UDK 611.050/070:611.008(575.1) OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA YORITILAYOTGAN TIBBIY MAVZULAR VA ULARNING TASNIFI
M.Oqqo'ziyeva*
Kalit so'zlar: libbiy jumalislika, sog'lom lurmush larzi, ixlisoslashuv.
Kuchli ijtimoiy siyosat davlatning barqaror rivojlanishining kafolatidir. Iqtisodiyot va sanoat bilan bir qatorda tibbiyot ham jadal rivojlanayotgan sohalardan biridir, chunki uning maqsadi odamlar hayotini saqlashdir.
Ommaviy axborot vositalari sog'lom turmush tarzini targ'ib etuvchi eng muhim aloqa usullaridan biridir. Aynan uning paydo bo'lishi va shakllanib, yangi ko'rinish kasb etishi inson salomatligi to'g'risida ma'lumot olish va keyinchalik ularni shaxsiy hayot tarziga tatbiq etish mezonlarini yanada kuchaytirdi. Biroq yangi media muhitida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish va salomatlikni targ'ib qilish bo'yicha tadqiqotlar yetarli emas va bu tarmoq borasida qo'shimcha tizimli tushuntirishlar talab qilinadi.
"Bugungi kunda jurnalistlar yangi ma'lumotlarni birinchi bo'lib o'rganish huquqiga ega. Buning uchun ularga matbuot anjumanlari o'tkazilib, imkoniyat yaratilmoqda. Muhim uchrashuvlarda ishtirok etish uchun rasman senzura yo'q. «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi qonun jurnalistlarga so'rov bo'yicha ma'lumot olish, ochiq hujjatlarga kirish, qayta ishlash, ushbu ma'lumotlarni nusxalash va nashr qilish, texnik vositalardan foydalangan holda yozib olish va qo'riqlanadigan hududlarga tashrif buyurish huquqini beradi». [1]
Axborot - har bir zamonning, har bir davrning eng muhim omillaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Ushbu tushuncha bugungi kundagi atama sifatida rivoj topishi va mazmun-mohiyat kasb etishi barobarida ma'lum bir o'zgarishlarga uchragani va sayqal topib borgani ham ma'lum. Bugungi media makonda axborot va uning tarmoqlari aholining bilish va xabardorligini oshirish bilan bir qatorda ma'lum soha doirasida mavjud bo'lgan tushunchalarni targ'ib qilish va uni turmush tarzi bilan uyg'unlashtirish vazifalarini ham baholi qudrat ado etmoqda.
Demak, salomatlik, o'rganilishi kerak bo'lgan muhim aspektlardan biridir. Ommaviy axborot vositalarini tibbiy targ'ibotchi sifatida tahlilga tortish orqali bir qancha muhim jihatlarni ajratib ko'rsatish mumkin. Bu masalani prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham o'z nutqlarida quyidagicha ifodalaydi: "...kasallikni davolashdan ko'ra, uning oldini olish oilauchun ham, samarali va foydalidir. Shu bois mamlakatimizda profilaktik tibbiyot rivojiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining "Tiriklik hikmatini sog'liqda deb bilgin", degan chuqur ma'noli so'zlari naqadar to'g'ri ekanligini hayotning o'zi bugun qayta-qayta isbotlamoqda". [2]
Globllashgan zamonda ommaviy axborot vositalarining turi ko'p. Ularning har biri turlicha imkoniyat va vositalarga ega. Shu bilan bir qatorda, OAVning qaysi turi bo'lishidan qat'iy nazar tibbiy madaniyat va inson salomatligi masalalari keng yoritib kelinmoqda.
Media olamida so'nggi to'rt yil mobaynida dunyodagi epidemiologik muammo, xususan, pandemiya, kasallikning kelib chiqish sabablari, uning keng tarqalishi, laboratorik tekshiruvlar tahlili va yuzaga keltirgan oqibatlari to'g'risida ma'lumotlar ko'p yoritilgan bo'lsa, bugunga kelib, bu mavzu bo'yicha qiziqish va talablar biroz ortga chekingan. Endilikda tibbiyot mavzularining aksariyati dori-darmonlarsiz, tabiiy ravishda salomatlikni saqlash hamda sog'lom turmush tarzi masalalarini yoritishga ko'proq ahamiyat qaratmoqda.
