Научная статья на тему 'OLXO‘RI MEVALARINI QURITISH VA TSUKAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI'

OLXO‘RI MEVALARINI QURITISH VA TSUKAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
quritish / tsukat / qoqi tayyorlash / blanshirovka

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — S.S.Tuxtamishev, F.T.Rayimov

Respublikamizda etishtirilayotgan yuqori sifatli turli xil nav olxo‘rilar kimyoviy tarkibi, ya’ni qand miqdori hamda vitaminga boyligi jihatdan shimoliy zonalarda etishtirilgan olxo‘ridan ancha yuqori turadi. Olxo‘ri inson organizmi uchun muhim ahamiyatga ega. Ular tarkibida inson organizimida engil hazm bo‘ladigan qand moddalari, organik kislotalar, vitamin va mineral moddalarning ko‘pligi, qanchalik ahamiyatli ekanligini bildiradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLXO‘RI MEVALARINI QURITISH VA TSUKAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI»

m

IWkr '

111 ^ SIAN JOURNAL OF ICIPETHHRY RESEARCH

OLXO'RI MEVALARINI QURITISH VA TSUKAT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI S.S.Tuxtamishev Guliston davlat universiteti katta o'qituvchisi, F.T.Rayimov Guliston davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11165385

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 4th April 2024 Accepted: 6th May 2024 Published: 9th May 2024 KEYWORDS

quritish, tsukat, qoqi tayyorlash, blanshirovka

Respublikamizda etishtirilayotganyuqorisifatli turlixilnav olxo'rilar kimyoviy tarkibi, ya'ni qand miqdori hamda vitaminga boyligi jihatdan shimoliy zonalarda etishtirilgan olxo'ridan ancha yuqori turadi. Olxo'ri inson organizmi uchun muhim ahamiyatga ega. Ular tarkibida inson organizimida engil hazm bo'ladigan qand moddalari, organik kislotalar, vitamin va mineral moddalarning ko'pligi, qanchalik ahamiyatli ekanligini bildiradi Kirish. O'zbekistonda nisbatan narhi arzon xom-ashyolarni bo'lishi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga yaxshi istiqboldir. Quyoshli iqlim yoz va kuz faslida quyosh nuridan unumli foydalanib meva, uzum, sabzavot va qovunlarni katta hajmda quritish imkoniyatini yaratadi.

Olxo'ri qoqisi inson organizmi uchun parhezli davolovchi yaxshi mahsulotdir. Olxo'rini to'q tusli Berton, Ispolinskiy, Sogdiana, Qora olu, Samarkandskaya, Vengerka ajanskaya, Vengerka fioletovaya navlari quritish uchun eng yaxshi xisoblanadi.

Qoqi tayyorlash jarayonining ishlab chiqarish texnologiyasi uzish, tashish, saqlash, navlarga ajratish, inspektsiya yuvish, qaynoq suvga pishish, quritish, namini baravarlash, qutilarga joylash va saqlashdan iborat. Quritiladigan olxo'ri yaxshi pishgan bo' lishi lozim. Shu sababli u obdon pishib, qandi, kislotasi va boshqa moddalari tegishli darajaga etgach, uziladi. Olxo'ri qoqisi tayyorlashda mevalar quritiladigan joyning tabiiy geografik o'rni katta ahamiyatga ega hisoblanadi. O'zbekistonning janubi-g'arbiy viloyatlari olxo'ri quritish uchun eng maqbul mintaqalar hisoblanadi. Quritish uchun biroz tepalikroq, shamol yaxshi esadigan, quyosh nurlari kunning aksariyat qismida tushib turadigan yalanglik joy tanlanadi. Bunday joydagi quritish uchun tanlangan maydonni yaxshi pishitilgan somonli loy bilan suvab chiqish tavsiya etiladi. Imkoniyat darajasida maydonni beton qoplama bilan ham qoplantirish mumkin. Maydonda mevalarni yuvish uchun oqib turadigan suv, blanshirovka qilish uchun qozon va uning o'choqlari, qorovulxona, shuningdek kichikroq bostirma va omborxona bo'lishi lozim. Omborda tayyor mahsulotlar, shuningdek mevalarni ochiq havoga yoyib chiqishda ishlatiladigan oborot patnislar saqlanadi.

