Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARINI ISLOH QILISHDA XALQARO TAJRIBADAN FOYDALANISH'

OLIY TA’LIM MUASSASALARINI ISLOH QILISHDA XALQARO TAJRIBADAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro reyting / “Top-1 000” / kredit mobillik / “majburlab о‘qituvchi” / yordam beruvchi. / international rating / "Top-1000" / credit mobility / "forced teacher" / helper.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xazratov, Alisher Normurodovich

Ushbu maqolada mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarini isloh qilishda halqaro tajribadan foydalanish orqali oliy ta’lim muassasasi (OTM) ning xalqaro va respublika reytinglardagi nufuzini oshirishda amalga oshiriladigan chora -tadbirlar asosiy yо‘nalishlari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERNATIONAL EXPERIENCE IN THE REFORM OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

This article provides information on the main directions of measures to be taken to increase the prestige of the higher education institution (HEI) in international and republican ratings by using international experience in the reform of higher education institutions in our country.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARINI ISLOH QILISHDA XALQARO TAJRIBADAN FOYDALANISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

OLIY TA'LIM MUASSASALARINI ISLOH QILISHDA XALQARO

TAJRIBADAN FOYDALANISH

Xazratov Alisher Normurodovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalarini isloh qilishda halqaro tajribadan foydalanish orqali oliy ta'lim muassasasi (OTM) ningxalqaro va respublika reytinglardagi nufuzini oshirishda amalga oshiriladigan chora -tadbirlar asosiy yo'nalishlari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: xalqaro reyting, "Top-1 000", kredit mobillik, "majburlab о 'qituvchi", yordam beruvchi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлена информация об основных направлениях мер, которые необходимо предпринять для повышения престижа высшего учебного заведения (ВУЗа) в международных и республиканских рейтингах путем использования международного опыта реформирования высших учебных заведений нашей страны.

Ключевые слова: международный рейтинг, «Топ-1000», кредитная мобильность, «преподаватель по принуждению», помощник.

ABSTRACT

This article provides information on the main directions of measures to be taken to increase the prestige of the higher education institution (HEI) in international and republican ratings by using international experience in the reform of higher education institutions in our country.

Key words: international rating, "Top-1000", credit mobility, "forced teacher", helper.

KIRISH

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilinib, oliy ta'lim tizimini rivojlantirish uchun ustuvor yo'nalishlar belgilab olindi [1].

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi PF-158-son "O'zbekiston — 2030 strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni qabul qilingan bo'lib, yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish hamda 10 ta oliy ta'lim muassasasini dunyoning eng nufuzli "Top -1 000" oliy ta'lim

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish kabi maqsadli ko'rsatkichlar belgilab olingan [2].

ADABIYOTLAR SHARHI

Bugungi kunda ushbu konsepsiya va strategiyalar ijrosini ta'minlash uchun mamlakatimiz miqyosida oliy ta'limni rivojlantirish yo'lida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Bunda ayniqsa professor-o'qituvchilarni nufuzli nashrlarda tadqiqot natijalarini nashr etishlar soni va sifatini oshirishga hamda tadqiqotni loyiha va grantlar bilan moliyalashtirishga undash uchun rag'batlantirish orqali oliy ta'lim muassasasi (OTM) nufuzini oshirishga alohida e'tibor berilmoqda. Bu borada shuni ta'kidlab o'tish lozimki, oliy ta'limdagi islohotlar halqaro tajribalarga asoslangan holda OTM ning xalqaro va respublika reytinglardagi nufuzini oshirish maqsadlarini ko'zda tutgan holda har bir OTMni rivojlantirish rejalarini tuzish orqali bosqichma -bosqich amalga oshirib borilishi lozim. Dunyoda nufuzli reytinglardan biri hisoblangan QS World University Rankings - QS jahon universitetlari reytingining universitetlarni baholash metodologiyasi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan [3], [4].

