Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
OLIY O'QUV YURTLARIDA TALABALARNING MUSTAQIL O'QUV FAOLIYATLARINI YANGI INNOVATSIYA TEXNIKALARI ASOSIDA
TASHKIL ETISH
Quvandiqov O.K. Kurbaniyazov S.X. Turniyazobv R.Q.
Samarqand davlat universiteti
A.S. Kurbaniyazov
TATU Samarqand filiali
Mazkur maqola oliy ta'lim muassasalarida talabalar mustaqil oquv faoliyatini tashkil qilish va talabalarning mustaqil bilim olishlari va ko'nikmalarini rivojlantirishga doir tavsiyalar bayon etilgan. Shuningdek, mustaqil o'quvni tashkil qilish jarayoniga va prinsiplariga tavsif berilgan.
Bugungi kunda ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda asosiy omillardan biri-bu talabalar uchun mustaqil ta'limni tashkil etish va ularda mustaqil o'qish faoliyatini shakllantirishdan iboratdir. Talabalar dunyoqarashini shakllantirishda va o'zgartirishda kreativ texnikalarni qo'llab yechimni topish mumkin bo'lgan ijodiy vazifalar muhim ahamiyatga ega. Har qanday o'quv fani bo'yicha bilimlarni o'zlashtirishda mustaqil o'quv faoliyati muhim hisoblanib, bilimlarni mustaqil o'zlashtirish bugungi kunning eng dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda. Maqolada talabalarning mustaqil bilim olishlari va ko'nikmalarini rivojlantirishga doir tavsiyalar bayon etilgan.
Talabalarning mustaqil o'qish faoliyatining samaradorligini oshirishda Edvard de Bononing "Fikrlashning olti shlyapasi" nomli kreativ texnikasi muhim ahamiyatga ega. Bu uslub an'anaviy usullarni yangilash uchun yetarlicha sodda uslublardan hisoblanadi. Bu uslub fikrlashni oltita turga yoki tartibga ajratishga imkoniyat berib, ularning har biriga metafor rangli ''shlyapa'' javob beradi. Fikrlashni bunday ajratish har bir tartibdan anchagina samaraliroq foydalanish imkoniyatini yaratadi va barcha fikrlash jarayoni ancha fokuslanadi va mustahkam bo'ladi. "Fikrlashning olti shlyapasi" kreativ texnikasi kreativlik va fikrlash ko'nikmalarini o'rganish, adabiy fikrlash konseptsiyalarining muallifi va sohasi bo'yicha butun dunyoga mashhur ekspert Edvard de Bono tomonidan ishlab chiqilgan [1,2].
Izlanishlar va kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ta'lim tizmining barcha pog'onalarida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish va amaliy tajribalarni qo'yishda texnologik muammolar yuzaga keladi. Ya'ni, aksariyat talabalarda mustaqil o'qish va mustaqil ishlash ko'nikmalari yetarli darajada emas. Shuning uchun o'qituvchilar ko'p hollarda talabalarga mustaqil ishlash uchun har doim bir xil
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
shakldagi vazifalarni (taqdimot tayyorlash, seminarlarda ma'ruza qilish, konspekt qilish, referat tayyorlash va hokaz) beradi. Bu esa talabaning ijodiy ishlash faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Mustaqil
o'qishning asosiy maqsadi, talabaning o'qituvchining yordamisiz shug'ulanishi bilan emas, balki uning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishish uchun yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Talabalarning mustaqil o'qish faoliyatining samaradorligi quyidagi faktorlar bilan aniqlanadi: a) talabalarning mustaqil o'qish faoliyatiga tayyorligi; b) mustaqil o'qish faoliyatini sifatli pedogogik ko'nikmalar bilan ta'minlanganligi. Talabalarning mustaqil o'qish faoliyatiga
tayyorligi, quyidagi komponentalar orqali aniqlanadi: o'zida tasavvur etishni shakllantiruvchi qiymatli-motivatsion komponenta va kasbiy motivatsiya;
- umumlashgan bilimlarni egallagan, kognitiv komponetalar (birinchi navbatda dunyoqarash g'oyalari va ilmiy tushunchalar) hamda umumta'lim ko'nikmalari va o'z-o'zini tashkil qilish:
- shaxsning erkinlik sifatlari bilan aniqlanuvchi erkinlik kompanentalari, bunda birinchi o'rinda tartib-intizom, trishqoqlik, mustaqillik, talabchanlik va javobgarlikni his qilish turadi. Talabalarning mustaqil ishini pedagogik kuzatish-bu o'qituvchi tomonidan talabalarning mustaqil o'qish jarayonini ilmiy-pedagogik jihatlarini ta'minlash va o'quv vazifalarini bajarishda talabalarga amaliy yordam berishdan iboratdir.
