Научная статья на тему 'O'QUVCHILARNI JISMONIY TARBIYA DARSIGA QIZIQTIRISHDA MUTAXASSISLARNING TUTGAN O'RNI'

O'QUVCHILARNI JISMONIY TARBIYA DARSIGA QIZIQTIRISHDA MUTAXASSISLARNING TUTGAN O'RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jismoniy yuklanish / jismoniy tarbiya metodlari / so’z metodi / qo’shimcha tushuntirish / ko’rgazmalilik metodi. / physical activity / methods of physical education / verbal method / additional explanation / method of visibility.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ortiqov U.X.

Maqolada jismoniy tarbiya va sport darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, shuning bilan birgalikda jismoniy tarbiya darslarida metodlar: So’z metodi, qo’shimcha tushuntirish, instruktsiya berish, ko’rsatma va buyruqlar, og’zaki baholash, ko’rgazmalilik metodi, o’yin metodi, qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi, harakatlarga o’rgatish jarayonida qo’llaniladigan mashqlar metodlari va ushbu metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari bo’yicha fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

To interest students in physical education the task of specialists.

The article expresses the opinion about the importance of using modern pedagogical technologies in physical education and sports lessons, and at the same time about methods in physical education lessons: verbal method, additional explanation, instruction, instruction and command, verbal evaluation, method of visibility, game method, method of strictly ordered exercises, methods of exercises used in the process of learning movements, as well as the positive and negative properties of these methods.

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILARNI JISMONIY TARBIYA DARSIGA QIZIQTIRISHDA MUTAXASSISLARNING TUTGAN O'RNI»

социум. - 2019. - №. 5. - С. 129-130.

2. Makulov S. H. Z. THE ROLE OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORT IN EMPHASIZING THE SPIRITUAL AND MORAL QUALITIES OF STUDENTS //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 8. - С. 334-339.

3. Ikromovich S. A., Olimjonovich M. N., Khudoiberdiyevich O. U. The Role of Physical Culture and Sports in the Formation of a Healthy Lifestyle of a Student. - 2021.

4. Chihman V. N. et al. Electrophysiological measurements of natural image distortion //Human Vision and Electronic Imaging III. - International Society for Optics and Photonics, 1998. - Т. 3299. - С. 510-518.

5. Rakhmonovich Q. R. Information Technologies and Their Role in Society. - 2021.

6. Azizov M.A. Pedagogical conditions for the formation of a culture of preserving nature of students during travel. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA) Vol. 2 No. 5, May 2021.

7. Azizov M.A. Sport turizmi jarayonida ekologik madaniyatning ahamiyati. Замонавий таълимда ракамли технологиялар: филология ва педагогика сохдсидаги замонавий тенденциялар ва ривожланиш омиллари. 84 б.

8. Азизов М.А. Укувчиларга спорт туризми оркали экоах,локий тарбия бериш мазмуни. INTERNATIONALES DEUTSCHES AKADEMIKA AACHENER 2021. 26 б.

9. Азизов М.А. Укувчиларга спорт туризми жараёнида табиатни асраш маданиятини шакллантириш. International conferense Innovative research of the XXI century sciense and education. 14 б.

O'QUVCHILARNI JISMONIY TARBIYA DARSIGA QIZIQTIRISHDA MUTAXASSISLARNING TUTGAN O'RNI

Ortiqov U.X.

Annotatsiya: Maqolada jismoniy tarbiya va sport darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, shuning bilan birgalikda jismoniy tarbiya darslarida metodlar: So'z metodi, qo'shimcha tushuntirish, instruktsiya berish, ko'rsatma va buyruqlar, og'zaki baholash, ko'rgazmalilik metodi, o'yin metodi, qat'iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi, harakatlarga o'rgatish jarayonida qo'llaniladigan mashqlar metodlari va ushbu metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari bo'yicha fikr bildirilgan.

Аннотация: В статье высказывается мнение о важности использования современных педагогических технологий на уроках физической культуры и спорта, а вместе с тем и о методах на уроках физической культуры: словесном методе, дополнительном объяснении, инструктаже, указании и команде, словесной оценке, методе наглядности, игровом методе, методе строго упорядоченных упражнений, методах упражнений, применяемых в процессе обучения движениям, а также о положительных и отрицательных свойствах этих методов.

