Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI'

OLIY TA’LIMDA MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

22
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
masofaviy ta‘lim / internet tarmog`i / axborot texnologiyalari / electron pochta / onlayn kurslar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Malika Berdiyarovna Yuldasheva

Ushbu maqolada mamlakatimiz ta‘lim tizimida masofaviy ta‘limning tashkil etilishining huquqiy asoslarini tashkil etuvchi qonun hujjatlari, ularga ko`ra masofaviy ta‘limning mazmuni, elementlari, tamoyil va vazifalari haqida ma‘lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA MASOFAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Technologiesjn^heEd^jatiOmmiPiSamm

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

OLIY TA'LIMDA MASOFAVIY TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY

ASOSLARI

Malika Berdiyarovna Yuldasheva

Navoiy davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi katta o' qituvchisi

malika.yuldasheva.567@mail .ru

ANNOTATSITYA

Ushbu maqolada mamlakatimiz ta'lim tizimida masofaviy ta'limning tashkil etilishining huquqiy asoslarini tashkil etuvchi qonun hujjatlari, ularga ko'ra masofaviy ta'limning mazmuni, elementlari, tamoyil va vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: masofaviy ta'lim, internet tarmog'i, axborot texnologiyalari, electron pochta, onlayn kurslar.

Ma'lumki, ijtimoiy hayotning barcha jabhalari singari ta'lim tizimi ham zamon talablariga mos ravishda transformatsiyaga uchramoqda. Shunday transformatsiyalardan biri, bu ta'lim oluvchilarga bir qancha qulayliklarni beruvchi masofaviy ta'limdir. Masofaviy ta'limda bilim beruvchi va uni qabul qiluvchi jismonan va vaqt jihatdan bir-biridan ajralgan holda o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish jahon axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o'zaro aloqa tamoyiliga ega bo'lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi.

Masofaviy ta'lim Internet texnologiyalarining paydo bo'lishi bir necha asrlar davomida o'zgarmay kelgan holatlarni o'zgartirib, bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo'ldi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda yangi o'qitish shakli -masofaviy o'qitish yaratilishiga va an'anaviy shakllari bilan masofaviy ta'lim elementlari kirib keldi.

Covid-19 pandemiyasi masofaviy ta'limning mamlakatimiz ta'lim tizimiga integratsiyasini yanada tezlashtirdi. 2022-yil 3 - oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 559-sonli "Oliy ta'lim tashkilotlarida masofaviy ta'lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori qabul qilindi. Unga ko'ra masofaviy ta'limning huquqiy me'yorlari belgilab berildi.

Masofaviy ta'limga mamlakatimiz qonunchiligida shunday ta'rif beriladi:

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

789

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

"Masofaviy ta'lim — talaba va ta'lim beruvchining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali ma'lum vaqt orasida o'zaro muloqotda bo'lishiga, elektron pochta orqali to'g'ri va teskari aloqa o'rnatishiga, jumladan xabarlarni yuborishi va qabul qilishiga mo'ljallangan, bilim va ko'nikmalarni, o'quv dasturlarini masofadan turib o'zlashtirishga yo'naltirilgan ta'lim shakli." Masofaviy ta'limni tashkil etilishida quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:

- ishtirokchilarning interfaolligi;

- talabalarning identifikatsiya qilinishi;

- yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi;

- ta'lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.

Quyidagilar esa masofaviy ta'limni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- talabalarning masofadan turib ta'lim olish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga bo'lgan ehtiyojini qondirish;

- o'quv jarayonini tashkil etishning umumiy, guruh va individual shakllarining uyg'unligi;

- kadrlarning kasbiy darajasini oshirish va ularning mustaqil bilim olishiga ko'maklashish;

- talabalarga mamlakatning har qaysi hududida va uning tashqarisida ta'lim olishning teng imkoniyatlarini taqdim etish;

- ta'lim xizmatlari eksportini kengaytirish orqali ta'lim tizimining jozibadorligini oshirish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to,g,risidag"gi Qonuni, 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 -y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim tashkilotlarida masofaviy ta'lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori, 03.10.2022 yildagi 559-son. // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 04.10.2022 -y., 09/22/559/0884-son.

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

790

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.