Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAQOBAT USTUNLIGINI TA’MINLASH OMILLARI VA KO‘RSATKICHLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAQOBAT USTUNLIGINI TA’MINLASH OMILLARI VA KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oliy ta’lim / ta’lim xizmatlari / raqobatbardoshlik / innovatsion korporativ xamkorlik / omillar / ko‘rsatkichlar va tamoyillar / higher education / educational services / competitiveness / innovative corporate cooperation / factors / indicators and principles.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kuldashev Sh.A.

Ushbu maqola ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligining ahamiyati, raqobatbardoshlikni shakllantirish hususiyatlari va shart-sharoitlari hamda omillari, oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardoshlikni oshirish ko‘rsatkichlari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS AND INDICATORS OF ENSURING COMPETITIVE ADVANTAGE OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

This article examines the importance of the competitiveness of higher education institutions in the market of educational services, the characteristics and conditions and factors of the formation of competitiveness, indicators of increasing competitiveness in higher education institutions.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAQOBAT USTUNLIGINI TA’MINLASH OMILLARI VA KO‘RSATKICHLARI»

Kuldashev Sh.A., PhD SamISI, "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi katta o'qituvchisi

OLIY TA'LIM MUASSASALARI RAQOBAT USTUNLIGINI TA'MINLASH OMILLARI VA KO'RSATKICHLARI

Annotatsiya. Ushbu maqola ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligining ahamiyati, raqobatbardoshlikni shakllantirish hususiyatlari va shart-sharoitlari hamda omillari, oliy ta'lim muassasalarida raqobatbardoshlikni oshirish ko 'rsatkichlari tadqiq etilgan.

Kalitso'zlar: oliy ta'lim, ta'lim xizmatlari, raqobatbardoshlik, innovatsion korporativ xamkorlik, omillar, ko 'rsatkichlar va tamoyillar.

Kuldashev Sh.A., PhD senior teacher department "Economic theory"

SamIES

FACTORS AND INDICATORS OF ENSURING COMPETITIVE ADVANTAGE OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract. This article examines the importance of the competitiveness of higher education institutions in the market of educational services, the characteristics and conditions and factors of the formation of competitiveness, indicators of increasing competitiveness in higher education institutions.

Key words: higher education, educational services, competitiveness, innovative corporate cooperation, factors, indicators and principles.

Kirish. Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri-bu ta'lim sohasi xisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda ushbu soha inson kapitalini shakllantirishning asosiy omillaridan biriga aylanib, mintaqalar va mamlakatlar milliy madaniyatini saqlashga, ta'lim sohasini rivojlantirishga, aholi daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, ta'lim sohasida raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, chet el investitsiyalarni jalb etish, hamda jahonning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish borasidagi ishlar jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda.

Bugungi kunda ta'lim xizmatlari bozori ijtimoiy-iqtisodiy tizimning iste'mol bozoridagi murakkab bo'lgan o'zaro bog'langan barcha elementlaridan tashkil topgan. Mazkur tizimni bosh generatori bo'lib, shubhasiz, mehnat

