Научная статья на тему 'ORGANIK KIMYOGA OID TAJRIBALARNI O‘RGANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA ILMIY TADQIQOT METODIDAN FOYDALANISH'

ORGANIK KIMYOGA OID TAJRIBALARNI O‘RGANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA ILMIY TADQIQOT METODIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
421
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
organik kimyo / tajriba / AKT / ilmiy tadqiqot / qisman izlanuvchanlik / fanlararo integratsiya. / organic chemistry / experiment / ICT / scientific research / partial research activity / interdisciplinary integration.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saydaxmedova, Shaxnoza Ravshanbekovna

Ushbu maqolada D.I.Mendeleyev va A.L.Lavuaze va J.Daltonlarning kimyoviy tajriba bajarish haqidagi fikrlari keltirilgan. Organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganishni takomillashtirishda o‘qitishning illustrativ, evristik va muammoli metodidan foydalanish tahlil etilgan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ularning tadbiq qilish o‘quv loyihasi va axborot kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llash masalasi yoritilgan. Organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganishning didaktik modeli izohlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF SCIENTIFIC RESEARCH METHODS IN IMPROVING THE METHODOLOGY OF EXPERIMENTS IN ORGANIC CHEMISTRY

This article discusses D.I.Mendeleev and A.L.Lavoisier and J.Dalton's views on the execution of the experiment. The use of illustrative, heuristic and problem-based teaching methods in improving the study of experiments in organic chemistry have been analyzed. Thus, pedagogical technologies cover the issue of the use of educational projects and information and communication technologies in their implementation. The didactic model of studying experiments in organic chemistry is explained.

Текст научной работы на тему «ORGANIK KIMYOGA OID TAJRIBALARNI O‘RGANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA ILMIY TADQIQOT METODIDAN FOYDALANISH»

Scientific Journal Impact Factor

ORGANIK KIMYOGA OID TAJRIBALARNI O'RGANISH

METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA ILMIY TADQIQOT

METODIDAN FOYDALANISH

Saydaxmedova Shaxnoza Ravshanbekovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

katta o'qituvchisi Saydaxmetova [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada D.I.Mendeleyev va A.L.Lavuaze va J.Daltonlarning kimyoviy tajriba bajarish haqidagi fikrlari keltirilgan. Organik kimyoga oid tajribalarni o'rganishni takomillashtirishda o'qitishning illustrativ, evristik va muammoli metodidan foydalanish tahlil etilgan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ularning tadbiq qilish o'quv loyihasi va axborot kommunikatsion texnologiyalarni qo'llash masalasi yoritilgan. Organik kimyoga oid tajribalarni o 'rganishning didaktik modeli izohlangan.

Kalit so'zlar: organik kimyo, tajriba, AKT, ilmiy tadqiqot, qisman izlanuvchanlik, fanlararo integratsiya.

В статье представлены взгляды Д. И. Менделеева, А. Л. Лавуазье и Дж. Дальтона на химические эксперименты. Анализируется использование иллюстративных, эвристических и проблемных методов обучения для улучшения изучения экспериментов в органической химии. Также освещается проект педагогических технологий и их применения, а также использования информационных и коммуникационных технологий. Объясняется дидактическая модель изучения экспериментов по органической химии.

Ключевые слова: органическая химия, эксперимент, ИКТ, научные исследования, частичная исследовательская деятельность,

междисциплинарная интеграция.

This article discusses D.I.Mendeleev and A.L.Lavoisier and J.Dalton's views on the execution of the experiment. The use of illustrative, heuristic and problem-based teaching methods in improving the study of experiments in organic chemistry have been analyzed. Thus, pedagogical technologies cover the issue of the use of educational projects and information and communication technologies in their

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

implementation. The didactic model of studying experiments in organic chemistry is explained.

Keywords: organic chemistry, experiment, ICT, scientific research, partial research activity, interdisciplinary integration.

O'zbekistonda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan islohotlarni amalga oshirish sharoitida zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga jiddiy e'tibor qaratish lozim. Kadrlar tayyorlashning boshqa shakllarini emas, balki ta'limning maqsad va vazifalarini ham belgilaydigan tizimni butunlay qayta ko'rib chiqish zarur[1].

