Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI TASHKIL ETISHNING YANGI USULLARINI YARATISH'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI TASHKIL ETISHNING YANGI USULLARINI YARATISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2635
190
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Motivatsiya / plagiat / muammoli ta’lim uslubi / ijodiy muhit / kazus / tatqiqot natijasi / iste’molchi / mezonlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D. Zakirov

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijodiy salohiyatini yuksaltirishning eng yahshi usullaridan biri mustaqil talim so‘z boradi. Maqola mazkur yo‘nalishda bugungi kunda mavjud bo‘lgan muammolar va mustaqil ta’lim olishni tashkil etishning yangi usullarini yaratish borasida qator taklif va shu maqsadda amalga oshirilgan qator uslubiy tajribalarni misol tariqasida yoritib beradi. SHuningdek oliy talimda oquv predmeti fan dasturini ishlab chiqishda mustaqil ishlar mavzularini qanday mezonlar asosida belgilash maqsadli bo‘lishi hamda ta’lim berishning innovatsion uslublarini yaratish bilan birgalikda, mustaqil ta’lim olishning ham mavzuviy, ham uslubiy yondashuviga bo‘lgan bugungi kun talabini ham ochishga xarakat qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI TASHKIL ETISHNING YANGI USULLARINI YARATISH»

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM OLISHINI TASHKIL ETISHNING YANGI USULLARINI

YARATISH

D. Zakirov

Toshket viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Genetika va evolyutsion

biologiya kafedresi o'qituvchisi d.zakirov_76@mail .ru

Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida talabalarning ijodiy salohiyatini yuksaltirishning eng yahshi usullaridan biri mustaqil talim so'z boradi. Maqola mazkur yo'nalishda bugungi kunda mavjud bo'lgan muammolar va mustaqil ta'lim olishni tashkil etishning yangi usullarini yaratish borasida qator taklif va shu maqsadda amalga oshirilgan qator uslubiy tajribalarni misol tariqasida yoritib beradi. SHuningdek oliy talimda oquv predmeti fan dasturini ishlab chiqishda mustaqil ishlar mavzularini qanday mezonlar asosida belgilash maqsadli bo'lishi hamda ta'lim berishning innovatsion uslublarini yaratish bilan birgalikda, mustaqil ta'lim olishning ham mavzuviy, ham uslubiy yondashuviga bo'lgan bugungi kun talabini ham ochishga xarakat qilinadi.

Kalit so'zlar: Motivatsiya, plagiat, muammoli ta'lim uslubi, ijodiy muhit, kazus, tatqiqot natijasi, iste'molchi, mezonlar.

Mamlakatimiz aholisining munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida talim olishi hamda kasb egallashi, jamiyatda o'zlarining munosib fuqarolik pozitsiyasini egallashi va bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Buning asosiy tub ma'nosida sog'lom avlodni yuzaga keltirish va ularni munosib ravishda tarbiyalash yotadi. Yangi sharoitlardan kelib chiqib, «Talim to'g'risida»gi va «Kadrlar taiyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021 yillarga mo'ljallangan — O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'iycha Harakatlar strategiyasill, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining — Pedagog kadrlarni taiyorlash, halq talimi hodimlarini qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidalgi

ANNOTATSIYA

KIRISH

qaroriga muvofiq, talim bosqichlarining uzluksizligi va

May, 2022

izchilligini taminlash, talimning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat talim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o'quvmetodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, maktabgacha talim muassasalarining qulailigini taminlash, maktabgacha talim sifatini yahshilash hamda ularni rivojlantirish choratadbirlarini amalga oshirish hamda pedagog hodimlarni qaita taiyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Pedagogika yo'nalishida talim olayotgan OTM talabasining ijodiy salohiyatini yuksaltirishning eng yahshi usullaridan biri bu - mustaqil talim hisoblanadi.

Bu usul talabani mavjud ilmiy muammoni shakillantirish ilmiy va amaliy echim yVlini ishlab chiqish, echim bo'iycha optimal natijaga erishish, isbotlash kabi ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Mustaqil talim talabalarni samarali kasbiy mahoratini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mustaqil talim olish talabalarni o'quv mashg'ulotida olgan bililarini hayotda namoyon etish, o'qituvchi ishtirokisiz mustaqil qaror qabul qilishiga o'rgatadi.