bozorida o'ziga xos tovar sifatida chiquvchi malakali professional kadrlar tayyorlashdagi jamiyatning ehtiyoji hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda oliy ta'lim faoliyatidan ilmiy-texnik va innovatsiyalar sohasida natija sifatida yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lish qobiliyati talab qilinmoqda. Bu esa oliy ta'lim tizimida faoliyat jarayonining sifatini oshirishni tahlil etish, iqtisodiy, moliyaviy va boshqaruv jarayoni muammolarini aniqlash, endogen va ekzogen omillarning ta'sirining o'zgarishi sharoitida muayyan maqsadlarga erishish qobiliyatini baholash muhim ahamiyatga ega zarurat hisoblanadi. Bu vazifalarni hal etishda ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish omillarini aniqlashtirish, raqobatbardoshligini baholash uslubiyatini takomillashtirish, ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash va ta'lim xizmatlari sifatini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomilashtirish va samarali mexanizmlarini takomillashtirish yo'nalishidagi tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish kabi masalalar dolzarb bo'lib hisoblanmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish masalalari iqtisodiy adabiyotlarda kam o'rganilgan. Xususan, G. Axunova [1], V.S.Bajenova [2], M.Q.Pardayev [3], N.SH.Vatolkina [4], M.A.Lukashenko [5], L.V.Zaxarova [6] kabi olimlar ta'lim xizmatlari, oliy ta'lim tizimiga bag'ishlab darslik, o'quv qo'llanmalar va boshqa o'quv va ilmiy adabiyotlarni yozganlar. Oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini shakllantirishning turli jihatlari D.A.Bonchukova, Ye.M.Beliy, Ye.A.Dergacheva, T.K.Ekshikeyev, Ye.N.Zaxarova, L.A.Korchagova, V.A.Lazarev, R.A.Fatxutdinov[7] va boshqa olimlarning asarlarda ko'rib chiqilgan bo'lib, bunda oliy ta'lim muassasalarida raqobatbardoshlikni oshirish muammolari atroflicha tadqiq qilingan.

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonda iqtisodiy tizimlar va nisbatlarni o'rganishga dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistik yondashuv, guruhlash usullari qo'llanilgan.

Tahlil va natijalar. Ta'lim xizmatlari bozorida OTMlari raqobatbardoshligini shakllantirish muayyan omillar bilan belgilanadi, ular ta'lim xizmatlari bozori ishtirokchilarining o'zaro munosbatlarida namoyon bo'ladi.

Oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini shakllantirishning turli jihatlari D.A.Bonchukova, Ye.M.Beliy, Ye.A.Dergacheva, T.K.Ekshikeyev, Ye.N.Zaxarova, L.A.Korchagova, V.A.Lazarev, R.A.Fatxutdinov[7] va boshqa olimlarning asarlarda ko'rib chiqilgan bo'lib, bunda oliy ta'lim muassasalarida raqobatbardoshlikni oshirish muammolari atroflicha tadqiq qilingan. Mazkur mualliflarning tadqiqotlari asosida, biz, oliy ta'lim muassasalarida raqobatbardoshlikni shakllanishi, uni oshirish omillari tasnifini ishlab chiqdik (1-rasmda). U yoki bu darajadagi boshqaruv jarayonlari samaradorligi, resurslardan samarali foydalanish hamda OTMlarning samaradorligi ichki omillar ta'sirini ifodalab, uning o'ziga xosligini ifodalaydi. Xususan, ta'lim jarayoni doirasida muassasaning raqobatbardoshligiga ta'lim texnologiyalarining sifati va

innovatsionligi, akademik faollik darajasi kabi omillar ta'sir qiladi[8]. ORaqobatbardoshlikka marketing faoliyati doirasida shunday omillar ta'sir ko'rsatadiki, bularga marketing vositalarining samaradorligi va innovatsionligi, brendlarni qo'llab-quvvatlash sifati, ta'lim dasturlari assortimenti va ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlash darajasi kabilar kiradi.

Faoliyat Omillar tavsifi

yo'nalishlari

Marketing

Investitsiya, tijorat va moliyaviy

Boshqaruv

Innovatsion

Xalqaro

Ta'lim jarayoni sifati, kasbiy xalqaro ta'lim dasturlari akkreditasiyasi, ta'lim texnologiyalarining rivojlanish darajasi, akademik mobillik dasturlarining rivojlanish darajasi, tarmoqli va masofaviy ta'lim dasturlarining rivojlanish darajasi, ta'lim dasturlari sifati va h.k.

Milliy va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtiroki, yetakchi ilmiy markazlar bilan o'zaro aloqasi, ustuvor hisoblangan ilmiy loyihalarni realizatsiya qilishga yetakchi mutaxassislarni jalb qilish samaradorligi, akademik mobillik dasturlarining rivojlanish darajasi, doktorantura va tadqiqotchilik faoliyatining samaradorligi, yetakchi bibliografik va referativ ma'lumotlar bazasi bilan o'zaro aloqalarning mavjudligi, nashr faolligi darajasi va nashr faoliyati va h.k.