Fan bo'yicha sillabuslar tayyorlash, mustaqil ta'lim uchun yo'riqnomalar ishlab chiqish va bunda talabaning ijodiy faoliyatini hayotiylik, ilmiylik prinsplariga asosan yondoshuv muhim hisoblanadi. Nazariy bilimlarni egallab amalda qo'llay olish kompitensiyasiga ega bo'lgan kadrlarni yetishtirish vazifasi belgilandi. Organik kimyo fanini o'rganishda tajribalarning o'rni beqiyosdir. Tajribalarni o'ganish va uni zamon talablari asosida takomillashtirish bo'yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Ilmiy, texnik, metodik, dizayn nuqtai nazardan takomillashtirilib o'qitish jarayoniga tadbiq etilib kelinmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

D.I.Mendeleyev inson hayotida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan moddalarni o'rganishning eng muhim omili deb nazariyani amaliyot bilan uyg'unlashtirishda kimyo o'qitish metodlariga, didaktik printsiplarga va zamonaviy didaktik konsepsiyaga mos kelishi kerak deb belgilaydi[3; 24-b].

Tajribalar bajarish haqida olimlarning fikrlarini ko'rib chiqsak:

A.Lavuazyening fan va bilish jarayoni haqidagi qarashlari uning kimyo fanini o'qitishdagi didaktik tamoyillarini belgilab berdi:-"tajriba kuzatuvlaridan kelib chiqish; xulosalar chiqarishdan oldin faktlarni to'plash; umumlashtirmay, yakka tartib bilan boshlang; tajriba va kuzatuvlardan kelib chiqmaydigan xulosalar chiqarmaslik; yangi boshlovchilar uchun ular bilan tanishishni osonlashtiradigan tartibda kimyoviy faktlar va haqiqatlarni bir-biriga ulash; kuzatuv va tajriba orqali faktlarni to'plash, faktlarga asoslangan umumlashtirish, xulosalar, xulosalarni atamalar va iboralar bilan mustahkamlash, o'quvchilar nutqini rivojlantirish, qayta ishlab chiqish, rivojlangan nutq asosida moddalar va ularning jarayonlari haqidagi g'oyalarni (ular yo'qligida) darslikda ishonchli va ravshan tarzda ko'rsatilgan"[3; 20-b.].

KIRISH

Daltonning fikricha, fanning asosini tajriba orqali olingan faktlar tashkil qiladi. Lavuazedan farqli o'laroq, olim faktlar nazariya bilan yoritilganidagina ma'no va kognitiv ahamiyatga ega bo'ladi, deb hisoblardi. Faktlar o'rtasida aloqa o'rnatgan nazariya ularni birlashtiradi va yangi faktlarni oldindan ko'rishga imkon beradi. Umumiy g'oyalar bilan bog'langan faktlar xotiraga osongina joylashadi va ilmiy tizimning muhim bo'g'inlariga aylanadi[3.22-b.].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Quyida (2-jadval)organik kimyoga oid tajribalarini o'rganishning didaktik modelini taklif qilamiz. Bunda o'qitish jarayoni tasvirlangan bo'lib, organik kimyoga oid tajribalarni o'qituvchining mahorati talabalarni bilimini kengaytirishda, ko'nikmalarini shakllanishi, malaka hosil bo'lishida va kompitensiyaga ega bo'lishi uchun illustrativ metodning AKT bilan uyg'unligi; pedagogik texnologiyalardan uygunlashtirilgan holda o'qitish metodikasi tasvirlangan. Talabalarning bilimlarni nazorat qilishda kompyuterda test topshiriqlarini bajarishi, videolavhalar, elektron doskadan foydalanish-vizuallikni oshirish axborotlarni turli usulda taqdim etish mumkin.

2-jadval.

Organik kimyoga oid tajribalarini o'rganishning didaktik modeli.

O' Q I T u V c H I -^-»I pedasoeik texiiolosiva T A L A , B

----^ BHJM

AKT

1

Ko'tiikiiia

tairiba baiarish _—--

A L A R

Malaka

1- ilmiv tadqiqot

1-U--— 1

qisman izlanuvchanlik Ko m [i itt-lit

r

Tajribalarni bajarishda ilmiy tadqiqot metodidan foydalanish talabalarda izchillik, tartiblilik, tizimlilik, kuzatuvchanlikni oshishiga olib keladi. Qisman izlanuvchanlik-evristik metod talabalarni muammolarni mustaqil hal qilishga yaqinlashtirish uchun ularga avvalo yechimning ayrim bosqichlarini bajarishni o'rgatish, ularda asta-sekin ko'nikma hosil qilish zarur. Bunda pedagogik texnologiyalardan Nima uchun? sxemasi, Qanday?, Venn diagrammasi grafik

