Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA KOMPETENTLIK YONASHUVNING ZURURYATI'

OLIY TA’LIMDA KOMPETENTLIK YONASHUVNING ZURURYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / oliy ta’lim / ta'lim standarti / malaka / ijodkorlik / kompetentlik / aqliy hujum / yondashuv / baholash / eksperiment / modul / qobiliyat / umummadaniy / uzluksizlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qodirov R. R, Usmonov Sh.F

Maqolada ta’kidlanadiki, ta’limda kompetensiyaga asoslangan yondashuvning dolzarbligi shu bilan bog‘liqki, bu yondashuv shaxsga yo‘naltirilgan va erkin insonparvarlik yo‘naltirilgan tanlovni amalga oshirishga tayyor ta’lim sohasidagi ijtimoiy strategiya sifatida belgilanadi. Ta’lim mazmuni yangilanishini, o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy reallikka javoban, ta'limning maqsadlari vektorlariga ustuvor yo‘nalish sifatida, o‘rganish va o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zini-o‘zi anglash, ijtimoiylashish va individuallikni rivojlantirishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA KOMPETENTLIK YONASHUVNING ZURURYATI»

OLIY TA'LIMDA KOMPETENTLIK YONASHUVNING

ZURURYATI

1Qodirov R. R., 2Usmonov Sh.F

1,2 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11214709

Annotatsiya. Maqolada ta'kidlanadiki, ta'limda kompetensiyaga asoslangan yondashuvning dolzarbligi shu bilan bog'liqki, bu yondashuv shaxsga yo'naltirilgan va erkin insonparvarlik yo'naltirilgan tanlovni amalga oshirishga tayyor ta'lim sohasidagi ijtimoiy strategiya sifatida belgilanadi. Ta'lim mazmuni yangilanishini, o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy reallikka javoban, ta'limning maqsadlari - vektorlariga ustuvor yo 'nalish sifatida, o 'rganish va o 'z taqdirini o 'zi belgilash, o 'zini-o 'zi anglash, ijtimoiylashish va individuallikni rivojlantirishdir.

Kalit so'zlar: kompetensiya, oliy ta'lim, ta'lim standarti, malaka, ijodkorlik, kompetentlik, aqliy hujum, yondashuv, baholash, eksperiment, modul, qobiliyat, umummadaniy, uzluksizlik.

O'zbekistonda zamonaviy oliy ta'limi tizimi islohot bosqichidadir: uzluksiz yagona kasbiy ta'lim tizimni yaratish, mahalliy va xalqaro ta'lim xizmatlari bozori integratsiyasi va oliy ta'lim muassasasi(OTM)ning innovatsion salohiyatini rivojlantirish hisoblanib, bular birgalikda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan. OTM faoliyatining yakuniy natijasi, mobil kasbiy-komponentli, mintaqa, mamlakat va xorijdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda qanday harakat qilishni biladigan malakali mutaxassisni tayyorlashdir.

Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti(DTS)ni amalga oshirish, an'anaviy oliy ta'limdan komponentli ta'lim va tarbiyaning modeliga o'tishga qaratilgan, shuningdek kasbiy ta'lim sifatiy o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Bu masalalar ta'lim tizimining barcha tarkibiy qismlari orqali ko'rib chiqiladi: standartlar va dasturlar; ta'lim sifatini nazorat qilish tizimlari; ilmiy va pedagogik kadrlarning malakasi, ta'lim xizmatlari sifati, ta'lim sharoitlari, talabalarning o'z-o'zini rivojlantirishi va ta'lim natijalaridir. OTMda kompetentsiyaga asoslangan yondashuv, talabani modellashtirish muammolarini dolzarblashtiradi. Bu muammolar: ta'limning izchilligi va uzluksizligi, ta'limning muayyan yo'nalishlari bo'yicha talabalarni o'qitishining turli bosqichlarida, umummadaniy va kasbiy kompetentsiyalar darajalarini shakllantirish va baholashdir[1].