Samarali marketing strategiyasi, mutaxassis-kadrlarni tayyorlash darajasi, harakatga keltirish vositalarining samaradorligi va marketing kommunikasiyasi, brendni targ'ib qilish, ta'lim dasturlari ro'yxatining ko'lami va h.k.

Infratuzilma rivojlanishi uchun mablag'larni jalb qilish, moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, asosiy faoliyatga yo'naltirilgan xarajatlarni realizatsiya qilish, buxgalteriya va boshqaruv hisobi tizimining xususiyatlari, audit tizimi xususiyatlari samaradorligi va h.k.

Boshqaruv va tashkiliy moslashuvchanlik tizimining xususiyatlari, kadrlar salohiyatini shakllanishi va ulardan foydalanish, axborot almashinuvi samaradorlig i, resurslardan foydalanish samaradorligi va h.k.

O'quv jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, yuqori texnologik ishlab chiqarish bilan o'zaro aloqadorligi va h.k.

Xalqaro ta'lim bozori kon'yunkturasi, xalqaro integratsiya darajasi, iqtisodiy, ilmiy va madani y almashinuv darajasi, xalqaro reytinglardagi o'rni va h.k.

1-rasm. OTMlari raqobatbardoshligiga faoliyat ko'rinishlari bo'yicha

ta'sir etuvchi omillar

Investitsiya, tijorat, moliyaviy faoliyat infratuzilmani rivojlantirish uchun mablag'larni jalb qilish, moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, asosiy faoliyatga yo'naltirilgan xarajatlarni realizatsiya qilish, buxgalteriya va boshqaruv hisobi tizimining xususiyatlari, audit tizimi xususiyatlari va samaradorligini oshirishga mablag' jalb qilishni nazarda tutadi.

Texnik va texnologik omillar guruhiga infratuzilmaning sifati va uning ta'lim dasturlarini amalga oshirish talablariga javob berish qobiliyati ta'sir qiladi.

Ta'lim xizmatlari bozoriga oliy ta'lim muassasalarining raqobatbardoshligining innovatsion omillar ta'siri o'quv jarayonini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni qo'llash, axborot tizimlaridan foydalanish, zamonaviy ishlab chiqarish bilan o'zaro aloqadorligi orqali shakllandi. Oliy ta'lim tizimiga xalqaro omillarning ta'siri xalqaro darajadagi ta'lim xizmatlari bozori kon'yunkturasi, iqtisodiy, ilmiy va madaniy almashinuv darajasi, xalqaro ta'limdagi integratsiya darajasi va xalqaro reytinglardagi o'rni orqali belgilanadi.

Biz, ta'lim xizmatlari bozorida OTMlari raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi omillarning tasnifiy belgilari bo'yicha quyidagi guruhlarga ajratdik:

I. Ta'sir etish davri bo'yicha:

1.1. Doimiy ta'sir etuvchi omillar: milliy ta'lim xizmatlari bozori kon'yunkturasi; hududiy ta'lim xizmatlari bozori kon'yunkturasi; ilmiy-tadqiqot salohiyati; o'quv faoliyati salohiyati; marketing salohiyati; OTMlarning iqtisodiy salohiyati va tijorat samaradorligi; kadrlar salohiyati; infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi; fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi salohiyati; boshqarish salohiyati va h.k.

1.2. Davriy ta'sir etuvchi omillar: ta'lim tizimini me'yoriy-huquqiy tartibga solish; moliyaviy faoliyatni me'yoriy-huquqiy jihatdan tartibga solish; ta'sischining qarori bo'yicha chora-tadbirlarni nazorat qilish; ta'lim faoliyatini litsenziyalash va akkreditatsiyalash; buxgalteriya va boshqaruv hisobi samaradorligi va h.k.

