Научная статья на тему 'ONA TILI TA’LIMIDA FANLARARO ALOQADORLIK'

ONA TILI TA’LIMIDA FANLARARO ALOQADORLIK Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3285
214
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ONA TILI / INTEGRATSIYA / ADABIYOT / O'QUVCHI

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Мухтарова В. М.

Ona tili fanining boshqa fanlar bilan bog’lab o’rganish, fanlararo integratsiyaga olib keladi, o’quvchilar dunyoqarashini kengaytiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI TA’LIMIDA FANLARARO ALOQADORLIK»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

УДК 378

В.М. Мухтарова

ONA TILI TA'LIMIDA FANLARARO ALOQADORLIK

Ona tili fanining boshqa fanlar bilan bog 'lab o 'rganish, fanlararo integratsiyaga olib keladi, o 'quvchilar dunyoqarashini kengaytiradi.

Tayanch so'zlar: ona tili, integratsiya, adabiyot, o'quvchi.

Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o ' sib kelayotgan yosh avlodga umuminsoniy va milliy qadri-yatlarga hurmat tuyg'ularini singdirishda milliy tilga, o'z xalqining an'analariga iftixor tuyg'ularini toptirishda ona tilining o'rni beqiyosdir.

Ayni paytda ona tili ta'limi oldiga qo'yilgan talab o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga va shu fikr maxsulini og'zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga ya'ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o'rgatishdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta'limi ijtimoiy jihatdan shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon ma'naviy barkamol, milliy istiqlol g'oyalariga sadoqatli shaxsni kamol toptirishdek buyuk vazifani ado etish ona tili va adabiyot o'qituvchilarining zimmasiga katta mas'uliyat yuklamoqda.

Yuqoridagi omillardan xulosa shundan iboratki, o'qitish jarayonining metod va shakllari ta'lim mazmuni bilan belgilanadi. Ona tili metodlaridan biri integratsiya hisoblanadi. Ta'lim mazmunida ona tili fanini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o'qitish o 'quvchini har tomonlama tasavvur qilish hamda tafakkur qobiliyatini o'stiradi. Integratsiyalash (fanlararo aloqadorlik) - o'qitishning bitta fanning tushuncha va harakat turlari bilan chegaralab qolmasdan, faoliyatni umumlashtirgan turlariga chiqishga imkon beradi, ya'ni muammoli yondashuv hamda o'quv va ilmiy izlanishlar uchun sharoit yaratib beradi. Til borliqni anglash vositasi sifatida fanlararo bog'lanishni amalga oshirishda muhim va hal qiluvchi omil hisoblanadi. Integratsiyalashgan dars natijalari o'quvchilarning ijodiy fanlari rivojida namoyon bo'ladi. Fanlararo integratsiya- bir necha o'quv predmetning bir- biriga taalluqli sohalarini ko'rsatish emas, balki integratsiyalab o'qitish orqali o'quvchilarga atrofimizdagi dunyoning yaxlitli haqida tasavvur berishdir. Olimlarning ta'kidlashicha integratsiya o'quvchi dunyoqarashini shakllantirishni te-zlashtiradi.

O'quvchilarning ma'naviy olamini boyitish, ularni yaxshi niyatli, insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashda adabiyot fani bilan ona tili mashg'ulotlari o'rtasidagi uyg'unlikni tashkil etishning ahamiyati kattadir. Ona tili va adabiyot fanlarining uyg'unligi o'quvchilarning qalbi, his-tuyg'ulariga ta'sir etib, yaxshi-yomonni farqlashga, voqea-xodisalarga o'z shaxsiy nuqtai nazaridan yondashishga, og'zaki va yozma nutqini o'stirishga xizmat qiladi.

5-sinfda leksikologiyaning ayrim mavzularini o'quvchilar ongida to'laqonli shakllantirishda topishmoqlar-dan foydalanish, ba'zi mavzularni mustahkamlash jarayonida savol o'rnida o'quvchiga topishmoq orqali murojaat etish dars sifatini sezilarli darajada oshiradi. Masalan: shakldosh so'zlar mavzusini o'quvchilarga tushuntirish jarayonida topishmoqlardan o'rinli foydalanish va ular bilimini aniqlash hamda baholash mumkin.

Qator kelsa ikki so'z, Bir xil ko'radi har ko'z

Shakli biru ma'nosi, Boshqa-boshqa qaysi so'z (shakldosh so'zlar)

O't so'zi shakldosh. O't- o'simlik, o't- harakat o't- olov .