Abstract: The article expresses the opinion about the importance of using modern pedagogical technologies in physical education and sports lessons, and at the same time about methods in physical education lessons: verbal method, additional explanation, instruction, instruction and command, verbal evaluation, method of visibility, game method, method of strictly ordered exercises, methods of exercises used in the process of learning movements, as well as the positive and negative properties of these methods.

Kalit so'zlar: Jismoniy yuklanish, jismoniy tarbiya metodlari, so'z metodi, qo'shimcha tushuntirish, ko'rgazmalilik metodi.

Ключевые слова: физическая нагрузка, методы физического воспитания, словесный метод, дополнительное объяснение, метод наглядности.

Keywords: physical activity, methods of physical education, verbal method, additional explanation, method of visibility.

Jismoniy tarbiya jarayonida turlicha metodlar qo'llaniladi. Ular bilvosita yoki bevosita, hissiy qabul etish, so'z orqali yoki ko'rgazmalilik yoki amaliy harakat faoliyatidan foydalanishga asoslangandir. Jismoniy tarbiya metodlariga asosan amaliy harakat faoliyati kiradi, lekin birorta ta'lim tarbiyani so'z va ko'rgazmalilik metodlarga asoslanmasdan turib olib borib bo'lmaydi. Bu esa jismoniy tarbiya metodlari bilan bir qatorda shu jarayonga kiruvchi boshqa hamma metodlarni aks ettiradi.

Jismoniy yuklanish deb jismoniy mashqlarni organizmga ta'sir etuvchi hamda sodir bo'ladigan ob'ektiv va sub'ektiv qiyinchiliklarni yengish darajasiga aytiladi. Jismoniy yuklama organizmning ish potentsiali sarflanishi va charchash bilan bevosita bog'liq bo'lib charchash jismoniy yuklanishi bilan ifodalangan tiklanish jarayoni ro'y beradigan dam olish bilan bog'liqdir. Shunday qilib, jismoniy yuklama charchash orqali ish qobiliyatini tiklash va oshirishga olib keladi.

Jismoniy yuklanishning hajmi deb ayrim mashqlarning ko'p vaqtli ta'sirchanligi shuningdek ma'lum bir vaqtda bajarilgan jismoniy ishlarning miqdoriy yig'indisiga aytiladi (ayrim mashg'ulot yoki uning bir qismi davomida, bir hafta va h.k.).

Jismoniy yuklama jismoniy tarbiyaning turli metodlarida standart, takrorlash mashq metodi har bir vaqtida o'zining tashqi parametrlari bilan amaliy bir xil va o'zgaruvchan bo'ladi. Ikkala tipdagi jismoniy yuklanishlardan foyda charchash hosil qilgan bir faoliyatdan boshqa ikkinchi faoliyatga o'tish bo'lishi mumkin.

Ta'lim jarayonidagi faollik o'quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o'z qobiliyatini namoyon etishga yo'llaydi. Bilishga bo'lgan faollik o'quvchining intellektual rivojlanishini ta'minlaydi.

Faollik ko'rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma -xilligi faoliyat turlarini ham kengaytiradi. Shunga ko'ra, o'quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo'ladi. Ta'lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o'zgarib turishi kerak.

Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o'z mehnati, g'ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O'qituvchi qanchalik yaxshi o'qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o'zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma'naviy-ahlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o'z faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'ymaganligidadir.

Jismoniy tarbiya metodlari. Jismoniy tarbiya jarayonida o'qituvchining a sosiy faoliyati so'z bilan amalga oshiriladi: so'z yordamida bilimlar beriladi, tushunishni faollashtiradi va chuqurlashtiriladi, vazifalar beriladi, ularning bajarilishi boshqariladi, natijalar taxlil qilinadi va baholanadi, bolalarni intizomi boshqariladi. So'z shug'ullanuvchilar faoliyatini tushunishda, baholashda va o'zicha boshqarishda kerakli vazifani hal etadi. SHu bilan bir qatorda so'z o'zining qo'llanilishiga ko'ra u yoki bu deduktiv hikoya, suhbat, muhokama va hokazolardan iborat.