Kompetensiyaga asoslangan yondashuvga o'tish jarayoni mutaxassislar, professor-o'qituvchilar, ish beruvchilar va talabalar uchun OTM darajasida hal qilinishi kerak bo'lgan ko'plab savollarni yuzaga keltiradi. Ular OTM bitiruvchisini modellashtirish va vakolatlarni shakllantirish uchun pasport va asosiy ta'lim yo'nalishi bo'yicha dasturlarini ishlab chiqishda hal qilinishi kerak. Masalan bu savollar:

- qanday kompetensiyalarni shakllantirish;

- OTM bitiruvchisining kompetentsiya modelini yaratish, uning tuzilishi va tarkibi, pasport va kompetensiyani shakllantirish dasturi;

- ta'lim texnologiyalari(usullari, metodlar) har-bir kompetentsiyani shakllantirishda foydalanish mumkinligi;

- talabalarning ta'lim natijalarini qanday shakllantirish masalasi;

- kompetentsiyani shakllantirish darajalarini aniqlashda, qanday baholash usullaridan foydalanish;

- umumta'lim maktabi va OTM o'rtasidagi uzviylikni ta'minlash;

- kadrlar tayyorlash yo'nalishi bo'yicha kompetensiyalarni;

Zamonaviy oliy ta'limning asosiy maqsadi: malakali, mehnat bozorida raqobatbardosh, o'z kasbini yaxshi biladigan, kasbiy o'sishga tayyor, ijtimoiy moslashuvchan va professional harakatchan, yetarli darajadagi malakali mutaxassisni tayyorlashdir. Zamonaviy oliy ta'limga o'tish, mavjud davlat standartlari va an'anaviy ta'limdan, kompetentsiyali ta'limga o'tishga asoslangan asosiy ta'lim dasturlari, OTMlar uchun bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Oliy ta'lim muammolarining dolzarbligi, e'tiborga olinishi kerak bo'lgan bir qator holatlar bilan bog'liq[2]:

- yuqori tuzilmalarni qayta qurishda umumjahon an'analari va chuqur tizimli o'zgarishlarni o'z ichiga olgan shakllanishlar, ta'limga, mazmunga va baholashga ta'sir qiladi;

- potentsial ish beruvchilarning raqobatbardosh professional mutaxassisga ehtiyojlari;

- ta'limni mintaqaviylashtirish, ya'ni mintaqa hisobga olingan holda ta'limning mazmunan xususiyatlari, yo'naltirilganligi va mintaqaning mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlari;

- ta'limda uzviylik va ko'p darajalilik hisobga olingan holda, ta'limning uzluksizligi;

Yuqoridagi muammolar to'g'ridan-to'g'ri OTM bitiruvchilarining vakolatlarini

modellashtirish va ularning shakllanish yo'llarini belgilash bilian bog'liqdir. Buning uchun professor-o'qituvchilar uchun kompetensiyaga asoslangan yondashuvning mohiyatini tushunish muhimdir. Boloniya ta'lim jarayonida kompetensiyaga asoslangan yondashuv quyidagilarni anglatadi[2,3]:

- kompetentsiyalar akademik, kasbiy yo'nalishlar va undan yuqori darajali ta'lim uchun yagona kelishilgan til sifatida talqin etiladi;

- kompetensiyalar tili ta'lim natijalarini ifodalash uchun eng tushunarli va mos til hisoblanadi;

- standartlar va o'quv dasturlarini ta'lim natijalariga bog'lanishi, kasbiy malakalarni butun Yevropa makonida taqqoslanadigan va shaffof qiladi[3].

Kompetensiyaga asoslangan yondashuvning dolzarbligi shu bilan bog'liqki, bu yondashuv shaxsga yo'naltirilgan va erkin insonparvarlik yo'naltirilgan tanlovni amalga oshirishga tayyor ta'lim sohasidagi ijtimoiy strategiya sifatida belgilanadi. Ta'lim mazmuni yangilanishini, o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy reallikka javoban, ta'limning maqsadlari - vektorlariga ustuvor yo'nalish sifatida, o'rganish va o'z taqdirini o'zi belgilash, o'zini-o'zi anglash, ijtimoiylashish va individuallikni rivojlantirishdir.

