Научная статья на тему 'OMMAVIY SPORT SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARINING JAMIYATDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI'

OMMAVIY SPORT SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARINING JAMIYATDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston Respublikasi / jismoniy tarbiya / sport / ommoviy sport / sport sog‘lomlashtirish / milliy sport bayramlari / sport turlari / jamoalar / tashkil etish / sport musobaqalari / ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari / “maktab ligasi” / “talabalar ligasi” / iste'dodli yosh sportchilar. / Republic of Uzbekistan / physical education / sports / mass sports / sports rehabilitation / national sports holidays / sports / teams / organization / sports competitions / mass physical education activities / "school league" / "students league" / talented young athletes.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xudayberdiyeva N.A.

Maqolada ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining jamiyat a’zolari uchun sog‘lom turmush tarzini ta’minlab berishdagi ahamiyati xususida fikr yuritilgan. Hamda mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PUBLIC SPORTS HEALTHY EVENTS FOR A HEALTHY LIFESTYLE IN SOCIETY PLACE IN SUPPLY

The article discusses the importance of public sports and wellness events in providing a healthy lifestyle for members of society. In our country, raising a healthy and well-rounded generation is one of the priorities of state policy. measures are also mentioned.

Текст научной работы на тему «OMMAVIY SPORT SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARINING JAMIYATDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI»

Xudayberdiyeva N.A. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti

OMMAVIY SPORT - SOG'LOMLASHTIRISH TADBIRLARINING JAMIYATDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI TA'MINLASHDAGI

O'RNI

Annotatsiya. Maqolada ommaviy sport - sog 'lomlashtirish tadbirlarining jamiyat a'zolari uchun sog'lom turmush tarzini ta'minlab berishdagi ahamiyati xususida fikr yuritilgan. Hamda mamlakatimizda sog 'lom va barkamol avlodni voyagayetkazish davlat siyosatining ustuvoryo 'nalishlaridan biri bo 'lib, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham so 'z boradi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi, jismoniy tarbiya, sport, ommoviy sport, sport sog'lomlashtirish, milliy sport bayramlari, sport turlari, jamoalar, tashkil etish, sport musobaqalari, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, "maktab ligasi", "talabalar ligasi", iste'dodliyosh sportchilar.

Khudayberdiyeva N.A. associate professor

Uzbekistan State University of Physical Education and Sports

PUBLIC SPORTS - HEALTHY EVENTS FOR A HEALTHY LIFESTYLE IN SOCIETY PLACE IN SUPPLY

Annotation. The article discusses the importance of public sports and wellness events in providing a healthy lifestyle for members of society. In our country, raising a healthy and well-rounded generation is one of the priorities of state policy. measures are also mentioned.

Key words: Republic of Uzbekistan, physical education, sports, mass sports, sports rehabilitation, national sports holidays, sports, teams, organization, sports competitions, mass physical education activities, "school league", "students league", talented young athletes.

O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko'rsatkichlariga ko'ra O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" ishlab chiqilgan va Respublika tuman (shahar)larni ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish tasdiqlangan.

Konsepsiyada nazarda tutilgan maqsadli ko'rsatkichlar va asosiy yo'nalishlar har yili O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko'ra ushbu tadbirlarni

moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablag'lari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan "Yo'l xaritasi" orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilangan.

Jismoniy tarbiyaning ahamiyati, uning qiymati, bolalar salomatligi bilan chambarchas bog'liq hamda o'quvchilarning harakat faolligini oshiruvchi vosita sifatida qaraladi. Jismoniy tarbiyaningrivojlanishi ommaviy sport tadirlarini o'tkazish bilan bevosita bog'liq. Ommaviy sport tadirlariga turli xil sportmusobaqalari, estafetalar, harakatli o'yinlar kiradi. Bunday o'yinlar, bayramlar qadim zamondan o'tkazilib kelingan. Masalan, har yili respublikamizda o'tkaziladigan milliy sport bayramlari, O'zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida tiklana boshladi va yildan yilga uning keng ommaviyligi oshibbormoqda. Mashg'ulotlardan tashqari o'tkaziladigan sport tadbirlari,bayramlar

