Научная статья на тему 'OMONIMLAR MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI'

OMONIMLAR MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Omonim / interfaol metod / metodika / strategiya / “Delfi” strategiyasi / “Menga so‘z bering!”strategiyasi. / Omonim / interactive method / methodology / strategy / "Delphi" strategy / "Give me a word!" strategy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Narbayeva Xosiyat Adilbek Qizi

Omonimlar mavzusini o‘qitish jarayonida turli xil metodlardan foydalanish o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga mavzuni ham oson o‘zlashtirishiga yordam beradi. Zamon jadal sur’atlar bilan rivojlananayotgan bir paytta o‘quvchilarni fanga va mavzuga qiziqtirish muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF TEACHING HOMONYMS

The use of various methods in the process of teaching the subject of homonyms helps students to develop their abilities and master the subject easily. At a time when time is rapidly developing, it is an important and urgent issue to interest students in science and the subject.

Текст научной работы на тему «OMONIMLAR MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

METHODOLOGY OF TEACHING HOMONYMS

Narbayeva Xosiyat Adilbek qizi

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyoz, Faculty of Turkic Languages, 2nd level student of Uzbek language education in

foreign language groups https://doi.org/10.5281/zenodo.11025469

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 14th April 2024 Accepted: 21th April 2024 Online: 22th April 2024

KEYWORDS Omonim, interactive method, methodology, strategy, "Delphi" strategy, "Give me a word!" strategy.

The use of various methods in the process of teaching the subject of homonyms helps students to develop their abilities and master the subject easily. At a time when time is rapidly developing, it is an important and urgent issue to interest students in science and the subject.

OMONIMLAR MAVZUSINI O'QITISH METODIKASI

Narbayeva Xosiyat Adilbek qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11025469

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 14th April 2024 Accepted: 21th April 2024 Online: 22th April 2024

KEYWORDS Omonim, interfaol metod, metodika, strategiya, "Delfi" strategiyasi, "Menga so'z bering!" stra tegiyasi.

Omonimlar mavzusini o'qitish jarayonida turli xil metodlardan foydalanish o'quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga mavzuni ham oson oZlashtirishiga yordam beradi. Zamon jadal sur'atlar bilan rivojlananayotgan bir paytta o'quvchilarni fanga va mavzuga qiziqtirish muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

Tilimiz o'zining sinonim va omonimlarga boyligi bilan bobomiz Alisher Navoiy mehrini qozongan. Turkiy til imkoniyatlarining kengligini ko'rsatib berish uchun o'zininh shoh sari bo'lmish "Xamsa" asarini turkiy tilda yozgan. Bugungi kunda "Xamsa" asari nafaqat o'zbek kitobxonlari balki, butun jahon kitobxonlari mehrini qozongan. Yosh avlod faqatgina o'tmishda shunday bobomiz bo'lgan demasdan unga munosib avlod bo'lmog'i kerak. Til ijtimiy hodisa bo'lganligi sababli u doim o'zgarib turadi. Zamon taraqqiyoti natijasida til boyib boradi. Til ichki va tashqi tomondan boyiydi. Ichki tomondan boyishi so'zlarning shevadan olinishi hisoblanadi. Tashqi tomondan boyishi esa uning boshqa tillardan so'z o'zlashtirishi hisoblanadi. Bir predmet yoki harakatni vaqt o'tishi bilan boshqa bir predmet yoki harakat nomi bilan nomlashimiz mumkin. Ko'p hollarda omonim va ko'p ma'noli so'zlarni adashtirish holatlariga duch kelamiz. Omonim so'zlarning ma'nosi orasida o'zaro bog'liqlik bo'lmaydi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Ko'p ma'noli so'zlar orasida bog'liqlik bo'ladi. Ko'p ma'noli so'zlarni bir ildizdan o'sib chiqqan nihollar desak ham bo'ladi. Masalan qadimda bitta buyum bo'lgan keyinchalik yashash tarzi takomillashishi natijasida shunga o'xshash yana bir buyum yaratiladi va unga ham avvalgi buyumning nomi beriladi. Agar ko'p ma'noli so'zlarning har biriga alohida nom berilganda lug'at boyligimizdagi so'zlar soni yanada ortgan bo'lar edi. 1Leksik omonimiya — leksemalarning ifoda planidagi (talaffuzi va yozilishidagi) tenglik hodisasi. Masalan, o't («olov») - o't («maysa»), kamar («qayish, ko'ndan ishlangan belbog'») — kamar («daryo, tog'larda suv o'yib ketgan chuqur joy») kabi. Olmoq fe'li bor, uning asosi ol so'zi bo'lib, olmoq fe'lning noaniq shakli hisoblanadi. Shuningdek ol so'zi "qizil" degan ma'noni ham anglatadi. Masalan: Ol yuzli. Qizil yuzli yuzli degan ma'noni anglatadi. 2Ifoda jihati teng leksemalar omoleksemalar deyiladi (yunoncha homos — "bir xil"). Omoleksemalami belgilashda talaffuz jihatidan bo'ladigan bir xillik ham, harfiy (grafik) ifoda jihatidan bo'ladigan bir xillik ham hisobga olinadi. Masalan, tuy- I ("kukun holatga keltir") leksemasi bilan tuy- II ("his et-") leksemasi, yon- I ("predmetning o'ng yoki chap tomoni") leksemasi bilan yon- II ("o't ol") leksemasi o'zaro bir xil talaffuz qilinadi va yoziladi.