Olxo'ri 16 kg li qutiga teriladi. Hosil avtomashinalarda yoki ressorli aravachalarda tashiladi. Terilgan olxo'rini 24 soatdan ortiq saqlab bo'lmaydi. Shu sabali uni quritish punktiga o'z vaqtida etkazishda jiddiy e'tibor berish kerak. Mevalar kalibrlash mashinalarida katta

Volume 1, Issue 7, May 2024

Page 53

kichikligiga qarab navlarga ajratiladi. Olxo'rini katta kichikligiga qarab 3-4 xilga ajratish mumkin. Keyin inspektsiya qilinadi, ya'ni chirigan, ezilgan o'ta pishgan va xomlari ajratib olinadi. Sifatiga qarab xillash tasmali yoki rolikli trnasportyorlarda yoxud stol ustida bajariladi. Keyin mevalar yuvib, kaustik soda eritmasiga botirib olinadi. Bu ish blanshirovatel yoki 300350 litr suv sig'adigan qozonda bajariladi. Kaustik soda eritmasi 0,5 foizli qilib tayyorlanadi. Mevaning har bir navi sinab ko'rilib keyin eritmaga botirib olish muddati belgilanadi. Olho'ri mevalarini pishirib olish o'rniga maxsus mashinada isitish ham mumkin. Bu usulda ishlagan olxo'rining rangi aynimaydi. Sifati yaxshilanadi. Ishqor eritmasiga botirib olingan mevalarning esa rangi bir oz ayniydi. Bu usulning kamchiligi shuki meva mashina barabanida qisman shikastlanadi. Shu xilda tayyorlangan olxo'ri toza podnoslarga solinib, quritish maydonchasidagi so'kchaklarga, oftob yaxshi tushadigan joyga qo'yiladi (1-rasm). 3-4 kundan keyin mevalar ag'darib chiqiladi, yana 5-7 kun o'tib, ularning nami ancha qochgandan so'ng shtabellarga taxlab qo'yiladi va quritish soyada davom ettiriladi.

Olxo'ri navlarini kech pishishi (avgust-sntyabr) hisobga olingan holda quritishdan oldin uni ishqor aralashmasida ishlov (blanshirovka) beriladi. Olxo'rini 10-15 sentyabrdan keyin quritish tavsiya etilmaydi, chunki mevalar to kuzgi yomg'ir yog'ishigacha qurimaydi. Shuning uchun mahsulot ertaroq 0,5% li ishqor aralashmasida ishlov berib quritiladi.

1-rasm. Olxo'ri mevalarini quritish jarayoni.

Ishlov berishdan maqsad meva etlarida kichik yoriqchalar hosil qilish va qurish jarayonini tezlashtirishdir. Olxo'ri mevalariga ishlov berish uchun qozonga toza suv quyib qaynoq holga keltiriladi, undan keyin 100 litr suv hisobiga 500 gr ishqor (kaustik soda) solib qaynatiladi, undan keyin mevalar kichik (2-3 kg li) savatchalarga solib qaynayotgan ishqor aralashmasiga (mahsulot etilganligi, naviga qarab) 10-30 soniya mobaynida botirib olinadi va ochiq maydonda quritiladi. Olxo'rini och tusli navlari ishqor bilan ishlov berilib, oltingugurtda dudlash usulida quritiladi. Mevalar ishqor bilan ishlov berilgandan keyin, darhol oltingugurtda dudlanadi, bunda bir kilogramm meva uchun bir grammgacha oltingugurt sarflanib, bir soat mobaynida dudlanadi. So'ng uni «shtabel» (taxlash) usulida quritiladi va tovar sifati yuqori bo'lgan mahsulot olinadi.

Tayyor mahsulot namligi 20-22% dan oshmasligi kerak. Ob-havo sharoitiga qarab quritish 1420 kun davom etadi. Bunda 24-36 % gacha quruq mahsulot olinadi (2-rasm).

2-rasm. Quritilgan olxo'ri mevalari.

Olho'ri mevalari dudlanadi. Dudlanmay quritilgani qora yoki ko'kimtir qora, dudlangani esa och sariq yoki jigarrang bo'ladi. Qoqining rangini ochish uchun hom ashyo 0,3-0,5 5 li qaynoq glitserin eritmasida 3-5 soniya ushlanadi. Keyin standartga moslab quritiladi, navlarga

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

ajratiladi va qutilarga joylanadi.