o'quvchilarning harakat faolligini oshiradi, bolalar organizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi hamda ularning faol dam olishiga imkoniyat yaratadi.Shuning uchun ham bunday tadbirlar bugungi kunda jismoniy tarbiyaningeng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Chunki bu o'tkaziladigan tadbirlaryoshlarning harakat faolligini oshirishga imkoniyat yaratadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi "Davlat ta'lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 542-sonli Qarorining mazmuni va mohiyati Qarorning maqsadi-o'quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanish tizimini takomillashtirish, iste'dodli yoshlarni saralab olish va sport turlari bo'yicha milliy terma jamoalar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, sportchilarni tibbiy ta'minlash ishlarini tashkil etishdan iborat qilib belgilangan.

Qarorning 3-bandida. Quyidagilar sport klublarining asosiy vazifalari etib belgilangan:

- o'quvchilar va talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targ'ib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

- o'quvchilar va talabalar o'rtasida sport turlari bo'yicha jamoalar tashkil etish, ular o'rtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan, "maktab ligasi", "talabalar ligasi" tashkil etish orqali iste'dodli yosh sportchilarni aniqlash;

- umumta'lim maktablarida-o'quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o'qituvchilarini jalb qilgan holda iste'dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda bolalar va o'smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish, sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport to'garaklari bo'yicha haftasiga kamida4 soatdan sinfdan tashqari sport to'garaklari mashg'ulotlarini tashkil etish;

- jismoniy tarbiya va sport jarayoniga mashg'ulotlar o'tkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilg'or tajribani joriy qilish.

Yurtimizda sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, millat genofondini asrash, oilada, jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, sport turida yuqori natija ko'rsata oladigan qobiliyatli, iste'dodli sportchilarni qidirib topish, sport turlarini rivojlantirish hamda ularning ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni saralash va yuqori malakali murabbiylarni tayyorlash, sport inshootlari quvvatidan to'liq va samarali foydalanishniyo'lga qo'yishdan iboratdir.

Shuningdek, Oliy ta'lim muassasalarida respublikamiz hududlarida barpo etilgan barcha sport inshootlari quvvatidan to'liq va samarali foydalanishni yo'lga qo'yish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini ommalashtirish, ta'lim muassasalarida talabalarni sog'lomlashtirish va muntazam sport bilan shug'ullanishlari uchun sport seksiyalarini tashkil etish, talabalarning darsdan tashqari bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun oliy ta'lim muassasalari sport zallarida ular bilan o'tkaziladigan sport tadbirlari va musobaqalar ko'lamini kengaytirish, qolaversa, ommaviy sportni umumxalq harakatiga aylantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishda oliy ta'lim muassasalarida "Sog'lomlashtirish" sport klubi faoliyatini yo'lga qo'yish orqali amalga oshiriladi. Talabalarni sport tayyorgarligi, ularni respublika va xalqaro musobaqalarga tayyorlash oliy va umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari orqali yo'lga qo'yiladi.

Oliy ta'lim muassasalari qoshida "Talaba" sport klublarini tuzish orqali talaba-yoshlarning darsdan tashqari ommaviy jismoniy tarbiya va sport-sog'lomlashtirish tadbirlarini yanada takomillashtirish, iste'dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari bo'yicha milliy terma jamoalari zaxirasini shakllantirish, oliy ta'lim muassasalarining pedagog va boshqa xodimlarini sportga jalb qilish, shuningdek, sport klublari faoliyatini samarali yo'lga qo'yish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, faollashtirishga hamda uning moddiy-texnik bazasini tubdan takomillashtirishga qaratiladi.

Sport tadbirlari - sport musobaqalarini, o'quv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha boshqa tadbirlarni o'z ichiga oladigan tadbirlar.

