Научная статья на тему 'OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABALARNI INGLIZ TILIDA O`QIB TUSHUNISH KO`NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH METODLARI'

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABALARNI INGLIZ TILIDA O`QIB TUSHUNISH KO`NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
46
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ingliz tili / o`qib tushunish / texnika / metod / ko`nikma / ta`lim.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Djamalutdinova Barno Ramizitdinovna

Talabalarda ingliz tilida o`qish ko`nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega, shu o`rinda o`qib tushunishga ham alohida urg`u berish maqsadga muvofiq. Mazkur maqolada oliy ta`lim muassasalari talabalarida ingliz tilida o`qib tushunish salohiyatini shakllantirish, rivojlantirish metodologiyasi muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABALARNI INGLIZ TILIDA O`QIB TUSHUNISH KO`NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH METODLARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN- TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABALARNI INGLIZ TILIDA OQIB

TUSHUNISH KONIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH METODLARI Djamalutdinova Barno Ramizitdinovna

Xalqaro Nordik universitetining "Xorijiy tillar" kafedrasi ingliz tili katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10159285

Annotatsiya. Talabalarda ingliz tilida oqish ko'nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega, shu o'rinda o qib tushunishga ham alohida urgu berish maqsadga muvofiq. Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarida ingliz tilida o qib tushunish salohiyatini shakllantirish, rivojlantirish metodologiyasi muhokama etiladi.

Kalitso'zlar: ingliz tili, o qib tushunish, texnika, metod, konikma, talim.

Аннотация. Важно формировать у учащихся навыки чтения на английском языке, при этом уместно уделять особое внимание пониманию прочитанного. В данной статье рассматривается методика формирования и развития потенциала понимания, прочитанного на английском языке у студентов высших учебных заведений.

Ключевые слова: английский язык, понимание прочитанного, техника, метод, навык, образование.

Abstract. It is important to develop students' reading skills in English, and it is appropriate to pay special attention to reading comprehension. This article discusses the methodology for the formation and development of the comprehension potential of reading in English among students of higher educational institutions.

Keywords: English language, reading comprehension, technique, method, skill, education.

KIRISH

O qib tushunishni rivojlantirisMan avval o qish ko nikmasiga diqqat qaratish joiz. O'qish deganda, harfiy belgilarda ifodalangan nutqiy axborotni idrok etish va uning mazmunini payqash jarayoni tushuniladi [1]. O'qish-tanish, qisman notanish til materiallari asosida notanish mazmunli matnni o'qib ma'lumot olish, mazmunni tushunish, idrok talqin qilishdir. O'qish aloqa qilishning reseptiv turidir. O'qish yozma nutqdir, kommunikatsiya qilish uchun nutq faoliyatining turidir. O'qish orqali talaba o'rganilayotgan mamlakat tili madaniyati hayoti tarixi urf-odatlari bilan tanishadi. O'qish ma'lumot olish manbaidir.

Hozirgi paytda o'qish faqatgina ma'lumot olish manbai deb qaralmaydi. Uorqali fonetik, grammatik, leksik materiallar, grafika, orfografiyani qo'llanilishi o'zlashtiriladi, yangi leksika bilan doimo boyitib boriladi.

O'qish ko'nikmasi tinglab tushunish, gapirish, yozma bayon qilishda va o'zgalar fkrini yozishni o'rgatishda vosita ham bo'ladi.

O'qishning asosida amaliyta'limiy tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsadlar yotadi. O'qishning asosiy maqsadi - amaliy maqsad - ingliz tilida ko'zyugurtirib o'qib chiqish izlanib va mazmun bilan tanishish ya'ni o'qib ma'lumot olishdir.