1-jadval

QS World University Rankings reytingining baholash metodologiyasi

Parametrlar Ulushi

Akademik nufuzi 40%

Universitetning ish beruvchilar orasida obro'si 10%

Professor-o'qituvchilar sonining talabalar soniga nisbati 20%

Har bir o'qituvchiga to'g'ri keluvchi iqtiboslik 20%

Xalqaro fakultet o'qituvchilari ulushi va xalqaro talabalar ulushi (har biri 5 foizdan) 10%

Ushbu jadvaldan ko'rinib turibdiki, baholash ballarining eng ko'p ulushini ya'ni 40 foizini baholanadigan universitetdagi ta'lim va ilmiy-tadqiqot sifati haqida oliy ta'lim sohasidagi ekspertlardan so'rovnoma olish orqali aniqlanadi. Baholanadigan universitet bitiruvchilarning mehnat bozorida o'z o'rnini topishi va ish beruvchilar orasida baholanishi umumiy reytingdagi 10 foiz, universitetning talabalar soniga nisbatan professor-o'qituvchilar bilan son jihatdan ta'minlanganligi uchun 10 foizgacha, professor-o'qituvchilar ilmiy tadqiqot natijalariga berilgan iqtibosliklar uchun 20% gacha ball beriladi. Bundan tashqari universitetda faoliyat yuritayotgan halqaro o'qituvchilarning ulushi va tahsil olayotgan halqaro talabalarning ulushiga qarab esa har biri 5 foizdan jami 10 foiz ball ajratiladi [3].

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA

Hozirda mamlakatimizda ko'pgina OTMlar akademik va moliyaviy mustaqillikka erishgan holda o'z rivojlanish strategiyalarini belgilab olmoqdalar. Ushbu rivojlanish strategiyalarni ishlab chiqishda faqat universitet reytingi uchun qisqa muddatli 1-2 yilga mo'ljallangan ishlar emas balki OTMda ta'lim sifatini oshirish uchun 5-10 yilda amalga oshiriladigan fundamental qadamlar tashlanishi lozim bo'lib, quyidagi yo'nalishlarda ish olib borilishi zarur deb hisoblaymiz:

1. OTMda ta'lim va ilmiy tadqiqot sifatini oshirish orqali akademik nufuzini oshirish uchun ishni avvalombor o'quv jarayonini isloh qilishdan boshlash zarur. Bunda ta'lim yo'nalishlari va magistratura o'quv rejalarini o'quv rejadagi fanlarning salmog'i rivojlangan davlatlardagi OTMlar tajribasidan kelib chiqib o'zgartirilishi lozim. Bunda majburiy va tanlov fanlariga ajratilgan soatlarning miqdori qanday taqsimlanganligi, fanlarning soni, ularning zamonaviyligi, o'qitilish murakkabligi darajasi kabilar asosiy masalalardan hisoblanadi.

Talabalar sohada (ishlab chiqarishda yoki ilmda) muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo'lgan bilimlarga erishishlari uchun har xil dasturlash tillari yoki modellash dasturlarini (S++, Python, Matlab, Matcad, CFD, AutoCAD, ArcGIS, HEC-RAS) o'rganish uchun o'quv markazlariga emas tanlov fanlariga murojaat qilishlari lozim. OTM bu borada talabaning qo'shimcha bilimga bo'lgan ehtiyojini qondira olish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. O'quv rejalardagi soatlarni shakllantirishda shu ta'lim yo'nalishi o'qitiladigan O'zbekistondagi boshqa OTMlar bilan kredit mobillik masalalari va bitirauvchining xorijdagi magistraturada sohasi bo'yicha o'qishini davom ettirishlari uchun talablari bajarilishi lozim [5]. Shuningdek xorijda sillabuslar tuzilishi, talabalarni baholash tartibi [6], talabalarni o'qishdan ko'chirish, chetlatish tartiblari [7] ham batafsil o'rganishni talab qiladi. Bunda barcha tizimni to'laligicha emas ba'zi muvaffaqiyatli keyslardan namuna olinishi mumkin

