Научная статья на тему 'Определение развития физиологических показателей в педагогическом контроле с физиологическими показателями'

Определение развития физиологических показателей в педагогическом контроле с физиологическими показателями Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
136
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Re-health journal
Область наук
Ключевые слова
YURAK QISQARISH CHASTOTASI / NAFAS OLISH SONI / MAKSIMAL KISLOROD O’ZLASHTIRISH KO’RSATKICHI / ЧАСТОТА СЕРДЕЧНЫХ СОКРАЩЕНИЙ / ЧАСТОТА ДЫХАНИЯ / МАКСИМАЛЬНОЕ ПОГЛОЩЕНИЕ КИСЛОРОДА / HEART RATE / RESPIRATORY RATE / MAXIMAL OXYGEN UPTAKE

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Мамадиёров Музаффар Умирзакович, Расулов Зохиддин Усарович, Абдулахатов Зафар Абдигапирович, Мардонов Нодир Жамолович, Рузикулов Дилшод Мураткулович

В педагогическом надзоре физиологические параметры определяются путем изучения частоты сердечных сокращений, частоты дыхания, сокращения мышц, максимального поглощения кислорода, физических качеств и физической работоспособности спортсменов. Эти показатели также важны для спортсменов для достижения высоких результатов.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о здоровье , автор научной работы — Мамадиёров Музаффар Умирзакович, Расулов Зохиддин Усарович, Абдулахатов Зафар Абдигапирович, Мардонов Нодир Жамолович, Рузикулов Дилшод Мураткулович

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OF DEVELOPMENT OF PHYSIOLOGICAL INDICATORS IN PEDAGOGICAL CONTROL WITH PHYSIOLOGICAL INDICATORS

In pedagogical supervision, physiological parameters are determined by studying the heart rate, respiration rate, muscle contraction rate, maximum oxygen uptake, physical qualities and physical performance of athletes. These indicators are also important for athletes to achieve high results.

Текст научной работы на тему «Определение развития физиологических показателей в педагогическом контроле с физиологическими показателями»

PEDAGOGIK NAZORATDA FIZIOLOGIK KO'RSATKICHLAR YORDAMIDA SPORTCHILARNING JISMONIY SIFATLARI VA JISMONIY ISH QOBILIYATINI

RIVOJLANISHINI ANIQLASH

Mamadiyarov Muzaffar Umirzoqovich Rasulov Zohiddin O'sarovich Abdulaxatov Zafar Abdigapirovich Mardonov NodirJamolovich Ruziqulov Dilshod Muratkulovich Samarqand davlat universiteti

Pedagogik nazorat qilishda fiziologik ko'rsatkichlar yurak qisqarish chastotasi,nafas olish ko'rsatkichi, muskul qisqarish tezligi, maksimal kislorod o'zlashtirish ko'rsatkichilarini o'rganib, sportchilarini jismoniy sifatlari va jismoniy ish qobiliyati aniqlanadi.

Bu ko'rsatkichlar sportchilarni yuqori natijalarga erishishida ham muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: yurak qisqarish chastotasi, nafas olish soni, maksimal kislorod o'zlashtirish ko'rsatkichi.

ОПРЕДЕЛЕНИЕ РАЗВИТИЯ ФИЗИОЛОГИЧЕСКИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ КОНТРОЛЕ С ФИЗИОЛОГИЧЕСКИМИ ПОКАЗАТЕЛЯМИ

Мамадиёров Музаффар Умирзакович Расулов Зохиддин Усарович Абдулахатов Зафар Абдигапирович Мардонов Нодир Жамолович Рузикулов Дилшод Мураткулович Самаркандский государственныйуниверситет

В педагогическом надзоре физиологические параметры определяются путем изучения частоты сердечных сокращений, частоты дыхания, сокращения мышц, максимального поглощения кислорода, физических качеств и физической работоспособности спортсменов.

Эти показатели также важны для спортсменов для достижения высоких результатов.

Ключевые слова: частота сердечных сокращений, частота дыхания, максимальное поглощение кислорода.

DETERMINATION OF DEVELOPMENT OF PHYSIOLOGICAL INDICATORS IN PEDAGOGICAL CONTROL WITH PHYSIOLOGICAL INDICATORS

In pedagogical supervision, physiological parameters are determined by studying the heart rate, respiration rate, muscle contraction rate, maximum oxygen uptake, physical qualities and physical performance of athletes.

These indicators are also important for athletes to achieve high results.

Keywords: heart rate, respiratory rate, maximal oxygen uptake.