1.3. Bir martalik ta'sir etuvchi omillar: manfaatdor tomonlarning bayonotlariga javob berish; shartnomaviy jarayonlardagi o'zaro munosabatlar. Bir martalik omillar bir marta yoki o'ta tartibsiz hamda uzoq vaqt oralig'ida shakllanadi.

II. Ta'sir qilish ko'lami bo'yicha:

2.1. Strategik ta'sirga ega omillar: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, innovatsion, texnologik va boshqalar.

2.2. Taktik ta'sirga ega omillar: ta'biiy muhitning holati; fan va ta'limning rivojlanish darajasi; iqtisodiyotning zamonaviy soha va tarmoqlarini rivojlanish darajasi; ijtimoiy rivojlanish darajasi; bozor infratuzilmasining rivojlanish xususiyatlari; yalpi ichki mahsulot hajmida ilmiy-tadqiqotlarga qilinadigan xarajatlarning ulushi; ijtimoiy himoyalash tizimining rivojlanish darajasi va h.k.

2.3. Operativ ta'sirga ega omillar: malakali boshqaruv; raqobat muhitining holati; resurs ta'minotining mavjudligi; kontakdagi auditoriyalar bilan kommunikatsiya tizimining mavjudligi.

Ta'sir qilish ko'lami bo'yicha ta'lim xizmatlari bozorida OTMlari raqobatbardoshligining strategik omillari - odatda jamiyatdagi siyosiy o'zgarishlar, ijtimoiy-madaniy aloqalarning o'ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasi, milliy ta'lim tizimining rivojlanish darajasi, texnologik yangiliklarni amalga oshirish darajasi va yo'nalishini belgilab beradi. Jamoat institutlari rivojlanishining nisbatan past darajasi, texnik-texnologik qoloqlik va milliy iqtisodiyot samaradorligining yetarli darajada emasligi innovatsiyalarni joriy etish hamda ta'lim jarayonlari sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday omillar guruhi strategik xususiyatga ega omillar sifatida ifodalanadi.

Ta'lim xizmatlari bozorida OTMlarining raqobatbardoshligiga ta'sir qiluvchi taktik tavsifga ega omillar bozor infratuzilmasining rivojlanish xususiyatlari, fan va ta'limning rivojlanish darajasi va boshqa bir qator omillar bilan bog'liqdir.

Raqobatbardoshlikning operativ omillari muayyan hududda, muayyan bir ta'lim muassasasi doirasida yaqin kelajakda qisqa vaqt ichida ahmiyatli bo'lmagan ta'sirining mavjudligini ifodalaydi. Ushbu omillarga raqobat munosabatlarining o'ziga xos xususiyatlari, resurs ta'minoti, kontakdagi auditoriyalar bilan kommunikatsiya tizimining mavjudligi kabilar kiradi.

III. Qamrab olish ko'lami bo'yicha:

3.1. Ta'sir etuvchi tashqi omillar: milliy bozor kon'yunkturasi; milliy iqtisodiyot tarkibi va rivojlanish darajasi; siyosiy tizimning barqarorligi; milliy reytinlardagi o'rni; huquqiy munosabatlar darajasi; aholi turmush sifati darajasi; ta'limning rivojlanish darajasi; aholi soni va tarkibining dinamikasi.

3.2. Ta'sir etuvchi ichki omillar: kadrlar siyosatining maqsad va xususiyatlari; boshqaruv tizimining xususiyatlari; resurslardan foydalanish darajasi; tijorat faoliyati xususiyatlari, ishlab chiqarish tarkibi va ixtisoslashuvi va h.k.

IV. Qo'llash sohasi bo'yicha. Ta'lim xizmatlari bozoriga OTMlarining raqobatbardoshligi omillari ta'sirining o'ziga xosligi ularni qo'llash sohasiga qarab umumiy va o'ziga xos omillarni ajratib ko'rsatish imkonini beradi.

