Научная статья на тему 'OLEIN KISLOTA ASOSIDA SINTEZLANGAN SIRT FAOL MODDANING KOLLOID-KIMYOIY XOSSALARI TADQIQI'

OLEIN KISLOTA ASOSIDA SINTEZLANGAN SIRT FAOL MODDANING KOLLOID-KIMYOIY XOSSALARI TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLEIN KISLOTA ASOSIDA SINTEZLANGAN SIRT FAOL MODDANING KOLLOID-KIMYOIY XOSSALARI TADQIQI»

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current

OLEIN KISLOTA ASOSIDA SINTEZLANGAN SIRT FAOL MODDANING KOLLOID-KIMYOIY XOSSALARI TADQIQI

M. M. Muratov

tayanch doktorant, B. Z. Adizov t.f.d., professor O'zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, R. J. Eshmetov

t.f.d., dotsent, Toshkent kimyo-texnologiya instituti. O'zbekiston.

OK va MEA o'rtasidagi reaksiya amin (NH2) va korboksil (-C(O)-OH) guruhlari peptid bog' hosil bo'lishiga asoslangan.

Sintez qilingan moddalarning kolloid-kimyoviy xossalarini o'rganish maqsadida dastlab, moddalarning sirt tarangligining konsentratsiyaga bog'liqligi o'rganildi. Sirt taranglik suyuqlik-havo chegara sirtidagi kogeziv kuchlar sabab yuzaga keladi. SFMlar bu kuchlarga katta ta'sir ko'rsatadigan va chegara sirtlari xususiyatlarini o'zgartiradigan birikmalardir. Sirt tarangligini o'rganish orqali sirt faol moddalarning suyuqlik yoki gaz fazasi bilan o'zaro ta'siri va ular namlash, emulgirlash, deemulgirlash va adsorbsiya kabi turli chegara sirt hodisalariga qanday ta'sir qilishi haqida ma'lumot olish mumkin. [1]

Sirt tarangligi stalogmometrik usulda (tomchilarni hisoblash usuli) o'rganildi. Sirt tarangligini aniqlashda stalogmometrdan ma'lum hajmdagi suyuqlik oqib chiqqanda hosil bo'lgan tomchilarni hisoblash yo'li bilan amalga oshiriladi va quyidagi pozitsiyaga asoslanadi: stalogmometr kapillyaridan suyuqlik oqib chiqsa, hosil bo'lgan tomchining (P) ajralish momentidagi og'irligi tomchini ushlab turishga intiluvchi kuchga (F) teng bo'ladi.

Tomchini ushlab turishga intiluvchi kuch kapillyardan oqib chiqayotgan suyuqlikning sirt tarangligiga (g) proporsionaldir.

F = 2% • R • o

May 15, 2024

701

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

bu yerda: R - kapillyar radiusi.

Olingan tomchining og'irligi quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:

P

V*p*g

n

bu yerda: p - suyuqlikning zichligi; g - 9,81 m/s2 ga teng bo'lgan erkin tushishning tezlashishi; V - stalogmometr hajmi; n - tomchi soni.

Stalogmometrdagi suyuqlik massasi V * p * g bo'lgani uchun stalogmometrdagi suyuqlikning og'irligi:

_V*p*g

2% • R • o--

n

Shunday qilib, suyuqlikning sirt tarangligi quyidagi tenglama bo'yicha ifodalanadi:

o = ^

Har bir stalogmometr uchun kattalik (formula), zichlik suyuqliklar uchun alohida tajribadan aniqlanadi. Stalogmometrning bu xususiyatlarini istisno qilish uchun quyidagilar hisoblanadi: o'rganilayotgan (nx) va standart suyuqlikning (no) tomchilar soni. Odatda standart suyuqlik sifatida distillangan suv ishlatiladi, uning sirt tarangligi ma'lum (o0) [2].

Ox - Oo

no*px nx*po

SFMlarning sirt tarangliklari shu formuladan foydalanib topiladi.

Sintez qilingan moddalarni 0.01% dan 0.5% gacha bo'lgan eritmalari tayyorlab olindi va ularning sirt tarangligi aniqlandi.

_m_1TU 1

Olingan natijalar quyidagi 2-rasmda keltirilgan.

Sirt tarangligining past

konsentratsiyadagi SFMlar eritmalarida keskin kamayishi ularni suvning sirt yuzasiga adsorbsiyalanib, uni sirt energiyasini pasaytirishi bilan tushuntiriladi. So'ng ma'lum konsentratsiyaga yetganda u doyimiy ko'rsatkichga ega bo'ladi. Past konsentratsiyali eritmalarda SFM molekulalari erkin holatda bo'ladi. KM-1 misolida oladigan bo'ladigan bo'lsak, konsentratsiya 0.08% yetganda sirt taranglik qiymati nisbatan doimiy qiymatga erishadi. Bu SFM molekulalari mitsellalar hosil qilishi bilan tushuntiriladi.

0,2

0,3

2-rasin. Sirt taräügUgiüing kMSKotaitsiyaga bog'ligligi.

702

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current _Challenges, Innovations and Prospects

REFERENCES

1. Ajaya Bhattarai, Ghanashyam Shrivastav, Chom Nath Adhikari. Study of critical micelle concentration of cetyltrimethylammonium bromide (ctab) in pure water in presence and absence of magnesium sulphate and sodium sulphate by measuring conductivity meter // A. Bhattarai et al. Bibechana 11(1) (2014), P.123

2. D.A.Xandamov, Sh.P. Nurillayev, R.J.Eshmetov, A.Sh. Bekmirzayev. Kolloid kimyo fanidan masala va mashqlar to'plami. O'quv qo'lanma, Toshkent-2023.

3. Эшметов Р.Ж., Юсупов Ф.М., Бектурдиев F.Б., Алимов А. А., Хамраев С. С. Импорт урнини босувчи ноиноген нефт деэмульгаторнинг синтези ва хоссалари // Узбекистан кимё журнали 2013. №5. Ташкент. С. 12-14.

703

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.