'ldirilgan qog'ozli idishlarga urug'larni ekib) unuvchanligini aniqlash uchun olib borilgan dastlabki tajribalarimizda issiqxona sharoitida ekilgan urug'larning 20 sutka davomida unib chiqishi aniqlangan [9].

Qora saksovul ko'chatlarini issiqxonadan dala sharoitiga ko'chirib o'tqazishning eng qulay davrini aniqlash uchun fevral va mart oylarining har 10

kunida ko'chatlarni cho'l yaylovlari sharoitiga ko'chirib o'tqazildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra qora saksovul ko'chatlarini issiqxonadan dala sharoitiga ko'chirib o'tqazishning eng qulay davri 10-20 mart oraliq kunlari ekanligi inobatga olinib amalga oshirildi. Quyida ushbu muddatlarda ko'chirib o'tqazilgan qora saksovul ko'chatlarining dala sharoitidagi yashovchanligi, o'sishi, rivojlanishi va pichan hosili to'plashiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Maxsus idishchalardagi saksovul ko'chatlarini dala sharoitida ekish ishlari maxsus yaratilgan agregat orqali amalga oshiriladi.

Yaylov ozuqabop o'simliklaridan barpo etilgan ekinzorlarning eng muhim xo'jalikbop xususiyatlaridan biri ularning yashovchanlik ko'rsatkichidir.

Issiqxonada organik tuvaklarda ko'kartirilib dala sharoitiga ko'chirib o'tqazilgan qora saksovul ko'chatlari vegetatsiyasining birinchi yilida 8% ga, ikkinchi yil vegetatsiyasida 1% ga jami 9% ga kamaygan bo'lsa, keying yilda esa ushbu ko'rsatkich o'zgarishsiz qoldi. Urug'lar vositasida barpo etilgan saksovulzorlarda o'simliklarning nobud bo'lishi 30-35% ga teng ekanligini inobatga olsak, maxsus sharoitlarda organik tuvaklarda yetishtirilgan ko'chatlar vositasida cho'llarda o'simliklar qoplamini barpo qilish istiqbolli hisoblanadi.

Qora saksovul ko'chatlarining bo'yiga o'sishi ular vegetatsiyasining birinchi yilida 49,6 cm ni ikkinchi yil vegetatsiyasida 112,8 cm ni uchinchi yil vegetatsiyasida 166,2 cm ni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkichlar ham urug'lar vositasida barpo etilgan saksovulzorlardagi o'simliklar bo'yidan yuqori ekanligi avvalgi tadqiqotlarga solishtirish orqali ma'lum bo'ldi.

Qora saksovulning hosildorligini aniqlashda uning yillik novdalari (barglari) yig'ib olinadi, soyaga quritilib o'lchanadi va gektar hisobiga aylantiriladi.

Tajribalarda qora saksovulning pichan hosildorligi birinchi yil vegetatsiyada 1,5 s/ga ni, ikkinchi yil vegetatsiyada 3,4 s/ga ni va uchinchi yil vegetatsiyada 5,6 s/ga ni tashkil etishi yuqori ko'rsatkich hisoblanadi. Qora saksovul eng yuqori o'sish davrida gektaridan 14-20 sentner hosil to'plashi avvalgi tadqiqotlardan ma'lum (4-jadval).

4-jadval

T/r O'simlik vegetatsiyasi yillari Yashovchanlik, suratda dona/ga, maxrajda, % O'simlikning o'sish ko'rsatkichlari, cm O'simlikning pichan hosildorligi, s/ga

1. 1(2022)-y. aprel 980 ± 32,4 100 14,3±0,6 0,2 ± 0,06

2. 1(2022)-y. oktabr 901,6 ±26,2 92,0 49,6±1,8 1,5 ± 0,09

3. 2(2022)-y. 891,8 ± 24,8 91,0 112,8 ± 3,5 3,4 ± 0,1

4. 3(2024)-y. 891,8 ± 24,8 91,0 166,2±4,7 5,6 ± 0,2

Tajribalarda dastlab issiqxonada parvarishlanib keyin dala sharoitiga ko'chirib o'tqazilgan qora saksovul ko'chatlarining yashovchanligi, o'sishi, rivojlanish va hosil to'plashi ko'rsatkichlari urug'lar vositasida barpo etilgan saksovulzorlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

Xulosalar. Saksovul ko'chatlarini dala sharoitiga ko'chirib o'tqazishning eng qulay davri mart oyining 15-25 kunlari oralig'i ekanligini nazarda tutsak, qora saksovul urug'larini organik tuvaklarga ekish, fevral oyining 2-12 kunlari oralig'ida amalga oshirilishi va bunda organik tuvaklardan foydalanish maqsadga muvofiq. Saksovul urug'larini issiqxonalarda organik tuvaklarda yetishtirib dalaga ko'chirib o'tqazishda urug' sarfi keskin kamayadi, ko'chatlar stressga uchramaydi, ularning yashovchanligi ortadi, ko'chatlarning ildizi shikastlanmaydi va moslashuvchanlig ortadi. Bu holat tabiiy yaylovlarning inqirozga uchragan maydonlari holatini yaxshilashda, ularning hosildorligini oshirishda samarali yordam beradi. Bu borada muayyan muhitni hisobga olgan holda istiqbolli ozuqabop o'simliklar orqali yaylovlar holatini yaxshilashda ularning urug'laridan foydalanishni to'g'ri tanlash fitomelioratsiya samaradorligining muhim garovidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. https://www.un.org/ru/development/sustainable/desertification/

2. https://carececo.org/main/news/obzor-problema-pustyni-vaniya-na-globalnom-i-regionalnom-urovnyakh/

3. Деградация земель, биоразнообразиеи изменение климата. Региональный Триалог по странам Центральной Азии. - Алматы, Казахстан 911 Октября 2019 г. - 32 c.

4. Щ.Т.Эдуардович. Проявления опустынивания в почвах и их диагностика. Диссертация. Москва - 2016г.

5. Сафаров Э.Ю. Разработка теории и методов картографирования почвенного покрова для создания кадастров: на примере Узбекистана. Автореферат. - Москва. 2006. - 50 с.

6. https:// kun.uz/O'zbekistonda yaylovlarning 50 foizidan ortig'i turli darajada inqirozga uchragan

7. Maxmudov M., Haydarov Q. Yaylovshunoslik. Toshkent-2010, 100-102 b.

8. Maxmudov M.M., Xalilov X.F., Maxmudov G.M. Cho'l ozuqabop o'simlik lari turli hayotiy shakllari ildiz tizimining shakllanish xususiyatlari. -Zooveterinariya, 2015, №9.-35-37 b.

9. Ergashev I.T. Akramov A.A., Tashtemirov B.R., Xalilov X.R. Yaylovlar holatini yaxshilash uchun maxsus idishlarda saksovul ko'chatlarini yetishtirishning dastlabki natijalari. "Qishloq xo'jaligida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishning istiqboldagi vazifalari" Mavzusidagi professor-o'qituvchilar hamda doktorantlarning respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami II-qism 2022-yil, 12-14-may.114-115 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.