4.1. Umumiy omillar: boshqaruv tizimi samaradorligi; tijorat faoliyati samaradorligi; moddiy-texnik bazadan foydalanish samaradorligi va h.k. Umumiy omillar - bu muassasa ko'lamiga qarab amal qiladigan omillar guruhidir. Ularning ta'siri ta'lim muassasalariga ham, iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi tadbirkorlik subyektlarida ham mavjud.

4.2. Maxsus omillar: Ushbu omillar faqat amaliy tavsifga ega bo'lib, ularning ta'siri ta'lim muassasalari faoliyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu omillarga: ilmiy daraja va unvonga ega ilmiy-pedogogik xodimlar ulushi;

doktorantura faoliyati samaradorligi; o'quv jarayonini tashkil etish samaradorligi; nashr faolligi darajasi kabilar kiradi.

V. Moliyalashtirish tavsifiga ko'ra:

5.1. Davlat tomonidan moliyalashtirish: belgilangan me'yor asosida ta'lim faoliyatini byudjetdan moliyalashtirish; davlat subsidiyalari; mulkiy majmua rivojlanishiga subvensiyalar va h.k.

5.2. Xususiy mablag'lar hisobga moliyalashtirish: biznes tomonidan investitsiyalash; uy xo'jaliklari mablag'lari; xorijiy agentlar tomonidan investitsiyalash; turli xil xususiy jamg'armalar orqali moliyalashtirish va h.k.

Yuqoridagilarga asoslansak, OTMlarini moliyalashtirish xususiyati ikki manbaidan biriga qarab omillarni guruhlash imkonini beradi. Birinchidan, davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarni nazarda tutadigan davlat tomonidan moliyalashtirish, ta'lim faoliyati uchun aholi jon boshiga byudjet mablag'lari va mulkiy kompleksni rivojlantirish uchun subvensiyalar[8]. Ikkinchidan, xususiy mablag'lar - bu uy xo'jaliklari investitsiyalari, biznes investitsiyalari va xorijiy investitsiyalarga bog'liq. Ushbu manbalar hisobiga moliyalashtirishning mohiyati, tarkibi va miqdori oliy ta'lim muassasalarini ta'lim xizmatlari bozoridagi raqobatdoshlik darajasini belgilaydi.

VI. Ta'sir xususiyatiga ko'ra: Ta'sir etish xususiyati bo'yicha raqobatdoshlik bevosita va bilvosita omillarini ajratib ko'rsatish mumkin.

6.1. Bevosita omillar ta'lim xizmatlari bozorida (raqobat muhiti, inson resurslari, me'yoriy-huquqiy baza) OTMlarining raqobatdoshligiga bevosita ta'sir qiladi[8]. Bevosita omillar ta'lim tizimida me'yoriy-huquqiy muhit, raqobat muhiti, mehnat resurslarini jalb qilish imkoniyatlari, kontragentlar bilan o'zaro munosabatlar, iste'molchilarning qanoatlanganlik darajasi va h.k.

6.2. Bilvosita omillarning ta'siri bilvositadir. Bularga iqtisodiy kon'yunktura, ijtimoiy-madaniy omillar, ilmiy-texnik taraqqiyot, siyosiy omillar kabilar kiradi.

Ta'lim faoliyatining o'ziga xosligi nafaqat xususiyatli omillarning ta'siri, balki ta'lim dasturlarini realizatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari va ta'lim xizmatlari bozori ishtirokchilarining o'zaro munosabatida namoyon bo'ladi.

Bizning fikrimizcha, o'z maqsadlari, vazifalari va funksiyalarini turli xil usullar va vositalar asosida realizatsiya qila turib, OTMlari bilan mijozlarning ta'lim xizmatlari bozorida OTMlari raqobatbardoshligini shakllanish mexanizmi ularning raqobatbardosh ta'lim xizmatlarini ko'rsatadi.

Bunda davlat, uy xo'jaliklari va talabalar, biznes tuzilmalari va jamoat tashkilotlari oliy ta'lim xizmatlari bozorining ishtirokchilari bo'lib, tashqi muhit omilini namoyon etadi.