Ana'naviy yondashuv Kompetensiyaga asoslangan yondashuv

Malaka egallashga yo'nalgan va kasbiy faolyat predmetiga bog'liq. O'zgaruvchan sharoitlarda kasbiy va ijtimoiy faoliyatning va hamma kasbiy turlarini bajarish birligida ifodalangan mutaxassis shaxsini shakllantirishga yo'nalgan.

Fundamentaliylik(akademik) mazmuni Pragmatik, amaliy yo'nalish. Ish beruvchi bilan aloqa.

Ta'limning intizom modeli Fanlararo (modul) model

Ta'lim dasturi fan sohalari belgilanadigan kurslar katta to'plamini tayyorlashdan iborat. Ta'lim mazmuni asosida shakllanadigan fanlararo bilim va ko'nikmalar asosida shakllanadi. Professional faoliyatga tayyorlik.

Ta'lim texnologiyalarining akademik xarakteri. Innovatsion texnologiyalar: proyektli ta'lim, modulli, interaktiv va rolli modellar. Kasbiy faoliyat kontekstida ta'lim olish.

Tartibga solinadigan DTS. (ta'lim mazmuniga asosiy e'tibor) Ta'lim natijasiga qaratilgan texnologiya va mazmunni tanlashga imkon beradigan DTS qayishqoqligiga asoslangan.

Baholashning ball tizimi Baholashning ball-reyting uzluksiz tizimi.

Professor-o'qituvchi-ta'lim jarayonining etakchisi. Talabalar bilan yagona ta'lim maqsadiga birlashgan-professor-o' qituvchi- konsultant.

Talaba ta'lim jarayonining passiv ishtirokchisi. Talaba malakani faol o'zlashtiradi.

Malakaviy va komponentlik yondashuvlar xususiyatlarining qiyosiy tahlili quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:

- ta'lim paradigmasini samarali ta'lim paradigmasi bilan almashtirish;

- ta'lim va tarbiyaning fanlararo xususiyati;

- zamonaviy sharoitlarda talabaning kasbiy va ijtimoiy faolligini oshirish uchun, ularning shaxsini rivojlantirish;

- barcha ta'lim elementlarining o'zgarishi: maqsadlar, mazmun, vositalar, usullar, ta'lim va tarbiya shaklllari, ta'lim va tarbiya natijalari.

- talabalar bilimini o'zlashtirishning reproduktiv ta'lim darajasidan kompetensiyalarning shakllanish darajasiga o'tkazish;

- professor-o'qituvchi va talabaning pozitsiyasini o'zgartirish, ta'lim va tarbiyaning talabaga-yo'naltirilgan qayta yo'naltirilganligi;

- ta'lim jarayonini tashkil etishning modulli ta'lim texnologiyalariga o'tish;

- E'tiborni ta'lim natijasiga yonaltirish. Bunda ta'lim natijasi sifatida o'zlashtirilgan ma'lumotlarning yig'indisi emas, balki insonning turli vaziyatlarda harakat qilish qobiliyati qaraladi;

- asosiy e'tiborni professor-o'qituvchi va ta'lim mazmunidan, talaba va ta'limning kutilayotgan natijalariga ko'chirish. Bu ta'lim jarayoni talabaga sezilarli yo'nalganligida namoyon bo'ladi;

- talabalarning ta'lim natijalarini baholash tartibini o'zgartirish;

- ta'lim fazosini kengaytirish va uning ijtimoiy muhit bilan integratsiyasi.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib shuni ta'kidlash mumkinki, kompetentsiya yondashuvi, mazmunini qurish yuqoridan pastga, uni o'zlashtirish usullarini pastdan yuqoriga yo'nalishini nazarga tutadi. Birinchi navbatda bitiruvchining modeli aniq belgilanadi, so'ngra ushbu model uchun malakalar shakllanish va rivojlanish mazmuni tanlanadi. Demak, o'quv jarayonini tashkil etishda, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit va mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, oliy ta'limning maqsadlarini ro'yobga chiqarishga, ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga imkon beradigan ushbu yondashuvning istiqbolli qo'llanilishini kelajakda ko'rish mumkin. OTMda bitiruvchining kompetentsiya modelini ishlab chiqish - kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirishning asosi hisoblanadi.