* Maxsuma Oqqo'ziyeva - O'zbekistonjurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 3-bosqich mustaqil tadqiqotchisi.
Xususan, Kun.uz saytida 2023-yil 18-sentyabrda "Yurak salomatligi uchun - qizil lavlagining foyda va zararlari haqida" nomli maqola e'lon qilingan. Unda ushbu vitamiga boy mahsulotning tarkibiy qismlari, qanday kasalliklarga davo ekanligi hamda zararli tomonlari batafsil ko'rsatib o'tilgan.
Ko'p sonli kuzatuvchilarga ega bo'lgan "Darakchi" gazetasining rasmiy veb saytida 2023-yil 27-avgust kuni "Mutaxassis: besh mahal ovqatlanish besh mahal osh yeyish kerak degani emas" nomli maqolasi nashr etilgan. Ushbu maqolada tibbiyot fanlari doktori, professor, shifokor-valeolog Shuhrat Ergashev to'g'ri ovqatlanish haqida to'liq ma'lumot berib o'tgan. Xususan, kun davomida necha marta va qancha miqdorda ovqatlanish inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi, sog'lom ovqatlanishda yo'l qo'yiladigan xato va kamchiliklar haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga, mutaxassis to'g'ri taomlanish degani foydali mahsulotlarni o'z vaqti va o'rnida iste'mol qilish demakdir, degan g'oyani ham ilgari surgan.
Qolaversa, shu nashrning 2023-yil 5-avgust kuni e'lon qilingan "JSST sog'lom ovqatlanish bo'yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqdi" maqolasida aholining kundalik yog' iste'moli bo'yicha me'yoriy darajasi, uning kattalar va bolalar oziq-ovqatidagi ulushi qancha bo'lishi lozimligi foizlarda hisoblab ko'rsatib o'tilgan.
Ixtisoslashgan nashrlar bu borada kengroq imkoniyatlarga ega. Ularning mavzu-mundarijasi tibbiyotga bag'ishlanganligi sababli yoritilayotgan mavzular ko'lami ham rang-barangdir. Shunga qaramasdan, yuqorida aytib o'tilgan sog'lom ovqatlanish, tabiiy davo muolajalari hamda sog'lom turmush tarzi nashrlarning bosh mavzusi bo'lib kelmoqda. Xususan, ko'p sonli obunachilarga ega "Shifo-info" gazetasining 2023-yil 41 son 10 sahifasida tibbiyot fanlari doktori, professor, nutritsiolog Guli Shayxova kuzda qanday taomlanish kerakligi borasida o'z fikr mulohazalari bilan bo'lishgan bo'lsa, shu sonning 12 sahifasida "Ona sutini ko'paytirishning tabiiy usullari" nomli maqolada yosh, bo'lg'usi onalar va ayollar uchun tabiiy mahsulotlar yordamida ona sutini ko'paytirish yo'llari to'g'risida mutaxassis maslahati berib o'tilgan.
Yana bir ko'p sonli obunachilarga ega "Yangi O'zbekiston" gazetasida 2023-yil 17-oktyabr sanasida "JSST tomonidan keksalikni sog'lom va zavqli o'tkazish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi" nomli ma'qola e'lon qilingan. Unda Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti mutaxassislari tomonidan 65 yoshdan katta bo'lgan dunyo aholisi orasida keng tarqalgan kasalliklar, xususan, gipertoniya, yurak qon-tomir va asab tizimi, bo'g'im va buyrak kasalliklari bilan og'rigan bemorlar nimalarga ahamiyat bprishi va sog'lom turmush tarzini qay tarzda tuzishi kerakligi borasida muhim axborotlar berib o'tilgan.
Eng ko'p yoritiladigan va o'qiladigan masalalardan biri bu - tibbiyot yangiliklari bo'lib, ular ham ixtisoslashgan, ham ommaviy davriy nashrlarda asosiy o'rinlarni egallashadi. Xuddi shunday yangiliklardan biri "Yangi O'zbekiston" gazetasining rasmiy sayti "Yuz.uz"da 2023-yil 13-oktyabr sonida "Alsgeymer kasalligini erta bosqichlarda aniqlash usuli topildi" nomi ostida e'lon qilingan. Ushbu maqolada tadqiqotchilar tomonidan o'tkazilgan sinov usullari va ularning dastlabki natijalari yoritib berilgan.