So'z metodiga: l.Instruktsiya berish; 2.Qo'shimcha tushuntirish; 3.Ko'rsatma va buyruqlar; 4.Og'zaki baholash; 5.O'z-o'ziga gaprish va o'z-o'ziga buyruq berish; 6.Rag'batlantirish, 7.So'z orqali jabrlash; 8.Umumiy buyruq; 9.Tahlil qilish; 10.So'z orqali o'zaro munosabat va h.k.

Instruktsiya berish texnikani o'rganish faoliyatini vazifalarni yoki mashqlarni bajarish

qoidalarini so'z orqali konkret va aniq tushunarli shug'ullanuvchilarga yetkazish.

Qo'shimcha tushuntirish ayrim harakatlar yoki bajarish usuli sifatini yaxshilash maqsadida chuqurroq bilim berish maqsadida turli ko'rgazmalar orqali izohlash, tushuntirish.

Ko'rsatma va buyruqlar - bu maxsus so'z shaklida o'quvchilar faoliyatini boshqarish. Ko'rsatma va buyruq orqali dastlabki ko'rsatish vazifalarni aniqlash maqsadida qo'llaniladi hamda samarador usullardan biridir.

Og'zaki baholash-bu so'z orqali o'quvchilar faolitini ma'qullash yoki aksincha (yaxshi, yomon va h.k.).

O 'z-o'ziga gapirish va buyruq berish-o'z-o'ziga gapirib mashqni bajarish usullari, o'z faoliyatini bayon etadi. Masalan: o'yin taktikasini, yo'nalishini, uni bajarish usullarini fikran rejalashtiradi. Bu usulning asosi - so'zning harakat bilan bog'liqligidir va shu kabilar.

Ko'rgazmalilik metodi: jismoniy tarbiyada ko'rgazmalilik metodi keng qo'llaniladi, ya'ni hamma sezgi organlariga ta'sir etib bor narsalar bilan aloqa o'rnatiladi. Bunda ko'rish, harakat, va boshqa sezgilardan foydalaniladi. Keng ma'nodagi ko'rgazmalikni amalga oshirishda mashqlarning xarakteristikasi, bajarish sharoitlariga asoslangan metodlar majmuasidan foydalanib bu metodlar quyidagi guruhchalarga bo'linadi. Ular bevosita namoyish qilishni o'qituvchi tomonidan yoki bir o'quvchi yordamida metodik ko'rsatishidan iborat. Mashqlarni bajarilishini harakat ta'sirining, qoidalari haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirish uchun namoyishning yordamchi vositalaridan ya'ni bevosita ko'rgazmali metodidan keng foydalaniladi. Bunday bevosita namoyish metodlari quyidagilarga bo'linadi: -rasm, sxema, fotosur'at va shu kabi ko'rgazma qurollarini namoyish etish; -buyum modellar va maketlarni namoyish etish; -kino va videomagnitafonli namoyish; -yo'naltirilgan sezish harakat metodlari ;

-mo'ljal olish (orientirovka) metodlari (osilgan to'plar, bayroqchalar, zal va maydonchalardagi belgilar va h.k).

-lider va kundalik sensor rejalashtirilgan metodlar.

O'yin metodi: o'yin azaldan pedogogik vazifani ado etib kelgan hamda tarbiyaning asosiy vositasi va metodlaridan biri bo'lib kelmoqda.

Tarbiya sohasida o'yin metodi degan tushuncha o'yinning metodik xususiyatlarini, ya'ni tarbiyaning boshqa metodlaridan (shug'ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish kabi xususiyatlari jihatdan) farq qiladigan tomonlarini ifoda etadi.

Jismoniy tarbiyaning o'yin metodi uchun quyidagi belgilar xarakterlidir:

1. Faoliyatni obrazli yoki shartli syujet (o'yin maqsadi, rejasi) asosida tashkil etish, bunda vaziyatning doimiy va ko'proq darajada behosdan o'zgarishi bilan muayyan maqsadga erishish nazarda tutiladi.

2. Maqsadga erishish xilma-xilligi va faoliyatning majmua harakterdagi bo'lishi (masalan, yugurish, sakrash, irg'itish).

3. Shug'ullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishi, ularni tashabbus va chaqqonlik ko'rsatishlariga, topqir bo'lishlariga, harakat faoliyatlariga yuksak talablar qo'yish.