2. Keyingi muhim vazifa bu OTMning moliyaviy barqarorligini ta'minlash uchun OTM nomini brend sifatida olg'a surish orqali amalga oshirishdir. Buning uchung OTMning institutsional brendini ishlab chiqish, samarali marketing strategiyalari bilan shug'ullanish hamda bitiruvchilar, ish beruvchilar va manfaatdor tomonlar bilan ijobiy munosabatlarni shakllantirish zarur bo'ladi. Misol uchun rivojlangan davlatlarda barcha OTMlar o'z nomi va tovar belgisini [8] brend sifatida oldinga suradilar, o'z nomi bilan futbol klubiga egalik qilish orqali, OTM nomi tushirilgan har xil suvenirlar [9], kiyim-kechak mahsulotlari, ish yuritish buyumlari va boshqalarni sotish orqali bitiruvchilarni bitirgandan keyin ham shu OTMga taalluqlik hissini parvarishlashadi. Bundan tashqari OTMda alumnilar bilash

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

shug'ullanadigan alohida bo'lim mavjud bo'lib, OTM saytida ham alohida bo'lim mavjud [10]. Bunda shu OTMni bitirgan alumnilar o'z OTMlariga xayriya orqali yoki boshqa yo'llar bilan moliyaviy yordam berishga harakat qiladilar. Masalan Kolorado davlat universitetida muvaffaqiyatga erishgan alumnilar tomonidan agarda OTMga 500 000 AQSH dollari ajratilsa, universitet kampusda shu inson nomiga birorta binoni nomlash tajribasi mavjud. Eng oddiy alumnilar ham o'z OTMlarini qo'llab quvvatlash uchun OTM futbol komandasi o'yiniga 60-100 dollar to'lab bo'ladigan futbol o'yinini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurishadi va bu orqali bitirgan OTMlarini qollab-quvvatlashadi [11].

3. OTMning nufuzini shakllantiradigan yana bir muhim faktorlardan biri bu OTMdagi talabalarga ta'lim olishlari, ta'lim paytida yashashlari va sport bilan shug'ullanishlari uchun yetarli shart sharoitlarning yaratilgani hisoblanadi. OTMda ta'lim, ilmiy tadqiqot sifatini yaxshilash uchun moddiy-texnik bazani yaxshilash uchun uchun zarur o'quv laboratoriyalari, ilmiy o'lchov asbob uskunalari, kompyuterlar, o'quv adabiyotlari ta'minotini yaxshilash zarur bo'ladi. Bundan tashqari o'quv xonalaridagi harorat va namlikning qulayligi, tozalik, OTM hududida bepul WI-FI tarmog'ining mavjudligi, kutubxonalar holati, talabalar markazining mavjudligi kabilar talabalarda ushbu dargohda o'qishlaridan qoniqish hissini olishlariga imkon beradi. [12].

4. OTMni isloh qilishda keyingi muhim bir nuqta bu universitetning ish beruvchilar orasida obro'sini oshirish hisoblanadi. Buning uchun o'quv jarayonida talabalarning yaxshi bilim olishlariga sabab bo'luvchi stimullarni shakllantirish muhimdir. Bunda OTM profesor-o'qituvchilari "majburlab o'qituvchi" shaxs sifatida emas aksincha talabalarning yakunda yaxshi natijaga erishishlari uchun ularga "yordam beruvchi" rolda bo'lishlari zarur.

Ish beruvchilar orasida OTMga nisbatan yaxshi fikr shakllanishi bitiruvchilarnin yaxshi ish topishlari uchun yetarli malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishlari eng muhim masala hisoblanadi.. Afsuski, hozirgi paytda ishga qabul qilishda bitiruvchining ishlab chiqarishda faoliyat ko'rsatib ketishlari uchun zarur bilim va ko'nikmalarini baholaydigan mustaqil tashkilotlar va aniq mezonlar mavjud emasligi sababli, ish beruvchilarning bitiruvchilaridan kutilmalari boshqacha bo'lganda OTMlardagi ta'lim sifatiga nisbatan salbiy fikr shakllanishi olib kelishi mumkin. Albatta ishlab chiqarish tashkilotlari ham malakali oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashda OTMlar bilan integratsiyani kuchaytirish orqali o'zlarining munosib hissalarini qo'shishlari zarurdir.

