Научная статья на тему 'OILAVIY BRONXIAL ASTMA BILAN XASTALANGAN BEMORLAR OILASIDAGI SHAXSLAR O`RTASIDA HAMROH ALLERGIK KASALLIKLARNING UCHRASHI'

OILAVIY BRONXIAL ASTMA BILAN XASTALANGAN BEMORLAR OILASIDAGI SHAXSLAR O`RTASIDA HAMROH ALLERGIK KASALLIKLARNING UCHRASHI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
57
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oilaviy bronxial astma / hamroh allergik kasalliklar / uchrash holati. / семейная бронхиальная астма / сопутствующие аллергические заболевания / встречаются состояния.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Oqboev Toshpulat Аlixujaevich

2010-2015 yillarda SamShTB allergologiya va pulmonologiya bo`lim bazasida 49 nafar oilada bronxial astma kasalligi bilan davolangan bemorlarning kasallik tarixi retrospektiv tahlili o'tkazildi. Oilaviy bronxial astma bilan xastalangan bemorlarning oilasidagi shaxslar o`tasida hamroh allergik kasalliklarni uchrash holati oilaning I – IV avlodlaridagi 346 nafar qarindoshlari o`rtasidagi har bir shaxsda anamnez yig`ish, klinikasi, umumiy laboratoriya tahlillar, instrumental tekshirish usullari asosida o`rganildi. Bunda hamroh allergik kasalliklar oiladagi sog`lom shaxslarda BA kasalligi rivojlanishida xavf omillari bo`lishiga va o`z vaqtida birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi o`tkazish kerakligini alohida e'tibor qaratish lozimligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СЛУЧАИ СОЧЕТАНИЯ АЛЛЕРГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ СРЕДИ СЕМЕЙ С СЕМЕЙНОЙ БРОНХИАЛЬНОЙ АСТМОЙ

Проведен ретроспективный анализ истории болезни у 49 семей больных бронхиальной астмой, находившихся на стационарном лечении в отделении пульмонологии и аллергологии СамГМО в 2010-2012 гг. Наличие сопутствующих аллергических заболеваний среди лиц из семей пациентов с семейной бронхиальной астмой изучено на основе сбора анамнеза, клинических данных, общих лабораторных анализов, инструментальных методов обследования среди 346 родственников I – IV поколений семьи. При этом было отмечено, что сопутствующие аллергические заболевания являются факторами риска развития болезни БА у здоровых лиц в семье и необходимо своевременно проводить первичную и вторичную профилактику.

Текст научной работы на тему «OILAVIY BRONXIAL ASTMA BILAN XASTALANGAN BEMORLAR OILASIDAGI SHAXSLAR O`RTASIDA HAMROH ALLERGIK KASALLIKLARNING UCHRASHI»

JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH

ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДООАНИЙ

Oqboev Toshpulat Аlixujaevich

Samarqand davlat tibbiyot institutining 4-sonli ichki kasalliklar kafedrasi assistenti. Samarqand sh., O'zbekiston

OILAVIY BRONXIAL ASTMA BILAN XASTALANGAN BEMORLAR OILASIDAGI SHAXSLAR ORTASIDA HAMROH

ALLERGIK KASALLIKLARNING UCHRASHI

For citation: Okboyev T.A. The Cases of Combination with Allergic Diseases Among A Family with Family-Bronchial Asthma. Journal of cardiorespiratory research. 2020, vol. 2, issue 1, pp. 59-61

d http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-2-9

ANNOTATSIYA

2010-2015 yillarda SamShTB allergologiya va pulmonologiya bo'lim bazasida 49 nafar oilada bronxial astma kasalligi bilan davolangan bemorlarning kasallik tarixi retrospektiv tahlili o'tkazildi.

Oilaviy bronxial astma bilan xastalangan bemorlarning oilasidagi shaxslar o'tasida hamroh allergik kasalliklarni uchrash holati oilaning I - IV avlodlaridagi 346 nafar qarindoshlari o'rtasidagi har bir shaxsda anamnez yig'ish, klinikasi, umumiy laboratoriya tahlillar, instrumental tekshirish usullari asosida o'rganildi.

