Научная статья на тему 'ONALARDA NEVROTIK HOLATLAR DIAGNOSTIKASINING EMPERIK TAHLILI'

ONALARDA NEVROTIK HOLATLAR DIAGNOSTIKASINING EMPERIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nevroz / nevrotik holatlar / metodika / norma / tashxis.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Tolib Rashidovich Bekmirov

Onalar va bolalar bilan o‘tkazilgan tadqiqot ishlarining emperik tahlili uchun tanlangan tadqiqot metodlarida biz shaxsning nevrotik xolatini, psixologik xususiyatini, xavotirlanish va depressiya, ota-ona va bola munosabati hamda frustratsiya, agressiya va rigidlik darajasini o‘rganish maqsadida onalar uchun bir nechta tadqiqot metodlaridan foydalanildi. Ushbu maqolada Xek va Xessning “Nevrozni ekpress-diagnostika qilish testi” orqali olingan natijalar tahlili haqida qisqacha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONALARDA NEVROTIK HOLATLAR DIAGNOSTIKASINING EMPERIK TAHLILI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

ONALARDA NEVROTIK HOLATLAR DIAGNOSTIKASINING EMPERIK

TAHLILI

Tolib Rashidovich Bekmirov

Toshkent tibbiyot akademiyasi Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi katta

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA:

Onalar va bolalar bilan o'tkazilgan tadqiqot ishlarining emperik tahlili uchun tanlangan tadqiqot metodlarida biz shaxsning nevrotik xolatini, psixologik xususiyatini, xavotirlanish va depressiya, ota-ona va bola munosabati hamda frustratsiya, agressiya va rigidlik darajasini o'rganish maqsadida onalar uchun bir nechta tadqiqot metodlaridan foydalanildi. Ushbu maqolada Xek va Xessning "Nevrozni ekpress-diagnostika qilish testi" orqali olingan natijalar tahlili haqida qisqacha yoritilgan.

Kalit so'zlar: nevroz, nevrotik holatlar, metodika, norma, tashxis.

K.Xek va X.Xess tomonidan nevrozni tezkor tashxislash usuli (BFB shikoyat shkalasi, K.Xok, X.Xess, 1975) shifokor ko'rigiga qadar dastlabki tashxis uchun ishlatiladigan nevroz skrining so'rovnomasi sifatida ishlab chiqilgan, shuningdek, ommaviy xarakterdagi epidemiologik tekshiruvlarda qo'llanilgan [5]. Metodologiyani yaratishda mualliflar nevrotik xolatdagi bemorlar shikoyatlarining o'ziga xos xususiyatga ega ekanligiga asoslanib, organic, somatik patologiyasi bo'lgan bemorlardan farqli o'laroq, avtonom kasalliklar va ruhiy shikoyatlar ustunlik qilishiga ahamiyat qaratganlar. Metodikaning asl nusxasi nevrozning 63 ta belgilari ro'yxatini o'z ichiga oladi. Mavzuga somatik (ko'rishning buzilishi, ikki tomonlama ko'rish, astma xurujlari, taxikardiya, yurak va nafas olish tizimidagi shikoyatlar, qo'llarning titrashi va boshqalar) va aqliy (nutqning buzilishi, duduqlanish, aloqadagi qiyinchiliklar, apatiya, yolg'iz qolish qo'rquvi va boshqalar) shikoyatlar ro'yxati ko'rsatilgan varaq beriladi. Test topshiruvchilarning javoblari jins va yoshni hisobga olgan holda miqdoriy jihatdan izohlanadi. Natijalarning uchta izohli gradatsiyasi mavjud: "norma", "nevrozning taxminiy tashxisi", "nevroz xolati". Mumkin bo'lgan nevrotik holatni tashxislashdan tashqari, psixosomatik yoki psixonevrotik kasalliklarning ustunligini ko'rsatishi mumkin bo'lgan hissiylik indeksi ham hisoblanadi. Mualliflar psixoterapiya usullarini tanlashda ushbu ko'rsatkichga ahamiyat berishadi. Shikoyatlarni tahlil qilish quyidagi omillarni hisobga olgan holda

257

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

amalga oshiriladi: haddan tashqari vegetativ qo'zg'aluvchanlik (simpatikotoniya), apatiya, fobiya, vagotoniya, asteniya, yuqori sezuvchanlik, sensorimotor buzilishlar, shizoid reaktsiyalar va qo'rquv kabilar. Metodika kattalar uchun standartlashtirilgan (16 yoshdan 60 yoshgacha). Anketa juda oddiy, uning yordamida so'rovning davomiyligi 5-10 minut, "xom" ballar kalit yordamida hisoblanadi, so'ngra "xom" ballar maxsus shkala yordamida standartga aylantiriladi.

Metodikaning asl nusxasi odatda tibbiyotda qo'llaniladi. Amaliy psixodiagnostikada (masalan, individual maslahat sohasida) ushbu metodikaning soddalashtirilgan versiyasi qo'llaniladi. Anketa subyekt "ha" yoki "yo'q" deb javob berishi kerak bo'lgan 40 ta bayonotdan iborat. Natijalarni qayta ishlashda ijobiy javoblar soni hisobga olinadi va agar barcha olingan ko'rsatkichlar 24 dan ortiq bo'lsa, bu bizga og'ir nevroz mavjudligi haqida taxmin qilish imkonini beradi.