ADABIYOTLAR SHARHI

Oliy o'quv yurtilaridao'qishko'nikmasining quyidagi maqsad va vazifalari mavjud:o'qishni o'rgatish kasbini, malakasini shakllantirish, rivojlantirish; o'qishnioldiga talabalarni original adabiyotlarni mutaxassislikga oid o'qib ma'lumot olish hamda turli maqsadlarda o'qiy olish;bir tilli ikki tilli lug'atlardan, muhim ma'lumotlardan foydalana bilish; mustaqil o'qish.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN- TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Amaliy ingliz tilida o'qish ustida ishlashning mazmuni, mexanizmlari bor. O'qish ustida ishlash mazmuni deganda biz o'qish boyicha nimalar o'rgatiladi, nimalar ustida ishlanadi va ularni nima qilishni o'rgatish tushuniladi.

I.A.Gruzinskaya "O'qish mexanizmi — ko'z ilg'aydigan matn materialini tovush obrazlari bilan to'g'ri, tez aniqlab olish, matnning bo'laklarini to'la tovush ohang aniqligida aytish mahorati" deb tariflaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

O'qish mexanizmlariga quyidagilar kiradi: belgilar; harflar; harfbirikmalari; so'zlar; gaplar va ularni talaffuz qilib, o'qish; ritm; ohang; xotira; idrok qilish; antisepatsiya-oldindan bilish; fahmlay olish; tezliklar.

Hozir o'qishning psixo-fizilogik mexanizmlari aniqlanib unga ko'rish —yozuv va nutq — harakat sezgilari kiritilyapdi. Ular o'zaro birga nutq faoliyatida ishtirok etib, o'qish paytida ma'lumot olishni ta'minlaydi. Mazmun ifodalanishi o'qish mexanizmlari orqali amalga oshiriladi.

Inglizcha matnni o'qib tushunishda 2 ta jarayon sodir bo'ladi [4]:

1) Qabul qilish;

2) Tushunish.

Insonda ikkita signal tizimi bor. Birinchi signal harakatga predmetlarni ta'siri natijasida, predmetlarni ta'siri natijasida predmet qo'zg'atuvchilar asosida qarashiga tushadi, ikkinchi signal tizimi so'z qo'zg'atuvchi asosida (so'zlar ta'sir qilib kuzatish asosida) harakatga tushadi. Shuning asosidaqabul qilish birinchi signal tizimi, tushunishesa ikkinchi signal tizimidir. Qabul qilish hissiy bo'lib, sezib tushunish(dir, birinchi signal tizimining chegaralangan ish faoliyatidir, tushunish esa ongli qabul qilishidir. Bu ikkinchi signal tizimining shartlangan ish faoliyatidir, tushunish esa ongli qabul qilishdir. Bu ikkinchi signal tiziminig shartlangan ish faoliyatidir. Ikkinchi signal tizimi faqatgina birinchi signal tizimi asosida vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladi. Birinchi signal tizimi esa ikkinchi signal tizimisiz bajara oladi, ikkinchi esa birinchisiz bajarilmaydi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki — tushunish qabul qilishsizbo'lmaydi, qabul qilish esa tushunishsiz bo'ladi. Psixologik nuqtai nazardan matnni to'g'ri talaffuz qilib, uning mazmunini tushunmay o'qish bu o'qish emasdir. O'qish ko'nikma-malakalarini hosil qilish, ko'rish, qabul qilish, talaffuz qilish, tinglash, tushunish jarayonlarini bir-birini bilan to'g'ri chambarchas bog'lab, bir jarayon hosil qila olishidir.

Amaliy ingliz tilida o'qish ustida ishlash mobaynida quyidagi metodik usullarni etiborga olishimiz kerak. Til oliy o'quv yurtida amaliy ingliz tilida o'qish ustida ishlanadi, o'qish rivojlantiriladi. O'rta maktabda o'qish o'rgatilgan, unga asos solingan, talabalarga o'qish to'g'risida tushuncha bor.

NATIJALAR

O'qish malakasi ustida ishlash pedagogik professional yo'nalishiga solinadi, o'qishning rivojlantirish bilan birga, o'qish bo'yicha pedagogik professional malakalar shakllantiriladi.

O'qish texnikasiga ko'ra o'qish texnikasi, o'qiganni mazmunini tushunish o'rgatiladi, u rivojlantiriladi.