DOI: 10.24411/2181-0443/2020-10064

Kirish. Insonning salomatligi masalasi uning asosiy hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan xususiyati bo'lib, shu orqali uning bir butun organizmi ish faoliyatiga baho berish mumkin. Salomatlik deyilganda, insonning aqliy, jismoniy ish qobiliyatini normal borishini ta'minlaydigan kompleks, funksional jarayonlar yig'indisi tushuniladi. Bu asosan insonning o'ziga, tashqi muhit omillariga bog'liq. Barcha funksional sistemalar normal faoliyat ko'rsatayotgandagina u biror sport turi, bir jismoniy mehnatbilan shug'ullanishi, bir or kasbni

egallashi va o'zi egallagan sohada yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Har bir inson organizmini funksional faoliyatini normal bo'lishi uchun muntazam jismoniy tarbiya, jismoniy mehnat bilan shug'ullanishi gigienik talablarga rioya qilish maqsad ga muvofiqdir.

Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda yer yuzida ko'pgina mamlakatlarda inson salomatligini saqlash, umrini uzaytirish dolzarb masala hisoblanadi. Bizni mamlakatimizda har bir borada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekisto n Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-fevraldagi 46-sonli qarori bilan "Sog'lom avlod Davlat dasturi" tasdiqlandi. Mazkur dastur 2000-yildan boshlab ko'p yillar davom etadigan tadbirlarni o'z ichiga olgan. O'zbekiston Respublikasida 2005-yil "Sihat-salomatlik yili" deb e'lon qilindi. Bularni barchasi inson salomatligini yaxshilashga qaratilgandir. Har bir o'smir, inson salomat bo'lsagina, ma'lum bir sport turi bilan shug'ullanishi va natijalar ko'rsatishi mumkin. 2018-yil 5-martidagi O'zbekiston Respubkilasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risida 5368-sonli farmonida ham jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish haqida aytib o'tilgan.

Mavzuning maqsadi: Fiziologik ko'rsatkichlar yordamida sportchilarning jismoniy sifatlari va jismoniy ishqobiliyatini aniqlash.

Tadqiqot materiallari va metodlari: Pedagogik nazoratning asosini muntazam nazorat hamda jismoniy mashqlarning og'irlik darajasi va ularni maksimal namoyon etishni ta'minlovchi nazorat mashqlar tashkil etadi. Pedagogik nazorat o'z ichiga quyidagi nazorat turlarini qamrab oladi: a) Sportchining holati, b) mashg'ulotdagi mashqlarning og'irligi, d) mashqlarni texnik jihatdan to'g'ri bajarish , e) musob aqada erishilgan natijalar. Organizmni fiziologik ko'rsatkichlarini aniqlashda pulsataxametriya, tanometriya, nafas sonini sanash, dinomometriya usullaridan foydalaniladi.

Olingan natijalar:Har qanday bola yoki o'smir organizmini garmonik tarzda rivojlanishi organism funksiyalarining nerv va gumoral boshqarilish mexanizmlariga bog'liq bo'ladi. Markaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladigan funksiyalar me'yorida bo'lsa organizm normal o'sadi va rivojlanadi, funksional faoliyatlar yaxshi bo'ladi, organizmni jismoniy sifatlari uni ish qobiliyatini belgilovchi asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi. Jismoniy sifatlar deyilganda, organizmdagi strukturalar va ko'rsatkichlar rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan kompleks jarayonlar yig'indisi tushuniladi. Biz jismoniy sifatlar deyilganda kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik kabilarni tushunamiz. Bu sifatlar organism ish qobiliyatini belgilab beradi. Bularni har birini o'zini rivojlantirishni pedagogik fiziologik asoslari mavjud bo'ladi. Pedagogik asoslar deyilganda,ma'lum bir jismoniy sifatni rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladigan mashqlar, usullar yig'indisi tushuniladi. Pedagogik nazoratning asosini muntazam nazorat hamda jismoniy mashqlarning og'irlik darajasi va ularni maksimal namoyon etishni ta'minlovchi nazorat mashqlar tashkil etadi. Pedagogik nazorat o'z ichiga quyidagi nazorat turlarini qamrab oladi: a) Sportchining holati, b) mashg'ulotdagi mashqlarning og'irligi, d) mashqlarni texnik jihatdan to'g'ri bajarish , e) musobaqada erishilgan natijalar.

Har qanday sport turida pedagogik nazorat va uning turlari muhim ahamiyatga ega. Pedagogik nazoratdan oldin sportchilarni sportga tanlashda ularning jismoniy sifatlari tanlangan sport turi talabiga mos keladimi yoki yo'qmi shularga e'tibor qaratish lozim. Jumladan, qo'lto'pi sport turiga bolalar va o'smir qizlarni tanlashda ulardagi kuch, tezkorlik, chidamlilik sifatlariga ko'proq e'tibor beriladi. Bu sifatlarni sportga endi kirib kelgan yoshlarda birdaniga aniqlab ,ularga tashxis qo'yib bo'lmaydi. Buning uchun ma'lum bir vaqt oralig'i aniqroq aytadigan bo'lsak 2-3 oy oralig'ida bunga to'liq tashxis qo'yish mumkin.

