Научная статья на тему 'O'QUVCHILARDA AХLОQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI'

O'QUVCHILARDA AХLОQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1590
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aхlоqiy tarbiya / barkamоl avlоd / Harakatlar stratеgiyasi / aхlоqiy his-tuyg„ular / tasavvurlar / хatti-harakatlar / pеdagоgik shart-sharоit / ijtimоiy vazifalar. / нравственное воспитание / гармонично развитое поколение / стратегия действия / нравственные чувства / восприятия / действия / педагогические условия / социальные задачи.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Husnigul Nаvrozоvnа Hаlimоvа

Mazkur maqolada O„zbеkistоn Rеspublikasini rivоjlantirishning bеshta ustivоr yo„nalishi bo„yicha Harakatlar stratеgiyasining ijtimоiy sоhasini rivоjlantirish va innоvatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish va innоvatsiоn faоliyatni rag„batlantirish kabi masalalar, aхlоqiy tarbiyaning vazifasi va barkamоl avlоdni vоyaga yetkazish muammоsiga alоhida e‟tibоr qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СПОСОБЫ ФОРМИРОВАНИЯ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ УЧЕНИКОВ

Данная статья посвящена пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан, развитию социальной сферы действий и внедрению инноваций, продвижению инновационной деятельности, роли нравственного воспитания, проблеме гармоничного воспитания и развития поколения.

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILARDA AХLОQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI»

OQUVCHILARDA AХLОQIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH USLUBLARI

Husnigul Nаvro'zоvnа Hаlimоvа

«Jo'ybori Kalon» ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi o'quv ishlari

bo'yicha direktor o'rinbosari

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohasini rivojlantirish va innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish va innovatsion faoliyatni rag'batlantirish kabi masalalar, axloqiy tarbiyaning vazifasi va barkamol avlodni voyaga yetkazish muammosiga alohida e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: axloqiy tarbiya, barkamol avlod, Harakatlar strategiyasi, axloqiy his-tuyg'ular, tasavvurlar, xatti-harakatlar, pedagogik shart-sharoit, ijtimoiy vazifalar.

СПОСОБЫ ФОРМИРОВАНИЯ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ

УЧЕНИКОВ

Аннотация: Данная статья пoсвящeнa пяти npropmerabiM нaпрaвлeниям развития Рeспублики y36eRHCTaH, развитию сoциaльнoй сфeры дeйствий и внeдрeнию иннoвaций, прoдвижeнию иннoвaциoннoй дeятeльнoсти, рoли нрaвствeннoгo Bo^rn^m, прoблeмe гaрмoничнoгo вoспитaния и развития пoкoлeния.

Ключевые слова: нрaвствeннoe Boram^H^, гaрмoничнo рaзвитoe пoкoлeниe, стрaтeгия дeйствия, нрaвствeнныe чувства, вoсприятия, дeйствия, пeдaгoгичeскиe услoвия, сoциaльныe задачи.

METHODS OF FORMATION OF MORAL EDUCATION IN STUDENTS

Abstract: This article focuses on the development of the social sphere and the implementation of innovations and the promotion of innovation, the role of moral education and the problem of raising a harmoniously developed generation in the five priority areas of development of the Republic of Uzbekistan. .

Keywords: moral education, harmoniously developed generation, strategy of action, moral feelings, perceptions, actions, pedagogical conditions, social tasks.

Bugungi kunda ma'naviy - ma'rifiy ishlarni yuksak darajaga ko'tarish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazish muammosiga alohida e'tibor qilinmoqda. O'zbekiston mustaqilligi davrida jamiyatimiz ma'naviy - axloqiy hamda ma'rifiy ishlarni amalga oshirish davlat siyosatining ustivor yo'nalishlariga aylandi. Ma'naviy - axloqiy tarbiya, shaxsning barkamol bo'lib shakllanishida asosiy omil bolalikdagi

berilgan ta'lim-tarbiya ekanligini anglagan holda respublikamizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning asosiy tarkibiy qismlaridan biri - bola, shaxs hisoblanadi, u ayni paytda kadrlar tayyorlash tizimi, ta'lim xizmatlarining iste'molchisi va ishlab chiqaruvchisining bosh sub'yekti hamda ob'yekti hisoblangan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri, mustaqil O'zbekistonda o'sib kelayotgan yosh avlodlarning har tomonlama yetuk, barkamol va rivojlangan insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Bu jarayonda maktabgacha ta'lim muassasalari dastlabki bo'g'in hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30-sentyabrdagi PQ-3305 son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori tasdiqlandi. Maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish mana shu vazirlik dasturida keltirilgan. Bundan tashqari uzluksiz ta'limni rivojlantirish vazifasi 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining 4-bo'limi hisoblangan ijtimoiy sohasini rivojlantirish va innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etish va innovatsion faoliyatni rag'batlantirish kabi bandlarda keltirilgan.

Maktabgacha ta'limda olib borilgan o'ziga xos nazariy bilimlar bolalarni maktabga 1-sinfga qabul qilinishi bilan uzviy bog'liqdir. Hammamiz ham deyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman ko'rinishlari - tajovuzkorlik, zararli odatlar, qonunga zid harakatlar bilan to'qnashamiz. Shu kabi muammolar bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar ko'p yillardan beri qator savollarga javob izlamoqdalar.