Scientific Journal Impact Factor

organayzerlari, Taqqoslash jadvalidan foydalanish taklif etiladi va bu talabalarni faollashtirishga olib keladi[4,6]. Tadqiqot metodining birinchi variantida o'quvchilarga ko'rsatilgan rasmga va so'zlab berilgan mazmunga savollar tuzishni tavsiya etish orqali muammolarni ko'ra olish, aytilgan faktlardan xulosa chiqarish o'rgatiladi[2]. Mazkur metodning ikkinchi varianti murakkab masalani tushunilishi oson va har qaysisi asosiy masalani yechishga yaqinlashishni yengillashtiradigan kichik masalalarga ajratishdan iboratdir. O'zaro bog'liq savollardan tashkil topadigan evristik suhbatni tuzish tadqiqot metodining uchinchi varianti bo'lib, mazkur savollarning har biri muammoni hal qilish yo'lidagi qadam hisoblanadi va ko'plari talabalardan faqat o'z bilimlaridan foydalanishni emas, balkim izlanishlarni amalga oshirishni ham talab qiladi.

Tekshirish metodida o'quvchilardan maksimum mustaqil ishlash talab etiladi. Taklif qilinayotgan usul talabalarning organik kimyodan nazariy ma'lumotlarini qabul qilishdagi va ularni qayta ishlab tushunish, analiz, qo'llash orqali bilimlarini rivojlantirishga olib keladi. Tajribalar bajarish orqali qayta tekshirish, olingan natijani baholash va yana qanday usullar mavjudligi haqida talabalarda gipotezalar shakllanishi mumkin o'z qobiliyatini erishgan yutuqlarini baholash orqali fanni oson tushunishga erishadi. Har bir mavzuni hayot bilan bog'lash orqali uning ahamiyati yanada oydinlashtiriladi. Maqsadga erishishda rag'bat hissini uyg'otadi.

1 - tajriba. Etil spirti asosida etilen olish

Reaktiv va materiallar: etil spirti, sulbfat kislota, bromli suv, KMnO4, kerosin, qaynatar, probirka tutgich, kimyoviy shtativ, gaz gorelkasi yoki spirtovka.

Etilen hosil qilishda metan olish asbobidan foydalaniladi. Gaz chiqarish nayi o'rnatilgan probirkada 2 ml etil spirti va 6 ml konsentrlangan sulfat kislotani ehtiyotlik bilan aralashtiring va suyuqlik qaynaganda sachramasligi uchun unga ozroq qum (yoki qaynatar) soling, probirkani shtativga og'zi tomoni yuqoriroq holatda mahkamlang, to'rtta probirka olib, ulardan biriga 2 ml suv, ikkinchisiga 2 ml bromli suv, uchinchisiga 2 ml KMnO4 ning ishqordagi eritmasidan, to'rtinchisiga

KMnO4 (2 tomchi kons. H2SO4 qo'shilgan) eritmasidan soling. Aralashma solingan probirkaga gaz chiqarish nayi o'rnatilgan probirkani mahkamlab uni asta -sekin gaz gorelkasi yoki spirtovka alangasida qizdiring. Aralashma qizdirilganda etilen ajraladi[6]. Reaksiya 2 bosqichda boradi. Birinchi bosqichda etilsulfat kislota hosil bo'ladi:

CH3-CH2-OH + HOSO2OH ^ CH3-CH2OSO2OH + H2O

Ikkinchi bosqichda, 170°C gacha qizdirilganda etilsulfatkislotasi etilenni hosil qilib parchalanadi:

CH3-CH2OSO2OH ^ CH2 = CH2 + H2SO4

2 - tajriba. Etilenga bromning birikishi

Reaktiv va materiallar: etilen, bromli suv, gaz o 'tkazgich nay.

Hosil qilinayotgan etilen gazi gaz o'tkazgich nayi orqali bromli suvga yuboriladi, bromli suv rangsizlanadi, chunki etilen qo'sh bog'i hisobiga birikib, etilen dibromid hosil qiladi. Reaksiya tenglamasini yozing.