Ta'lim kompetentsiyalari ta'limga shaxsiy yondashuv bilan bog'liq bo'lib, ular faqat ma'lum harakatlarni amalga oshirish jarayonida namoyon bo'ladi va tasdiqlanadi. Kompetentsiya - bu shaxsiy xususiyatlarning allaqachon shakllangan to'plami. Ya'ni, kompetentli mutaxassis

zarur bilim, ko'nikma va tajribaga ega bo'lgan shaxs bo'lib, kompetentsiya esa ana shu zaruriy kompetensiyalar majmuasiga ega bo'lgan shaxsiy xususiyatdir.

Kompetentsiyaga asoslangan ta'lim mazmunida, umumiy va individualni ajratish uchun "kompetentsiya" va "kompetentlik" tushunchalari qo'llaniladi. Kompetensiya deganda, shaxsning muayyan doiradagi ob'ektlar yoki jarayonlarga nisbatan berilgan, ularga nisbatan sifatli va samarali harakat qilish uchun zarur bo'lgan, o'zaro bog'liq fazilatlari tushuniladi. Kompetenlik deganda, shaxsning tegishli kompetentsiyaga ega bo'lishi, shu jumladan uning unga va faoliyat predmetiga shaxsiy munosabati tushuniladi [5]. Shunday qilib, kompetentsiyalar ta'lim jarayonining maqsadlari, kompetentik esa, mutaxassisning shaxsiy fazilatlari majmui natijasi sifatida tushuniladi.

Kompetensiyaga asoslangan yondashuv, mutaxassisning o'zaro faoliyat modelini yaratishga, shaxs va jamiyat manfaatlarini uyg'unlashtirishga, mehnat bozori talablari va jamiyatning ta'limdagi ehtiyojlarini oldindan moslashtirish imkonini beradi. Mutaxassisning kompetentsiyalarda ifodalangan qiyofasini, doimiy ravishda moslashtirish va ushbu tuzatishni ta'lim sohasi uchun maqsad ko'rinishidagi mezonlar tizimi orqali moslashtirish orqaligina, ta'lim tizimini doimiy yangilash va yangilanishga "ko'niktirish" mumkin.

Bu jarayonlar davlat ta'lim standartlari tizimi orqali amalga oshirilishi kerak. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, globallashuv va malakaviy xususiyatlarning o'sib borayotgan harakatchanligi sharoitida, professional ko'nikmalar emas, balki asosiy va ijtimoiy kompetensiyalar birinchi o'ringa chiqadi: shaxsning o'z hayot yo'lini qarama-qarshi, ko'p qutbli vadoimiy o'zgaruvchan dunyo sharoitida mustaqil ravishda qurish qobiliyati[6].

Universitetda kompetentsiyani shakllantirish talabaning ushbu bosqichlar orqali harakat qilish jarayonida erishiladi: universitetgacha, universitet va universitetdan keying ta'lim. Universitetgacha bo'lgan ta'lim darajasida, dastlabki bilimlar, dunyoqarash va keyingi kasbiy ta'lim uchun zarur bo'lgan muayyan xatti-harakatlar modellari shakllanadigan davrni nazarda tutadi. Bu darajada voqelikning muayyan ob'ektlarini bilish va o'zgartirishga qaratilgan faoliyatning eng umumiy usullari o'zlashtiriladi. Universitet darajasidagi umumiy ta'lim asosida, talabaga ijtimoiy zaruriy mehnat taqsimotiga va bozor mexanizmlariga mos keladigan kasbiy va mehnat faoliyatining muayyan turlarida, o'zini eng to'liq, samarali, biror malaka va profildagi xodimning eng samarali va raqobatbardosh ishlashini rag'batlantirishdir.