Bunda hamroh allergik kasalliklar oiladagi sog'lom shaxslarda BA kasalligi rivojlanishida xavf omillari bo'lishiga va o'z vaqtida birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi o'tkazish kerakligini alohida e'tibor qaratish lozimligi aniqlandi. Kalit so'zlar: Oilaviy bronxial astma, hamroh allergik kasalliklar, uchrash holati.

Окбоев Тошпулат Алихужаевич

ассистент кафедры внутренних болезней №4 Самаркандского Государственного медицинского института. г. Самарканд, Узбекистан

СЛУЧАИ СОЧЕТАНИЯ АЛЛЕРГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ СРЕДИ СЕМЕЙ С СЕМЕЙНОЙ БРОНХИАЛЬНОЙ

АСТМОЙ

АННОТАЦИЯ

Проведен ретроспективный анализ истории болезни у 49 семей больных бронхиальной астмой, находившихся на стационарном лечении в отделении пульмонологии и аллергологии СамГМО в 2010-2012 гг. Наличие сопутствующих аллергических заболеваний среди лиц из семей пациентов с семейной бронхиальной астмой изучено на основе сбора анамнеза, клинических данных, общих лабораторных анализов, инструментальных методов обследования среди 346 родственников I - IV поколений семьи. При этом было отмечено, что сопутствующие аллергические заболевания являются факторами риска развития болезни БА у здоровых лиц в семье и необходимо своевременно проводить первичную и вторичную профилактику.

Ключевые слова: семейная бронхиальная астма, сопутствующие аллергические заболевания, встречаются состояния.

Okboev Toshpulat Alikhuzhaevich

Assistant at the Department of Internal Medicine No. 4 of Samarkand State Medical Institute. Samarkand, Uzbekistan

THE CASES OF COMBINATION WITH ALLERGIC DISEASES AMONG A FAMILY WITH FAMILY-BRONCHIAL

ASTHMA

ANNOTATION

A retrospective analysis of the medical history was carried out in 49 families of patients with bronchial asthma who were hospitalized in the Department of Pulmonology and Allergology SamGMO in 2010-2012.

The state of concomitant allergic diseases among individuals from families of patients with familial bronchial asthma was studied on the basis of anamnesis, clinical data, general laboratory tests, instrumental examination methods among 346 relatives of the first and fourth generations of the family. At the same time, it was noted that concomitant allergic diseases are risk factors for AD in healthy people in the family, and it is necessary to conduct primary and secondary prevention in a time. Keywords: familial bronchial asthma, concomitant allergic diseases, conditions of occurrence.

Dolzarbligi. Bronxial astma - nafas yo'llarining surunkali yallig'lanishi bilan xarakterlanadigan geterogen kasalligi bo'lib, bunda bronxlar obstruktsiyasini o'zgaruvchanligi va giperreaktivligi yuzaga keladi. BA turli mamlakatlarda va xatto bir mamlakatning hududlari aro turli darajada tarqalgan. Bu holat - joyning iqlimi, geografiyasi, o'simliklari, ob-havosi, havosining nechog'lik ifloslanganligi, urbanizatsiyasi va aholisining madaniyat darajasi kabi omillar bilan bog'liq [1,2,3,13,14,15]. Ko'pgina tadqiqotchilar odamlarning yoshi, jinsi, kasb-kori va ijtimoiy ahvoliga karab BA har xil darajada tarqaladi va turlicha xususiyatlar bilan o'tadi, deb ta'kidlashadi [1,2,3,13,14,15].

Butun dunyoda o'tkazilgan oila - a'zolari o'rtasida genetik tekshirishlarda BA bilan xastalangan bemorlarni oilada ko'p uchraganligi qayd qilinmoqda[4,5,6,7]. Adabiyotlarda oiladagi shaxslar o'rtasida 10 - 25 % BA kasalligi bilan xastalanganligi qayd etilgan [4,5,6,7,14]. Bronxial astma bilan xastalangan bemorlarda ko'pincha boshqa hamroh kasalliklar jumladan allergik kasalliklar birgalikda uchraydi. Bu kasallikning kechishini og'irlashishiga, astma ustidan nazoratga erishishning qiyinlashishiga olib keladi [8,9,10,11].

