Научная статья на тему 'ORGANIK MODDALAR SAQLAGAN NPK O`G`ITLAR AXAMIYATI'

ORGANIK MODDALAR SAQLAGAN NPK O`G`ITLAR AXAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
NPK o`g`itlar / mikroelementlar / biologik faol komponentlar / organo-mineral o’g’it.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Bektemirov Azizbek, Mamadaliyev Mavlonbek, Hoshimov Farhod

Maqolada qishloq xo`jaligida qo`llanilayotgan tarkibida organik azot bilan ta`minlash xususiyatiga ega bo`lgan donador NPK o`g`itlarining boshqa NPK o`g`itlarga nisbatan samaradorligi va istiqbollari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ORGANIK MODDALAR SAQLAGAN NPK O`G`ITLAR AXAMIYATI»

ORGANIK MODDALAR SAQLAGAN NPK OGITLAR AXAMIYATI

Bektemirov Azizbek, Mamadaliyev Mavlonbek,

"IfodaA groKimyoHimoya " MCHJ QK Hoshimov Farhod

NamMTI, dosent, Ph.D.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11517166

ANNOTATSIYA

Maqolada qishloq xo jaligida qo llanilayotgan tarkibida organik azot bilan ta minlash xususiyatiga ega bo'lgan donador NPK o'g'itlarining boshqa NPK o'g'itlarga nisbatan samaradorligi va istiqbollari keltirilgan. АННОТАЦИЯ

В статье представлены эффективность и перспективность гранулированных NPK-удобрений, которые используются в сельском хозяйстве и обладают свойством поставлять органический азот, по сравнению с другими NPK-удобрениями. ANNOTATION

The article presents the effectiveness and prospects of granular NPK fertilizers, which are used in agriculture and have the ability to supply organic nitrogen, in comparison with other NPK fertilizers.

Kalit so'zlar: NPK o'g'itlar, mikroelementlar, biologik faol komponentlar, organo-mineral o'g'it. Ключевые слова: NPK удобрения, микроэлементы, биологически активные компоненты, органоминеральные удобрения.

Key words: NPK fertilizers, microelements, biologically active components, organo-mineral fertilizers.

Dunyo qishloq xo'jaligi hududlari tuproqlarida o'simliklarni o'sishi uchun zarur bo'lgan bir yoki bir nechta muhim ozuqa moddalari yetishmaydi. O'simliklar uchun zarur bo'lgan asosiy oziq moddalar uch guruhga bo'linadi: birlamchi (azot, fosfor va kaliy), ikkilamchi (oltingugurt, magniy va kalsiy) va mikroelementlar (mis, rux va marganets) [14, 15; B-936, 16; B-327-335].

Albatta, bu toifalarda boshqa oziq moddalar ham mavjud, lekin sanab o'tilganlar eng muhim hisoblanadi. O'sish va rivojlanish uchun oziq-ovqatdan vitamin va minerallar kerak bo'lganidek, o'simliklar o'sishi uchun tuproqda ozuqa moddalar quyidagilar xisoblanadi. Fosfor (P), azot (N), kaliy (K) va kalsiy (Ca) o'simliklar o'sishi uchun muhim oziq moddalardir, shuningdek Na, Zn, Cu, Fe va boshqa mikroelementlar zarur hisoblanadi. [17; B-61-64, 18; B-181-192].

Qishloq xo'jaligi resurslarining samaradorligi va optimallashtirilishiga bo'lgan talab ortib borayotgani sababli mineral o'g'itlarga talab yuqori darajaga chiqib bormoqdi.

Yuqoridagi malumotlar shuni korsatadiki ishlatilayotgan o'g'itlarning asosiy qismi azotli o'g'itlar tashkil qilmoqda, ushbu o'g'itlarni ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflanadigan energiyaning 74% tabiiy gaz bilan bo gliqligini va tabiiy gaz resurslari cheklanganligi albatta inobatga olishimiz kerak boladi. Tabiiy gaz narxi oshganda albatta amiiakning narxi oshadi, bu boshqa tomondan albatta ogit narxi hamda transport narxining oshishiga olib keladi.

2021-2023 yillar bo'yicha o'gitlarga bo'lgan talab rain T

Fosforli o'g'itlar; 24%

Azotii

o'g'itlar; 56%

Kaliyli o'g'itlar;» 20% ^

1-rasm. NPK o'g'itlar uchun talab taqsimoti.