Metodikani o'tkazishda quyidagicha ko'rsatmalar beriladi: Berilgan bayonotlar ro'yxatidan sinaluvchi o'ziga mos javoblarni belgilaydi. Bunda javobga rozilik "ha", rozi bo'lmaslik "yo'q" javobi orqali ifodalanadi.

K.Xek va X.Xess tomonidan nevrozni tezkor tashxislash usuli (BFB shikoyat shkalasi) natijalarini tahlil qilishda keltirilgan 40 ta savolga tasdiq va inkor javoblari berilib, natijalarni qayta ishlashda ijobiy javoblar soni hisobga olinadi va agar barcha olingan ko'rsatkichlar 24 dan ortiq bo'lsa, bu bizga og'ir nevroz mavjudligi haqida taxmin qilish imkonini beradi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra 334 nafar sinaluvchilarning 150 nafarida nevroz ko'rsatkichi past ekanligi, 82 nafar sinaluvchida nevroz ko'rsatkichi o'rta ekanligi hamda 100 nafar sinaluvchida nevroz ko'rsatkichi yuqori ekanligi aniqlangan (1 -rasm).

1-rasm. Onalarda nevrotik holat ko'rsatkichi.

Yuqorida keltirilgan ekspres-nevrozni tashxislash metodi orqali sinaluvchilarning 55%ida nevroz va nevrozga moyillik mavjudligini ko'rish mumkin. Bu esa tadqiqotning 2-3-rasmda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra onada tez-tez

April_26,_2024_

258

Tashkent Medical Academy Toshkent tibbiyot akademiyasi

Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

asabiylik holati kuzatilish xolatini baholashda olingan natijalaming haqqoniyligini tasdiqlaydi.

45,5

■ Kamdan-kam ■ Ba'zan ■ Tez-tez

2-rasm.

1-savol: Sizda tez-tez asabiylik kuzatiladimi?

24,6

13,2

15,6

7,8 7,2

7,2

I' 36 I

123456789 ball ball ball ball ball ball ball ball ball b

3-rasm. Onalarda tez-tez asabiylik xolati kuzatilishining grafik ko'rinishi

1-savol orqali biz onada tez-tez asabiylik holati kuzatilish xolatini baholashini so'radik. Bunga ko'ra 64 nafar sinaluvchilarda tez-tez asabiylashish xolati kamdan-kam, 117 nafar sinaluvchilarda ba'zan va 152 nafar sinaluvchilarda tez-tez kuzatilishi aniqlangan (2-rasm). Demak, aksariyat onalarda tez-tez asabiylashish uchun moyillik mavjud. Shuningdek, farzandi bilan hamda farzandining unga nisbatan munosabatini baholashdagi yuqori baholanganlik, ya'ni, tanlagan variant o'zaro mutanosiblikka ega bo'lmasligi mumkin bo'lib, bu munosabatlarni ideallashtirishga urunish bilan bog'liq deb baholashimiz sabab bo'ladi. Chunki olingan mazkur savol natijasiga ko'ra 269 nafar, ya'ni sinaluvchilarning deyarli 80,5%i asabiylashishga moyil ekanligini bildirgan (3-rasm).

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozim-ki, onalardagi nevrotik xolatlarning yuzaga kelishida sabablar bisyor. uning ijtimoiy hayotdagi rollari doirasi kengayar ekan, eng mas'uliyatli roli bu onalikdir. Ayol ona timsoli bilan bir qatorda rafiqalik, uy xizmatchisi, kelinlik va boshqa shu kabi qator rollarni ham bajarishiga to'g'ri keladi. Bu esa o'z navbatida onaning jismonan charchashiga, salomatligida, ruhiyatida muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Ba'zi onalarning repraduktiv salomatlik qoidalariga amal qilmasligi, farzandlari orasidagi muddatlarning qisqaligi ularda turli ko'rinishdagi surunkali kasalliklar, jumladan, anemiya, avitaminoz va boshqa jinsiy-genetal, terapevtik kasalliklar uchun omil vazifasini o'tagan ham bo'lishi mumkin. Demak, salomatlikdagi muammolar o'z navbatida ruhiyatga jiddiy ta'sir ko'rsatib, nevrotik xolatni buzuvchi omili sifatida baholashga turtki bo'la oladi.

259

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

Adabiyotlar

1. Melibayeva, R. N., Narmetova, Y. K., Bekmirov, T. R., Bekmirov, T. R., & Abdumutalibova, M. M. (2023). Oilalarda Nevrotik Buzilishlar Sabablari Va Ularni Bartaraf Etish Usullari. AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI, 2(12), 695-699.

2. Бекмиров, Т. (2023). Психологическое состояние матерей детей с отклонениями в развитии.

3. Бекмиров, Т. Р. (2022). НЕКОТОРЫЕ МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ ДИАГНОСТИКИ ОСОБЕННОСТЕЙ ПРЕОДОЛЕНИЯ ПОДРОСТКАМИ КРИЗИСНЫХ СИТУАЦИЙ ЖИЗНИ. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES, 3(12), 224-228.

4. Narmetova, Y. K., Abdumutalibova, M. M., Mirzayeva, A. M., Maxsudov, V. G., & Turgunova, G. T. (2023). OILALARDA NEVROTIK XOLATLARNI PROFILAKTIKASI. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(12 Part 3), 42-46.

5. Практическая психодиагностика. Методики и тесты: учеб. пособ. / под ред. Д.Я. Райгородского. - Самара: БАХРАХ-М, 2001. - 672 с.

260

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.