Mustaqil talimni to'g'ri shakillashtirish har qandai o'quv predmetini o'zlashtirish imkoniyatini oshirishi, qaisidir manoda talabani bilim, malaka, ko'nikma olishiga undashi, motivatsiyasini oshirishi lozimdir.[1]

Bugungi kunda talaba shahsi uchun mustaqil talimning o'quv protsesining yuklamasi sifatida belgilanib qolganligi, mustaqil talim mavzularini to'g'ridan-to'g'ri fan dasturidagi mavzular bilan bir hilligi, mustaqil ish mavzusining malum bir muammoga yVnaltirilmaganligi balki aksariyat hollarda turli manbaalardan olinadigan taiyor materiallar orqali yoritilishi hamda mustaqil ishni amaliyotda tatbiq qilmaslik kabi holatlar talim sifati samaradorlgining dolzarb muammolaridan biri. Chunki bugungi kunda talabalar uchun mustaqil talim faqatgina qo'shimcha ishdek namoyon bo'lmoqda. Talabalar mustaqil ishlarni aksariyat holatlarda avvalgi mustaqil ishlardan ko'chirish, internet tarmog'idan mavzuga oid taiyor materiallarni nushalash orqali amalga oshirmoqdalar. Eng qizig'i airim oqituvchilar tomonidan mustaqil ish hajmi, ko'rinishi, uning rejalashtirilishidan tortib hulosa qismigacha standartlashtirilishi holatlari ham mavjud. SHu o'rinda bir o'quv semestrida 10 ta fandan o'rtacha

5 tadan mustaqil ish topshirish, bu 50 ta mustaqil ish topshirishi

kerak deganidir. Semestrda 19 hafta, yani 133 kun bo'lsa 50 ta

May, 2022

mustaqil ishni 133 kunda yozish qanchalik real holat? - degan savolga javob topish masalasi ochiq qolmoqda.

Biz talaba shahsini shakillashtirishda ularning eng avvalo ijodiy izlanishga o'rgatish tadqiqot yoki uslubiy faoliyat bilan shug'ullanishga zamin yaratish, nutqini rivojlantirish, ijod qilish salohiyatini yahshilanishiga erishishimiz joizdir.[2]

Buning uchun oliy talimda oquv predmeti fan dasturini ishlab chiqishda mustaqil ishlar mavzularini quiydagi mezonlar asosida belgilash maqsadli bo'lar edi:

- Mustaqil ish mavzulari o'quv predmeti tayanch mavzularining bittasini yoki bir nechtasida yoritilgan malumotlar asosida echimi bor muammolarga tayangan holda tuzilishi.

- Konkret bir yoki kichik-kichik bir nechta muammolar ko'tarilishi, echim y'oTi profílaktikasi yoritilishi.

- Albatta tajriba, labaratoriya sinov yoki boshqa amaliyotga asoslanishi.

- Hulosa qismida o'zi uchun o'zlashtirgan bilimni qisqa lo'nda bayon etilishi.

- Kichik ihtiro yoki kashfiyotlar (o'hshamagan bo'lsa ham) kiritilishi kabi qator qiziqarli faoliyatlar, misollar, masalalar va boshqalar. [3]

Talabalarga o'quv jarayonining amaliy, labarator va seminar mashg'ulotlarida turli kazuslar echimi, o'quv-texnologik vazifalarni yuklanishi, muammoli materiallarni echimini topish orqali uslubiy yangiliklar kiritilgan kichik mustaqil ishlarni belgilash bugungi kunda o'z samarasini bermoqda. Ta'lim berishning innovatsion uslublarini yaratish bilan birgalikda, mustaqil ta'lim olishning ham mavzuviy, ham uslubiy yondashuvini talabalarga erkin yoritish imkonini berish samaraliroq hisoblanadi.

Mustaqil ishlar konkret belgilangan standartlardan xoli bo'lishi, ularning mazmunan va usluban qolipga solinishi mustaqil ishlarni plagiat asosida amalga oshishiga olib keladi.

Talaba mustaqil ish bajarishi uchun eng avvalo tanlov asosida mavzuni o'zi tanlashi, albatta o'qituvchi tomonidan ishning borishi zasidan tavsiya va maslahatlar olishi lozim.

Mustaqil ish hajmi mavzuning oddiy va murakkabligidan kelib chiqishi, unga turli ilovalarni majburiy tarzda kiritilmasligi, yoritilish erkinligi, (talaba hohlasa ilmiy rasm sifatida chizib bersin) muaiyan labaratoriya, tajriba natijasiga tayanilishi lozim.

Bugungi kunda oliy ta'lim tizimida mustaqil ta'lim soatlari ulushini kamligi, talabalarda mustaqil ta'lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko'nikmalarini

shakllanmaganligi, o'quv jarayonida talabalarda tashkilotchilik

May, 2022

qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish zamon talabiga mos kelmasligi asosiy muammolar qatoriga kiradi.

SHunday ekan, oliy ta'lim tizimida mustaqil ta'lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta'lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, o'quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o'quv jarayonini amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirish, bu borada o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.

Zamonaviy sharoitda ta'lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi talab qilinmoqda. YUksak malakali mutaxassislarni iste'molchilar talablariga qarab tayyorlanishi, talabalarni tanlagan ixtisosliklari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirilishi mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga o'rgatilishi ta'minlanishi kerak.

