Научная статья на тему 'OILAVIY MUNOSABATLAR DESTRUKSIYASIDA NOGIRONLIGI BOR FARZANGNING ROLI VA ULARNI RUHIY REABILITATSIYA QILISH CHORATADBIRLARI TAHLILI'

OILAVIY MUNOSABATLAR DESTRUKSIYASIDA NOGIRONLIGI BOR FARZANGNING ROLI VA ULARNI RUHIY REABILITATSIYA QILISH CHORATADBIRLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
205
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
A.Antonov / oilaviy munosabatlar / imkoniyati cheklangan bolalar / R.Kappenberg / oilaviy zoʻravonlik / M.Bouen / L.S.Vigotskiy / nomukammallik tuygʻusi / Alfred Adler. / A.Antonov / family relations / children with disabilities / R.Kappenberg / domestic violence / M.Bouen / L.S.Vigotsky / a sense of imperfection / Alfred Adler.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Salimova Marjona Salomovna

Ushbu maqolada oilaviy nizolar va ajrimlarning sabablari, mamlakatimizda yuz berayotgan ajrimlarning statistik koʻrsatkichlari, nogironlik boʻyicha turli statistik ko‘rsatkichlar, oilaviy munosabatlarga nogironligi bor farzangning oʻrni va shu haqida olib borilgan ommaviy soʻrovnoma natijalari tahlili, nogironligi boʻlgan bolalarni jamiyatga yoʻnaltirish uchun tavsiyalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE ROLE OF DISABLED CHILDREN IN THE DESTRUCTION OF FAMILY RELATIONS AND MEASURES FOR THEIR MENTAL REHABILITATION

This article analyzes the causes of family disputes and divorces, statistics on divorces in the country, various statistics on disability, the role of children with disabilities in family relationships and the results of public opinion polls, referral of children with disabilities to society.

Текст научной работы на тему «OILAVIY MUNOSABATLAR DESTRUKSIYASIDA NOGIRONLIGI BOR FARZANGNING ROLI VA ULARNI RUHIY REABILITATSIYA QILISH CHORATADBIRLARI TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 4

OILAVIY MUNOSABATLAR DESTRUKSIYASIDA NOGIRONLIGI BOR FARZANGNING ROLI VA ULARNI RUHIY REABILITATSIYA QILISH CHORA-

TADBIRLARI TAHLILI Salimova Marjona Salomovna

Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yo'nalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6838771

Annotatsiya. Ushbu maqolada oilaviy nizolar va ajrimlarning sabablari, mamlakatimizda yuz berayotgan ajrimlarning statistik ko'rsatkichlari, nogironlik bo'yicha turli statistik ko'rsatkichlar, oilaviy munosabatlarga nogironligi bor farzangning o'rni va shu haqida olib borilgan ommaviy so'rovnoma natijalari tahlili, nogironligi bo'lgan bolalarni jamiyatga yo'naltirish uchun tavsiyalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: A.Antonov, oilaviy munosabatlar, imkoniyati cheklangan bolalar, R.Kappenberg, oilaviy zo'ravonlik, M.Bouen, L.S.Vigotskiy, nomukammallik tuyg'usi, Alfred Adler.

АНАЛИЗ РОЛИ ДЕТЕЙ-ИНВАЛИДОВ В ДЕСТРУКЦИИ СЕМЕЙНЫХ

ОТНОШЕНИЙ И МЕРЫ ПО ИХ ПСИХИЧЕСКОЙ РЕАБИЛИТАЦИИ

Аннотация. В данной статье рассматриваются причины семейных споров и разводов, статистические показатели разводов, происходящих в нашей стране, различные статистические показатели по инвалидности, роль ребенка с инвалидностью в семейных отношениях, анализ результатов общественного опроса, проведенного по данному вопросу. и рекомендации по адаптации детей с ограниченными возможностями в обществе.

