Научная статья на тему 'OILAVIY TURIZMNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI'

OILAVIY TURIZMNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
272
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
oila / oilaviy turizm / olimlar / Butunjahon Turizm Tashkiloti / oilaviy ajralishlar / brend / oila kuni / investitsiya. / family / family tourism / scientists / World Tourism Organization / family divorce / brand / family day / investment.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Dilshoda Nafasova, Laylo Temirova

Ushbu maqolamizda oilaviy turizmning oilani mustahkamlashdagi roli, oilaviy turizm tushunchasi va bu turizm turi haqida olimlarning turlicha qarashlari, oilaviy turizm turlari va shakllari haqida to‘xtalgan va O‘zbekistonda oliaviy turizmni rivojlantirishda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FUNDAMENTALS OF FAMILY TOURISM ORGANIZATION

This article discusses the role of family tourism in strengthening the family, the concept of family tourism and the different views of scholars on this type of tourism, types and forms of family tourism, and suggestions and recommendations for the development of family tourism in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «OILAVIY TURIZMNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI»

OILAVIY TURIZMNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI

Dilshoda Nafasova Laylo Temirova

Qarshi davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolamizda oilaviy turizmning oilani mustahkamlashdagi roli, oilaviy turizm tushunchasi va bu turizm turi haqida olimlarning turlicha qarashlari, oilaviy turizm turlari va shakllari haqida to'xtalgan va O'zbekistonda oliaviy turizmni rivojlantirishda bajarilishi kerak bo'lgan ishlar haqida taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: oila, oilaviy turizm, olimlar, Butunjahon Turizm Tashkiloti, oilaviy ajralishlar, brend, oila kuni, investitsiya.

THEORETICAL FUNDAMENTALS OF FAMILY TOURISM ORGANIZATION

ABSTRACT

This article discusses the role of family tourism in strengthening the family, the concept of family tourism and the different views of scholars on this type of tourism, types and forms of family tourism, and suggestions and recommendations for the development of family tourism in Uzbekistan.

Keywords: family, family tourism, scientists, World Tourism Organization, family divorce, brand, family day, investment.

Oila - nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki - davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi - oiladan! Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma'naviyat tili bilan aytganda, muqaddas vazifasi - insoniyatning zanjirini sog'lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat-ku! Bu - hamma millat, hamma davlat, hamma xalqlar zimmasidagi sharafli vazifa. Butun Osiyo mintaqasida yashovchi xalqlar uchun oila qadim-qadimdan muqaddas qo'rg'on hisoblangan.

Yuqorida oila - nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati, aytish kerakki - davlat siyosati, dedik. Shuning uchun ham dunyoda necha xalq, necha xil millat, necha xil mamlakat bo'lsa, ularning nashr etgan behisob adabiyotlari ichida oila, oilaviy munosabatlar, oilaning jamiyatda tutgan o'rni xususida alohida varaqlardan tortib, katta-katta ensiklopediyalargacha, hukumat qarorlari, nizomlardan tortib, kodekslargacha uchratish mumkin.

Oila muqaddas va buyuk ne'mat hisoblangani uchun ham juda ko'p donishmandlar oilani tuzishni mamlakatni tashkil qilish kabi muhim deb biladilar. Oilaning barqarorligi va baxtli hayoti - shu mamlakatning yuzi, obro'yi deb qaraladi.

Taraqqiy etgan davlatlarning o'z mamlakatlarida oilaga bunday katta e'tibor berishi, turli yo'llar bilan uning nufuzini ko'tarishga intilishi also bejiz emas.

Voyaga yetayotgan har bir kishi oila to'g'risidagi yaxshi ko'rsatma, yo'riq, tuzuk, qonun-qoidalarni yaxshi bilishi lozim. Ana shu bilim va istak ularning o'z oilalarini ko'rkam tuzuvlariga, shu kichkina mamlakatlarni to'g'ri boshqaruvlariga yordam beradi. Oilada rohatli umr kechirish - barakotli umr kechirish demakdir.

Bordi-yu oila tuzuk bo'lmasa, tarbiyaga ham e'tibor berilmasa, qancha buyuk bo'lsa ham, bunday millat dunyoda uzoq yashay olmaydi. Buni donishmandlar ko'p ta'kidlashgan: "Millatlar sharafini yuqori martabaga ko'taradigan narsa millionlar ila sanaladigan askarlar-u, dunyoda eng buyuk va zo'r bo'lgan kemalar emas, balki eng oz e'tibor beradiganimiz yo bo'lmasa, hech bir zamon e'tibor bermasdan qoladiganimiz -oiladir. Oila nizomsiz bo'lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta'sir etadi va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o'rniga tubanlik negiz quradi... Agar bir millatga bunday hol ro'baro' kelsa, u millat kitobining so'nggi varag'i ochiladi...".