Buning uchun ularda kuch, tezlik va chidamlilik sifatini rivojlanib borishini murabbiy muntazam ravishda nazorat qilishi lozim.

Masalan,o'ng qo'l kuchi dastlab 65 chap qo'l uchi 61 kilogramga teng bo'lsa, jismoniy mashqlardan so'ng, u qanday rivojlanayapti,har o'n kunda yoki haftada dinomometriya usulida aniqlanadi. Agar bu ko'rsatkich 10 kun oralig'ida 0,5-1 kg atrofida rivojlansa, bu juda sust jismoniy sifatni rivojlanayotganini bildiradi.

Tezlikni aniqlashda qisqa masofalarga 30 metrga yugurtirib,ulardagi jismoniy sifat rivojlanish darajasiga baho beriladi.

Chidamlilikni aniqlashda maxsus va statik chidamlilik sifatlarini rivojlanish darajasiga qarab uni rivojlanish darajasiga baho beriladi.

Jismoniy sifatlarni rivojlanishini va organizmni jismoniy chiniqish darajasini aniqlashda yurak qisqarish chastotasi, nafas olish soni, nafasni ushlab turish vaqti kabilar ham muhim ahamiyatga ega.

Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmagan o'smirlarda minutlik yurak qisqarish chastotasi У0-У5 tani tashkil etadi, nafas olish soni minutligi 16-20 tani, nafasni ushlab turish vaqti o'rtacha 30-35 sekundga teng. Jismoniy mashg'ulotlar jarayonida bu ko'rsatkichlar asta-sekinlik bilan rivojlanib boradi. Organizmning umumiy rivojlanish ko'rsatkichlari fiziologik ko'rsatkichlarni darajasi bilan bog'liq bo'ladi. Olingan natijalar: Qo'lto'pi sport turi bilan 2 yildan У yilgacha shug'ullangan sportchi qizlarning jismoniy sifatlari, jumladan, kuch dinomometriya, tezlik tepping testi, 30 m.ga yugurish, chidamlilikdan statik chidamlilik dinomometriya usullaridan foydalanib aniqlandi. Qo'lto'pi sport turi bilan shug'ullanayotgan 2 yildan, У yilgacha shug'ullangan sportchi qizlarda yurak qisqarish chastotasi У0 tadan 62-64 tagacha kamayganligi kuch miqdori esa 56 kgdan У6 kg gacha ortganligi, statik chidamlilik vaqti esa 20-24 sekunddan 35-43 sekundgacha ortganligi aniqlandi. Nafas olish soni esa 14-16 tadan 11-13 taga tushganligi aniqlandi. Bu ko'rsatkichlar sportchi organizmining funksional imkoniyatlari ortib borishini aks ettiradi.

Jismoniy ish qobiliyatini aniqlash Garvard Step-testi usuli yordamida aniqlandi, bunga ko'ra 2-3 yil qo'lto'pi sport turi bilan shug'ullanganlarda 66-У4, 4-5 yil davomida shug'ullanganlarda У5-80, 5 yildan ortiq shug'ullanganlarda esa 82-85 ga tengligi o'rganildi. Bundan tashqari nafasni ushlab turish ko'rsatkichlari ham aniqlanib ularning chidamlilik sifatlarini rivojlanish darajasi aniqlandi.

Xulosa

Sport bilan shug'ullangan va shug'ullanmagan organizmning funksional ko'rsatkichlari bir-biridan farqlanadi. Yurak qisqarish chastotasi, minutlik nafas olish soni, nafasni ushlab turish vaqti kabilarga qarab organizmni jismoniy rivojlanganlik va chiniqqanlik darajasini aniqlash mumkin. Bundan tashqari jismoniy ish qobiliyatiga ham tavsif berish mumkin. Asosan sportchilarda jismoniy ish qobiliyatini aniqlashda Garvard Step-testidan foydalanish oson va qulay hisoblanadi.

ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risida 5368-sonli farmoni.

2. Sh. Pavlov, F. Abduraxmonov, J. AkramovGandbol Toshkent. 2005.

3. I.Azimov, Sh. Sobitov, Sport fiziologiyasi Toshkent. 1993.

4. Azimov, A. Hamraqulov, Sh. Sobitov, Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashg'ulotlar, Toshkent. 1992.

5. E. Nuritdinov, A. Rajabov, Fiziologiyava sport fiziologiyasi, Toshkent 2019-yil, 1,2 qism.

6. Mамадияров Myзаффар Умирзоцовиич, Mамадиярова Дилшода Умирзоковна ОДАM ОРГАНИЗMИНИ ЖИШОНИЙ ИШ КОБИЛИЯТИНИ ТАЪMИНЛОBЧИ ФИЗИОЛОГИК ИMKОНИЯТЛАР // Re-health journal. 2020. №2 (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.