Bunga misol qilib 2010 yildan to 2014 yilgacha o'g'it narxi 15% ga oshganini ko'rish mumkin. 1-shaklda butun dunyo bo'ylab o'g'itlarga bo'lgan talab miqdorini ko'rish mumkin. (FAO. World fertilizer trends and outlook to 2018. Rome: FAO; 2015)

1-shakl

Shunday qilib, organomineral o'g'itlar an'anaviy manbalardan foydalanishni kamaytiradi. Organomineral o'g'itlar - sanoat usulida bir yoki bir nechta mineral o'gitlar va bir yoki bir nechta organik og'itlarning yoki tuproq holatini yaxshilovchilarning qattiq yoki suyuq shaklli kompleks aralashmasi hisoblanadi. Yillar davomida oziq-ovqatga bo'lgan talabning ortib borishini hisobga olsak xavfsiz arzon va sifatli maxsulotlar yetishtirish qishloq xo'jaligining asosiy vazifasi

hisoblanadi. Organomineral o'g'itlar esa arzonligi, sifati va tarkibida organik azot saqlaganligi sababli xavfsiz hisoblanadi. Organomineral o'gitlarning afzalliklari:

• ftorid va xlorid ionlarini o'z ichiga olmaydi;

• og'ir metallarning o'simliklarga zararli ta'sirini kamaytiradi;

• mikroelementlarga boy;

• tarkibida gumin kislotalar mavjudligi sababli doimiy ozuqalanishni ta'minlaydi;

• tuproqdagi kislotalar va tuzlarning tarkibini me'yorlashtiradi;

• tuproqning haddan tashqari o'g'itlarga to'yinganlik holatini qo'zg'atmaydi;

• o'simlikning yashil qismi va ildizlari bilan aloqa qilishda kimyoviy kuyishga olib kelmaydi.

Organomineral o'g'itlar makro- va mikroelementlar majmuasidir. Bir necha sinflarga ajratiladi:

1. Monofertilizatorlar - metallarning xelatli birikmalariga asoslangan o'g'itlar (rux, mis, temir yoki boshqa). O'g'itlar ma'lum bir element yetishmasligi aniqlanganda qo'llaniladi.

2. Kompleks organomineral o'g'itlar - o'simliklarni barg yoki ildizdan oziqlantirish uchun to'liq ozuqaviy kompleks.

3. Mikroelementli NPK - oz miqdorda mikroelementlar tutgan kompleks o'g'it. Biror microelement yetishmaganda o'simliklarni oziqlanishni to'grilash uchun qo'llaniladi.

4. Mikroelementlar va biologik faol komponentlar bo'lgan organomineral o'g'itlar. Ular organik moddalar bilan xelatli birikmalardir. Oziqlanish yetishmovchiligini tezda yo'q qiladi.

2- rasm. Azotli o'g'it ekspot qiluvchi mamlakatlar xissalari.

2- rasmda so'nggi yillarda o'g'itlarga bo'lgan talabni qondirish uchun eng ko'p azotli og'it export qiluvchi davlatlar keltirilgan [5-8].

Ushbu ma'lumotlardan ko'rish mumkinki, azotli o'g'itlar ishlab chiqarish va uni yetkazib berish shu kundagi asosiy muammo hisoblanadi. Bu muammoni organik azot manbaalaridan foydalanib hal qilish eng ma'qul yechim hisoblanadi. Tarkibida organik moddalar saqlagan organomineral og'it sifatida "Ifoda Agro Kimyo Himoya" qo'shma korxonasida ishlab chiqariladigan "Smartfert NP 8-21-0" granula og'itini keltirish mumkin. Uning tarkibida 8% azot va 21% o'zlashtiriladigan fosfor mavjud bo'lib afzalligi uning tarkibida 20% dan kam bo'lmagan organik modda hisoblanadi. O'g'it tarkibidagi azot miqdori K'eldal TKN, fosfor miqdori ГОСТ 20851.2-75

8-bolim va organik modda miqdori rOCT 27980 3-bolim metodlarii boyicha aniqlangan. Olingan natijalar esa quyidagi jadvalda keltirilgan.

Jadval

Organik moddalar saqlagan NPK o'g'iti tarkibi

Tartib raqam Azot, % Fosfor, % Organik modda, %

1 8,4 21,2 20,16

2 9,48 20,2 21,04

3 8,34 21,13 20,89

4 9,42 21,13 21,12

5 8,51 21,42 20,65

6 9,8 20,14 21,23

Shunday qilib, o'g'it tarkibidagi gumin kislotalari tuproq tarkibida o'zlashtirilmagan makroelementlar azot, fosfor va kaliyni harakatchan ko'rinishga keltiradi va yillar davomida yig'ilayotgan makroelementlarni o'simlik o'zlashtira oladigan ko'rinishga keltiradi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar miqdori ko'payishiga ijobiy ta'sir qiladi. Tarkibidagi rux elementi o'simliklar ildizini sog'lomlashtiradi. Azot va fosfor elementlari orgonomineral ko'rinishda o'simlik o'zlashtirishi to'liq kechadi. Tuproqni sho'rlanishini kamaytirib yumshatadi va kislorod bilan ta'minlanishini yaxshilab hosildorlik ko'payishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Macedo, I. C., Seabra, J. E. A. & Silva, J. E. A. R. Greenhouse gases emissions in the production and use of ethanol from sugarcane in Brazil: The 2005/2006 averages and a prediction for 2020. Biom. Bioe. 32, 582-595, https://doi.org/10.1016/j.biombioe.2007.12.006 (2008).

2. Timsina, J. Can organic sources of nutrients increase crop yields to meet global food demand? Agron. 8, 214, https://doi .org/10.3390/agronomy8100214 (2018).

3. https://www.agro.uz/

https://isam.education/en/advantages-and-disadvantages-of-chemical-fertilizers

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.