Shuning uchun ham hamma asrlarda, hamma xalq va millatlarda dunyoning buyuk olim va fuzalolari, taniqli adiblari umrlarining oxirigacha qimmatli soatlarini oilani yaratish, uni barqarorlashtirish, insonni eng noyob farog'atdan bahramand qilish baxtiga muyassar etish ustida bosh qotirib o'tkazadilar.

Oilaviy dam olishni tashkil qilish, oilaviy sayohat qilish, umuman, oilaviy turizmni rivojlantirish oiladagi barqarorlikni, hamjihatlilikni, inoqlilikni mustahkamlashga va ajralishlarning oldini olishga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Sababi oilaviy dam olish - bu har bir oila a'zosining psixalogiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Oiaviy sayohatga chiqganda o'z-o'zidan o'zaro oilaviy hamjihatlilikka erishiladi va yangi joylarni, turli maskanlarni ko'rgan yosh avlod esa dunyoqarashi keng bo'lib voyaga yetishiga zamin yaratiladi.

Oilaviy turizm to'g'risida turlicha qarashlar mavjud bo'lib, ular haqida to'xtalmoqchimiz:

T.G. Kiselevaning fikricha oilaviy dam olish faoliyati - oila a'zolari o'rtasida hissiy birlashuvni, samimiylikni, iliqlikni ta'minlaydi va bu esa oilalarning mustahkamlanishuviga zamin yaratadi. Muallif oilaviy turizmni quyidagi formula asosida ta'riflab o'tgan: oila-bolalar, oila-oila, bolalar-o'smirlar-kattalar.

M.I. Bolotovaning fikricha oilaviy turizm - bu pedagogik va sotsialogik fenomen bo'lib, tarbiyaga va shaxsiy rivojlanishga ta'sir ko'rsatadigan va oilaning har bir a'zosining individual ehtiyojlarini qondiradigan jarayondir.

O.I.Belyakov va I.V.Mesheryakovaning fikricha oilaviy turizm - bu bo'sh vaqtda sodir bo'lib, doimiy istiqomat joyidan uzoqda, bitta yoki bir nechta oila guruhlarining turizm uyushtirishlari va har bir oila a'zolarining ehtiyojlari qondirilishidir. Turizmning bu turi oilaning madaniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondiradigan, ularning bo'sh

vaqtlarini qiziqarli, xilma-xil o'tkazish imkonini beradigan va oilaviy munosabatlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan jarayondir.

Turizmning ijtimoiy turlari (oilaviy turizmni o'z ichiga olgan) nafaqat shaxslararo muloqotning yuqori intensivligini, balki avlodlar o'rtasida muloqotni rivojlanishiga hissa qo'shadi. G.V.Talalayeva oilaviy turizmni "bobo-buvilar va nabiralar" shaklida rivojlantirishni taklif qildi. Muallifning fikriga ko'ra, ushbu turdagi ijtimoiy turizm har bir rivojlangan mamlakat uchun dolzarb hisoblanadi. Buning sababi butun dunyoda hozirgi davrda avlodlarning keksayib qolish muammosi yuz tutganligi sababli qari insonlar va yosh avlodning samarali vaqtini o'tkazish muhim ekanligidadir.

Oilaviy turizm nisbatan yangi turizm turi hisoblanadi. Bu ota-onalar va bolalarnining birgalikda sayohat qilishini nazarda tutadi, shuning uchun uni nafaqat dam olish shakli, balki ta'lim vositasi deb ham hisoblash mumkin.

Yuqoridagi ta'riflardan ko'rishimiz mumkinki oilaviy turizmning tushunchasiga turli olimlar turlicha o'z fikrlarini bildirishgan. Masalan, T.G.Kiseleva, O.T.Belyakov, I.V.Mesheryakovalar oilaviy turizm oilani mustahkamlovchi vosita ekanligiga ko'proq e'tibor bergan bo'lsalar, M.I.Bolotova esa oilaviy turizm bolalar tarbiyasiga ijobiy ta'sir etishiga e'tibor qaratgan. G.V.Talalayeva esa bobo-buvi va nabiralar oilaviy turizmi haqida ko'proq fikr yuritgan.