4. Shug'ullanuvchilar harakatining bir-biriga bog'liqligi, yorqin emotsionalligi.

5. Jismoniy yuklamaning me'yori (dozirovkasi) cheklangan imkoniyati.

Musobaqa metodi: Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqa metodi. Mashg'ulot o'tkazish davomida (mazkur mashg'ulotga kiritilgan alohida mashq bilan birgalikda) mustaqil o'yin shaklida (mo'ljal, nazorat va sport musobaqalari) qo'llaniladi.

Musobaqa metodi birmuncha ravshan xarakterlovchi xususiy birinchilik yoki yuqori natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir. Musobaqa jarayonida, shuningdek ularni tashkil qilish va o'tkazish sharoitlarida (g'oliblarni aniqlash, yutuqlarga erishganlarni

rag'batlantirish va h.k.) rahbarlik qilish omili muhim fiziologik va emotsional kayfiyat yaratadi, bu hol jismoniy imkoniyatlarini maksimal ishga solishga yordam beradi.

Qat'iy tartiblashtirilgan mashqlar metodi: bu metodda shug'ullanuvchilar faoliyati qat'iy tartiblashtirilgan holda tashkil etilib quyidagilardan iborat bo'ladi:

- qat'iy belgilangan harakat rejasi (harakat tarkibi ularning o'zgarishi, takrorlanish va bir -biri bilan o'zaro bog'liqligi).

- jismoniy yuklanishni qat'iy normallashtirish, mashq jarayonida uning dinamikasini to'la boshqarish, shuningdek dam olish intervalini qat'iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklama bilan almashtirish

harakatlarga o'rgatish jarayonida qo'llaniladigan mashq metodlari: 2 xil bo'lib ular quyidagilardan iboratdir:

-bo'lingan konstruktiv mashq metodi: (mashqlarni qismlarga bo'lib o'rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishish); butunlay mashq metodi (vaqtincha ayrim detallarini chiqarib tashlash).

-butunlay mashq metodi shug'ullanuvchilarga o'rgatish lozim bo'lgan mashqlar butunligicha o'rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi.

Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo'lib ular quyidagilardan iborat: bo'lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o'rgatilishi lozim bo'lgan mashqlar oz vaqt ichida shug'ullanuvchilarga o'rgatish mumkin.

Salbiy xususiyatlari qismlab o'rgatilgan mashqlarni butunligicha bajarishga erishish uchun qo'shimcha vaqt sarf qilinadi yoki bo'lmasa ayrim akrobatik mashqlarni butunlay bajarilishiga erishishda qismlar orasida pauza bo'lishi mumkin.

Butunlay mashq metodining ijobiy xususiyati o'rgatishi lozim bo'lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko'p vaqt talab qilinadi.

Qismlarga bo'lingan mashq metodidan harakat (yoki harakatlar yig'indisi) uncha buzilmay nisbatan mustaqil elementlarga bo'linishi mumkin bo'lgandagina foydalaniladi.

ADABIYOTLAR

1. Makulov S. Z. Physical culture-the guarantee of health //Экономика и социум. - 2019. -№. 5. - С. 129-130.

2. Makulov SH. Z. The role of physical education and sport in emphasizing the spiritual and moral qualities of students //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. -Т. 1. - №. 8. - С. 334-339.

3. Ikromovich . A., Olimjonovich M. N., Khudoiberdiyevich O. U. The Role of Physical Culture and Sports in the Formation of a Healthy Lifestyle of a Student. - 2021.

4. Chihman V. N. et al. Electrophysiological measurements of natural image distortion //Human Vision and Electronic Imaging III. - International Society for Optics and Photonics, 1998. - Т. 3299. - С. 510-518.

5. Rakhmonovich Q. R. Information Technologies and Their Role in Society. - 2021.

6. Azizov M.A. Pedagogical conditions for the formation of a culture of preserving nature of students during travel. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA) Vol. 2 No. 5, May 2021.

7. Azizov M.A. Sport turizmi jarayonida ekologik madaniyatning ahamiyati. Замонавий таълимда ракамли технологиялар: филология ва педагогика сохдсидаги замонавий тенденциялар ва ривожланиш омиллари. 84 б.

8. Азизов М.А. Укувчиларга спорт туризми оркали экоах,локий тарбия бериш мазмуни. Internationales deutsches akademika aachener 2021. 26 б.

9. Азизов М.А. Укувчиларга спорт туризми жараёнида табиатни асраш маданиятини

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.