Научная статья на тему 'ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KLASTER METODLARIDAN FOYDALANISH'

ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KLASTER METODLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2394
229
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim / metodlar / interfaol metodlar / strategiyalar / grafik organayzerlar / amaliy metodlar / ogʻzaki metodlar / koʻrgazmali metodlar / “klaster” metodi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zokirov Javohir Gʻaybullo Oʻgʻli

Ushbu maqolada tа’lim jarayonida metodlarning ahamiyati, hаr bir oʻquv mаshgʻulоtining mаzmun-mоhiyati, tа’lim-tаrbiyaning uzviy bogʻliqligi, ajralmas tushunchа ekаnligini e’tirоf etildi. Oʻquvchilаrdа mа’nаviy-ахlоqiy, tаrbiyaviy jihаtlаrning kаmоl tоpishidа ona tili va oʻqish savodxonligi dаrslаrining rоli kаttаligi hamda ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida qoʻllaniladigan klaster metodi va ularni qoʻllash usullari haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KLASTER METODLARIDAN FOYDALANISH»

ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KLASTER METODLARIDAN FOYDALANISH Zokirov Javohir G'aybullo o'g'li

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi https://doi org/10.5281/zenodo. 7926259

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim jarayonida metodlarning ahamiyati, har bir o'quv mashg'ulotining mazmun-mоhiyati, ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi, ajralmas tushuncha ekanligini e 'tirof etildi. O'quvchilarda ma 'naviy-axloqiy, tarbiyaviy jihatlarning kamol topishida ona tili va o'qish savodxonligi darslarining roli kattaligi hamda ona tili va o'qish savodxonligi darslarida qo'llaniladigan klaster metodi va ularni qo'llash usullari haqidafikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, metodlar, interfaol metodlar, strategiyalar, grafik organayzerlar, amaliy metodlar, og'zaki metodlar, ko'rgazmali metodlar, "klaster " metodi.

So'ngi yillarda ta'limga bo'lgan e'tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Buning natijasida ta'lim oluvchilar va ta'lim beruvchilar uchun jahon talablariga mos qulay sharoitlar yaratib berilmoqda. Ta'lim sifatini oshirish uchun hamma qo'ldan kelgancha harakat qilmoqda, buning natijasida maktablar uchun zamonaviy yangi binolar, qulay jihozlangan o'quv xonalari, o'quvchilar uchun yangi darsliklar ishlab chiqilmoqda. O'qituvchilar sifatli ta'lim berish uchun dars berish jarayonida turli xil metodlardan foydalanadilar. Metodlar o'qituvchilarning bilim berishi uchun zarur hisoblanadi. Har bir o'qituvchi metodlar orqali ma'lumotlarni o'quvchilarga oson yetkazib bera oladi. O'quvchilar esa shu metodlar orqali berilgan bilimlarni yaxshiroq tushunib oladilar [1].

Bugungi kunda respublika ta'lim muassasalarida interfaol ta'limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo'llanilmoqda:

1. Interfaol metodlar: "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blits-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Munosabat", "Reja", "Suhbat" va boshqalar.

2. Strategiyalar: "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotatsiya", "T-jadval", "Yumaloqlangan qor" yana bir qancha turlari bor.

3. Grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "BBB", "Kontseptual jadval", "Venn diagrammasi", "Insert", "Klaster", "Nima uchun?", "Qanday?" va boshqa turlari mavjud [2].

Metod so'zi yunoncha so'zdan olingan bo'lib tadqiqot yo'li, nazariya, usul degan ma'noni bildiradi. Metodlar uchta guruhga bo'lingan:

1) Amaliy metodlar;

2) Og'zaki metodlar;

3) Ko'rgazmali metodlar.

Klaster metodi ko'rgazmali metodlar turiga kiradi. "Klaster" (tarmoqlar) metodi deb ham ataladi. Fikrlarni tarmoqlantirish - bu pedagogik strategiya bo'lib, u o'quvchilarni biron-bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, o'quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni (assotsiativ) erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'lagan holda tarmoqlantirishga o'rgatadi.

Bu metod biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval talabalarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish, hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo'yicha tasavvurlarini ijodiy yondashgan holda chizma shaklida ifodalashga undaydi. Bu esa talabalarga o'z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi [3].

Ba'zi adabiyotlarda "Klaster" (g'uncha, bog'lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u o'quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlami bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar to'g'risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.

«Klaster» metodi aniq ob'ektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o'quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi. «Klaster» metodi puxta o'ylangan strategiya bo'lib, undan o'quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.

Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotlarda o'quvchilar tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida namoyon bo'ladi. Bu esa ilgari surilgan g'oyalarni umumlashtirish va ular o'rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. Klasterlarga ajratish-o'quvchilarga biror-bir mavzu to'g'risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko'p variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klasterlarga ajratishni anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag'batlantirish uchun qo'llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg'otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo'lib, muayyan mavzu bo'yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo'yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o'rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Klaster tuzish ketma-ketligi:

-katta qog'ozning o'rtasiga yoki sinf doskasiga va monitorga yoxud yozish uchun foydalanish mumkin bo'lgan sathga «kalit» so'z yoki gap yoziladi;

-shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va xayolga kelgan so'z va gaplar yoziladi;

-fikrlar paydo bo'lganda va ularni yozganda fikrlar o'rtasida mumkin bo'lgan bog'lanishlarni belgilash;

-fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo'lgunicha xayolga kelgan barcha fikrlar yozilaveradi [5].

Keltirilgan so'z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib chiqiladi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha o'quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g'oyalar o'zagi bo'lib xizmat qiladi.

Klaster tuzish uchun o'qituvchi asosiy (tayanch) so'zni doskaga yozadi, talabalar asosiy so'zni to'ldiruvchi yoki ushbu so'z yechimiga bog'liq so'zlarni aytishadi. O'qituvchi talabalar tomonidan aytilgan so'zlarni "Klaster" atrofiga to'plab, mantiqiy zanjir hosil qiladi [4].

Endi 3-sinf uchun yaratilgan ona tili va o'qish savodxonligi kitobida berilgan bazi bir mavzularga oid klaster tuzishni ko'rib chiqamiz. Darslikda berilgan Anvar Obidjonning "O'rmonda ziyofat" she'rini tushuntirishda klaster metodi orqali qo'shimcha ma'lu mot berish mumkin bo'ladi.

1-2-rasmda keltirilgan klasterlar orqali Anvar Obidjonning "O'rmonda ziyofat" she'rida keltirilgan hayvonlarning qaysilari xonaki va yovvoyi ekanligi haqida ma'lumotga ega bo'ladilar hamda dunyoqarashlari ortib boradi. She'rda keltirilgan hayvonlarning bir-biridan farqlari haqida ham ma'lumotlar berib o'tiladi.

Darslikda berilgan "Quyoshning bolalari" hikoyasini tushuntirish uchun o'qituvchi klaster metodidan foydalanish mumkin bo'ladi. O'qituvchi yangi mavzuni tushuntirib berg andan so'ng doskada yoki monitorda bo'sh klaster chizmasini ko'rsatadi va o'quvchilar bilan birgalikda hikoya yuzasidan savol-javob uyushtirib berilgan klasterni to'ldiradilar va yangi mavzuni mustahkamlab oladilar.

3-rasm.

Yuqorida keltirilgan 3-rasmda keltirib o'tilgan "Quyoshning bolalari" hikoyasida berilgan sayyoralarning nomlarini eslab qolishlari uchun, bu metod muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu mavzulardan tashqari yana bir qancha mavzularni o'rgatishda bu metodni qo'llas h mumkin. Pedagoglar mavzudan kelib chiqqan holda o'zlari mustaqil ravishda ana shunday metodlarni tanlab dars davomida qo'llab dars o'tsalar, darsning samaradorligi yana ham yuqori bo'ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo'lsak klaster metodidan to'g'ri foydalanish orqali o'quvchilarning fikrlashlari, dunyoqarashlari ortadi. O'quvchilar bu metod orqali o'zlariga kerakli bo'lgan bilimlarni tizimlashtirib, tarmoqlab olish imkoniyatlariga ega bo'ladilar.

REFERENCES

1. O'G'Li, Z. J. G., & Aliyarovich, T. E. (2022). BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA QO'LLANILADIGAN METODLAR. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 131-142.

2. Инновацион таълим технологиялари / Муслимов Н.А., Усмонбоева .X,., Сайфуров Д.М., Тураев А.Б. - Тошкент: 2015. - 208 бет.

3. SH.S.SHOYIMOVA, M.K.XOSHIMOVA, SH.R.MIRZAYEVA, M.M.QO'ZIBOYEVA Ta'lim texnologiyalari - Darslik. - T.: «IJOD- PRINT», 2020.-310 bet.

4. О.Д.Рахимов, О.М.Тургунов, ^.О.Мустафаев, ХЖ.Рузиев Замонавий таълим технологиялари /Тошкент, "Фан ва технология нашриёти", 2013й., 200бет.

5. Muqimovich, Y. S. Use of Interactive Methods in Teaching Historical Topics in Primary School Reading Lessons. JournalNX, 326-329.

6. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

7. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

8. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

9. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.