Hozirgi kunda BA kasalligi bilan xastalangan bemorlarda hamroh kasalliklarning jumladan allergik kasalliklarning uchrashi, kechishiga ta'siri to'g'risida adabiyotlarda ma'lumotlar uchraydi [8,9,10,11]. Ammo, oilada bronxial astma uchraganda hamroh allergik kasalliklar uchrashi to'grisida ma'lumotlar kam uchraydi. Jumladan oilaviy bronxial astma bilan xastalangan bemorlarning oilasidagi shaxslar o'rtasida hamroh allergik kasalliklarni uchrash holati hozirgi paytda yetarlicha o'rganilmagan.

Tadkikot maqsadi. Uzbek populyatsiyasida oilaviy bronxial astma bilan xastalangan bemorlarning oilasidagi shaxslar o'rtasida hamroh allergik kasalliklarni uchrashi holatini o'rganish.

Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqot SamShTB allergologiya va pulmonologiya bo'lim bazasida 49 nafar oilada bronxial astma kasalligi bilan davolangan bemorlarda olib borildi. Tadqiqot o'tkazishga 49 proband va ularning I - IV avlodlaridagi 346 nafar qarindoshlari kiritildi. Oila - a'zolari 4 yoshdan 78 yoshgacha bo'lgan 395 nafar kishidan iborat bo'lib, bulardan 186 (47,09%) nafari erkaklar va 209 (52,91%) nafari ayollardir. Ularning o'rtacha yoshi 33,55 [4; 78] yilni tashkil etdi.

Oiladagi shaxslarda boshqa allergik ka

Tadqiqot o'tkazishga kiritilgan har bir shaxsni tekshirish anamnez yig'ish, klinikasi, umumiy laboratoriya tahlillar, instrumental tekshirish usullari asosida o'tkazildi.

BA kasalligiga tashhis BA davolash va profilaktikasining global strategiyasiga (GINA 2006, 2007) muvofiq qo'yildi. Allergik rinit, atopik dermatit, krapivnitsa tashhisi umum qabul qilingan mezonlar asosida qo'yildi.

Nazorat guruhi uchun yoshi 17 - 62 yil (o'rtacha 28,64) bo'lgan 45 nafar (23 nafar erkak va 22 nafar ayol) amaliy sog'lom shaxslar tekshirildi.

Olingan ma'lumotlarning statistik ishlovi natijalari Rentum - IV kompyuterida «Microsoft Excel» dasturi yordamida bajarildi.

Natija. O'zbek populyatsiyasida oilaviy BA kasalligi bilan xastalangan bemorlarning oilasidagi shaxslar o'rtasida allergik kasalliklarni uchrash holatini aniqlash maqsadida klinik - funktsional tekshirishlar o'tkazildi. Tadqiqot natijasida oilada 131 nafar BA kasalligi bilan xastalangan bemorlar (49 nafar proband va 82 nafar BA kasalligi bilan xastalangan qarindoshlari) aniqlanib, bu bemorlarning 28 nafarida (21,36%) boshqa allergik kasalliklar uchraganligi qayd qilindi. Ulardan 7 nafar (5,34%) bemorda allergik dermatit, 4 nafar (3,05%) bemorda allergik konyuktivit va 17 nafar (12,97%) bemorda allergik rinit aniqlandi.

Bu aniqlangan allergik kasalliklarni oiladagi shaxslar o'rtasida taqsimotini ko'rib chiqqanimizda oiladagi 49 nafar probandning 13 nafarida (26,53%) boshqa allergik kasallik uchraganligi qayd qilinib, ulardan 3 nafar (6,12%) probandda allergik dermatit, 1 nafar (2,04%) probandda allergik konyuktivit va 9 nafar (18,37%) probandda allergik rinit kuzatilganligi aniqlandi.

Probandning BA kasalligi bilan xastalangan 82 nafar qarindoshlaridan 15 nafarida (18,29%) boshqa allergik kasalliklar uchraganligi qayd qilinib, ulardan 4 nafar (4,88%) bemorda allergik dermatit, 3 nafar (3,66%) bemorda allergik konyuktivit va 8 nafar (9,75%) bemorda allergik rinit kuzatilganligi aniqlandi.

Oiladagi sog'lom qarindoshlarida o'tkazilgan klinik -funktsional tekshirishlar natijasida oiladagi 264 nafar shaxsdan 81 nafarida (23,41%) boshqa allergik kasalliklar aniqlanib, ulardan allergik dermatit 19 nafar (5,49%), allergik konyuktivit 28 nafar (8,09%) va allergik rinit 34 nafar (9,83%) sog'lom qarindoshlarida kuzatilganligi qayd qilindi(1- jadval).