Mustaqil talimning sirtqi bo'lim talabasi tomonidan amalga oshiriladigan qismi esa mutlaqo boshqa, yani mazkur faoliyat talabaning bilim olishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Sirtqi bo'lim talabasi fanning asosiy qismini ainan mustaqil tarzda o'rganishi lozim. Talabalarning mazkur faoliyatini onlayn tarzda doimiy nazoratini tashkil etish kelajakda masofaviy ta'limning rivojlanishiga ko'mak beradi.

Xulosa o'rnida, talabaning psixologik, pedagogik, metodik adabiyotlar, dissertatsiya tadqiqotlarini tahlil qilishi, uning bilim darajasini sinash natijalari shuni ko'rsatmoqdadiki, mustaqil ishlarni tashkil qilish uchun quiydagi vazifalarni oldinga qo'iysh talab etiladi:

1. Mustaqil ishlarda talabalarga qiziqish va unga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish.

2. Talabalar mustaqil talim faoliyati bo'iycha ko'nikma va mahoratga ega bo'lishlariga erishish.

3. Talabalar o'zlarining mustaqil ishlarini kamchiliklarni bartaraf etishda o'z vaqtida yordam ko'rsatish.

4. Talabalar mustaqil ishini tashkil qilish uchun zaruriy uslubiy materiallarni ishlab chiqish.

XULOSA

May, 2022

Mustaqil talim talabalarni samarali kasbiy mahoratini rivojlantirish darajasini oshiradi va bo'lajak mutahassisning shahsiy hususiyatlari sifatida mustaqilligini shakllantiradi.

REFERENCES

1. Д.У. Закиров (2021). КЛАСТЕРНАЯ МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ПО РАЗВИТИЮ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 1), 72-78.

2. Закиров, Д. У., & Нурметов, Х. С. (2021). ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ ШКОЛА ОСНОВНОЙ ИСТОЧНИК ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).

3. ПРИРОДНЫЕ УСЛОВИЯ ТЕРРИТОРИЙ ПРИАРАЛЬЯ (НА ПРИМЕРЕ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН) Рамазонов Б.Р., Файзиев В.Б., Закиров Д.У. В сборнике: Молодежный агрофорум - 2021. Материалы Международной научно-практической интернет-конференции молодых ученых. под общ. ред. Н. Ю. Бармина. Нижний Новгород, 2021. С. 54-57.

4. Татаева, Д. А., & Закиров, Д. У. (2021). ЭФФЕКТЫ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ, ЭКСКУРСИЯ ДЕТЕЙ К ПРИРОДЕ. Academic research in educational sciences, 2(12), 1413-1418.

5. Алланазарова, И., & Закиров, Д. (2021). ЭФФЕКТИВНЫЕ СПОСОБЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ 3D-ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ПРОВЕДЕНИИ ЗАНЯТИЙ КУРСА: «АНАТОМИЯ ЧЕЛОВЕКА» В ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ВУЗАХ. Academic research in educational sciences, 2(11), 404-411.

6. Турсунова, Н. М., Аманов, Б. Х., & Закиров, Д. У. (2021). PHASEOLUS VULGARIS L. ТУРИГА МАНСУБ МАХДЯЛИЙ ВА ХОРИЖИЙ НАМУНАЛАРНИ ДУРАГАЙЛАШ ВА БОШЛАНЕИЧ МАНБАЛАРИНИ ЛАБОРАТОРИЯ ШАРОИТИДА УНУВЧАНЛИГИ АНЩЛАШ. Academic research in educational sciences, 2(8), 506-511.

7. Аманов, Б. Х., & Закиров, Д. У. G. BARBADENSE L. ТУР ИЧИ ХИЛМА-ХИЛЛИКЛАРИНИ ДУРАГАЙЛАШ АСОСИДА ОЛИНГАН ЙИРИК КУСАКЛИ ОИЛА ПОПУЛЯЦИЯЛАРИНИНГ АЙРИМ МОРФО-ХУЖАЛИК БЕЛГИЛАРИНИНГ УЗВИЙ БОЕЛЩЛИГИ.

8. Муталов, К. А., Рамазонов, Б. Р., & Закиров, Д. У. (2020). Полукустарничковая растительность Юго Западного Кызылкума Материалы международной научно-

May, 2022

1386

практической конференции «Охрана и рациональное использование природных ресурсов Южного Приаралья» г.

9. Закиров, Д. У. (2020). ЭКОЛОГИК ТАЪЛИМДА МАНТЩИЙ ФИКРЛАШ ВА МУСТАЩЛ ТАЪЛИМДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШНИ РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ. Биология ва экология электрон журнали, 4(2).

10. Д. У. Закиров, Р. Хамроев, & Д. Татаева (2022). ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В БЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ. Academic research in educational sciences, 3 (2), 630-636.

11. Дониёр Уткирович Закиров (2020). МАКТАБЛАРДА БИОЛОГИЯ ФАНИНИ УТКАЗИШДА У^УВЧИЛАРНИНГ МУСТАЩЛ ФИКРЛАШИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ. Science and Education, 1 (7), 540-551.

d ©

ф'

May, 20221

1387

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.