Научная статья на тему 'OLEIN KISLOTA VA MONOETANOLAMIN ASOSIDA SIRT FAOL MODDA SINTEZI'

OLEIN KISLOTA VA MONOETANOLAMIN ASOSIDA SIRT FAOL MODDA SINTEZI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLEIN KISLOTA VA MONOETANOLAMIN ASOSIDA SIRT FAOL MODDA SINTEZI»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

OLEIN KISLOTA VA MONOETANOLAMIN ASOSIDA SIRT FAOL

MODDA SINTEZI

M.M.Muratov

O'zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, tayanch doktorant,

R.J.Eshmetov t.f.d., Toshkent kimyo-texnologiya instituti, dotsent,

B.Z.Adizov

t.f.d., O'zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, professor.

O'zbekiston.

Sirt-faol moddalar (SFM) - bu ko'plab sanoat va kundalik mahsulotlarda muhim rol o'ynaydigan birikmalar bo'lganliklari uchun katta ilmiy ishga bag'ishlangan mavzularidan birigi hisoblanadi. Kundalik hayotimizda ishlatadigan sovun va yuvish vositalaridan tortib qishloq xo'jaligi, farmatsevtika sanoatiga qadar SFMlar turli xil sohalar uchun juda muhimdir.

SFM tarkibi, tuzilishi va ionli ko'rinishi ularning funksiyasini belgilaydi. Shunga ko'ra ular deemulgator, emulgator, solyubilizator va boshqa moddalar sifatida ishlatilishi mumkin [1, 2]

Tadqiqot obyekti sifatida olein kislota (OK) va monoetanolamin (MEA)lar tanlab olindi. MEA neft va gaz sanoatida tabiiy gazni qayta ishlash jarayonida selektiv adsorbent sifatida ishlatiladi. OK va MEAlar o'rtasida reaksiya turli xil mol nisbatda, vaqtda va haroratda olib borildi. Reaksiyon aralashma harorati 100 °C ga yetganda 0.3 g NaOH katalizatori qo'shiladi. Jarayon N2 atmosferasida o'tkaziladi. Hosil bo'lgan mahsulot quyuq, to'q jigarrang bo'lib, uni KM-1 deb nomladik. KM suvda hamda organik erituvchilarda erishi aniqlandi. Reaksiya uchun katalizator sifatida NaOH dan foydalanildi. Bunda uning asosligi muhim rol o'ynaydi. NaOH kuchli asos bo'lib, OKning karboksil guruhini deprotonlashi va karboksilat anionini (RCOO-) hosil qilishi mumkin. Ushbu deprotonizlash bosqichi karbonil guruhining elektrofilligini oshiradi va uni MEA tomonidan nukleofil hujumga ko'proq moyil qiladi. Karboksilat anioni, shuningdek, karboksil guruh bilan taqqoslaganda reaksiya paytida suvni yaxshiroq ajralishiga yordam beradi. MEAning amino guruhi (-NH2) nukleofil vazifasini bajaradi va karboksilat anionining elektrofil karbonil uglerodiga hujum qilib, tetraedral oraliqni hosil qiladi. Suv tetraedr oraliq moddadan ajralib chiqadi, bu amid mahsuloti (olein kislota monoetanolamini) hosil bo'lishiga olib keladi

May 15, 2024

370

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

1-jadval

Oleyin kislota monoetanol amini asosida SFM sintezining sharoitlarga bog'liqligi

№ Moddalar nomi Mol nisbati t, soat T, °C

1 Olein kislota : monoetanolamin 1:1 2, 3, 4 110, 120

2 Olein kislota : monoetanolamin 1:2 2, 3, 4 110, 120

3 Olein kislota : monoetanolamin 1:3 2, 3, 4 110, 120

Reaksiyaning maqbul sharoiti sifatida moddalarni mol nisbati 1:1, vaqti 3 soat va harorat 120°C da olib borganimizda yuqori unumda mahsulot hosil bo'lishi aniqlandi. Reaksiya natijasida ajralgan suv miqdoriga qarab har bir reaksiyaning unumi aniqlandi.[2]

Hosil bo'lgan mahsulot kutilgan modda ekanligini aniqlash maqsadida IQ-spektroskopiya metodidan foydalanilib, SFMning tarkibi va strukturasi o'rganildi. Olingan mahsulot IQ spektri 1-rasmda keltirilgan.

2500 2000

Wavenumber cm-1

1-rastn KM-1 IQ spektri.

4000

3500

3000

1500

1000

500

Olingan SFMning IQ spektrida (1-rasm) quyidagi intensiv cho'qqilar hosil qildi: 720 cm-1 da, -CH2- (n>6) guruhi C-H bog'lanishining tebranishlaridan, 1308 cm-1 va 2853 cm-1 CH3 guruhi C-H bog'lanishining deformatsiya va valentlik tebranishlaridan yuzaga kelgan. 1458 cm-1 va 2921 cm-1, mos ravishda CH2 guruhlarining C-H bog'lanishining deformatsion va valent tebranishlariga mos keladi. Undan tashqari, 1548 cm-1 -N-H bog', shuningdek 1262 cm-1 gacha hosil bo'lgan maksimal cho'qqilar amindagi C-H bog'lanishiga xos. 3007 cm-1 -C=C dagi

May 15, 2024

371

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current

Cha'Les.hnnoeon.andPru.en

qo'shbog' hisobiga, 1073 cm-1 -OH bog'i hisobiga yuzaga keladi. -C-C-N dagi bog'lanish hisobiga 1118 cm-1 sohada o'rtacha cho'qqi hosil bo'ladi. C-N bog'lanish hisobiga 1458 cm-1 sohada o'rtacha cho'qqi hosil bo'ladi. IQ spektrida peptid bog'ga xos sohalar mavjud. Bu olingan mahsulotni - KM-1 ekanligini isbotlaydi.

REFERENCES

1. Abbasov V.M., Ismayilov I.T., Hany M. Abd El-Lateef, Akhmadbeyova S.F. Anti-corrosive activities of some novel surfactants based on vegetable oils // European chemical Bulletin, 2014, 3(5), 437-440.

2. Эшметов Р.Ж., Адизов Б.З., Салиханова Д.С., Эшметов И.Д. Особенности образования и разрушения устойчивых водонефтегазоконденсатных эмульсий // Химическая технология контроль и управление, Международный науч.-тех. журнал, Ташкент, 2017, №3. 32-37 с.

3. M. Saad, N. Abdurahman, R.M. Yunus, Eco-friendly surfactant to demulsification water in oil emulsion: synthesis, characterization and application, Chem. Data Collect. 13 (2020) 100582.

372

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.