1 - jadval

liklarning taqsimlanish korsatkichlari

Allergik kasalliklar Proband BA n=49 BA bilan xasta qarindoshlari n=82 Sog'lom qarindoshlari n=264

Abs % Abs % Abs %

Allergik dermatit 3 6,12 4 4,88 19 5,49

Allergik konyuktivit 1 2,04 3 3,66 28 8,09

Allergik rinit 9 18,37 8 9,75 34 9,83

Jami 13 26,53 15 18,29 81 23,41

Oila - a'zolarida aniqlangan boshqa allergik kasalliklarni oilaviy BA kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kasallikning kechish og'irligi bo'yicha taqsimotini tahlil qilganimizda, BA kasalligining I pog'onasi bilan xastalangan bemorlarning 3 nafarida (2,29%) boshqa allergik kasalliklar aniqlandi. Ulardan allergik dermatit 1 nafar (0,76%) va allergik rinit 2 nafar (1,53%) bemorda qayd etildi. Oilada BA kasalligining II pog' onasi bilan xastalangan bemorlarning 5 nafarida (3,81%) boshqa allergik kasalliklar aniqlanib, ulardan allergik dermatit 1 nafar (0,76%), allergik konyuktivit 1 nafar (0,76%) va allergik rinit 3 nafar (2,29%) bemorda kuzatilganligi qayd etildi.

Oilada BA kasalligining III pog'onasi bilan xastalangan bemorlarning 9 nafarida (6,87%) boshqa allergik kasalliklar kuzatilib, ulardan allergik dermatit 2 nafar (1,53%), allergik konyuktivit 2 nafar (1,53%) va allergik rinit 5 nafar (3,81%) bemorda aniqlanganligi qayd etildi. Oilada BA kasalligining IV pogonasi bilan xastalangan bemorlarning 11 nafarida (8,39%) boshqa allergik kasalliklar aniqlanib, ulardan allergik dermatit 3 nafar (2,29%), allergik konyuktivit 1 nafar (0,76%) va allergik rinit 7 nafar (5,34%) bemorda uchraganligi qayd etildi (2 - jadval).

2 - jadval

Oilada aniqlangan allergik kasalliklarni BA kasalligini kechish ogirligi boyicha taqsimlanish korsatkichlari

Allergik kasalliklar BA kasalligini kechishi bio'yicha og'irlik darajasi

I pog'ona II pog'ona III pog'ona IV pog'ona Jami

Abs. % Abs. % Abs. % Abs. % Abs. %

Allergik dermatit 1 0,76 1 0,76 2 1.53 3 2,29 7 5,34

Allergik konyuktivit - - 1 0,76 2 1.53 1 0,76 4 3,05

Allergik rinit 2 1.53 3 2,29 5 3,81 7 5,34 17 12,97

Jami 3 2,29 5 3,81 9 6,87 11 8,39 28 21,36

Xulosa. Shunday qilib, o'zbek populyatsiyasidagi oilalarda o'tkazilgan Tadqiqotda allergik kasalliklar probandlarda (26,53%) BA kasalligi bilan xastalangan qarindoshlariga (18,29%) nisbatan ko'p uchraganligi qayd qilindi. Ayniqsa allergik rinit tekshirilgan oiladagi probandlarda (18,37%) BA kasalligi bilan xastalangan qarindoshlariga (9,75%) nisbatan ikki baravar ko'p kuzatilganligi aniqlandi. Allergik kasalliklar oilasida BA kasalligi bilan xastalangan qarindoshlariga (18,29%) nisbatan oiladagi sog'lom kishilarda (23,41%) ham sezilarli darajada ko'p uchraganligi qayd qilindi. Bu

Список литературы/ Iqtiboslar/References

esa allergik kasalliklar oiladagi sog'lom shaxslarda BA kasalligi rivojlanishida xavf omillari bo'lishini ko'rsatadi.

Shuningdek, oilaviy BA kasalligi bilan xastalangan 131 nafar bemorlarning 28 nafarida (21,36%) boshqa allergik kasalliklar aniqlandi. Oilaviy BA kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kasallikning og'irlik darajalari ortib borishi bilan allergik kasalliklar uchrashi ham ortishi kuzatildi. Bu esa oilada bronxial astmaning o'z vaqtida birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi o'tkazish kerakligini ko'rsatadi deyish mumkin.