Adabiyot darsligidan tuyuqlarni keltirish orqali shakldosh so'zlarni topish topshirg'I beriladi.

Charxi kajraftor elidinyozamen, Chiqmadim hijron qishidinyoza men.

Bir meni borliq bila yod etmas ul, Har necha ul shahg'a qulluq yozamen.

7-sinfda "Tasviriy ifoda" mavzusini o 'tish uchun 1 soat vaqt berilgan. Dars davomida tasviriy ifoda haqida ma'lumot beriladi. O'quvchilar mavzu bo'yicha ma'lum tushunchaga ega bo'lgach, mustahkamlash mashqlari ba-jarilgandan so'ng, oldindan tayyorlab qo'yilgan matnlar o'quvchilar e'tiboriga havola qilinadi:

1-matn 2-matn

Ishlov bersang, bo'z erlarda bog' bo'ladi, Ular gaz keltirsalar, zangori olov deymiz,

Chigit eksang, oq oltindan tog' bo'ladi. Ular paxta eksalar, oq oltindir unga nam.

(qo'shiqdan) Ular rul boshqarsalar, zangori bedov deymiz

Xullas, ularning ishi serzavq, serilhom.

H. G'ulom

© Мухтарова В.М., 2020.

Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101)

ISSN 2223-4047

O'quvchilarga she'riy matnda qo'llangan tasviriy ifodalarni topish topshiriladi.

Savollar quyidagicha bo'lishi mumkin:

1. Bir predmet nomi o'rnida ikki va undan ortiq tasviriy ifoda qo'llash mumkinmi?

2. Matnda qo'llangan "zangori bedov" tasviriy ifodasini yana qanday shakli bor?

3. Matnda qo'llangan tasviriy ifodalar qanday vazifani bajargan?

Ona tili va adabiyot fanlari o'rtasidagi bog'liqlik xalq og'zaki ijodini o'qitish jarayonida ham kuzatiladi. Masalan: 7-sinfda "Ravshanxon" dostonini o'qitishda quyidagi yozma topshiriqlarni bajarish mumkin. Masalan:

1. "Kuntug'mish" harakterini ochuvchi misralarni aniqlab, ko'chirib yozing.

2. Xolbeka qiyofasini tasvirlangan o'rinlarni topib yozing.

3. Dostondagi mubolag'ali tasvirga misollar yozing.

Ushbu topshiriqlarni bajarish jarayonida o'quvchilarning so'z boyligi oshib, har bir so'zning ma'nosiga etib, yozma nutq malakalari shakllanadi. Fanlararo bog'lanish amalga oshiriladi. Ona tili darslarida "Tinish bel-gilari" mavzusini o'tishda matnda kam uchraydigan undov belgisi, ko'p nuqta, nuqtali vergul, kabilarni she'rlardan topib, qo'llash o'rni, vazifasini belgilash muhimdir.

Ona tili va adabiyot darslarining samaradorligi o'qituvchi va antonimlar haqida ma'lumot berayotganda fanlararo aloqadorlikka alohida e'tibor qaratish zarur.

Masalan: o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilish mumkin:

1. Antonimlar ishtirok etgan xalq maqollaridan misollar keltiring va ularni izohlang?

2. Tazod nima? Unga misollar ayting?

Antonimlar badiiy asarlarda tazod san'atini yaratishda qo'llaniladi.

Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarida ham antonimlar ishtirok etgan maqollar ko'p. "Yaxshi bilan yursang etding murodg'a, yomon bilan yursang-qolding uyatg'a", "Avval taom, so'ngra kalom", "Yaxshi topib so'zlar, yomon qopib so'zlar".... kabilarni misol tariqasida kelirish mumkin bo'lsa, 7-sinfda egasi yashiringan gaplar mavzusi o'rganilayotganda ham maqollar, hikmatli so'zlar orqali tushuntirish quyidagicha bo'ladi.

1. Mehnat bilan topganing, qandu asal - totganing.

2. Farovon turmushga halol mehnat bilan erishiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, o'quvchilarning ma'naviy olamini boyitishda, ularni yaxshi niyatli, insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashda ona tili va adabiyot fanlarini bog'lab o'rganishning ahamiyati kattadir.

МУХТАРОВА ВАЗИФАХОН МАМАТХАНОВНА - учитель средней общеобразовательной школы № 6 Наманганского района, Наманган, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.