OTMlar va ishlab chiqarish tashkilotlari orasidagi sifatli ta'lim borasida integratsiya masalasida xalqaro tajribaga murojaat qiladigan bo'lsak, misol uchun

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

AQShda bitiruvchilarga professional muhandis maqomini beradigan va ish beruvchilar tomonidan tan olinadigan FE (Fundamentals of Engineering (FE) exam) va PE (Professional Engineer (PE)) imtihonlarini oluvchi notijorat tashkilot "The National Council of Examiners for Engineering and Surveying (NCEES)" mavjud [13], [14]. Mamlakatimizdagi sharoitdan kelib chiqqan holda, hozirda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini tashkil qilishda ushbu muvaffaqiyatli keysdagi elementlardan foydalanish mumkin. Bunda dastlabki loyiha sifatida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini imkon boricha ish beruvchilar tomonidan o'tkazishilishi imtihondagi savollar tarkibi ham AQShdagi FE imtihonlari tarkibi kabi shakllantirilishi mumkin [15].

5. Bundan tashqari OTMning ko'p yillik rivojlanish strategiyasi turli ta'lim shakllari (sirtqi, kunduzgi va masofaviy) uchun qabul kvotalari ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqqan h'olda qanday o'zgaradi va bu o'zgarishlar OTMning rasmiy va norasmiy nufuziga qanday ta'sir qiladi degan savollarga javob berish orqali shakllantirilishi lozim. Bunday deyilishiga asosiy sabablardan biri, turli ta'lim shakllarida o'qib chiqqan bitiruvchilarning ish joylaridagi faoliyatlari ko'rsatkichl ari qandayligi tahlil qilinishi zarur bo'lib, shundan kelib chiqqan holda qabul kvotalarini shakllantirish zarur bo'ladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki, mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini shakllantirishda har bir oliy ta'lim muassasasini rivojlantirish strategiyasini rivojlantirish jarayonida mamlakatimiz sharoitiga mos keladigan xalqaro tajribaga suyanish muhim masala hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

[1] "nO-5847-coH 08.10.2019. Y36eKHCTOH Pecny6nuKacH OHHH TatnuM th3HMHHH 2030 HHnrana pHBO^namupum концепцнaсннн TacgHKnam TyrpucHga." Accessed: Jun. 06, 2023. [Online]. Available: https://lex.uz/docs/4545884

[2] "PF-158-coh 11.09.2023. 'O'zbekiston — 2030' strategiyasi to'g'risida." Accessed: Mar. 27, 2024. [Online]. Available: https://lex.uz/docs/-6600413#-6605156

[3] "Understanding the Methodology: QS World University Rankings," Top Universities. Accessed: Mar. 27, 2024. [Online]. Available: https://www.topuniversities.com/university-rankings-articles/world-university-rankings/understanding-methodology-qs-world-university-rankings

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

[4] "QS World University Rankings Methodology 2024." Accessed: Mar. 27, 2024. [Online]. Available: https://www.shiksha.com/studyabroad/qs-world-university-rankings-methodology-articlepage-2777

[5] W. R. at KIT, "KIT - Water ResearchM.Sc. Water Science and Engineering - Prospective Students - Entry Requirements." Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https://www.wasser.kit.edu/english/129.php

[6] "Grading < Colorado State University." Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https://catalog.colostate.edu/general-catalog/academic-standards/grading/

[7] "Scholastic Standards < Colorado State University." Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https://catalog.colostate.edu/general-catalog/academic-standards/scholastic-standards/#academic-fresh-start

[8] "Logo | Brand | Colorado State University." Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https://brand.colostate.edu/logo/

[9] "CSU Rams Gifts at the CSU Bookstore." Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https://www.bookstore.colostate.edu/gifts

[10] "Your Home on Campus," Alumni Association. Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https://alumni.colostate.edu/alumni-center/

[11] "Canvas Stadium - Facilities," Colorado State Athletics. Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https://csurams.com/facilities/canvas-stadium/17

[12] "Home," Lory Student Center. Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https ://lsc. colostate.edu/

[13] "Welcome to NCEES," NCEES. Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https://ncees.org/

[14] "FE Civil Practice Problems | PrepFE." Accessed: Jan. 26, 2023. [Online]. Available: https://www.prepfe.com/fe-exams/free/civil-fe-exam-practice-pdf

[15] M. Islam, FE Civil Review: With 800 Solved Problems. M R Islam, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.