Ключевые слова: А. Антонов, семейные отношения, дети-инвалиды, Р. Каппенберг, насилие в семье, М. Боуэн, Л. С. Выготский, чувство несовершенства, Альфред Адлер.

ANALYSIS OF THE ROLE OF DISABLED CHILDREN IN THE DESTRUCTION OF FAMILY RELATIONS AND MEASURES FOR THEIR MENTAL REHABILITATION

Abstract: This article analyzes the causes of family disputes and divorces, statistics on divorces in the country, various statistics on disability, the role of children with disabilities in family relationships and the results of public opinion polls, referral of children with disabilities to society.

Keywords: A.Antonov, family relations, children with disabilities, R.Kappenberg, domestic violence, M.Bouen, L.S.Vigotsky, a sense of imperfection, Alfred Adler.

KIRISH

Jamiyatning birdamligi va yahlitligi haqida gap borganda, avvalo oilaviy munosabatlar ko'z oldimizga keladi. Zero oila jamiyatning asosiy bo'g'ini. Jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalar birinchi navbatda oilada shakllanadi. Oilaviy munosabatlar zaiflashuvi esa, jamiyat uchun misli ko'rilmagan zarba bo'lishi mumkin. Dunyoga kelgan har bir individ, avvalo oilada o'sib rivojlanadi. Barkamollik sari ilk qadamlarni oila bag'rida qo'yadi. Oilaviy rishtalarning mustahkamligi, er-xotin munosabatlarining ko'ngildagidek rivoji farzandlar kamoloti uchun debocha bo'lib, kelajak avlodning taraqqiyotini ta'minlovchi omildir. Ammo, oilaviy munosabatlardagi nizolar, o'zaro kelishmovchiliklar, ajrimlar birinchi navbatda farzandlar ruhiyatiga salbiy ta'sir o'tkazadi. Bu jarayonning jabrdiydalari ham aynan murg'ak qalblardir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 4

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shu o'rinda, oilaviy ajrimlarni tahlil qiladigan bo'lsak, bunga sabablar turlicha:

• Farzandsizlik;

• Xiyonat;

• Uzoq vaqt davomida birga yashamaslik;

• Oilaviy kelishmovchiliklar;

• Yoshlarning oila qurishga tayyor emasligi;

• Juftliklardan birining sog'ligida yuz beradigan muammolar;

• Moddiy yetishmovchilik;

• O'zaro muhabbatning yo'qligi;

• Ichkilikbozlik yoki giyohvand moddalar ta'siriga berilganlik;

• Oiladan tashqari turmush;

• Onalikka tayyor emaslik;

• Qaynona-kelin munosabatlari kabi ko'plab holatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Yuqoridagi ma'lumotlarga hamohang tarzda bu boradagi ba'zi bir statistik ma'lumotlarni keltirib o'tishni joiz deb bildik:

O'zbekistonda 2021-yilning birinchi choragida 9213 ta ajrim qayt etilgan. Eng ko'p ko'rsatkich Toshkent shahrida, eng kam ko'rsatkich esa, Qaraqalpog'istonda ro'yxatga olingan. Gazeta.uz nashrining Davlat statistika qo'mitasi materiallariga tayanib keltirishicha, oilaviy ajrimlar xududlar kesimida quyidagicha ko'rinish olgan:

• Toshkent shahri -1331 ta;

• Farg'ona viloyati -999 ta;

• Andijon viloyati -995 ta;

• Toshkent viloyati -946 ta;

• Samarqand viloyati -912 ta;

• Qashqadaryo viloyati -711 ta;

• Namangan viloyati -682 ta;

• Surxondaryo viloyati -581 ta;

• Buxoro viloyati -500 ta;

• Xorazm viloyati -344 ta;

• Jizzax viloyati -337 ta;

• Sirdaryo viloyati 298 ta;

• Navoiy viloyati -289 ta;

• Qaraqalpog'iston respublikasi -288.