"Shifo-info" gazetasining 2022-yil 15-sentyabrdagi 37 sonida bir nechta davlatning nufuzli ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan o'tkazilgan tajribalar va ularning natijalari ham ko'pchilikda qiziqish uyg'otgan. "Siyosatchilar nega boshqalardan ko'proq yashashadi?" sarlavhasi ostida chop etilgan ushbu yangilik orqali olimlar uzoq umr ko'rishda faoliyat turdarining o'zgacha ahamiyatini ilmiy tarzda tahlilga tortishgan.
"Kun.uz" saytida ham tibbiyotga oid yangiliklar berib boriladi. Ulardan biri 2023-yil 15-oktyabrda "Dunyo bo'yicha har 8 bolaning bir nafari ultra qayta ishlagan mahsulotlarga mukkasidan ketgan - tadqiqot" nomi ostida e'lon qilingan. Ushbu yangilikda 36 ta mamlakatda o'tkazilgan 281 ta tadqiqot tahlilining natijasi ma'lum qilingan.
Nafaqat mahalliy nashrlarda, balki xorijiy ommaviy axborot vositalarida ham tibbiyot yangiliklari keng yoritiladi. Ko'p sonli obunachilarga ega bo'lgan "Argumentbi i faktbi" gazetasining rasmiy saytida 2023-yil 22-noyabr kuni AQSHlik olimlar tomonidan ilgari surilayotgan tadqiqot haqida xabar berilgan. [3] Ushbu xabarda atrof-muhit ifloslanishi va ko'krak saratoni rivojlanishi
o'rtasida bog'liqlik mavjudligi ta'kidlab o'tilgan. Vaziyatni tahlil qilish uchun olimlar shahar va qishloq joylardagi ifloslanish darajasi, kasallanish darajasi, ko'payish ko'rsatkichlari, o'lim yoki omon qolish darajasini hisobga oladigan atrof-muhit sifati indeksidan foydalanishdi. Natijada yashash sharoiti va saraton xavfi o'rtasida bog'liqlik bor degan xulosaga kelishdi.
Tibbiyot yangiliklari bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalarida mavsumiy va yuqumli kasalliklar muammosi, kasalliklar profilaktikasi va soha mutaxassislari bilan suhbat va intervyular uchun ham keng o'rin berilgan.
Shu bilan bir qatorda tibbiy mavzularga bo'lgan qiziqish turli yoshdagi insonlar uchun turlicha ahamiyat kasb etishini unutmaslik kerak. Sababi, ixtisoslashgan tibbiy nashrlarning asosiy o'quvchilarini asosan o'rta va keksa yoshli insonlar va tibbiyot sohasi mutaxassislari tashkil etishadi. Rus tadqiqotchisi A.V. Kuznetsevning ta'kidlashicha, tomoshabin va o'quvchilarni qiziqtirgan tarmoqlar reytingida salomatlik quyi o'rinlardan birini band etgan.