Demak, omonimlarni aniqlashda birinchi navbatta so'zning tashqi ko'rinishi e'tiborga olinar ekan. O'zbek tilida omonimlar ham ko'pchilikni tashkil qiladi. Masalan: Adash so'zi ismi boshqa bir insonning ismi bilan bir xil bo'lsa unga shu tariqa murojaat qiladi. Yasha adash! -xursand bo'lib ketdi Qudrat. Adash so'ziining ikkinchi ma'nosi "Adashmoq" ya'ni yo'lini yo'qotmoq degani. Bu yerga adashib kelib qolibman. Ko'pchilik so'zlar eskirib, hozirgi kunda ishlatilmasligi mumki. Lekin bunday so'zlardan adabiyotda ko'p qo'llanilagan. Tuyuq she'riy janiri aynan omonim so'zlar yordamida yasalgan. Ado so'zini biror bir ishni bajarish va biror voqea-hodisaning tugashi degan ma'nodalar ishlatamiz. Masalan: Bu rivoyatlar eshitganingiz bilan ado bo'lmaydi. Ado so'zi noz-karashma degan am'noda ham ishlatilgan. Bu so'zni ko'p hollarda mumtoz adabiyotda va xalq og'zaki ijodida duch kelamiz. "Go'ro'g'li" dostonidan misol keltirishimiz mumkin: Yigitni mast etar jonon adosi... Azali bu so'z ham iiki ma'noda qo'llaniladi. Birinchisi azador, ikkinchisi avvaldan degani. Masalan: U ayol azadoryaqin insoni qazo qilibdi. Unga gapirib o'tirma, azali shunday adati bor. Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tishim kerakki, bu so'z qipchoq shevasida ham shunday qo'llaniladi, faqat fonetik jihatdan biroz farq qiladi. Jabr so'zi ham ikki ma'noda qo'llaniladi. Birinchi ma'nosi zulm bo'lsa, ikkinchi ma'nosi algebra. Misol uchun: Politsiya mahkamasi oldidan o'tar ekan, har kimni titroq bosar, uning jabrini, dahshatini xalq har kuni, har soat, har minut totib turar edi. Nasiriddin Tusiy jabr, tib va mantiq nazariyasi bilimlarining boshqa sohalari bo'yicha ham ko'pgina kitoblar yozgan. Bu kabi misollarni ko'p keltirishimiz mumkin, ammo bugungi bolalarga bu mavzuni bolalarga qay usul bilan o'qitish kerakligidir. Hozirgi kunda texnika -texnologiya rivojlanib bormoqda, shunday ekan bolalarni har tomonlama yetuk kadr qilib tayyorlashimiz kerak. Darsni o'zlashtirishlari uchun bolalarga audio, videolardan va interfaol metodlardan foydalanib o'tishimiz kerak. Omonimlar mavzusida quyidagi metoddan foydlanish mumkin. "Delfi" strategiyasi bu strategiyada o'quvchilarga biror bir so'z beriladi. Ular bu so'zning ma'nosini topishi kerak bo'ladi. Buning uchun o'quvchilardan u so'zning

1 Jamolxonov. H. Hozirgi o'zbek adabiy tili -Toshkent: Talqin, 2005

2 Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

ma'nosini turli xil gaplar bilan misol keltirilishi so'raladi. Berilgan misollardan eng to'g'rilari saralab olinadi. Bunday misollarni har bir o'quvchi keltirishi kerak bo'ladi. Eng oxirida ularning misollarni to'planib yakuniy fikr bildiriladi. Bu strategiya orqali o'quvchilarni ham mustaqil fikrlash ham jamoaviy ishlash qobiliyatlarni rivojlantirishimiz mumkin bo'ladi.

"Menga so'z bering!" strategiyasi. Bu strategiyada o'quvchi (talaba)larga o'rganilayotgan mavzu bo'yicha yoki biror bir omonim bo'yicha o'zlarining shaxsiy fikrlarini bildiradilar va fikrlarini dalilllar bilan isbotlaydilar , dars davomida turli xil tanqidiy fikrlar bildirilishi mumkin, shunday fikrlar bildirilgan vaqtda o'z fikrlarini himoya qilishi va yakuniy xulosalarini bildirishi kerak bo'ladi. Bu metodni qo'llash orqali o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish va uni bildirishi, boshqalarga yetkazib berish kabi qobiliyatlarni shakllanitirishga xizmat qiladi.

Dars davomida o'quvchilarni bir - birining fikrlarini tinglashini nazorat qilish o'qituvchi zimmmasiga yuklatiladi.

Metodlarni qo'llash orqali o'quvchilarning darsni o'zlashtirishi bilan bir qatorda ularning tinglash qobiliyati, fikr bildirish qobiliyati, uni himoya qilishi va xulosalar chiqarishi kabi qobiliyatlarining rivojlanishiga hissa qo'shgan bo'lamiz.

References:

1. Jamolxonov. H. Hozirgi o'zbek adabiy tili -Toshkent: Talqin, 2005

2. Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

3. Ro'ziyeva. D., Usmonoyeva. M., Holiqova. Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. -Toshkent 2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.