Pedagogik texnologiya-bu o'qituvchining o'qitish vositalari yordamida talabalarga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mas'uli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir.
Talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini tashkil qilishda o'ziga xos texnologik jihatlariga e'tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Talabalar mustaqil o'quvini tashkil etishda va kreativ texnikani qo'llashda pedagogik texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Mustaqil o'qishni tashkil etishda qator ustunliklarga ega bo'lgan texnik jarayonlarga e'tibor berish zarur.
Metodologik texnologiya. Talabalar mustaqil o'quvini tashkil etishda metodologik texnologiyani qo'llashda birinchi navbatda shaxsning imkoniyati va faoliyati e'tiborga olinadi. Talabalar mustaqil o'quvi shaxsning shakllanishida va rivojlanishida muhim omil bo'ladi. Bunda talabalarda uzluksiz o'qish ko'nikmalari shakllanadi. Talabalarning faol mustaqil o'quv faoliyati, shaxs rivojlanishining asosiy omillaridan biridir. Faol mustaqil o'quv jarayonida talabaning tasavvur qilish ko'nikmalari rivojlanadi. Umuman jarayonlarni tasavvur qila bilish, o'qish va o'rganishda juda ham muhimdir.
Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Texnologiya vositalari. Ilmiy matnlar, o'quv topshiriqlari, "Fikrlashning olti shlyapasi", har xil holatlarni tahlil qilish uchun matnning ajratilgan bir qismi va boshqa topshiriqlar texnologiya vositalariga kiradi.
Tanlangan matn juda ham sodda bo'lmasligi, talabada qiziqish uyg'ota oladigan bo'lishi eng muhimi, fanni o'zlashtirish uchun qulay bo'lishi lozim. Shu bilan fikrlar qarama-qarshiligidan foydolanib, yangi g'oyalarni shakllantirish uchun sharoit yaratilishi kerak. Bu texnologiyani amalga oshirishda "Olti shlyapa" uslubi samarali bo'ladi. Fikrlashning oltita shlyapasi baholash va tahliliy fikrlashni to'ldiradigan ijodiy va konstruktiv fikrlash uchun mo'ljallangan.
O'quv topshiriqlari. Talabalar mustaqil o'quvini tashkil qilishda, ularga faqatgina o'zlari bajarishilari kerak bo'lgan topshiriqlar berish bilan chegaralanmasdan balki, ularga shaxsiy faoliyatlarini tashkil qilishga ham ko'maklashish va ularning faoliyatini baholash zarur bo'ladi. Shuning uchun o'quv topshiriqlari qatoriga topshiriqning shakli, ish usulini o'quv jarayoniga qo'llash, ishning bajarilish ketma-ketligi va oxirgi natijani baholash mezoni to'g'risida ma'lumotlar berilsa, mustaqil o'qishning samaradorligi yaxshi bo'ladi. [ 3-5]
Xulosa qilib aytganda, talabalar dunyoqarashini shakillantirishda va o'zgartirishda "Fikrlashning olti shlyapa" kreativ texnikalarni qo'llab, yechimni topish mumkin bo'lgan ijodiy vazifalar muhim ahamiyatga ega. Bilimlarni mustaqil o'zlashtirish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ekanligini e'tiborga olsak, har qanday o'quv fani bo'yicha bilimlarni o'zlashtirishda mustaqil o'quv faoliyati muhim omil bo'lib hisoblanadi.