Bizning fikrimizcha oilaviy turizm - bu oila a'zolarining(bolalarsiz yoki bolalar bilan) yoki bir-nechta oila guruhlarining doimiy istiqomat joyidan uzoqda, bo'sh vaqtlarida va o'z xohishlari bilan, sog'lomlashtirish, dam olish, hordiq chiqarish, tanishish, bir-biri bilan ruhan yaqinlashish maqsadlarida birgalikda vaqt o'tkazish, turizm maqsadlarini amalga oshirish va oilaning har bir a'zosining ehtiyojini to'laqonli qondirishidir.

Butunjahon Turizm Tashkilotining formulasiga asosan, oilaviy turizm - bu 11 yoshgacha farzandlari bor bo'lgan oilalarning sayohatidir. Ammo oilaviy turizm deganda faqatgina bolalar bilan sayohat deb tushunish notog'ri, oilaviy turizm shakllari bir nechta bo'lib, ular quyidagilar:

1. Bolalarning soni bo'yicha:

> farzandsiz oilalarning sayohati (ushbu oilaga mehmonxona nomeridagi oddiy standart nomerlar ham to'g'ri keladi);

> kichik oilalarning sayohati (bir, ikki farzandli-ushbu turdagi oilalarda nomerlarga kravatchalar joylashtirib qabul qilish mumkin);

> katta oilalarning sayohati (uch va undan ortiq farzandli-bu oilalar esa sayohat vaqtida katej yoki villalar , aportament nomerlarni ijaraga oladilar).

2. Oilaviy turistlarning tarkibi bo'yicha:

> ota-onalari bor oilalarning sayohati;

> otasiz oilalarning sayohati;

> onasiz oilalarning sayohati;

> farzandsiz oilalarning sayohati;

> farzandli oilalarning sayohati;

> bobo-buvili oilalarning sayohati;

> bir nechta oila guruhlarining sayohati (oilaviy do'stlar) va h.k.

3. Oilada yetakchilikning turiga ko'ra:

> ota hukmron bo'lgan oilalarning sayohati;

> ona hukmron bo'lgan oilalarning sayohati.

4. Ijtimoiy tarkibiga ko'ra:

> turli millat egalari bo'lgan oilaviy sayohatlar;

> turli din egalari bo'lgan oilaviy sayohatlar va h.k.

5. Oilaviy tajribasiga ko'ra:

> yosh oilalarning sayohati;

> uzoq vaqtdan beri yashayotgan oilalarning sayohati;

> keksa oilalarning sayohati.

6. Oiladagi munosabatlar va atmosferaning sifatiga kora oilaviy sayohatlar.

Bulardan tashqari oilaviy turizm tashkil etilish darajasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

1. Turoperatorlar tomonidan ishlab chiqilgan oilaviy turizm - bu

tashkillashtirilgan oilaviy turizm hisoblanib, bunda turoperatorlar tomonidan turlar taklif etiladi va ushbu turdagi turistlar ushbu turmahsulotlarni sotib oladilar. Turizm biznesida oilaviy turizm - bu ustuvor vazifa hisoblanadi, chunki oilaviy turizm deganda asosan farzandli turistlar tushuniladi, ushbu turlarni yaratishda turoperatorlar joylashtirish vositalaridan tortib ovqatlantirish xizmatlariniyu va transport vositalarini ham to'g'ri tanlashlari lozim. Shuning uchun oilaviy turistlar yaxshi daromad keltirishi bilan birga ko'proq ma'suliyat talab etadi deb hisoblanadi.

2. Mustaqil sayohat. Bu holda, oila marshrutni mustaqil ravishda rejalashtiradi, transport vositasini (poezd, samolyot, avtobus, avtomobil, piyoda, velosiped, suv turizmi) belgilaydi. Ushbu sayohatda oila a'zolari ko'plab qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, sababi oilali turistlar yolg'iz bo'lishmaydi, ularning farzandlari ham bo'ladi , farzandlar uchun esa albatta oldindan tayyorgarlik bo'lishi lozim. Oilaviy turistlar uchun eng qulay sayohat bu tashkillashtirilgan sayohatdir.