Yana bir e'tiborga molik jihat, statistika qumitasi ma'lumotlariga ko'ra jami nikohdan ajralish davrida 2021-yilning yanvar-iyun holatiga ko'ra:

• Farzandsiz ajrashish -51,8 %;

• Bitta farzand bilan ajrashish -27,8 %;

• Ikki va undan ortiq farzand bilan ajrashish -20,4% tashkil qilganligi ko'rsatib o'tilgan.

Shuningdek mamlakatimizda ajrashgan oilalarning 33,8 % 1-4 yil yashagandan so'ng nikohni bekor qilgani, 40,4 % holatda ajrimlar moddiy muammolar tufayli kelib chiqayotgani keltirib o'tilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2G22 № 4

Yuqoridagi statistik ma'lumotlarni bekorga keltirib o'tmadik. Ushbu ajrimlar ortida minglab murg'ak qalblarning ruhiy holati buzilishiga sabab bo'luvchi omillar yotibdi. Oilaviy nizolar ta'sirida voyaga yetayotgan farzandlar keyinchalik boshidan o'tkazganlarini aks ettishi shaksiz.

Shu o'rinda rus sotsiolog olimi A.Antonovning fikrlarini keltirib o'tamiz. "A.Antonovning ta'kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta'sirlarini ko'rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi". Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo'lsa, uning normativ ta'siri ham shunchalik samarali bo'ladi. Bunday oilada o'zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o'rgatilgan bo'ladi, deb yozadi Vasila Karimova "Oila psixologiyasi" darsligida A.Antonov fikrlarini davom ettirar ekan.

Ko'rinib turganidek oilaviy qadriyatlar asosida voyaga yetgan bolalarda keyinchalik ham insoniy munosabatlar, yuksak hislar ustunlik qilib, bu kabi shaxslar, noxush holatlar, zararli odatlar, oilani parokanda qilishi mumkin bo'lgan, ko'ngilsizlikdan uzoq turadilar.

So'ngi yillarda, ayniqsa "covid-19" pandemiyasi davrida avj olgan, oilaviy zo'ravonliklar, ayollar va bolalarga bo'layotgan tajovuzkor harakatlar oilani himoyalashning alohida dasturini tuzish kerakligini ko'rsatdi. Amerikalik tadqiqotchi Myurrey Bouen AQSh da 20-asrning boshlarida boshlangan oilani himoya qilish harakatining asoschilaridan bo'lgan, ushbu harakatdan ko'zlangan maqsad-oilani alohida tadqiqotlar obyektiga aylantirish, shu orqali uning inson salomatligidagi benazir rolidan foydalanish, hattoki, ruhan bemor bo'lganlarni davolashda oilaning imkoniyatlaridan foydalanish g'oyasini targ'ib etishdan iborat bo'lgan. Bouenning fikricha, inson o'z umrini o'tkazadigan ijtimoiy guruhlardan eng muhimi-bu oiladir.

Ammo, kutilmaganda yuz beradigan holatlar inson aqlini shoshirib qo'yadi. R. Kappenberg -bu haqida shunday deydi: "Ba'zan oilaviy munosabatlarda favqulotda paydo bo'ladigan hodisalar ta'sirida shok ziddiyatlar paydo bo'ladi. Bu odatda kutilmaganda ro'y beradigan holatning oqibati bo'lib, oila a'zolari buni kutmaydilar"[3]. Olim -bu yerda, oilaviy xiyonatlar, noqobil farzandlar, oilaviy yoqotishlar kabi holatlarni nazarda tutgan, lekin yana shunday bir holat borki-bu ba'zan oilaviy nizolarga va hatto ajrimlarga olib kelishi mumkin. Gap jismoniy va yoki aqliy jihatdan sog'lom bo'lmagan farzandning dunyoga kelishi haqida bormoqda. Ba'zan, kutilmaganda yuz bergan -bu kabi holatlar oilalarni shoshirib qo'yadi. Turli ruhiy va emotsional holatlar natijasida bir qator ko'ngilsiz vaziyatlar yuz berishi mumkinligi sir emas.