Olxo'rining mayda yoki yirikligiga qarab, 8-19 kun quritiladi. Etidan ajralmaydigan paytda mevalar obdon qurigan hisoblanadi. Bunday olxo'rini qo'lga g'ijimlaganda bir-biriga yopishib qolmasligi lozim. Quritilgan olxo'ri qog'oz-karton paketchalar yoki kraft qopchalarga qadoqlanib, salqin, havoning nisbiy namligi 75% bo'lgan omborlarda saqlanadi Olxo'ri mevalaridan tsukat tayyorlash. So'nggi yillarda olxo'ri mevalaridan tsukatlar tayyorlash ham keng rivojlanmoqda. Chunki bugungi kunda turli mevalardan tayyorlangan tsukatlarga bo'lgan talab xorijiy davlatlarda ham, respublikamizda ham yildan-yilga ortib bormoqda.

Mevalardan tayyorlangan tsukatlar bayram dasturxonlariga qo'yiladi, taomlardan so'ng desert sifatida tortiladi, qandolatchilikda qimmatli xom ashyo sifatida ishlatiladi. Meva tsukatlari orasida olxo'ri tsukatining qadrlanishi shundaki, olxo'ri mevalari tarkibida boshqa tsukat qilinadigan mevalardan (o'rik, behi, tarvuzning oq eti va boshqalar) farqli ravishda organik kislotalar ko'proq va bu kislotalar olxo'ri tsukatiga o'zga xos nordon-shirin ta'm berib turadi.

Olxo'ri tsukatini tayyorlash texnologiyasi uning qoqisini tayyorlashga juda ham o'xshab ketadi deb yozadilar. Tsukat tayyorlashdagi dastlabki ishlarning barchasi qoqi tayyorlashdagi singari amalga oshiriladi, ya'ni keltirilgan mevalar kalibrlash mashinalarida katta kichikligiga qarab navlarga ajratiladi. Olxo'rini katta kichikligiga qarab 3-4 xilga ajratish mumkin. Keyin inspektsiya qilinadi, ya'ni chirigan, ezilgan o'ta pishgan va xomlari ajratib olinadi. Sifatiga qarab xillash tasmali yoki rolikli trnasportyorlarda yoxud stol ustida bajariladi. Keyin mevalar yaxshilab oqar suvda yuviladi.Olxo'rini danagidan ajratib ham, danagi ajralmaydigan navlarini danagidan ajratmasdan ham tsukat tayyorlash mumkin. Danagi ajraladigan mevalarning danagi bir kun so'litilgandan so'ng extiyotlik bilan band tomonidan siqib chiqarib tashlanadi. So'ngra mevalar 20-30% li shakarli suvda 20-25 daqiqa qaynatiladi. Qaynatilgan mevalar suvidan siriqtirib olinadi va oftobli havoda 7-12 kun quritiladi. Quritilgan tsukatlar chiroyli ko'rinish, yaltiroqlik va xush ta'mga ega bo'ladi.

Adabiyotlar.

1. To'xtamishev, S. S. (2023). MEVA O 'SIMLIKLARINING INDIVIDUAL

RIVOJLANISHI. RESEARCH AND EDUCATION, 2(4), 51-56.

2. Tukhtamishev, S. (2023). WEIGHT-DIMENSIONAL AND VOLUMERIAN INDICATORS

AND PHYSICAL AND MATHEMATICAL PROPERTIES CHARACTERISTIC FOR CENTRAL ASIAN

VARIETIES OF MELONS. Journal of Agriculture & Horticulture, 3(11), 9-12.

з. Тухтамишев, С. С., Шокирхужаева, У., & Искандаров, З. С. (2023). УНИВЕРСАЛЬНАЯ

МАШИНА ДЛЯ ОЧИСТКИ ДЫНИ ОТ КОЖУРЫ И РАЗРЕЗАНИЯ ЕЕ НА КОЛЬЦЕВЫЕ

ДОЛЬКИ. Евразийский журнал академических исследований, 4(1), 110-118.

4.

Рахматов, О., & Тухтамишев, С. С. (2022). Математическая импретация процесса

резания плода дыни лезвием.