Deviantlik, og'ishgan xulq, psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni himoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda jonli qiziqish uyg'otib kelgan. Og'ishgan xulq mavzusi shaxslararo va munozarali xarakterga ega. Atamaning "Ijtimoiy me'yor" tushunchasi bilan birgalikda ekanligi muammoni ko'p marotaba murakkablashtiradi chunki, me'yorning chegaralari o'ta shartli, insonda esa barcha ko'rsatkichlar bo'yicha absolyut me'yorning o'zi mavjud emas.

Yondoshuvlarning turli-tumanligi shaxs xulqini og'ishganligini tashxis qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy - psixologik yordam ko'rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni yechishda ham ko'zga tashlanadi.

Shuningdek, mustaqillik yillarida ushbu muammoga bag'ishlangan bir qancha adabiyotlar, ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazildi. Bolalarni ma'naviy - axloqiy tarbiyalash borasida O.Musurmonova, M.Inomova, Sh.Shodmonova, O.Mallayev kabi olimlar tadqiqotlar o'tkazishgan. Bugungi kunning talabi hamda dolzarb vazifalaridan biri, bolalarni sog'lig'ini, ma'naviy - axloqiy jihatdan normal rivojlanishini ijtimoiy

himoya qilishdan iboratdir. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga ta'lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama rivojlantirish, o'z navbatida tarbiyachidan yuqori darajadagi pedagogik mahoratni talab qiladi.

Nemis olim-pedagogi Adоlf Distcrvcg (1790-1866) ham LGBcstabtstsi ketidan bu printsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. O'z ishlarida yozgan ediki, ta'lim va tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarni e'tiborga olish lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy sifatlarini shallantirishda tarbiyaviy mashg'ulotlarning o'rni bugungi kun uchun o'ta dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

Axloqiy tarbiya jarayonida bola axloqiy jihatdan kamolga yetadi. Axloqiy tasavvurlarning rivojlanishi jarayonida eng avvalo ular o'zlarining boshqalar bilan bo'ladigan munosabatlarini ongli ravishda tushuna boshlaydilar, tengdoshlari va kattalar bilan bo'ladigan munosabatlarida axloq saboqlari rivojlana boradi.

Pedagogika fani bolaning axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Axloqiy tarbiyaning vazifasi asosan quyidagilardir:

1. Bolalarda axloqiy his-tuyg'ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash;

2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash;

3. Shaxsda axloqiy his-tuyg'ularni tarbiyalash;

4. Xulqdagi salbiy hislarni barham toptirish;

Umumiy vazifalar yosh guruhlari bo'yicha konkretlashtiriladi va o'quv -tarbiyaviy jarayonining mazmunida o'z aksini topadi.

Axloqiy tarbiyaning mazmuni bolalar bog'chasi dasturining maxsus bo'limida bayon qilib berilgan.

Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardir:

- G' oyaviy va tarbiyaviy ishning ma'lum maqsadga qaratilganligi;

- Ta'lim - tarbiya ishini hayot va zamon bilan bog'lab olib borish;

- Bolalarning faolligi;

- Jamoada tarbiyalash;

- Tarbiyaviy ishning sistemaligi va izchilligi;

- Ta'sirchanligi;

- Oila, bog' cha va kattalar tarbiyaviy ta' sirining birligi;

- Boladagi ijobiy sifatlarga suyanish;

- Bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko'zda tutish.

Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoitlar bilan qo'shib amalga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta'sir etadi. Olib borilgan bir qancha ilmiy ishlarning natijalari bolalar bog'chasida axloqiy tarbiya berishning pedagogik shart-sharoitini belgilash imkoniyatini yaratadi. Bular:

1. O'zaro to'g'ri munosabat uslubi:

a) jamoaning katta a'zolari o'rtasida;

b) pedagogik va ota-onalar jamoasi o'rtasida;

v) kattalar va bolalar o'rtasidagi munosabat, kattalarning bolalarga munosabati;

Kattalar (pedagoglar)ning bolalarga nisbatan insonparvarlik prinsipida, o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam, hurmat munosabatida bo'lishi eng muhim shart-sharoit hisoblanadi.

2. Bolalar bog'chasida o'rnatilgan qat'iy rejim;

a) Bolalarning o'z tengdoshlariga va boshqa kishilargaa nisbatan ijobiy hissiy munosabatni yuzaga keltiruvchi muhit yaratish.

b) Bolalarni axloq normalari va qoidalariga o'rgatish hamda shular asosida bola shaxsida ijobiy axloqiy his-tuyg'ularni tarbiyalash.

3. Jamoada hamma bolalar uchun teng sharoit yaratish va bolalar jamoasi o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish;

a) Kun davomida bolalarning xilma-xil qiziqarli faoliyatlarini tashkil etish;

b) Bolalarning ijobiy axloqiy xulqni mashq qildiradigan shart-sharoit tug'dirish;

v) Bolalarning ota-onasi bilan aloqani kuchaytirish va boshqalar. Hozirgi davrda axloqiy tarbiya muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etish ko'p jihatdan jamiyatning va undagi har bir shaxsning axloqiy darajasi bilan bog'liq deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. O.Musurmonova. Ma'naviy qadriyatdar va yoshlar tarbiyasi. - T.: «O'qituvchi», 1996 yil.

2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Movlanova, N.Rahmatqulova, N.Vohidova, "Fan va texnologiya" Toshkent -2010.

3. www. pedagog. uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.