1. Авдеева, Е.В., Потапов В.И., Павлушенко Е.В. Внутрисемейные факторы риска развития бронхиальной астмы// Пульмонология.-2003.№3.-С.83-88.

2. Аралов Н.Р., Давидян А.А. Клинико-иммунологические особенности формирования бронхиальная астмаы у жителей табаководческого района Узбекистана // Вестник ассоциации пульмонологов Центральной Азии. -Ташкент. 2006.- Выпуск 9, №1-4.- С. 61-64.

3. Аралов Н.Р. Особенности генетического контроля иммунного ответа у лиц узбекской национальности, больных бронхиальной астмой // Актуальные вопросы фтизиатрии и пульмонологии в Узбекистане .-Т., 1998.-С. 128-131.

4. Аралов Н.Р., Окбоев Т.А., Мамурова Н.Н. Распространенность и степень наследственности семейной астмы в узбекской популяции // «Завадские чтения». Материалы VI научно-практической конференции молодых ученых с международным участием, посвященная 95-летию кафедры внутренних болезней №1. Ростов на-Дону 2011 г. Стр 115-117.

5. Аралов Н.Р., Окбоев Т.А., Носирова З. Особенности иммунного статуса у членов семей больных бронхиальной астмой // Назарий ва клиник тиббиёт журнали. Тошкент 2014 й, №3, том 2. 78-79 бетлар.

6. Аралов Н.Р. , Давидьян A.A., Окбоев Т.А.,Клеблеева Г.Д. Оилавий бронхиал астма билан хасталанган беморларда йулдош касалликларнинг учрашиши. // Инновационные технологии в диагностике и терапии внутренных болезнях. Материалы Республиканской научно-практической конференции. Бухора 8 ноябрь 2013 г. Стр 15-16.

7. Аралов Н.Р., Окбоев Т.А., Клеблеева Г.Д. Бронхиал астма билан касалланганларнинг оиласидаги шахсларда ташки нафас функциясини урганиш // Материалы IX конгресс Евро-Азиатского респираторного общества VII конгресс пульмонологов Центральной Азии. Ташкент 25-26 мая 2016 г. Стр 26-2717. Василевский И.В., Суховатых Т.Н., Ростовцев В.Н. и др. Некоторое вопросы семейного исследования бронхиальной астмы. Педиатрия.-1986.-№12.-С.19-23.

8. Ненашева.Н.М. Бронхиальная астма и сопутствующие заболевания: в фокусе аллергический ринит. Практическая пульмонология. №1. 2014 -2-7 стр.

9. Зокирова У.И., Каримджанов И.А. Прогнозирование развития бронхиальной астмы у детей узбекской популяции с учетом генетических факторов. Вестник ассоц. Пульмонологов Цент. Азии.-2006.-№1-4.-С 56-60.

10. Окбоев Т.А. Оилавий бронхиал астманинг ирсийланиш даражасини урганиш натижалари // Доктор ахборотномаси. Уч ойлик илмий -амалий журнал. Самарканд 2010 й, №3-4. 10-13 бетлар.

11. Окбоев Т.А., Клеблеева Г.Д. Особенности течения семейной бронхиальной астмы в узбекской популяции // «Завадские чтения». Материалы VIII научно-практической конференции молодых ученых с международным участием. Ростов на-Дону 23 марта 2013 г. Стр 70-72.

12. Окбоев Т.А., Клеблеева Г.Д. Изучение степени контроля семейной бронхиальной астмы по иммунным показателям // ХИСТ. Всеукраинский журнал студентов и молодих учёних. Черновци 2016 г. Выпуск 18. Стр 470.

13. Убайдуллаев А.М., Узакова Г.Т. Распространенность бронхиальной астмы в Узбекистане // Пробл. туб. -2002.-№2.-С.7-10.

14. Убайдуллаев A.M. Нафас органлари касалликлари. - Ташкент, 2004. - С. 110-176.

15. Ober C.Cox N.J . Abney M. Collaborative Study on the Genetics of Asthma Genome-wide search for asthma susceptibility loci in a founder population // Hum. Moiec. Genet. -1998. Vol.116No2. P-274-278.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.