5. Тухтамишев, С. С., Рахматов, О., & Давлатов, П. (2020). ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНО-ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ ОПРЕДЕЛЕНИЕ МОДУЛЯ УПРУГОСТИ И КОЭФФИЦИЕНТА ДЛЯ ОВОЩЕ

БАХЧЕВЫХ КУЛЬТУР. Журнал Технических исследований, 3(3).

6. Рахматов, О. О., Тухтамишев, С. С., Нуриев, К. К., & Рахматов, О. (2019). Разработка мини-технологической линии по безотходной переработке плодов. 1п Научные основы развития АПК (pp. 286-289).

Volume 1, Issue 7, May 2024

Page 56

7. Тухтамишов, С. С., Рахматов, О. О., Янгибаева, Г., & Худайбердиев, Р. (2019). Разработка конструктивной схемы выделелителя семян. 1п Научные основы развития АПК: Сб. науч. тр. по материалам XXI Всерос.(нац.) научн.-практ. конф. студентов, аспирантов и молодых ученых с международным участием (19 апреля-10 июня 2019г.)-

молодых ученых с международным участием (19 апреля-10 июня 2019г.)-Томск-Новосибирск: ИЦЗолотой колос, 2019.-491 с. (р. 293).

9. Чимпайизов, Ф. Н., Тухтамишев, С. С., & Адилов, А. У. О. (2023). НОМЕНКЛАТУРА ПРОДУКТОВ ПЕРЕРАБОТКИ ПИЩЕВЫХ ПРОДУКТОВ, ИХ БЕЗОПАСНОСТЬ. Universum: технические науки, (2-4 (107)), 19-21.

семян дыни из плаценты. In Научные основы развития АПК (pp. 281-283).

12. Тухтамишев, С. С., Тухтамишова, Г. К., & Рахмонкулов, M. У. (2023). ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ДЛЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ РАЗРУШАЮЩЕГО КОНКРЕТНОГО НАПРЯЖЕНИЯ УПРУГО-ВЯЗКИХ МАТЕРИАЛОВ РАСТИТЕЛЬНОГО ПРОИСХОЖДЕНИЯ. Евразийский журнал технологий и инноваций, 2(1 Part 2), 210-216.

13. Тухтамишова, Г. К., Уктамов, Ш. Б., & Саттаров, К. К. (2018). Исследование технологически значимых показателей зерна пшеницы, выращиваемой в Узбекистане. In Вестник научных конференций (No. 3-4, pp. 154-157). ООО Консалтинговая компания Юком.

14. Khamdamov, M. B., Tukhtamishova, G. Q., & Ganijonov, D. I. (2023). Influence of the degree of grain damage by the bug turtle on its bakery properties.

15. |аЬЬагоуа, D. (2023). RЕSЕАRCH ОF BАKING PRОPЕRTIЕS ОF ШНЕАТ FLОUR. Science and innovation, 2(A2), 41-44.

16. Shaidullayeva, S. B., Mirzakulova, G. S., & Tukhtаmishоvа, G. K. (2023). CLASSIFICATION

OF FOOD ADDITIVES AND BAKING IMPROVERS. RESEARCH AND EDUCATION, 2(2), 85-87.

17. Tukhtamisheva, G. K., Sattarov, K. K., & Nuriddinov, B. R. (2023, June). Post-harvest

processing of wheat grain. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing

18. Tukhtamishova, G. K., & Shomirzaeva, M. G. (2024). ANALYSIS OF THE REAL QUALITY

OF COMPONENTS IN THE PRODUCTION OF COMPOUND FEED FROM GRAINS. SCHOLAR, 2(4),

10-15.

19. Tukhtamishova, G. K., & Samatova, M. U. (2024). STUDYING THE INFLUENCE OF CASEIN

ON QUALITY INDICATORS AND TECHNOLOGICAL CHARACTERISTICS. ARXITEKTURA,

MUHANDISLIK VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARJURNALI, 3(2), 1-4.

20. Sattarov, K. K., Tukhtamisheva, G. K., & Uktamov, S. B. (2019). IMPROVING THE QUALITY

OF PRODUCTS. Bulletin of Gulistan State University, 2019(1), 74-78.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.