Sport federatsiya, jamiyat, assotsiatsiya (uyushmasi) - bir yoki bir nechta sport turini rivojlantirish, ommalashtirish, shuningdek, sport tadbirlarini o'tkazishni tashkil etish hamda sportchilarni - O'zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari a'zolarini sportning tegishli turi bo'yicha tayyorlash uchun a'zolik asosida tashkil etilgan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan nodavlat, notijorat tashkilot.

Nizomga muvofiq "Ta'lim to'g'risida", "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi, "Nodavlat, notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi hamda O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq sport klubini tuzish, uning maqomi, faoliyat olib borishi va moliyalashtirish tartibibelgilangan.

Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo'lgan, har tomonlama yetuk hamda jismonan sog'lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo'nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsad qilingan bo'lib, quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025-yilgacha asosiy yo'nalishlari etib belgilangan22:

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkiloti va muassasalarida shug'ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;

davlat sport ta'limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy ma'lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish;

joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to'rt bosqichli - tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o'quvchi-sportchilari o'rtasida "Bolalar sport o'yinlari"ni o'tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Talabalar sport o'yinlari"ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish;

aholining keng qatlamlari, jumladan, umumta'lim maktabi o'quvchilari, professional va oliy ta'lim muassasalari o'quvchi va talabalari o'rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida "Umumta'lim maktab sporti" festivali, "Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa" ko'rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o'tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta'lim maktabi, professional va oliy ta'lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish;

milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va Olimpiya o'yinlari dasturlariga kiritish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Ta'lim, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sportga alohida e'tibor berildi. Aholining sog'ligini yaxshilash, yosh o'quvchi- talabalarning jismoniy rivojlanishi, ishchilar va ziyolilarning ish qobiliyatini va samaradorligini oshirish kabi masalalarga e'tibor kuchaytirildi. Borayotgan xalqaro talablar va zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda iqtidorli sportchilarning qobiliyatini rivojlantirish kabi muhim yo'nalish ham e'tibordan chetda qolmadi.

22 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalshtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" PF-5924-sonli Farmoni. Toshkent sh.,2020-yil 24-yanvar.

Shu bilan birga, hayotni kengaytirish va uning sifatini oshirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish orqali sog'lom avlodni tarbiyalash, ham professional sportchilar, ham butun mamlakat aholisi uchun sport uchun sharoit yaratish masalalari ustuvor masalalar bo'lib qoldi.

Hozirgi kunda dunyo davlatlari o'rtasidagi munosabatlar sport va intellektual qobiliyatlarni, inson salohiyatini va millat resurslarini namoyish etishda namoyon bo'lmoqda.

Rivojlanishning barcha jabhalarida tobora o'sib borayotgan global raqobat sharoitida bugungi kunda dunyoning har bir mamlakati inson kapitali sifatini oshirish zarurati bilan duch kelmoqda, bu millat salomatligini - aqliy, jismoniy, ma'naviy va intellektualni saqlashga yondashuvlarni tubdan qayta ko'rib chiqishni, barcha aholining jismoniy sog'lig'ini mustahkamlash to'g'risida doimiy g'amxo'rlikni talab qiladi.

O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va aholining turmush darajasining yuqori darajasiga erishish bu strategik vazifani - mamlakatni barqaror rivojlantirishni amaliy amalga oshirish doirasidagi muhim shartdir.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida ushbu muammoni hal qilishning asosiy omillaridan biri mamlakat aholisining barcha qatlamlari vakillari uchun butun umr davomida jismoniy tarbiya va sportga muntazam ravishda jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlashdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar: l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" i PF-5924-son farmoni. 24.01.2020.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4877-son qarori. 3.11.2020.

3. Orziqulov R. Sog'lom turmush tarzi asoslari (Valeologiya). «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent.2009.

4.Rahmonov A. Sog'lom turmush tarsi tarbiya vositasi. Fan va texnologiyalar nashriyoti.Toshkent.2012.

5. Tursunaliev I. [va boshq.]. Biz — sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz!: Uslubiy tavsiyanoma // Toshkent: XK "Umid Design". 2021. - 44 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.