Yuqoridagi ma'lumotlarni inobatga olgan holda O'zbekistonda oilaviy turizmni rivojlantirish uchun mamlakatimizda qilinishi kerak bo'lgan ishlar haqida taklif va tavsiyalarimizni berib o'tmoqchimiz:

1. Oilaviy turizmni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash dasturini yaratishni, jumladan, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi qoshida oilaviy turizmni rivojlantirish bo'limini tashkil ettirishni (Amerikada "Family Travel Accocitation", Rossiyada "Организация Семейного Туризма") va oilaviy turizmni rivojlantirish

uchun hukumatimiz tomonidan turli farmon va qonunlar loyihasini tuzishni taklif etgan bo'lar edik.

2. Mamlakatimizda oilaviy turizm brendini tashkil etish kerak, bu o'ziga xos brend bo'lib, uni turli ommaviy axborot vositalarida, ko'cha reklama plakatlarida, buklet-brashuralarda turizmni reklama qilayotganda ko'rsatib o'tsak, o'z-o'zidan insonlarda 25-kadr effekti paydo bo'ladi va oilaviy dam olish kerakligi haqidagi signal miyaga berilib, ularni turizmga chiqishga undaydi.

3. Oilaviy turizmga bo'lgan talabni oshirish uchun reklama turlarini ko'paytirishga va turistik turlar orasida oilaviy turizmni ilgari surishga e'tibor berish kerak. Ko'p insonlar bolalar bilan sayohat qilish muammoli ekanligini ta'kidlaydilar. Ularni shunday ishontirish kerakki ular bolalar bilan sayohat qilish juda ajoyib ekanligini tushunib yetsinlar.

4. Investitsion jarayonni rag'batlantirishimiz kerak. Oilaviy turizmni rivojlantirishning eng muhim sharti investitsion jarayonning jadallashuvidir. Bu investitsion muhitni yaratish mintaqaning investitsiya siyosatiga bevosita bog'liq. Samarqand viloyati kuchli turistik salohiyatga ega bo'lib, bu esa turli xil daromad darajasiga ega oilalarga mo'ljallangan turistik mahsulotlarni ya'ni integrallashgan, faol, qishloq, ekologik, rekreatsion va boshqa turdagi turli xil oilaviy sayohatlarni tashkil etish va amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham mamlakatda investitsiya kiritgan kompaniyalarni qanadaydir rag'batlantirsak, qiziqtirsak, yanada ko'plab investitsiyalarni jalb etgan bo'lar edik. Investitsiyalar orqali esa oilaviy turistlar uchun kerakli infratuzilma yaratilishiga zamin yaratishimiz mumkin.

5. Mamlakatimizda oilaviy turizm yo'nalishlarini kengaytirishimiz kerak. Turistik turlarning turlicha ekanligiga qaramasdan viloyat aholisi turizmga uncha qiziqishmaydi. Shuning uchun mahalliy aholini turizmga qiziqtirish, balki kelgusida turizm turlarini ko'paytirish uchun ajoyib turizm mahsulotini yaratishimiz kerak. Bugungi kunda Samarqand viloyatida oilaviy turizmni rivojlantirish juda foydalidir. Faqatgina yaxshi infratuzilmalarni yaratish kerak. Misol tariqasida mavsum bo'lmagan paytlarda yoz kunlarida tog'larda oromgohlar yaratib dam olishni rivojlantirishimiz mumkin. Ayniqsa, Ohalik va Mironqul tog'larida mahalliy aholi uchun ajoyib oromgohlar tashkil qilingan. Ammo bu yerda xorijiy turistlar kelishi uchun qulay infratuzilmalar mavjud emas. Oqbuyro oromgohida oilaviy dam olish uchun barcha infratuzilmalar yetarli. Xuddi shunday oromgohlarni ko'plab tog'li hududlar yonlarida barpo etsak yozgi mavsumni ham yaratgan bo'lar edik.

6. Mamlakatimizda "Family Day" kunini tashkil etishni taklif etgan bo'lar edik (Buyuk Britaniya kabi). Ushbu kunda oilalar birgalikda chiqib dam olishni tashkil qilishlari mumkin. Bilamizki O'zbekiston aholisining turizmga bo'lgan qiziqishi kun sayib o'sib bormoqda. Buni yosh oilalar uchun ham targ'ib qilsak yaxshi bo'lardi. Ming afsuski hozirgi vaqtda yosh oilalarning dam olishlariga, bir-birlarini yaxshi tushunish