Ta'lim kompetensiyalarga ega bo'lishi uchun shakllantiriladigan shaxsiy fazilatlar bloklarga guruhlangan:

1) kognitiv (kognitiv) fazilatlar - savol berish, hodisalarning sabablarini topish, masalani noto'g'ri tushunganligini ko'rsatish va boshqalar;

2) ijodiy (ijodiy) fazilatlar - ilhom, fantaziyalar va qarama-qarshiliklarga sezgirlik; fikrlar, bashoratlilik; tanqidiylik; fikrga ega bo'lish va boshqalar;

3) tashkilotchilik faoliyati (uslubiy) fazilatlar - o'quv faoliyatiga qobiliyatlilik va uni tushuntirish qobiliyati; maqsadni belgilash va unga erishish qobiliyati; refleksiv fikrlash va o'z-o'ziga baho berish va boshqalar;

4) boshqa odamlar, atrofdagi dunyo ob'ektlari va uning ma'lumotlari bilan o'zaro munosabatda bo'lish, ma'lumotni topish, o'zgartirish va uzatish qobiliyati, guruh va jamoadagi turli ijtimoiy rollar, AKTdan foydalanish bilan bog'liq kommunikativ fazilatlar.

5) talabaning hissiy va qadriyat xususiyatlarini, uning o'zini anglash va harakat qilish qobiliyatini belgilaydigan dunyoqarash fazilatlari; atrofdagi dunyoda, oilada, jamoada o'z o'rnini

va rolini topa olish qobiliyati; milliy va umuminsoniy intilishlar, shaxsning vatanparvarlik fazilatlari va boshqalar.

Sxematik ravishda BMKlar tizimida kompetentsiyalarning shakllanishi sxemasi 1-rasmda ko'rsatilgan.

1-asmdan ko'rinib turibdiki, BMK komponentlarining o'zaro kesishuvi qanchalik yaqin bo'lsa, kompetentsiya shunchalik yuqori bo'lib, bu insonning malakasi darajasini belgilaydi.

Xulosa sifatida ta'kidlash mumkinki, umumilmiy kompetentsiyani shakllantirishga qaratilgan ta'lim jarayonini tashkil etishda, turli ilmiy yondashuvlar mavjud. Bunda tizimlashtiruvchi o'rin, fanlarning o'zaro integratsiyasi va yaxlitligidan kelib chiqqan holda, kompetentsiyaga asoslangan va fanlararo yondashuvga tegishli hisoblanadi. Talabalar kompetentsiyalarini shakllantirishga ta'sir qiluvchi "boshlang'ich shart" sifatida tashkiliy-pedagogik shartlarning yagona to'plamiga quyidagilar kiradi:

- professor-o'qituvchilar tomonidan jamiyat va ta'limda rivojlanayotgan ijtimoiy-madaniy o'zgarishlarni munosib aks ettiruvchi ijtimoiy ongni rivojlantirish zarurligini tan olish;

- talabalari kompetensiyalarini shakllantirishga yordam beruvchi dasturiy-uslubiy va axborot

- kasbiy yo'naltirilgan logistika, shu jumladan maxsus aloqa vositalarining mavjudligi;

- bilim, malaka, ko'nikma, o'z-o'zini tasdiqlash, muloqot qilish, o'zini namoyon qilish kabi ijtimoiy va kasbiy fazilatlarni diagnostika qilish orqali talabalarining kompetentsiyalarini shakllantirishning mavjud darajasini aniqlash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. В. А. Козырева. Компетентностный подход в педагогическом образовании // СПб., 2004, с.154.

2. A.X. Maxkambayev, Sh.F.Usmonov. Oliy ta'limda kompetensiyaga asoslangan yondashuvning xususiyatlari // "Экономика и социум" №4(95) 2022, 122-129 b.

KompeTensiya

1-rasm. Kompetensiya shakllanishi.

vositalari;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.