L.S.Vigotskiyning yozishicha, shaxs taqdirini hal etishda nuqsonning o'zi emas, u orqali yuzaga keluvchi ijtimoiy-psixologik realizatsiya eng asosiy rolni o'ynaydi. Shu kabi kompensatsiya jarayoni ham kamchilikni to'g'ridan-to'g'ri to'ldirishga emas, u sababli kelib chiqqan muammolarni bartaraf etishga yo'naltiradi.

Bugungi kunda, Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining "Butunjahon nogironlik hisoboti"ga ko'ra, nogironlikning qaysidir shakliga ega bo'lgan insonlar soni 1 milliarddan ziyodroq yoki dunyo aholisining 15%ni tashkil etadi, ularning 80% esa, rivojlanayotgan mamlakatlarda istiqomat qiladi.

Mamlakatimizda so'ngi 10 yil davomida aholi orasida nogironligi bor deb topilgan insonlar ulushi 2-3 % ni tashkil etib kelmoqda.

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL ^^ 4

Shuni aytib o'tish kerakki, nogironlikni qayt etishdagi bunday xalqaro va milliy tafovut, davlatlar o'rtasidagi xalqaro darajadagi standardlar va metodlarga muvofiq, kelishilgan ma'lumot to'plash tizimining yo'qligi oqibatida vujudga keladi.

So'ngi statistik ma'lumotlarga qaraganda ya'ni 2020-yil holatiga ko'ra, mamlakatimizda ro'yxatga olingan nogironligi bo'lgan insonlar 750 mingdan ziyodni tashkil etmoqda. Undan:

• 325 mingdan ziyodrog'i ayollar;

• 420 mingdan ziyodi erkaklar hisoblanadi

Shundan 100 mingdan ortig'ini 16 yoshgacha bo'lgan bolalar tashkil etmoqda. Bunga ko'ra:

• 55 ming nafarga yaqini o'g'il bola;

• 45 ming dan ortig'ini qiz bolalar hisobiga to'g'ri keladi. Shundan:

• 51 ming nafardan ziyodida tug'ma nogironlik mavjud;

• 49 ming nafardan ziyodida orttirilgan noginonlik mavjud.

Bugungi kunda mamlakatimizda 6 ta bolalar muruvvat uyi mavjud va unda:

• 2 ming nafarga yaqin, ya'ni nogironligi bor bolalarning 1,9 % parvarish qilinmoqda;

• 98 ming nafardan ziyod, ya'ni nogironligi bor bolalarning 98,1% o'z oilasida, ota-ona qaramog'ida ulg'aymoqda.

Shunga qaramay jamiyatimizda imkoniyati cheklangan shaxslar haqida turli noto'g'ri qarashlar mavjud. Buning asosiy sababi sifatida, aksariyat odamlar nogironligi bor kishilar bilan kam aloqada bo'lganligi tufayli shakllangan stereotiplar deyishimiz mumkin. Bu haqida O'zbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan chop etilgan "Nogironligi bo'lgan bolalar va kattalar ahvolining tahlili " nomli hisobotida shunday deyiladi. Xususan: Nogiron kishilar haqidagi dastlabki fikrlarini so'rashganda, nogiron bo'lmagan odamlarning ba'zilari rahm-shafqat, achinish va yordam berish istagini bildirgan. Biroq, javoblarning aksariyati yerga urishga asoslangan bo'lib, faqat kichik bir ozchiligi hurmat va tenglik bilan bog'liq his-tuyg'ulari bildirgan. Hissiy munosabat nuqtai nazaridan, faqat kichik bir ozchilik nogiron kishilarga odatiy munosabatda bo'lishni namoyish qilgan.

Odamlar nogiron qo'shnisini qabul qilishga tayyor, lekin nogiron kishini o'z hamkori yoki turmush o'rtog'i sifatida qabul qilishga tayyor emas...