Unga ko'ra, insonlarni eng qiziqtirgan mavzular reytingini
- jinoyatchilikka oid - 51 foiz;
- xalqaro aloqalar - 48 foiz;
- madaniy yoki shoii-biznes yangiliklari - 46 foiz;
- siyosiy yangiliklar - 43 foiz;
- tibbiyot mavzular - 35 foizni tashkil etadi.[5]
Tadqiqot ishi doirasida biz ham ana shunday so'rovnoma tashkil etdik. Uning natijalari yuqorida keltirib o'tilgan faktorlardan birozgina farq qiladi. Ushbu so'rovnomada 62 nafar ko'ngilli ishtirok etgan bo'lib, ularning yoshi va faoliyat sohalari turlicha. So'rovnoma ishtirokchilarning tanloviga ko'ra:
Ommaviy axborot vositalarini kuzatar ekansiz, ularda e'lon qilib borilayotgan mavzularning
aksariyatini salbiy bo'yoqdorlikka ega bo'lib, bu i-jadvai
holat kishi ruhiyati va ongiga bilinmas tarzda zarar
.... „ , , , OAVdagi qavsi vaiigihklaiiii qiziqish
yetkazib boradi. Bu jarayonlarning barchasi ong * '
ostida sodir bo'ladi. Bizga biror axborot qayta-qayta singdirilishi natijasida manipulyatsiya hodisasi sodir bo'ladi. Manipulyatsiyaning ham salbiy va ijobiy asoratlari mavjud. Yosh tadqiqotchi Hamida Usmonova o'zining "Internet xabarlarining omma ongiga salbiy ta'siri" deb nomlangan ilmiy maqolasida "milliy domenda faoliyat yuritayotgan saytlarning auditoriya talablarini qondirish maqsadida ma'lumotlarning psixologik oqibatlari bilan hisoblashmay uzatilayotgan axborotlar misolida ham ko'rish mumkin. Jumladan, gooper.uzbir kunda o'rtacha 56 ta xabar uzatadi. Shuningdek, 18 tasi insonda salbiy kayfiyat uyg'otuvchi, xususan, chet mamlakatlardagi siyosiy mojarolar, qonli to'qnashuvlar va tabiiy ofatlarga oid ma'lumotligi aniqlandi. Oyiga 600 ming kishi o'qiydigan www,daryo.uz saytida esa kuniga o'rtacha 50 ga yaqin xabar joylashtiriladi. Shundan 24 tasi kishida qo'rquv, hayajon va tahlika uyg'otuvchi xabar deb topilgan".[5]
Shuni ta'kidlash lozimki, ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan har qanday axborot ma'lum bir ta'sir kuchiga ega bo'ladi. U axborot berishi, ogohlantirishi, qo'rquv uyg'otishi, xabardorlikni oshirishi va, albatta, qandaydir maqsadga xizmat qilishi mumkin. Xuddi shunday, ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan tibbiy mavzular ham o'z vazifasiga ko'ra, o'quvchiga ma'lum bir ta'sir quvvatiga ega bo'lishi kerak. Ular quyidagilar:
Xabardorlikni oshirish. Sizga ma'lumki, ayrim holatlarda ma'lum bir mavzuga (o 'z joniga qasd qilish, firibgarlik, yengil hayot) ko'p bor to'xtalish, qayta-qayta murojaat qilish uning targ'ibotiga xizmat qilishi mumkin. Bu OAVning aks ta'sir doirasini ko'rsatib beradi. Ammo tibbiy mavzularga bu shaklda murojaat qilish orqali kasallikning mohiyati, bilib-bilmay yo'l qo'yiladigan
bilaii kuzatib boi asiz?
■ [lm-fan va texnologiyalar
■ Siyosiy yangiliklar
■ Tibbiyotga oid mavzular
■ Jinoyatchilik shcru-bizties va xalqaro rmmosabatlar
xatolar, profilaktika va davo choralarini aholiga singdirib va bu orqali tibbiy madaniyatni o'stirish mumkin bo'ldai. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, aynan ishonchli manbalar bu vazifani aniq amalga oshira oladi. Aks holda, tibbiy mavzular ham aks ta'sir kuchiga ega bo'ladi. Misol uchun, Kun.uz saytida "Shamollash mavsumi boshlanyapti - unga bolalarni qanday tayyorlash va himoya qilish kerak?" [6] nomli maqola hamda videorolik e'lon qilingan. Unda nega qishda gripp ko'payishi, immunitetni yaxshilash va kasallik yuqtirmaslik uchun qanday ehtiyot bo'lish hamda tumov yuqib qolsa, qilish kerak bo'lgan choralar haqida muhim ma'lumotlar berib o'tilgan. Ushbu mavzuga takror to'xtalish, xabardorlikni oshirish bilan bir qatorda, sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga ham xizmat qilgan.
Ta'sir kuchiga ega bo'lish. Tibbiyot haqida yozishni odatiy yo'nalish sifatida baholovchilar uning ta'sir kuchi vazifasini boy beradilar. Sababi ta'sir kuchiga ega bo'lmagan axborot iste'mol qilinmaydi va ahamiyatga ega emas. Misol uchun Kun.uz saytida "Yana paqildoq mavzusi: pirotexnika vositalaridan foydalanishdan ko'rilayotgan zarar ko'lami qanday?" [7] mavzusida maqola e'lon qilingan. Ushbu maqolada pirotexnika vositalarining salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligiga ta'siri va moddiy va ma'naviy zarari to'g'risida fikr yuritilgan. Umumiylik ustuvor bo'lgan ushbu mavzu o'quvchini bir nazarda o'ziga chaqirib olish xususiyatiga ega emas.