Talabalarni faol bilish jarayoniga undash tafakkurida ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish talabalarni mustaqil fikrlashga o'rgatish ijodiy fikrni rivojlantirish muammolarni yechimini topish malaka va ko'nikmalarini shakllantirish. O'qituvchi tomonidan muammo yaratiladi, talaba tomonidan mustaqil ravishda muammoning yechimi topiladi. Talabadan vaziyatni eslash va notipik masalani yechish talab etilsa, bu evristik tipdagi faoliyat hisoblanadi. Talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi: -muammoni yechish usulini o'ylab topish, gipoteza qo'yish va gipotezani asoslashdan iborat. Organik kimyoda muammoli ta'limning maqsadi, dars o'tish jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni izlanuvchan va tadqiqot ishlari o'tkazish ham muammoli vaziyat hisoblanadi va ularni yechish usullari, muammoli ta'lim texnologiyasining talabalarga organik kimyo fanining to'yinmagan uglevodorodlar mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli vaziyatlarning yechimini to'g'ri topishlariga o'rgatishga hos fikrlar, ularda muammoni yechishning ba'zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishga mos uslublarni to'g'ri tanlashga o'rgatishga bag'ishlangan. Talaba bunda quyidagi operasiyalarni bajaradi:

to'yinmagan uglevodorodlarda qo'shbog'ning mavjudligini[6] isbotlashda bromli suvdan foydalanib tajriba olib borishadi. Shundan so'ng, o'qituvchi talabalarga agar buning o'rniga yodli suvdan foydalanilsa qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi? -deb savol qo'yadi.

O'quv loyiha ishi

Yodoniy ioni asosan yod atomining yod atomiga hujumi natijasida ochiladi va shuning uchun boshlang'ich reagentlar va yod ioni o'rtasidagi muvozanat chapga siljiydi[2].

Scientific Journal Impact Factor

o'quv loyiha ishi topshirig'i. Adabiyotlardan to'yinmagan uglevodorodlarga galogenlarning birikishi haqida laboratoriya tajribasi metodikasini yozib o'qib kelish jihozlarni yig'ish va tajriba o'tkazish.

Mavzu: Etilenga yoddning birikishi.

Reaktiv va materiallar: etilen, yodli suv, gaz o 'tkazgich nay,probirka,tomizgich, stakanlar.

1-tajribada hosil qilinayotgan etilen gazi gaz o'tkazgich nayi orqali yodli suvga yuboriladi, yodli suv rangsizlanadi, chunki etilen qo'sh bo'i hisobig a birikib, etilen yodid hosil qiladi. Reaksiya tenglamasini yozing.

Bu tajribani bajarish va kuzatilgan hodisalar yuzasidan ilmiy dalillash orqali galogenlar-yod va bromning xossalarini Venn diagrammasi grafik organayzeri yordamida solishtirish, uning inson salomatligiga ta'siri haqidagi mushohadalarni qiyosiy tahlil qilish bunda ilmiy faktlardan keltirish, tajribadan olingan hulosalarni taqdimotini qilish va kichik guruhlarda bahs munozara usulida avzallik va kamchiliklarni muhokamasinisini o'tkazish.

Taqqoslash, tahlil qilish va uning dars jarayoni samaradorligini oshirishga imkon beruvchi tavsiyalar keltirilgan. Yod va bromning xossalarini ishlatilaishi olinishi va qo'llanilishi haqida "Taqqoslash jadvali" asosida quyidagi savollarga javob bering va topshiriqlarni bajaring.

I2 Br2

Yodli suv tayyorlash Bromli suv tayyorlash

qanday tibbiy ahamiyatga ega (yod etishmasligi kasalliklari profilaktikasi to'g'risida nimalarni bilasiz) qonun hujjatlarini o'rganing tibbiy ahamiyati nimada dori vositalari tarkibida mavjudligi qolatlarini o'rganing

yodning zararliligi bromning zararliligi

yodning foydaliligi nimada? bromning foydaliligi nimada?

Tajriba bajaruvchilar tibbiy nuqtai nazaridan hamda galogenlarning kimyoviy xossalarini e'tiborga olgan holda yondashilganligi ahamiyatlidir.

Organik kimyo laboratoriya mashg'ulotlarida to'yinmagan uglevodorodlarning kimyoviy xossalarini ifodalovchi reaksiyalarda(qo'shbog'larning uzilish hisobiga,

677

Scientific Journal Impact Factor

uglevodorodlarning to'yinmaganligini aniqlashdagi sifat reaksiyasi) bromli suv qo'llanilib kelingan. Taklif qilinayotgan tajribada yodli suv bilan ham etilenning birikishini kuzatish va ilmiy mushohada yuritishdan iborat.