Ta'lim muassasasining ichki muhiti oliy ta'limning ta'lim xizmatini o'zaro ta'sir natijasi hisoblangan jami funksiyalari, usullari va vositalari bilan tavsiflanadi.

Shunga ko'ra, respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun bir vaqtning o'zida raqobatdosh ustunliklarni hisobga olgan

holda mehnat salohiyatini oshirish, ishlab chiqarishning intellektuallashuvi darajasini yuksaltirish va inson kapitalini rivojlantirish bilan bog'liq muammolarni hal qilish alohida dolzarb masalalar hisoblanadi. Mazkur muammolarni hal qilishda asosiy rolni Yangi O'zbekistonning strategik vazifalari ko'lami va darajasiga muvofiq keladigan kompleks kompetensiyaga ega bo'lishi kerak bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash va mehnat bozoriga yetkazib berishni amalga oshiruvchi OTM zimmasiga yuklanadi.

Xulosa va takliflar. Ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini shakllantirish o'ziga xos omillar majmuasi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra:

OTMlari raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi omillar ta'sir etish davri, ta'sir etish ko'lami, qamrab olish miqyosi, qo'llash sohasi, moliyalashtirish tavsifi hamda ta'sir etish xususiyatiga ko'ra alohida yo'nalishlar bo'yicha guruhlash asosida tasnifi ishlab chiqildi;

ta'lim xizmatlari bozorida integratsiya jarayonlarini rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqot maktablarining innovatsion yutuqlarini birlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;

ta'lim sifatiga qo'yiladigan malaka talablarini standartlashtirish; ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amaliyotga tatbiq qilish; ta'lim xizmatlari bozorida oliy ta'lim tashkilotlarining raqobatbardoshligi omillari hamda tamoyillari aniqlanib, oliy ta'lim muassasalari ko'rsatkichlar taxlili asosida ilmiy takliflar ishlab chiqish;

oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini baholash metodikasi xususiy ko'rsatkichlarning ahamiyatlilik darajasi bo'yicha reytingini har bir ko'rsatkichning ta'lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini vazn koeffitsientlari orqali aniqlash asosida takomillashtirildi.

Foydalanilgan adabiètlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzièevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // —Xalq so'zill gazetasi. 2020 yil 25 yanvar. 19-son. 1-4 betlar.

2. Inson taraqqièti. Darslik. I.f.d., professor Q.X.Abduraxmanov tahriri ostida. -T.: —Fanva texnologiyal nashrièti, 2013. - 476 bet.

3. Pardaev M.Q. va boshqalar. Ta'lim xizmatlari va ularning samaradorligini oshirishmasalalari. Monografiya. - T.: —Innovatsion rivojlanish nashrièt-matbaa uyill, 2020. - 200 b.

4. Isroilov B.I. Ta'lim tizimida korrupsiyani oldini olish masalalari. // Innovatsion varaqamli iqtisodièt sharoitida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish muammolari. (21-22 fevral 2020 yil) Xalqaro IAK materiallari, Samarqand-Tambov, 2020. - 183-186-betlar.

5. Rajabov B.J., Toshnazarov S.N., Islomov B.S. va boshqalar. Ta'lim sifatini yaxshilashdaerishilgan natijalardan samarali foydalanish. Monografiya. - T.: —TURON-IQBOIl?

6. Berdiqulov Q. Zamonaviy jamiyatda xizmatlar sohasining o'rni qanday?

7. Beltiy E.M. KonkurentnMe preimu^estva vuzov: klassifikasiya s po-zitsiy steykxoldermenedjmenta [Tekst] / E.M. Beltiy, I.B. Romanova // Sovre-menntie problemti nauki i obrazovaniya. - 2012. - № 5. - S.268 - 274;

8. Bondarenko E.N. Metodicheskie podxodti k otsenke konkurentosposob-nosti regiona [Elektronntiy resurs] / E.N.Bondarenko // Naukapark. - 2011. - № 2(3). - S. 88-95

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.