REFERENCES
1. Эдвард де Боно. Латеральное мышление: Учебник. - Минск: Попурри, 2012. 384с.
2. Шесть шляп мышления. - Минск: Попурри, 2006. 208с.
3. Бабакова Т.А. Готовность обучающихся к самостоятельной учебной деятельности в высшей школе /Т.А.Бабаков // Вестник высшей школы (Альма-матер). -2019.-С.47-54
4. Бас Эвелин. Как развивать креативность.- Растов-на-Дону: Феникс, 2008.189 с.
5. Стрекалова Н.Б. Самостоятельная работа студентов в современных информационно-образовательных средах//Информатика и образование. 2014. № 9. с. 45- 48.
6. А.Ж. Сейтов, Ф.Х. Абдумавлонова. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE. Academic research in educational sciences, 2021. T.2 №6 Pp.933-941.
Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
7. S.Kh.Khasanova A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenovю. Optimal control of pumping station operation modes by cascades of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 2021. Tom 8. №4. Pp. 17177-17185.
8. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-13852021- 00193. Стр. 265- 273.
9. А.В. Кабулов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. Стр. 6-8
10. АЖ Сейтов, БР Ханимкулов, М Гаипов, О Хамидуллаева, НК Мурадов. Численные алгоритмы решения задач оптимального academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz Управления объектами каршинского магистрального канала. Academic research in educational sciences. T. 2 № 3 pp. 1145- 1145.
11. А.Ж. Сейтов, Б.Р. Ханимкулов, М.А. Гаипов, М.Р. Юсупов. Зарафшон дарёси окимининг хосил булишига атмосфера ёгинлари ва хдво хдроратининг таъсири. Academic research in educational sciences. T.2 №5. Стр. 156-162.
12. A.A. Kudaybergenov A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev, N.K. Muradov. Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 № 3 pp. 1679016797.
13. A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenov. S.Kh.Khasanova. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 №2 ISSN: 2350-0328. Pp. 1717717185.
14. Рахимов Ш.Х., Сейтов А.Ж. Теоретико-множественная модель насосной станции, оснащенная осевыми поворотно-лопастными насосными агрегатами. Материалы республиканской научной онлайн конференции молодых ученых «современные проблемы математики и прикладной математики» посвященной 100 летию академика С.Х.Сираждинова (21 мая 2020 г.) Стр. 78-82.
15. Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А., Хонимкулов Б. Р. Моделирования двумерного неустановившегося движения воды на открытых руслах на основе проекционного метода. сборник докладов Республиканской научнотехнической
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
конференции «Инновационные идеи в разработке информационно-коммуникационных технологий и программных обеспечений» 15-16 мая 2020 года. САМАРКАНД. Стр. 60-63.
16. Рахимов Ш. Х., Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А. Критерии управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference Kharkiv, Ukraine 2-4 August 2020. Стр. 125-131.
17. Mekhriban Salaeva, Kakhramon Eshkaraev, Aybek Seytov. Solving mathematical problems in unusual ways with excellent limits. European Scientific Conference. Пенза, 17 мая 2020 года рр. 254-257.
18. А.Сейтов. Оптимальные методы управления водных ресурсов в крупных магистральных каналах ирригационных систем. AGRO ILM - O„ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XOJALIGI. Махсус сон. 2020. Ташкент. Стр. 84-86.
19. Ш.Х. Рахимов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Оптимальное управление распределением воды в магистральных каналах ирригационных систем. ILIM ham JAMIYET. SCIENCE and SOCIETY Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes. pp. 810.
20. А.В.Кабулов, А.Ж.Сейтов, А.А.Кудайбергенов, Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. science and society Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes №2 2020. Pp.6-7.
21. Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)
22. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)