Nogiron bolalar ixtisoslashgan maktablarda o'qishi kerak degan kuchli ishonch mavjud... Odamlarning deyarli 3/1 nogiron bolalar o'z oilalari bilan emas, balki muruvvat uylarida yashashlari kerak, deb hisoblashgan. TADQIQOT NATIJALARI

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, biz ham yurtdoshlarimiz orasida, shu haqida, ya'ni imkoniyati cheklangan farzangning oilaviy munosabatlarga ta'siri haqida anonim so'rovnoma olib bordik. So'rovnoma 3 ta vaziyatni o'z ichiga olgan bo'lib, turli xil tasdiqlardan iborat. So'rovnoma anonim tarzda olib borilganligi sababli yosh va jins tafovutlarini aniqlash imkonsiz. Ammo u orqali yurtdoshlarimizning nogironligi bor farzandning oilaviy munosabatlardagi roliga bo'lgan qarashlarini bilib olishimiz mumkin.

So'rovnomani tahlil qiladigan bo'lsak, unda vaziyatlar quyidagicha qo'yildi: I.Deylik, oilangizda nogironligi bo'lgan inson bor, siz uni to'laqonli oila a'zoingiz sifatida

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL ^^ 4

1. Qabul qila olaman, chunki shunga majburman 3 ta ovoz 2 %

2. Qabul qila olaman, chunki -bu burchim 6 ta ovoz 5 %

3. Qabul qila olaman, chunki -bu insoniylik. 10 ta ovoz 8 %

4. Qabul qila olaman, chunki u mening oilamni bir bo'lagi 97 ta ovoz 79 %

5. Qabul qila olmayman 1 ta ovoz 1%

6. Bilmadim 6 ta ovoz 5 %

II.Sizningcha oilada nogironligi bor farzandning dunyoga kelishi nimalarga sabab bo'ladi?

(So'rovnomada 120 nafar inson ishtirok etdi).

T/R Javoblar soni %

1. Oilaviy nizolarga sabab bo'ladi. 17 ta ovoz 14 %

2. Oilaning buzilishiga sabab bo'ladi, chunki hamma bir-birini ayblaydi. 9 ta ovoz 8 %

3. Oilaning mustahkamligiga sabab bo'ladi, chunki dardni yengish uchun birga harakat qiladilar 54 ta ovoz 45 %

4. Nogironligi bor farzangning dunyoga kelishi oilaviy munosabatlarga ta'sir ko'rsatmaydi. 40 ta ovoz 33 %

III.Oilada nogironligi bor farzand dunyoga kelsa, sizning harakatingiz? (135 nafar inson so'rovnomada ishtirok etdi)

T/R Javoblar soni %

1. Maxsus maktab internatlarda tahsil olishini ta'minlayman. 42 ta ovoz 31 %

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Muruvvat uyida yashashini ta'minlayman . 5 ta ovoz 4 %

3. O'zim boshqa bolalar kabi voyaga yetkazaman. 88 ta ovoz 65 %

MUHOKAMA

So'rovnoma natijalaridan shunday xulosa qilish mumkin: Jamiyatimizda yashayotgan insonlarning 22%i nogironligi bor farzandning oilaviy munosabatlardagi rolini salbiy baholagan. 45% holatda ijobiy va 33% holatda -bu ta'sirni neytral baholashga harakat qilgan. 79% holatda esa, so'rovnoma ishtirokchilari, nogironligi bor insonni oilasining bir bo'lagi bo'lganligi uchun qabul qilishini aytgan. 42% holatda nogironligi bor farzandni maxsus maktab internatlarda tarbiyalash lozimligi va shunga sharoit yaratishni yoqlab ovoz berilgan bo'lsa, 65 % so'rovnoma ishtirokchilari nogironligi bor farzangni o'zi, uyda boshqa farzandlari qatori tarbiyalashini aytgan.