uchun yolg'iz qolishlariga imkoniyat yetarli emas. Yosh oilalar farzandli bo'ldimi bir birlaridan uzoqlashib bormoqda, shu muammoni hal qilish maqsadida yosh oilalar uchun qulay infratuzilmaga ega bo'lgan maxsus turlarni ishlab chiqsak yomon bo'lmas edi. Bu orqali yosh oilalar bir-birlari bilan yanada ahil bo'lishiga imkoniyat yaratilgan bo'lardi. Buni qandaydir an'anaviy "Family Day" tarzida targ'ib qilsak, yilda bir marta ularni turizmga yo'naltirsak juda yaxshi bo'lar edi. Prezidentimiz aytganlaridek, to'y hasham dab-dabani, yubileyu tug'ilgan kunlarni kamroq qilib undan ortgani oilalarning sayohat qilishiga yo'naltirsak, bu orqali yoshlarning bir-biriga ishonchi va mehri oshadi bir oz vaqt oilaviy muammolardan uzoqda o'zlarini tiklab olishlariga imkoniyat yaratilgan bo'lar edi. O'z-o'zidan ajralishlar sonini kamaytirilishiga erishgan bo'lar edik.

Demak, O'zbekistonda oilaviy turizmni rivojlantirsak, oilaviy dam olishga bo'lgan qiziqish ortib borishiga, xorijiy oilaviy turistlarni jalb qilinishiga, oilaviy munosabatlarning mustahkamlanishuviga, ajralishlarning oldini olinishiga, yangi ish o'rinlari ochilishiga, mahalliy aholining turmush darajasini yaxshilanishiga, yangidan-yangi obyektlar, dam olish maskanlari ko'payib borishiga, eng muhimi kelajak avlodga dunyoqarashi keng, yetuk va barkamol avlodlar yetkazilishiga zamin yaratgan bo'lar edik.

REFERENCES

1. Abdusalomovich, N. G. (2019). VISIONS OF ONSOR AL-MAALI KEYKAVUS ABOUT ORGANIZING COMMERCIAL AND TRADE ACTIVITY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

2. Набиев, Г. А. (2020). ИСТОРИЧЕСКИЙ ОПЫТ ПОДГОТОВКИ ЛИЧНОСТИ К ОРГАНИЗАЦИИ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ОТНОШЕНИЙ. In ПЕДАГОГИКА И ПСИХОЛОГИЯ КАК ОСНОВА РАЗВИТИЯ СОВРЕМЕННОГО ОБЩЕСТВА (pp. 82-85).

3. Набиев, Г. А. (2012). Духовно-волевая подготовка учеников-подростков к организации экономических отношений. Актуальные проблемы современной науки, (5), 65-67.

4. Раимова, М. Д., & Гуломхасанов, Э. М. (2022). МАРКЕТИНГОВОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ В ТУРИЗМЕ. Scientific progress, 3(1), 475-479.

5. Кочкаров, Г., & Файзуллаев, К. (2021). КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК КОРХОНАЛАРИДА ИШЧИЛАР МЕХНАТИНИ МОТИВЛАШ ВА РАЕБАТЛАНТИРИШ ТИЗИМИНИНГ ТАХЛИЛИ. Ик;тисодиёт ва таълим, (3), 113-118.

6. Fayzullaevich, K. G. (2021). Analysis of the System of Motivation and Incentiveness of Workers in Small Business and Private Enterprises. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 438-444.

7. Odilovich, O. A., Fayzullaevich, K. G., Djuraevna, R. M., Bakhtiyorovich, K. S., & Narkulovich, D. O. (2020). Suggestions For Improving The Efficiency Of Management Of Training Highly Qualified Personnel In The Higher Education System Of Uzbekistan. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(3), 3687-3695.

8. Sultanov, T.I. (2021). Alisher Navoi Century and Prose in Almaz Ulviy Research. International Journal of Alisher Navoi, 1(2), 166-171.

9. Bozarov, E., & Babayeva, L. (2021). TURIZM SOHASIDA KLASTERLARNING SAMARASI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2(6), 208-212.

10. Erkaeva, G. P. (2021). Innovative Methods of Foreign Countries to Increase the Investment Attractiveness of Regions. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 522-528.

11. G'Ulomxasanov, E., Suyunova, N. J. Q., Akramov, S., & Asadova, S. B. Q. (2022). TURIZMNING NOODATIY TURLARI. Scientific progress, 3(1), 805-810.

12. Бобожонов, А. Р., Рахмонов, Р., & Гофиров, А. Ж. (2008). Ер кадастри. Т.:"ТИМИ, 202.