Brom-qo'lansa hidliligi, zaharliligini, saqlanishi sharoiti noqulayligi, tez reaksiyaga kirishuvchanligini inobatga olish, shu bilan birga yodli suvdan foydalanishning avzalligini ko'rishimiz mumkin. Chunki yodli suvni tayyorlashning osonligi(5% spirtli eritmasidan tayyorlash mumkin)- bu topshiriqda talabalarning-kuzatuvchanlik qobiliyati rivojlanadi, ilmiy tadqiqot metodini o'zlashtirishda malakalar hosil bo'ladi.

Ilmiy mushohada yuritish: O'zbekiston hududi endemik zona bo'lganligi uchun xalq tilida "bo'qoq" kasali rivojlanishi yuqoriligini inobatga olsak, tibbiy ahamiyatga molikdir. Bu mavzuda tibbiyot bilan bog'lash orqali hayotiy ahamiyatini ochib beriladi va organik kimyoning noorganik kimyo bilan bog'lanishlarini tajriba o'tkazish jarayonida yoritiladi.

4 - tajriba. Etilenning oksidlanishi

Reaktiv va materiallar: ishqor eritmasi, kaliy permanganat eritmasi, pipetka, probirka.

Probirkada ozgina soda (ishqor eritmasi) qo'shilgan kaliy permanganat eritmasini tayyorlang-ajralib chiqayotgan etilen gazini probirkaga yuboring eritma rangsizlanadi. Reaksiya tenglamasini yozing.

5 - tajriba. Alkenlarga konsentrlangan sulfat kislotaning ta'siri.

Reaktiv va materiallar:kerosin, sulfat kislota,pipetka,kristallizator, probirka.

Probirkaga 1,0 ml kerosin va 1,0 ml sulfat kislota solib, probirkani sovuq suvda sovitib turgan holda yahshilab aralashtiring. Kerosin qavatini yo'qolishini kuzating. Nima uchun alkilsulfat kislota hosil bo'lmaydi?

Qaytuvchan aloqa, V.P.Bespalko ta'kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta'lim oluvchiga ham zarur; birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o'quvmaterialini tushunish uchun. Ichki va tashqi qaytuvchan aloqa ham mavjud. Ichki qaytuvchan aloqa ta'lim oluvchilarning o'z natijalarini va o'zining aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qaytuvchan aloqa ta'lim oluvchiga bevosita o'quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog tomonidan ta'sir etishda amalga oshiriladi[4].

O'quv loyiha ishi savoli:

1. Markovnikov qoidasi va unga zid boruvchi reaksiyalarni yozing.

2. To'yinmagan uglevodorodlarning reaksiyaga kirishish qobiliyati nimaga bog'liq? Javobingizni alkan va alken misolida taqqoslab ilmiy asoslang.

To'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarga hos tajribalarni bajarishda Qanday umumiylik va farqlarni kuzatish mumkin? Hisobot yozish tartibi

Tajriba № Dastlabki modda nomi va tavsifi Jihozla r nomi Sharoit i Hosil bo'lgan modda va tavsifi Reaksiya tenglamasi

1-tajriba

2- tajriba

3- tajriba

4- tajriba

5- tajriba

XULOSA

Shunday qilib, muammoli o'qitishning vazifasi talabalar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o'zlashtirishga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo'llash malakasini hosil qilish, bilish mustaqilligi o'quv va tarbiya muammolarini hal qilishdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son 2019 yil 8 oktyabr.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. N.G'.Rahmatullayev, H.T.Omonov, Sh.M.Mirkomilov /Kimyo o'qitish metodlkasi/ Toshkent «lqtisod-Moliya) 2013y.

3. Мария С.Пак/Теория и методика обучения химии/ учебник для вузов Санкт-Петербург Издательство РГПУ им. А. И. Герцена 2015y.

4. Saydaxmetova Sh.R. Organik kimyoga oid tajribalarni o'rganish metodikasini takomillashtirish. Proceedings of Global Technovation- An International Multidisciplinary Conference Hosted from Samsun, Turkey. https://conference publication.com October 31st , 2020. 97-100 p.

5. Sh.R.Saydaxmetova, A.G'.Maxsumov. "Organik kimyo". O'quv qo'llanma. "Ilm ziyo zakovat" -Toshkent: 2020-y.280 Бет. ISBN 978-9943-6034-1-7.

6. https://hozir.org/pedagogik-texnologiya-turlari-va-innovatsion-texnologiya.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.