Shu o'rinda "Individual psixologiya" asoschisi-Alfred Adlerning shu boradagi tadqiqotlari asosida yuzaga kelgan so'zlarini ta'kidlab o'tish joiz. "Odam bo'lish , avvalo, o'zining nomukammalligini his etishdan iborat" deydi u. Hukmronlik va nomukammallik kompleksi haqidagi g'oyalarni ilgari surgan psixoanalitik olim, nomukammallik insonda ilk bolalik chog'laridayoq vujudga kelishini aytar ekan, bunday bolalarda zaiflik, o'ziga ishonmaslik, tortinchoqlik, uyalish, o'ziga past baho berish kabi holatlar kuzatilishi mumkinligini va bu keyinchalik ham davom etib shakllanib borishini uning g'oyalaridan anglash qiyin emas. Alfred Adler to'laqonli emaslik (nomukammallik) tuyg'usini yengishning ikkita asosiy usulini ko'rsatdi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2G22 № 4

1. Kompensatsiya- saqlanganlarini kuchli rivojlantirish hisobiga buzilgan xislatlar ko'rinishini kamaytirish;

2. Gipperkompensatsiya- buzilgan xususiyatni yuqori ishlash darajasigacha kuchaytiradigan mashq olib borish.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, nogironligi bor bolalarni ijtimoiyligini oshirish uchun bir qator amaliy ishlar qilish lozim deb o'ylaymiz. Bunga ko'ra:

1. Oilaviy muhitni yaxshilash- bunda avvalo ota-ona va oilaning boshqa a'zolari nogironligi bor bolaga nisbatan o'zaro hurmat va tenglik munosabatlarini ko'rsatishi, bolani kamsitilganlik ruhida ulg'ayishiga yo'l qo'ymasligi lozim;

2. Inklyuzivlikni oshirish- nogironligi bor bolani jamiyatdan uzmagan holda barcha qatori ta'lim olishini ta'minlash;

3. Nogironligi bor bolani va uning oilasini ruhiy reabilitatsiya qilish- bolaning ruhiy sohasiga qaratilgan bo'lib, bola ongida uning hech kimga kerak emasligi xaqidagi tasavvurlarni yengib o'tishga qaratilgan chora-tadbirlar.

Bularning barchasini amalga oshirish uchun imkoniyati cheklangan bola ulg'ayayotgan oila a'zolaridan tortib jamiyatning har bir a'zosi, jumladan: mutaxassislar, pedagok-psixologlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklanadi. XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkin-ki, sharqona mintalitet, diniy e'tiqodimiz nuqtai nazaridan miskinlarga, mazlumlarga shavqat ko'zi bilan qaraladigan jamiyatda yashaymiz. Imkoniyati cheklangan, jismoniy nuqsonga ega, ammo aqliy jihatdan yetuk bo'lganlarga nisbatan ham -bu shavqat bilan qarash xos. Lekin qarashlarni o'zgartirish, o'zaro xurmat va tenglik munosabatlarini qurish vaqti keldi. Shundagina jismoniy yetuk bo'lmagan bolalarning to'laqonli hayot kechirishiga hissa qo'shgan bo'lamiz. Ehtimol-bu ularning shaxs sifatida kamol topishi uchun qo'yilgan ilk qadam bo'lar.

1. 2.

3.

4.

5.

6. 7.

REFERENCES

Alfred Adler "Praktika i teoriya individualnoy psixologii" -1995-yil. L.S.Vigotskiy. Zamonaviy defektologiyaning asosiy muammolari. (Moskva davlat universiteti materiallari-M.1929-yil).

"Oila psixologiyasi". Vasila Karimova. Toshkent 2007-yil. [1.53.b], [2.33.b], [3.27.b] "O'zbekistonda nogironligi bo'lgan bolalar va kattalar ahvolining tahlili" qisqacha hisobot BMT. 2019-yil. [5.11.b]

Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-

yil 1-avgustdagi F-5006 son farmoishi.

Davlat statistika qo'mitasi materiallari. www.stat.uz

www.gazeta.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.