Ammo shu nashrda ayni mavzuga doir yana bir maqola e'lon qilingan. "Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit pirotexnika portlashidan jiddiy jarohat oldi. Uning qo'li operatsiya qilindi" nomli ushbu maqola ham ta'sir kuchiga, ham xabardorlik xususiyatiga, ham ogohlik talablariga mos keladi va oqibati va aniq qahramoni bo'lganligi sababli hech kimni befarq qoldirmaydi.
Tibbiy madaniyatni oshirishga xizmat qilishi. Koronavirus pandemiyasi vaqtida bu ayniqsa katta ahamiyat kasb etdi. Pandemiya nafaqat tibbiy nashrlar, balki davriy nashrlarning ham diqqat markazida bo'ldi. Ishonchli va aniq ma'lumotlarga bo'lgan talab, ma'lum axborotga bo'lgan keng ko'lamli ehtiyoj uning ta'sir doirasini yana bir bor oshirishga xizmat qildi. Shu bilan bir qatorda, tibbiy madaniyat va tibbiy nashrlar ma'lum davrlarda emas, balki doimiy ravishda yoritib borilishi kerakligini zamonning o'zi isbatlab berdi.
Bu tendensiya nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo ommaviy axborot vositalarida ham tub o'zgarishni yuzaga kelitirib chiqardi. Tibbiy madaniyatni oshirish faqat pandemiya va epidemiologik vaziyatlar kuchaygan vaqtda emas, balki har bir zamon uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki salomatlik hamisha insonlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lib kelgan.
Adabiyotlar:
1. "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 15.01.2007-yildagi O'RQ-78-son. http://lex.uz//docs/l 106870
2. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. "O'zbekiston". Т.: - 2021-yil. 201-bet.
3. https://aif.ru/health/uchenye_iz_ssha_vyyavili_svyaz_mezhdu_mestom_prozhivaniya_i_riskom
razvitiyaraka
4. A.V.Kuznetsev. Sotsialnbie vzaimootnosheniya vrachey, patsiyentov i SMI v protsesse medikalizatsii. Disertatsiya. 2009.
5. Hamida Usmonova. Internet xabarlarining omma ongiga salbiy ta'siri. "Zamonaviy elektron va onlayn OAV faoliyatining taraqqiyot tendensiyalari" (Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami), 2016-yil. -B.16.
6. https://kun.uz/35487483
7. https://kun.uz/54533607
OMMAVIYAXBOROT VOSITALARIDA YORITILAYOTGAN TIBBIYMAVZULAR VA ULARNING TASNIFI
Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan tibbiyotga oid maqolalar va idarning tasnifi tahlilga tortilgan. Bugun tibbiy madaniyatni oshirishni zamonning о 'zi talab qdmoqda. Shu boisdan bugungi kunda tibbiy mavzidarni yoritish jurnalistdan ham, shifokordan ham bilim va tajribani talab etadi. Ushbu maqolada О 'zbekistondafaoliyatyuritayotgan ommaviy axborot vositalari va idarning tibbiy targ 'ibotchilik roli о 'rganilishi va takomillashtirilishi zarurligi ochib berilgan.
МЕДИЦИНСКИЕ ТЕМЫ, ОСВЕЩАЕМЫЕ В СМИ, И ИХ КЛАССИФИКАЦИЯ
В данной статье анализируются медгщинские статьи, освещаемые в средствах массовой информации, и их классификация. Сегодня настало время повышения медицинской культуры. Поэтому освещение медгщинских тем сегодня требует знаний и опыта как от журналиста, так и от врача. В данной статье раскрывается необходимость изучения и совершенствования действуюгцих в Узбекистане средств массовой информации и их роли в медгщинской пропаганде.
MEDICAL TOPICS COVERED IN THE MEDIA AND THEIR CLASSIFICATION
In this article, medical articles covered in mass media and their classification are analyzed. Today, it is time itself to improve medical culture. Therefore, covering medical topics today requires knowledge and experience fi'om both the journalist and the doctor. This article reveals the need to study and improve the mass media operating in Uzbekistan and their role in medical promotion.