O'qish texnikasini o'rgatishda bir necha metodlardan foydalanilgan.

1. The phone method — fonik metod. Oldin tovushlarni ko'rsatilib, keyin grafika (simvoli) — yozuv belgisini ifodalovchi harf ko'rsatiladi, o'qitiladi. Bu metodni Z. M. Tsvetkova metodi deb ham ataladi [2].

2. The word method — butun so'zni o'qib berish va uni qaytartirib o'qitish orqali

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN- TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

o'qitish texnikasi o'rgatiladi.

3. The sentence method — gapni o'qib berish va uni qaytartirib o'qitish orqali o'qish texnikasi o'rgatiladi. Bu metod S.K. Folomkina va Kaar metodi deb ham yuritiladi.

4. Hozir analitiko-sintetik metod — ham o'qish texnikasini o'rgatish ustida ishlaganda qo'llaniladi.

Hammamizga ma'lumki, oliy o'quv yurtlarida Presett dasturi joriy qilinmasdan oldin o'qituvchi talaba bilan o'qishni o'rgatish jarayonida matn yuzasidan savol javobni o'zbek tilida muhitdan kelib chiqqan holda olib borish imkoniyatiga ega edi. Ammo Hozirgi zamon oliy o'quv yurtlarida dars jarayoni qa'tiy ingliz tilida olib borilishi lozim.

Ingliz tilini o'qitishda katta samaralarga erishish uchun oliy o'quv yurti auditoriyalarida to'liq ingliz tili muhitini yaratish lozim, yani o'qilgan matnni to'liq ingliz tilida bayon etish, o'qituvchi tomonidan matn yuzasidan o'tkaziladigan savol-javoblari to'liq holda ingliz tilida o'tkazish lozim. O'qituvchi o'qishni o'qitish jarayonida oliy o'quv yurti talabasi qaysi bosqichda ta'lim olishini, yoshini, bilim darajasinietiborga olgan holda matn tanlashi maqsadga muvofiqdir. XULOSA VA MUNOZARA

O'qib tushunishni o'rgatish - nutq faoliyati turini o'rgatish deb qaralmog'i lozim. Ushbu qoidani inobatga olib ish yuritilganda, talabalarga o'qish haqida to'g'ri yo'llanma beriladi. Tajribada kuzatiladigan metodik xatolardan bo'lmish til materialini o'zlashtirish yoki matnga yaqin gapirib berishni yagona o'quv vazifasi qilmasdan, matn faoliyatida qo'llash materialiga aylantirish oldingi o'rniga chiqarilishi tavsiya etiladi. Oliy o'quv yurti talabalariga matnni o'qib axborot olishni mashq qildirish birlamchi yakuniy maqsad amalda tadbiq etilishi kerak. Bunga nutqiy amallarni bajarish bilangina erishiladi, bu jarayonda muayyan natijaga erishish mazmunni bilib olish, axborotni egallash ko'zda tutiladi. Matnni o'qish manaviy boyishga, yangi yangi axborotlarni olishga qaratilgan o'quv-metodik tadbirdir. Yuqorida aytib o'tilgan metodlarni qo'llash orqali, o'qishni o'rgatish mashqlarini dars jarayonida qo'llash nutq malakalarini o'stirishga katta xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Chet tillarda o'qishni o'rgatish metodikasi bo'yicha insholar - T.: /

2. Ed. I.M.Berman va V.A.Buchbinder. - Kiev: Oliy maktab, 2017 yil.

3. Hoshimov O'. Yoqubov I. Ingliz tili o'qitish metodikasi. - T.: Sharq nashriyot-matbaa aksiadorlik kompaniyasi Bosh tahririyat, 2013.

4. Jalolov J. J. Chet tili o'qitish metodikasi O'qituvchi nashryot-matbaa ijodiy uyi T. 2012.

5. Rogova G.V. Ingliz tilini o'qitish metodikasi. - Leningrad, 2015 yil.

6. Hagboldt P. Chet tillarni o'rganish. - M., 2013 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.