13. Умурзаков, У. П., & Рахмонов, К. Р. (2017). Ер-ахборот базасини яратиш самарадорлиги. Irrigatsiya va Melioratsiya, (3), 49-52.

14. Khikmatov, F., Jumabaeva, G., & Rakhmonov, K. (2020, July). Altitude regularity of climatic factors in suspended sediments flowing formation of Mountain Rivers.

In IOP Conference Series: Materials Science and Engineering (Vol. 883, No. 1, p. 012052). IOP Publishing.

15. Rakhmonov, K. (2021). IMPROVEMENT OF LAND CADASTRAL INFORMATION SYSTEM IN THE ADMINISTRATIVE DISTRICT. Зб1рник наукових працъ AOrOZ.

16. Kosimdjon, R. (2021). MODEL OF CREATION OF LAND CADASTRAL ONFORMATION BASE IN AGRICULTURAL SECTOR. Зб1рник наукових працъ SCIENTIA.

17. Хромова, Г. А., Мухамедова, З. Г., & Юткина, И. С. (2016). Оптимизация динамических характеристик аварийно-восстановительных автомотрис. Монография. Научный журнал:«Fan va texnologiya», Ташкент-2016.-253 c.[In.

18. Yakubov, M. S., Mukhamedova, Z. G., Isroilov, U. S., & Fayzullaev Zh, S. (2018). Methodological aspect of continuous monitoring of traction electrical equipment diagnostics using spectral analysis methods. International periodical journal "Chemical Technology Control and Management, (3), 67-73.

19. Ziyoda, M. (2017). Mathematical model for calculation of oscillations in the main bearing frame of railcar with changing stiffness and physical parameters. Журнал Сибирского федерального университета. Техника и технологии, 10(5), 682-690.

20. Мухамедова, З. Г. (2015). Динамическая модель для исследования продольных колебаний главной рамы электровоза с учетом установки демпфирующего поглощающего аппарата в автосцепке. Известия Транссиба, (2 (22)), 18-23.

21. Sagatovich, Y. M., & Gafurdjanovna, M. Z. (2018). Analysis of optimal periodicity of preventive maintenance of rail service car taking into account operational technology. European science review, (1-2), 167-170.

22. Yakubov, M. S., Muxamedova, Z. G., Isroilov, U. S., & Fayzullaev, J. S. (2018). Methodological aspects of continuous controlling and diagnostics traction electrical equipments using methods of spectral analysis. Chemical Technology, Control and Management, 2018(1), 85-90.

23. Khromova, G. A., Mukhamedova, Z. G., & Yutkina, I. S. Optimization of dynamic characteristics of emergency rail service cars. Monograph. ISBN 978-9943-975-966.-Tashkent:" Fan va tekhnologiya", 2016.-253 p.

24. Mukhamedova, Z. (2015). Development of generalized dynamic model of oscillations of the main frame and running gear of rail service cars. Transport Problems, 711.

25. Khromova, G., Mukhamedova, Z., & Yutkina, I. (2017). Mathematical model of oscillations of bearing body frame of emergency and repair railcars. Transport problems, 12.

26. Khromova, G., Mukhamedova, Z., & Yutkina, I. (2017). Mathematical model of oscillations of bearing body frame of emergency and repair railcars. Transport problems, 12.

27. Valizhanovna, K. L. (2022). RATIONAL APPLICATION OF NEW PEDAGOGICAL METHODS OF TEACHING IN A MODERN UNIVERSITY, RESULTS AND EFFECTS OF INTERACTIVE LEARNING. БАР^АРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАДЦИЦОТЛАР ОНЛАЙНИЛМИЙЖУРНАЛИ, 2(2), 33-38.

28. Ovlayarovich, K. J. (2022). QISHLOQ XO'JALIGIDA MALAKALI KADRLARGA BO 'LGAN TALABNI ANIQLASHNING USLUBIY JIHATLARI. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 2(1), 59-64.

29. Кучаров, Ж. О. (2021). ^ишло; Хужалигини Инновацион Ривожланиши Ва Кадрлар Билан Таъминлашда Кластерли Ёндашув. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 1(6), 512-521.

30. Кучаров, Ж. О. (2021). ^ИШЛОК ХУЖАЛИГИДА МАЛАКАЛИ КАДРЛАР ТАЙЁРЛАШНИ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН КУЛЛАБ-КУВВАТЛАШ ЙУЛЛАРИ. Инновацион технологиялар, (Спецвыпуск 2), 140-145.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.